Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet65/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Birinchidan, investitsiyalar jami xarajatlaming asosiy qismi
hisoblanadi. Investitsiyalardagi o‘zgarishlar jami talabga yetarlicha ta'sir
169



ko'rsatadi, shuningdek aholining bandligi va yalpi milliy daromad hajmining ham o‘zgarishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, investitsiyalar korxonaning asosiy fondlari jamg'arilishiga, ya’ni ko‘payishiga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish kuchlarini kengaytirishga sarf qilinganpul mablag‘lari boshlang‘ich bosqichda korxona faoliyati natijalariga ta’sir etmasligi mumkin, lekin kelajakda iqtisodiy o'sish uchun zarur bazani yaratadi.
Uchinchidan, investitsiyalaming noratsional sarf qilinishi ishlab chiqarish resurslari, xarajatlar o'sishiga olib keladi, natijada yalpi milliy daromad qisqaradi. Misol uchun, tugallanmagan qurilishning ko'payishi, moddiy resurslar sarfi oshishi, toianadigan ish haqining ko‘payishi hamda ishlab chiqarishning qisqarishi shular jumlasidandir. Ular sarflanayotgan investitsiyalaming qiymati o‘sishiga hamda samaradorligi pasayishiga ta’sir etadi.
Investitsiyalaming miqdori, dinamikasi va samaradorligi quyidagi omillarga bogiiq:
• investitsiya amalga oshirilayotgan loyihaga;
• mamlakatdagi va koixona faoliyatidagi iqtisodiy o'zgarishlarga;
• davlatning soliq siyosati va banklaming foiz stavkasiga;
• tashqi savdo bo‘yicha yuritilayotgan siyosatga;
• valyuta kursi o‘zgarishiga;
• mamlakatning siyosiy hayotidagi barqarorlikka.
Investitsiyalar qishloq xo‘jaligining har tomonlama rivojlanishiga ko'maklashadi, chunki ulaming evaziga tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. Ulardan to‘liq va samarali foydalanish natijasida jonli mehnat xarajatlari qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko'payadi, sifati yaxshilanadi. Bu hol qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab yanada yaxshiroq qondirilishini ta'minlaydi. Shu bilan birgalikda sof foyda summasi ko‘payadi. Natijada qishloq xo‘jaligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlantirish imkoniyati paydo bo'ladi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yanada yuksaladi. Bular investitsiyalaming ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi mavjudligidan dalolat beradi.

8.2. Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo‘llari.


Qishloq xo'jaligining barqaror rivojlanishi tarmoqda mavjud boigan ishlab chiqarish vositalari oqilona tarzda takror ishlab chiqarilishini talab etadi. Bu jarayon ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, ta'mirlash, qurish, innovatsion hamda ijtimoiy munosabatlar yig'indisidan tashkil topadi.


Barcha investitsiyalar quyidagi yirik ikkita manbadan shakllantirilib, amalga oshiriladi:


170

www.ziyouz.com kutubxonasi



• korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan;
• chetdan jalb qilingan mablag‘lar orqali.
Korxonaning investitsiyalami shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘z mablagiariga quyidagilar kiradi:
- korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablagiar;
- amortizatsiya fondidagi mablagiar;
- asosiy vositalami tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablagiar;
- asosiy vositalami ijaraga berishdan tushgan mablagiar;
- qishloq xo‘jalik korxonalarining boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishi natijasida oladigan dividendlardan ajratilayotgan mablagiar va boshqa shu kabilar.
Investitsiyalami shakilantirishda chetdan jalb qilinadigan mablagiarga quyidagilar kiradi:
- qishloq xo'jaligi uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablagiar;
- tijorat banklaridan olinadigan kreditlar;
- hamkorlardan olinadigan mablagiar;
- qimmatli qog'ozlar chiqarib sotish orqali jalb etiladigan mahalliy va xorijiy korxonalar hamda fuqarolaming bo‘sh turgan mablagiari;
- xayriya fondlaridan, homiylar tomonidan ajratilayotgan mablagiar va boshqalar.
Chetdan jalb qilingan mablagiar orasida bank kreditlari alohida o‘rin tutadi. Ular ishlab chiqarish faoliyati natijalaridan qat'i nazar, alohida korxonalar ehtiyojlarini hisobga olgan holda investitsiyalami amalga oshirishga imkon beradi. Bank kreditlari korxona o‘z mablag‘larining investitsiya uchun kerakli miqdorini yig‘masdan turib investitsiya jarayonini tezlashtiradi. Kreditlar investitsiya manbai sifatida nafaqat kapital qurilishda, balki yangi texnikani joriy qilishda ham ishlatiladi. Investitsiyalaming asosiy vazifasi - tarmoq mahsulotini ko'paytirish va ishlab chiqarish samaradorligining o‘sish sur'atlari tezlashtirilishini ta’minlashdir.
Yuqori rentabelli korxonalar ishlab chiqarish vositalarini yangilash
maqsadida kapital qo'yilmalami amalga oshirishda ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, investitsiya qilishda korxona imkoni
boricha o‘z mablag‘laridan foydalanishi ikkita ustunlikka olib keladi: korxonada tashqi qarzlar mavjud bo‘Imaydi (olingan kreditlar bo‘yicha foiz, ijara haqi va hokazo), shuningdek, lcorxonani boshqarishda mustahlcam pozitsiyani shakllantiradi.
Ayni paytda xo‘jaliklarga chetdan jalb qilinadigan mablag‘laming
manbalaridan biri xo‘jalik a'zolarining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini jalb etish hisoblanadi. Bunday investitsiyani amalga oshirish uchun korxona o‘z ichida qisqa muddatli obligatsiyalami chiqarib, ulami a'zolariga ishonchli


171


tarzda tarqatishi (sotishi) yoki huquqiy kuchga ega bo‘lgan ishonchli dalolatnomalarni ham berishi mumkin. Xo‘jalik a’zolari esa muomalaga berilgan mablag'larini ma'lum muddat o'tgandan so‘ng belgilangan foizi bilan qaytarib olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu turdagi investitsiya imkoniyatlaridan qishloq xo'jaligi korxonalarida unumli foydalanish kerak.
Xorijiy investitsiyalar chet mamlakatlardagi yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘laridan tashkil topadi. Chet ellik investorlar tomonidan foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar respublika hududida chet el investitsiyalari hisoblanadi. Ular 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
• respublika qishloq xo‘jaligidagi yuridik hamda jismoniy shaxslaming Nizom jamg'armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
• tarmoqda chet ellik investorgarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo'jalik jamiyatlari va shirkatlari, bank, sug'urta va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlami, shu jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz mablag'larini sotib olish;
• intellektual mullka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, firma nomlari va nou-xaularga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish va boshqalar.
Ulami chet davlatlar yoki bu davlatlaming quyidagi hududiy organlari amalga oshiradilar:
• davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar;
• chet davlatlaming qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, shirkatlar, uyushma va tashkilotlar;
• chet el fuqarolari bo‘Imish j ismoniy shaxslar va boshqalar.
Hozirgi davrda mamlakat qishloq xo'jaligini boshqarishni takomillashtirishga va ishlab chiqarishini rivojlantirishga Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot bankining respublikamizdagi bo'limlari hamda AQSh, Germaniya, Isroil, Gollandiya, Fransiya va boshqa davlatlarning vakolatxonalari investitsiyalami joylashtirish, sarflash orqali muayyan darajada hissa qo‘shish ishlari bilan shug'ullanmoqda. Lekin ulaming investitsiyalari mavjud imkoniyatlar darajasidan ancha pastdir. Shuning uchun bu masalaga, ya'ni chet el investitsiyalarini jalb etish muammosiga kelajakda alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining barcha rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan respublikamiz


172


uchun kutilayotgan ijobiy ta'siri - investitsiyalar oqimining ko‘payishidir. Investorlar inqiroz kuchli ta'sir etayotgan mamlakatlardan o‘z sarmoyalarini bo'shatib, uni barqaror rivojlanayotgan mamlakatlarga yo‘naltirishi kutilmoqda. Bundan foydalangan holda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligiga investitsiyalami keng jalb etishga erishish lozim.
Chet el investorlarining investitsiyalari 0 ‘zbekiston Respublikasining
«Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi Qonuni talablari asosida amalga oshiriladi.
Qishloq xo'jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalami boshqa tarmoqlar bilan taqqoslaganda ulaming salmog‘i past darajani tashkil etadi. Prezidentimiz I.Karimov tomonidan 2009-yiIning “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e’lon qilinishi va Davlat dasturining qabul qilinishi qishloq xo'jaligiga sarflanadigan investitsiya hajmining keskin oshishiga olib keladi. Bunda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchilarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yerlaming meliorativ holatini yaxshilash, issiqxonalar tashkil etish, sug‘orishning zamonaviy usullarini joriy etish, qishloqlaming qiyofasini zamonaviylashtirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa shu kabi maqsadlarga katta miqdordagi mablag‘lar sarflanmoqda va kelgusida ham bu jarayon davom etadi. Bu kabi tadbirlar qishloq xo‘jaligiga kiritiladigan investitsiyalar hajmining oshishiga olib keladi.



Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish