Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet64/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

166


8-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGIDA INVESTITSIYALAR VA ULARNINGIQTISODIY SAMARADORLIGINI
OSHIRISH YO‘LLARI

♦ Qishloq xo‘jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.


♦ Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo‘llari.
• Investitsiyalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko'rsatkichlar va ulami aniqlash tartibi.
• Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalami jalb etish ko'lamini va samaradorligini oshirish yo'Ilari.


8.1. Qishloq xo‘jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.

“Investitsiya” atamasi lotincha “invest” so'zidan olingan bo'lib, “pul sarf qilmoq”, “pul qo‘ymoq” kabi ma'nolami anglatadi. Investitsiya faoliyati subyektlari investitsiya loyihalarining barcha qatnashchilari: investorlar, investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar, banklar, sug‘urta kompaniyalari, vositachi tashkilotlar, investitsiya fondlari va boshqalar hisoblanadi.


Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha mablag'lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo‘jaligi korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi va ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, avtomatlashtirish natijasida mehnat unumdorligi oshadi, xarajatlar esa tejaladi. Natijada yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko‘payadi va sifati yaxshilanadi, olinadigan foyda summasi oshadi. Bu investitsiyalami amalga oshirishning tub maqsadidir.
Shulami e’tiborga olgan holda respublikada barqaror investitsion siyosat ishlab chiqilgan. U 0 ‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi (04.12.1998) va «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi (30.04.1998) Qommlari hamda boshqa me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda.
Barcha sohalar singari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ham investitsiyalaming ahamiyati juda katta. Chunki tarmoqni ustuvor shaklda rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkam ravishda barpo


167


etish zarur. Buning uchun uni zamonaviy bino-inshootlar, barcha turdagi zarur texnikalar, qishloq xo'jalik mexanizmlari, ichki irrigatsiya va melioratsiya inshootlari, serunum, tezpishar navlar, mahsuldor chorva mollari zotlari hamda aylanma vositalar va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash lozim.
Hozirgi davrda investitsion mablagiar yangi, samarali texnologiyaga hamda intellektual mulkni barpo etishga sarflanishi maqsadga muvofiqdir. Bu masalaning to‘g‘ri, samarali hal etilishi m aium miqdordagi investitsiyalar sarflanishini obyektiv ravishda talab etadi. Demak, investitsiya mablagiari tarmoqda doimiy va o‘zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va ulami rivojlantirish hamda yuksaltirish uchun sarflanadi. U uzoq hamda qisqa muddatlarga moijallab sarflanishi mumkin. Qishloq xo'jaligining asosiy vositalarini sotib olishga, qurishga hamda ulami kapital ta'mirlashga sarflansa, unda bu sarflar uzoq muddatga moijallangan boiadi. U asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar deb ataladi. Shu bilan birgalikda investitsiyalar qishloq xo'jaligining aylanma vositalariga ham sarflanadi, ular odatda qisqa muddatga sarflanadi. Demak, investitsiyalar natijasida qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish vositalari barpo etilib, ulaming ishga yaroqliligi tubdan yaxshilanadi.
Investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
- kapital investitsiyalar;
- innovatsion investitsiyalar;
- ijtimoiy investitsiyalar.
Asosiy va aylamna fondlami barpo etishga va ulami takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan investitsiyalar kapital investitsiyalar deb ataladi.
Texnika va texnologiyalaming yangi avlodini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish va ulami o‘zlashtirishga sarflangan investitsiyalar innovatsion investitsiyalardir.
Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne'matlaming boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan mablagTar ijtimoiy investitsiyalar deb ataladi.
Investitsiyalarni real va moliyaviy investitsiyalarga ham boTish mumkin. Moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablagTar real investitsiyalarni tashkil etadi. Real investitsiyalar kapital qo'yilmalar deb ham ataladi. Kapital qo‘yilmalar yalpi va sof kapital qo'yilmalarga boTinadi. Real investitsiyalaming umumiy summasi yalpi kapital qo‘yilmalarni tashkil etadi. Real investitsiyalami sarflash natijasida ishga tushirilgan qismi sof kapital qo'yilmalardir. Sof kapital qo'yilma yalpi kapital qo‘yilma summasiga teng yoki kam boTishi mumkin. Qishloq xo'jaligi, jumladan, korxonalar miqyosida yalpi kapital qo'yilmani sof kapital qo'yilmaga aylantirishga alohida


168


c'tibor berilishi lozim. Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylashtirilishini, ya'ni ishga tushirilishini ta'minlash zarur.
Qimmatli qog‘ozlami (aksiya, obligatsiya, sertifikat va hokazo)
shakllantirishga sarflangan mablag'lar esa moliyaviy investitsiyalar hisoblanadi.
Mamlakatimiz qishloq xo'jaligida moliyaviy investitsiyalar ko‘lamini
kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, fermer xo‘jaliklari, agrofirmalarda qimmatli qog‘ozlar chiqarib, sotilishini yo‘lga qo‘yish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion siyosatni shakllantirishda quyidagilarga alohida e'tibor berish kerak:
- tender asosida raqobatbardosh loyihalami tanlash. Bu qishloq xo'jaligida
investitsion loyihalar bozori barpo etilishini ta'minlaydi;
- qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan investitsiyalaming iqtisodiy jihatdan asoslanganligi. Qishloq xo'jaligi tabiiy-iqtisodiy omillarining xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalaming iqtisodiy-ijtimoiy natijalari aniqlangan bo‘lishi zarur. Chunki, ayrim hollarda loyihada belgilangan mablag‘Iar ko‘zda tutilgan tadbirlami bajarish uchun yetmaydi va oqibatda ko‘zlangan maqsadga erishilmaydi. Bu hol investitsion loyihalar uzoq muddatga cho‘zilishiga olib keladi;
- chet el investorlarini va ulaming investitsiyalarini qishloq xo‘jaligiga jalb etish. Buning uchun xorijlik tadbirkorlami mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlar va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirish, reklamani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda investitsion muhitni yanada yaxshilab borish lozim va boshqalar.
Barcha omillami e'tiborga olgan holda sarflanadigan investitsiyalar qishloq xo‘jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etadi, qishloq xo‘jaligi zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, bino-inshootlar bilan ta'minlanadi, bog‘lar, uzumzorlar barpo etiladi, chorva hayvonlarining mahsuldor zotlari yaratiladi va hokazo. Ular yangi ish o'rinlari barpo etilishini ham ta'minlaydi, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan tadbirkorlaming bilitnlarini, malakalarini yuksaltiradi, bozor munosabatlarini shakllantiradi. Ulaming uyg‘unlashishi natijasida tarmoqda yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko'payib, raqobatbardoshligi oshadi. Bu, o‘z navbatida, aholi va qayta ishlash tarmoqlarining talabi qondirilishini ta'minlaydi, fuqarolaming turmush darajasini yuksaltiradi. Bulaming hammasi investitsiyalaming iqtisodiy- ijtimoiy ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi.
Investitsiyalaming mamlakat iqtisodiyoti va qishloq xo'jaligidagi ahamiyati ulkan.

Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish