Uslubiy ishlanma



Download 0,58 Mb.
bet2/5
Sana01.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#292880
1   2   3   4   5
Bog'liq
tarix fanidan uslubiy qollanma

Taqrizchi: ________________________________

Kirish

Mamlakatimiz tarixida mustaqil taraqqiyot davri dadil olg’a qadam tashlamoqda, xalqimiz demokratik, huquqiy jamiyat qurish yo’lida dastlabki sinovlardan o’tib, islohotlarni chuqurlashtirish ishiga barcha imkoniyatlarini yo’naltirgan. O’zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida ozodlik uchun olib borgan og’ir va mashaqqatli kurashlarining qonuniy natijasidir. Inkor etib bo’lmaydigan ilmiy xulosalarni bayon etish davri mustaqillik tufayli qo’lga kiritildi. Yoshlar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda “ Tarix” fanining o’rni, imkoniyatlari beqiyosdir. Shu sababli o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarining o’quvchilariga ushbu fanni o’qitish asosiy fanlar safida turadi.

“ Tarix” fanini o’rganish, ayniqsa, ilg’or davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti yoshlarda iqtisodiy tarbiyaning shakllanishiga, iqtisodiyotni to’g’ri tashkil etish yo’llarini qidiribtopishga, ilg’or mamlakatlarning bu sohada to’plagan boy tajribalarni kengroq o’zlashtirish va undan mamlakat manfaatlari yo’lida foydalanishga yordam beradi.
Tarix” fanining mazmuni

“ Tarix” fani baynalminalchilik tarbiyasining muhim vositasidir. Bu fanni o’rganish natijasida boshqa millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning urf odatlari va tarixini qadrlashga, umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish hissini tarbiyalashga yordam beradi. “ Tarix” fanini o’rganish, voqea va hodisalarni o’zaro dialektik bog’liqlikda deb tushunishga yordam beradi hamda "O’tmishsiz kelajak bo’lmaydi"—degan tarixiy haqiqatni teran anglashga unday tarix fanini o’rganish ijtimoiy-siyosiy harakatlar tarixidan nazariy-ilmiy xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi va O’zbekiston fuqarolariga umuminsoniy jarayonlardan kelib chiqib o’z amaliy ish faoliyatlarini belgilab olishlariga yordam beradi hamda jahondagi fan va texnika yutuqlaridan xabardor bo’lish, dunyo mamlakatlarining ahvoli haqida aniq tasawur hosil qilish, ularni o’z mamlakatlaridagi voqealar bilan solishtirish va xulosalar chiqarish imkoniyatlarini yaratadi.

“ Tarix” fani materiallari kishilardan yuksak ahloqiy fazilatlar: o’zligini anglash, mehnatsevarlik, halollik, poklik, insof, diyonat, iymon, intizomlilik, o’z qadrini bilish, go’zallikni sevish kabi xislatlarni kamol toptirish vositalaridir. Bu fan davomi bo’lib, o’quvchi talabalarning umumjahon bilimlarini egallashlarida nihoyatda katta manba bo’lib qoladi.
Tarix” faninning maqsadi.

Albatta har bir fan ma'lum bir maqsad yuzasidan o’rganiladi. Yurtboshimiz ta'kidlagandek, “Biz turli mamlakatlar iqtisodiyotining o’ziga xos taraqqiyotini katta diqqat e'tibor bilan o’rganamiz, jahon amaliyoti va jahon tafakkurida to’plangan eng yaxshi tajribalarni o’zimizda qo’llashni or bilmaymiz, aksincha, bunday intilishni har jihatdan rag’batlantiramiz". Tarixni o’qitish va o’rganishdan maqsad shu fikrdan kelib chiqadi.


Tarix” fanini o’qitishning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadi quyidagilardan iborat:

  • Insoniyatninig 1917-yildan hozirgi kungacha bosib o’tgan tarixiy yo’li, uning siyosiy, ijtimoiy, ma'naviy, ahloqiy tajribasi haqidagi bilimlar asoslarini egallagan barkamol shaxsni tarbiyalashga hissa qo’shish;

  • Xorijiy mamlakatlar tarixi, iqtisodi, ijtimoiy hayotini chuqur o’rganib solishtirish orqali mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotini teranroq anglash va zarur ilmiy, g’oyaviy, tarbiyaviy xulosalar chiqarish hamda milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasining shakllanishiga yordam berish;

  • Turli mamlakatlar xalqlari tarixidan, jahon tafakkurida to’plangan tajribalardan xabardor bo’lgan, yuksak ma'rifatli, millatlararo muomala madaniyatiga ega bo’lgan komil insonni tarbiyalashga ko’maklashish;

  • O’quvchilarni tarixiy, ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarning ahamiyatini anglab yetishga odatlantirish;

  • Jahon va boshqa xalqlar qadriyatlariga insoniy munosabatda bo’lish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

Tarix” fanidan o’quvchilar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim

1. “ Tarix” voqealarni yoritishda xclislik tamoyili, ya'ni voqealarni ma'lum sinf yoki firqalar va guruhlar manfaatlari yuzasidan yoritmasdan aslida qanday bo’lsa, shundayligicha bayon qilish.

2. Tarixiy voqea va hodisalarga milliy va umumbashariy g’oyalarning umumiy uyg’unligidan kelib chiqqan holda baho berish lozim.

3. Tarix o’quv fanining insonparvarlashtirish, ya'ni bu fanning inson tarbiyasini kuchaytirishdagi o’rniga birinchi darajali e'tibor berish.

4. Jahon xalqlarining tarixiy tajribalaridan foydalanish, ya'na tarixda bo’lib o’tgan voqealardan, hodisalardan, turli shaxslar hayotidan, iqtisodiy taraqqiyotdan, yangi, baxtli jamiyat qvirish yo’lida, insonlarni fozil, komil kishilar qilib tarbiyalashda foydalanish va hozirgi davrga xizmat qildirish zarur.

5. Oddiydan murakkabga, ya'ni ma'lumotlarni berishda uni o’rganuvchilarning bilim yoki yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish. —

6. Izchillik tamoyili, ya'ni voqealar tartibi bilan ma'lum davrlarga, bo’limlarga, qismlarga ajratib berilishi lozim.


Tarix” fanidan o’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari lozim:

Tarixni o’qitish nafaqat hozirgi O’zbekiston hududi, balki jahon davlatlarida kechgan tarixiy va etnik jarayonlarining umumiyligini istisno qilmaydi va shu sababli:

-talabalarga “ Tarix”ni o’rgatishda qo’shni davlatlar va qardosh xalqlar tarixini ham hisobga olish lozim;

-bilimlarni yanada oshirish maqsadida talaba arxeologik manbalar, yozma yodgorliklar, ilmiy asarlar va tarixiy mavzudagi badiiy asarlardan xabardor bo’lmog’i;

-xorijiy mamlakatlar tarixi, iqtisodi, ijtimoiy hayotini chuqur o’rganib solishtirish orqali mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotini teranroq anglash va zarur ilmiy, g’oyaviy, tarbiyaviy xulosalar chiqarish hamda milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasining shakllanishiga yordam bermog’i;

-tarixiy jarayonlar, qadimdan shakllanib kelayotgan etnik birlik, turkiy va eroniy til munosabatlari doirasi, o’zbek xalqining kelib chiqishini xolis baholay olish, mustaqil O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan manfaatli aloqalari va xokazo;

Ishchi dastur talabalar “ Tarix” fani bo’yicha qanday tasavvurga ega bo’lishi, nimalarga e’tiborni qaratish kerakligi, qanday ko’nikmalar hosil qilish lozimligini o’z ichiga oladi. Bu esa talabaga qo’yilgan mavzu savollarini o’zlashtirish jarayonini samarali bo’lishi uchun, ularga uslubiy yordam ko’rsatish va adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga yo’naltiradi.

Mazkur uslubiy qo’llanma Navoiy Konchilik kollejining barcha mutaxassislik yo’nalishi birinchi va ikkinchi bosqich o’quvchi talabalari uchun joriy etildi. Talabalarning qo’yilgan mavzu savollarini o’zlashtirish jarayonining samarali bo’lishida, ularga uslubiy yordam ko’rsatishda ushbu usllubiy qo’llanma yaqindan yordam beradi deb o’ylaymiz.




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish