Uy ro‘zg‘or asoslari



Download 14,4 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi14,4 Kb.
#783588
Bog'liq
1- Мавзу маъруза


1-MAVZU: UY ROZG'OR ASOSLARI» FANIGA KIRISH
REJA:

1.“Uy ro‘zg‘or asoslari” fanining maqsadi va vazifalari.


2. Uy ro zg’or asoslari tushunchasi, mazmuni va turkumlanishi, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan texnologiya fanida “Uy ro‘zg‘or asoslari” bo'limi mazmuni.
3.Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta'minoti sxematik tasvinni tayyorlash.

Uy-ro’zg’or asoslari fani uy-rozg’or yuritish, uy-ro’zg’or mashinalarini ta’mirlash , pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash, oyna romlarini kichik ta’mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari, yurtimiz me’morchiligi tarixi, xona interyeri hamda jihozlanish dizayni, soxaga oid yurtimizda tarkib topgan an’analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo’nalishlari, uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari va boshqalarni o’rganuvchi fandir.


Fanni o’qitishdan maqsad-talabalarda uy-ro’zg’or buyumlari,ularni ta’mirlash usullari, hamda jihozlanish dizayni, sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an’analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo’nalishlari, uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari va boshqalari haqida ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning maqsadi- pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash, oyna romlarini kichik ta’mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari, xizmat ko’rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari, pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlarri va kichik ta’mirlash ish usullari xaqida talabalarga bilim berishdir.
Uy-ro’zg’or asoslari fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-uy-ro’zg’or yuritish;
-uy-ro’zg’or mashinalarini ta’minlash;
-uy-ro’zg’or buyumlariga texnik qarov to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
-o’quvchilar pol qoplamalari hamda mebbellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash;
-oyna romlarini kichik ta’mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari;xizmat ko’rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari;
-pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullarini bilishi,malaka xosil qilishi va amalda qo’llay olishi;
-yurtimizda me’morchiligi tarixi, xona interyeri hamda jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an’analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo’nalishlari;
-xona va fanlar bo’yicha o’quv kabinetlarida mebel va qo’shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash;
-taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash;
-shahar va qishloq uylarida suv,gaz,elektr energiyasi va issiqlik ta’minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari;
-uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari;
-ta’minlashda qo’llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari;
-uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan asosiy asboblari;
-suv ta’minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo’mraklarni sozlashda mayda ta’mirlash ishlarini bajarish;
-qurilish va ta’mirlash bilan bog’liq kasb-hunarlar boyicha bilim,ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar.
Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi uy-ro’zg’or asoslari fani oily texnika o’quv yurtlarida o’tiladigan asosiy fanlardan biri bo’lib, “Fizika” fanidan keyin o’qitilib, barcha texnika qurilma va asboblarining elektr qismlari uchun xilma-xil va murakkab texnik masalalar yechishda,xisoblash va loyixalashda nazariy asos sifatida qo’llaniladi.Mazkur fan ta’lim bilan bevosita aloqada bo’lib, vatanimizning texnika soxalarida elektr va radio texnikasidan unumli foydalanish va yanada rivojlantirish kasb masalalarni ishlab chiqarish bilan qo’shib olib boorish yaxshi natijalarni beradi Talabalarning uy-ro’zg’or asoslari fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy tadbiq qilish mumkin axamiyatga egadir. Fanni o’qitishda plakatlar,chizmalar , ko’rgazmali texnik vositalar yangi pedagogic texnologiyalar asosida o’qitish, bilim , ko’nikma va malakalarni hosil qilish ko’zda tutiladi. Pol qoplamalari hamda mebellarning sizga uzoq vaqt sifatli hizmat qilishi uchun ishlab chiqaruvchilar tomonidan berilgan tavsiyalarga rioya etish, joriy ta“mirlash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazib borish lozim.Mebellarni isitish asboblari yaqiniga o‘rnatish tavsiya etilmaydi. Shuningdek,quyosh nirlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri tushishi ham mebel uchun xavfli hisoblanadi, chunki, u haddan tashqari qiziganida qurib, o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi. Xonada namlikni me’yorida bo‘lishini ta’minlash uchun manzarali gullar, akvarium kabi namlik manbalari bo‘lishi tavsiya etiladi.
Plastik bilan qoplangan mebel zarurat bo‘lishiga qarab nam salfetka bilan artib turish etarli bo‘ladi. Bu ishni yakunida mebel quruq salfetka bilan artilsa namlikning mebeldagi tirqishlari va himoyalangan ulanish joylariga tushishining oldi olinadi.Shuningdek, yog‘och yuzalarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan maxsus kimyoviy vositalar – polirollardan foydalanish mumkin. Faqat oshxonada ulardan foydalanishda oziq-ovqat mahsulotlariga tegishidan ehtiyot bo‘lish kerak. Shpon va faneradan tayyorlangan yuzalarni changdan muntazam tozalab borish tavsiya etiladi, bu ularning xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiladi. Mebellarda yuzaga keladigan mayda nosozliklarni ustaga murojaat qilmasdan,o‘zingiz ham vaqtida bartaraf etib borishingiz mumkin. Buning uchun xonadoningizda maxsus asboblar va zarur furnituralar bo‘lishi kerak. Misol uchun shkaf va tumbalar eshiklari qiyshayib qolganida mebelni polga nisbatan to‘g‘ri gorizontal holatga olib kelish lozim. Buning uchun uy sharoitida mebel oyoq“i tagiga karton yoki platsmassa tagliklar qo‘yish mumkin. Agar shkaf tagi egilib qolsa, u tashqaridan ko‘rinmaydigan qilib tagidan yog‘och tirgak bilan mustahkamlanadi.Mebelning eshik va boshqa qismlaridagi sharnir detallar profilaktikasi barcha konstruktsiyaning xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiladi. Undagi vint va boltlarni vaqtida maxsus asboblar yordamida burab, mustahkamlab turish lozim.
Download 14,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish