ЎҚувчиларни тарбиялашда жамоанинг роли


-sinfda o`quvchilarni insho mavzusi va uni yoritishga o`rgatish



Download 1,36 Mb.
bet3/14
Sana23.05.2022
Hajmi1,36 Mb.
#607095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O`quvchilarni tarbiyalshda inshoning o`rni

3-sinfda o`quvchilarni insho mavzusi va uni yoritishga o`rgatish

Insho mavzusi – insho predmeti bo`lib, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to`g`ri va to`liq bo`lishi o`qituvchi mavzuni qanday shakllantirishi, o`quvchilar uni qanday tushunishlariga bog`liq.


Insho ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa og`zaki va yozma insho mavzusini belgilab olish muhim rol o`ynaydi.
O`quvchilarni 1-sinfdan boshlab mavzu tanlay bilish, uning ustida ishlay bilish, yoziladigan inshoda fikrni bayon etishda har bir so`z, ibora haqida o`ylashga o`rgatish kerak. Chunki mavzu ustida fikr yuritish bilan insho ustida ishlash ham boshlanadi. Mavzularning bir-biridan farqini his etish, ularni qiyoslashga yordam beradi.
Boshlang`ich sinflarda qiyoslash sodda mavzularni tanlashdan boshlanadi.
O`quvchilar mavzuni yoritishga 1-sinfdan boshlab o`rganadilar. Ular mavzuga oid gap tuzadilar. Masalan, bahor havosi haqida, ona qishlog`i haqida, qo`rqoq quyon, ayyor tulki haqida gap tuzadilar.
Maktabda o`tkaziladigan insholarda ko`zga tashlanadigan nuqsonlardan biri mavzudan chetga chiqish, ya`ni uning haddan ziyod qisqa, yoki aksincha, ortiq darajada keng hajmda bo`lishidir. Aslida insho uchun aniq chegaralangan mavzular tanlanishi o`rinlidir. Masalan, “Mening gulzorim”, “Yozgi ta`tilning bir kunida”, “Birinchi qo`ng`iroq”, “Matematika darsida”, “Sevimli o`qituvchim” va boshqalar.
Og`zaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib, uni yoritishni talab qilishdan tashqari, avval material tanlash, keyin shu yig`ilgan materiallar asosida mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham mumkin.
Mavzu zaminida inshoning asosiy mazmuni yotadi. O`quvchilar u haqida aniq tasavvurga ega bo`lsalargina, inshoni talabga javob beradigan darajada yozishlari mumkin. Bunda mavzuning juda aniq bo`lishi muhim rol o`ynaydi. Puxta o`ylab tanlangan mavzu o`quvchilarning unga mos material tanlashlari va bu materiallarni izchillikda yoritishlari uchun yo`llanma sifatida xizmat qiladi.
Odatda, adabiy mavzulardagi insho uch qismdan – kirish, asosiy qism, xulosadan iborat bo`lib, reja asosida yoziladi.

  1. Inshoning kirish qismida, odatda voqea yuz bergan davr, asarning yaratilishi, mavzusi, yozuvchi ijodida tutgan o`rni to`g`risida qisqacha ma`lumot beriladi.

  2. Inshoning ikkinchi, asosiy qismida mavzu bo`yicha to`plangan materiallar ifodalanadi.

  3. Inshoning xulosa qismida odatda, qoida bo`yicha, asosiy qismida bayon etilsa, fikrlar umumlashtiriladi, shaxsiy xulosa bayon etiladi. Xulosa qismining mazmuni, insho mazmuniga qarab turlicha bo`ladi. Masalan, agar insho adabiy xarakterda bo`lsa, xulosa qismida obrazlarning tipikligi, yozuvchi ijodining ahamiyati, yozuvchining adabiyot rivojidagi roli haqida so`z yuritiladi.

Og`zaki va yozma inshoga o`rgatish jarayonida o`quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o`z inshosini aniq fikrga bo`ysundirish, material to`plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko`nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari texnik vazifalar ham amalga oshiriladi, ya`ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e`tibor berish, matnni xatboshidan yozish, husnixat va hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi.


1-4 sinflardagi bayon va insho ta`limiy xarakterga ega bo`lib, o`qituvchi rahbarligida o`tkaziladi. Bu sinflarda o`quvchilar mazmuni o`zlashtirilgan ertak, hikoya bo`yicha bayon, hayotiy tajribalar va rasmlar asosida kichik hajmda insho yozadilar.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni insho mavzusi va uni yoritishga o`rgatish insho mavzusi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Xususan, ularda insho yozish malakasi rivojlanishi uchun qulay, mazmunli, sodda mavzu tanlash talab qilinadi.
Bundan tashqari kelajak haqidagi “Kim bo`lishni xohlayman” mavzusida tayyorgarliksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. O`quvchilar ushbu mavzu asosida insho yozganlarida kimga havas qilishlari, kim bo`lmoqchi ekanliklari va nima uchun shu sohaga yoki shu kasbga qiziqishlari, bu kasbni tanlashda kim havas uyg`otgani, bu kasbning foydali jihatlari haqida to`lib-toshib hikoya qiladilar.
Xullas, mavzu inshoda yoritilgan fikrlarga muvofiq kelishi va uning mazmunini to`la qamrab olishi lozim. Hech vaqt kuzning shirin-shakar mevalari haqida fikr yuritib, “Qovun pishdi”, “Polizda” deb sarlavha qo`yilmaydi. U albatta, “Kuz sahovati”, “Kuz ne`matlari” kabi nomlar bilan atalishi lozim.



Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish