Uyushgan gapning badiiy matnda qo`llanishi mundarija: Kirish I bob uyushiq bo’laklarning semantik-stilistik xususiyatlari



Download 49,31 Kb.
bet4/7
Sana26.04.2022
Hajmi49,31 Kb.
#584630
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
UYUSHGAN GAPNING BADIIY MATNDA QO`LLANISHI

1.2. Uyushiq bo’laklar
Uyushiq egalar egalik qo`shimchasini olgan holatda ham qo`llanadi. Bunda egalik qo`shimchalari uyushiq bo`laklarning har biriga alohida qo`shiladi yoki hammasi uchun umumiy bo`lib, oxirgi bo`lak tarkibida keladi: Darvoqe o’tgan bir-ikki oy mobaynida burgutcha ancha yetilib, bo’yin-u qanotlari cho’zilib qolgan, qandaydir oriqlagandek ko’rinar, ammo yetilayotgan yirtqich qushligi yaqqol bilinib turardi. (Bandi burgut)
Uyushiq egalarni ot so`z turkumidan boshqa so`z turkumlari ham ifodalay oladi. Masalan, uyushiq egalar olmoshlar bilan, ko`p hollarda esa kishilik olmoshlari bilan, ba`zida esa egalik va ko`rsatish olmoshlari bilan ham ifodalanadi. Biroq so`roq, birgalik, belgilash, bo`lishsizlik olmoshlari bilan uyushiq egalar deyarli ifodalanmaydi. Uyushiq egalar olmoshlar bilan ifodalanganda, birlik va ko`plikdagi I, II, III shaxsdagi kishilik olmoshlari bilan ifodalanadi, ammo birlik ko`plikni ifodalovchi bir shaxsdagi kishilik olmoshi bilan ifodalanmaydi. Kishilik olmoshlari uyushiq ega vazifasida kelganda, egalik qo`shimchalarini qabul qilmaydi.
Uyushib kelgan egalar ot va olmosh so`z turkumi bilan ifodalanishi bilan bir qatorda, sifatdosh, otlashgan sifat, son, fe`l bilan ham ifodalanishi mumkin. Otlashgan so`zlar xuddi ot so`z turkumi kabi kelishik, egalik hamda ko`plik qo`shimchalarini qabul qiladi hamda otning so`roqlariga javob bo`ladi. Uyushiq egalar fe’llar bilan ifodalanadi. Bu holat, ya’ni uyushiq egalarning fe’l so’z turkumi bilan ifodalanishi boshqa so’z turkumlariga qaraganda kamroq uchraydi: Men o’zimni yana o’nglab oldim: nazarimda “turk”u “ingliz”larning bir yoqadan bosh chiqarib mening yonimni olishayotgani, zo’ravonga esa gap qotishga jur’at etishgani menga dalda bo’lgan edi. (To’p o’yin).
Hozirgi o’zbek adabiy tilida bunday fe’llar, ko’pincha, juft shaklda bo’ladi, lekin asarda bu xildagi fe’llar sanash ohangi yordamida bog’lanadi.
Ma’lumki, uyushiq bo’laklar bir-biri bilan o’zaro teng aloqaga kirishadilar. O’zbek tilida uyushiq egalar bir-biriga quyidagi yo’llar bilan bog’lanadilar:

  1. intonatsiya vositasida;

  2. teng bog’lovchilar vositasida.

O’zbek tilida intonatsiya yoki ohangga quyidagicha ta’rif beriladi: Intonatsiya (lot. intonare – baland tovush bilan talaffuz etaman). Nutqning sintaktik ma’nolarni va ekspressiv-emotsional bo’yoqlarni ifodalashi uchun xizmat qiluvchi ritmik-melodik tomoni; ovozning baland-pastligi4;
Shunga ko’ra, intonatsiya ham turlarga ajratiladi. Uyushiq bo’laklarni birlashtirishda esa, sanash ohangidan foydalaniladi. Sanash intonatsiyasi deb ketma-ket keluvchi qismlarni aytishda qo’llanadigan intonatsiya (notugal intonatsiyaning bir ko’rinishi).
Uyushiq bo’laklar o’rtasida ham notugallik bo’lgani uchun sanash intonatsiyasi yordami bilan bog’lanadi. Shuningdek, bu qismlar o’rtasida biriktiruvchi kichik to’xtam ham bo’ladi: Uzun bu imoratning orqa tomoni oq devor bilan o’ralgan saroy edi: sigir, qo’y, pichan... (Bandi burgut).
Biriktiruvchi bog’lovchilar ikki qismdan iborat uyushiq egalarni va ko`p qismli uyushiq egalarning oxirgi ikki qismini o`zaro biriktirib bog`laydi. Uyushiq ega qismlari o`rtasida qo`llangan biriktiruvchi bog`lovchilar sanashning tugaganligini ifodalaganligi sababli, uyushiq ega qismlari biriktiruvchi bog`lovchilar bilan bog`langanda, uyushiq ega qismlari sonini orttirish, sanashni davom ettirishning imkoni bo`lmaydi: Aksincha: endi men o’zimizning anavi tomondagi dala –shiyponimiz-u loysuvoq uylarimizni, gilam-kigiz, buyralarimiz-u po’stak va ko’rpachalarimizni yanada ko’proq yaxshi ko’radigan bo’lib qolgan edim. (Bandi burgut).
Ayrim hollarda ko`p qismli uyushiq egalarning oldingi qismlari o`zaro biriktiruvchi bog`lovchilar bilan bog`lanadi. Uyushib kelgan eganing keyingi qismlari esa ohang vositasida bog`lanadi. Bunda yuqorida ko`rgan holatning aksi bo`ladi, ya`ni bu holatda uyushiq egalarning o`zaro bog`lanishdagi munosabati u qadar birikib yetmaganligi sababli uyushiq egalar sonini ko`paytirish, sanashni davom ettirish mumkin bo`ladi. Lekin bunday shakllar ushbu asarda uchramaydi.
Badiiy uslub uchun uyushiq bo’laklarning qaysi formada kelishi ham muhimdir. Odatda, uyushiq bo’laklar ko’makchili va kelishikli for­mada, birlik yoki ko’plik formada, egalik va shaxs-son affikslarini olgan holatda, uyushiq bo’lak kesim bo’lganda to’liq shakllangan yoki qisman shakllangan holda qo’llanadi. Bunda ikki holat ko’zga tashlanadi: uyushiq bo’laklarning oxirgisi tarkibida kelgan kelishik affiksi, ko’makchi, ko’plik formasi, egalik va shaxs-son affikslari, sostavli kesimning ikkinchi komponenti uyushiq bo’laklarning hammasi uchun umumiy bo’ladi. Bunday formantlar, ko’makchilar, ko’makchi yoki to’liqsiz fe’llar uyushiq bo’laklarning har biriga alohida-alohida qo’shilishi yoki ular bilan alohida-alohida kelishi mumkin. Bu nutqning logik-gram­matik, stilistik xususiyatlari bilan izohlanadi. Uyushiq bo’laklar ifodalagan tushunchalar alohida ta’kidlanganda, morfologik formant va ko’makchilar, uyushiq bo’laklarning har biriga qo’shilib keladi.
Gap bo’laklarining barchasi uyushib kela oladi:
Uyushiq ega. Uyushiq egalarni bog`lashda yuklamalar ham ishtirok etadi. Uyushib kelgan egalarga -mi yuklamasi aralash holda qo’shilib noaniqlik ma’nosini ifodalaydi. Uyushiq qator a'zolari har xil grammatik shakllangan leksemalar bilan ifodalan­gan: Biz, ayniqsa, ko’klam kezlarida to’rt-beshta bo’lvolib, poliz paykallarida izg’ib yurardik. O’tgan yildan qolib ketgan sabzi bormi, lavlagi, kartoshka bormi – kavlab olib, qishloqning chetidagi bir g’arib dala shiyponiga borib, o’t yoqib, uning qo’riga topgan-tutganimizni ko’mib-pishirib yer edik. (Bandi burgut)
Bir xil grammatik shakllangan leksemalar bilan ifodalan­gan: Qo’llarimimiz, og’zi-burnimiz qorayib, bir-birimizdan kulib, maza qilib o’tirardik. (Bandi burgut)
“ammo” yordamchisi uyushiq bo’lak qismlarini zidlab ko’rsatadi, uyushiq bo’laklar bunday paytda yoyiq konstruksiyali bo’lsa, zidlik ma’nosi bo’rtib turadi: To’g’ri, bu yerda yashashlari – bir umrlik emasligi, ammo ijaraga ham turmayotganlari o’qtin-o’qtin yodlariga tushib ketardi, albatta. (O’zbek bobo)
Uyushiq kesim. Fe’l kesimlarning uyushib kelishi nutqning ko’tarinkiligi haqida tasavvur beradi. Ot kesimlar uyushganda kesimlik affiksi yaxlitlovchi forma sifatida oxirgi uyushiq bo’lakka birikadi: Balkim uylaring tepasida aylanadigan burgutlar – o’shaning ota-onasi yoki aka-ukasidir? (Bandi burgut)
Agar ot kesim murakkab ko’rinishda bo’lsa, analitik shakli oxirgi uyushiq bo’lakka birikadi: Kuchukvachcha mushtdnek bo’lgani bilan juda dovyurak, jangari bo’larkan. (Bandi burgut)
Uyushiq to’ldiruvchi. Uyushiq qator a'zolari har xil grammatik shakllangan leksemalar bilan ifodalan­gan: Aksincha: endi men o’zimizning anavi tomondagi dala –shiyponimiz-u loysuvoq uylarimizni, gilam-kigiz, buyralarimiz-u po’stak va ko’rpachalarimizni yanada ko’proq yaxshi ko’radigan bo’lib qolgan edim. (Bandi burgut)
Uyushiq qator a'zolarida grammatik shakllar yaxlitlovchi forma sifatida qo’llangan: Biroq tasvirdagi shohlar (chunonchi Bobur ham, temur ham) nechuk bo’lib buncha dav-daska qilib, falon yuzlab sipoh olib, qulon, kiyik, yo’lbars yo qoplon ovlariga chiqishar ekan? (Bandi burgut)
Uyushiq aniqlovchi. Masalan, qaratqich aniqlovchilar uyushib keladi va bunda grammatik vosita har bir uyushiq bo’lakda qatnashadi: Yopiray, devorlarda tulkining ham, bo’rining ham, qoplonning ham terisi ilingan, bir nechta burama, changarakshox kiyik hamda yovvoyi qo’yning shoxlari-da bor edi. (Bandi burgut)
Qaratqich aniqlovchilar uyushib kelganda grammatik vosita oxirgi uyushiq bo’lakda qatnashadi: Endi Rais boboning men bilan o’g’lining yaqinligiga hamda burgutga bo’lgan munosabati haqida. (Bandi burgut)
Gap tarkibida qator kelgan sifatlovchilar uyushgan va uyushmagan holda bo’lishi mumkin. Sifatlovchilar predmetni bir tomondan aniqlab, uning bir yoki turli belgilarini bildirsa va o’zaro teng holatda bo’lsa, uyushib keladi.
Uyushgan sifatlovchilar sifatlanmishga ayrim - ayrim holda bitishuv usuli bilan birikadi va ular yoyiq holda bo’ladi: Jahon urushining asorati hamon bilinar, ayniqsa, otalari urushda xalok bo’lib, onalari er qilib ketgan, o’zlari yetimlar uyida jon saqlagan bolalarning ko’pligidan bilinardi. (To’p o’yin).
Uyushgan sifatlovchilar bir so’zdan tuzilgan bo’ladi: U – ajoyib va fojiaviy manzara edi. (Bandi burgut)
Uyushgan hol. Masalan, hol uyushganda: Bir mahal burgut shunday aylanishga berilib ketdiki, tuyqus qafasga urildimi yoki xizmatkor ipdan qattiq tortdimi – xuddi o’q tekkandek bir ag’darilib pastlay boshladi (Bandi burgut)
Uyushgan bo’laklar yoyiq yoki yig’iq holda bo’ladi: bir gap bo’lagining o’zi uyushib kelsa, yig’iq, bular o’ziga oid so’zlar bilan kengayib kelsa, yoyiq bo’ladi.
“va”, “hamda” bog`lovchilari ko`p qismli uyushiq egalarning oxirgi qismlarini bog`lashga xizmat qilmasligi bilan farq qiladi. Uyushiq egalar juft-juft bo`lib kelganda esa, “va” bog`lovchisi singari juft qismlarni o`zaro bog`laydi: ...gohida shox ostidagi katta tog’oraga solib qo’yilgan suvga tushib olib, qanotlarini pat-patlatib urib cho’milar, so’ngra shumshukkina bo’lib chetga chiqar va soyni kechib o’tgan moldek silkinib patlarini qurita boshlar edi. (Bandi burgut)
Yoki bir gapda “va”, “hamda” bog`lovchilari boshqa-boshqa bo’laklarni uyushtirishga xizmat qilish uchun qo’llanganda va bog’lovchisi o’rnida bilan bog’lovchi-ko’makchisi ishtirok etishi mumkin: Endi Rais boboning men bilan o’g’lining yaqinligiga hamda burgutga bo’lgan munosabati haqida. (Bandi burgut)
Biriktiruvchi bog`lovchilar o`rnida “-u”, “-yu” yuklamalari ham uyushiq egalarni bog`lashda xizmat qiladi. “-u”, “-yu” yuklamalari vositasida bog`langan uyushiq egalar ta`kid va kuchaytirish ma`nolarini ifodalaydi: Aksincha: endi men o’zimizning anavi tomondagi dala –shiyponimiz-u loysuvoq uylarimizni, gilam-kigiz, buyralarimiz-u po’stak va ko’rpachalarimizni yanada ko’proq yaxshi ko’radigan bo’lib qolgan edim. (Bandi burgut)
Uyushiq egalarni o`zaro bog`lashda biriktiruvchi bog`lovchilar singari ayiruv bog`lovchilari ham qo`llanadi. “Yo”, “yoki”, “yohud” ayiruv bog`lovchilari yakka holda, “dam... dam”, “goh... goh” bog`lovchilari esa takror qo`llanadi. Uyushiq bo’­laklar takrorlanuvchi bog’lovchilar bilan birikib kelganda, uyu­shiq bo’laklarning har biri grammatik forma yoki ko’mak­chi bilan kelishi mumkin. Har biriga: Rost, uning qilig’idan, aytimidan zavqlanib ketgandik. (Kuzda bahor havosi)
Yoki oxirgi uyushiq bo’lakka: Biroq tasvirdagi shohlar (chunonchi Bobur ham, temur ham) nechuk bo’lib buncha dav-daska qilib, falon yuzlab sipoh olib, qulon, kiyik, yo’lbars yo qoplon ovlariga chiqishar ekan? (Bandi burgut)
“goh” bog’lovchisi bilan bog’langanda ketma-ketlik ma’nosi reallashadi: Umuman, bu – o’limtikxo’r yirtqish qushlar turkumidan bo’lsa ham, juda ozoda edi: Tumshug’ini deng, butoqning goh bu, goh u tomoniga rosa suykab artar, gohida shox ostidagi katta tog’oraga solib qo’yilgan suvga tushib olib, qanotlarini pat-patlatib urib cho’milar, so’ngra shumshukkina bo’lib chetga chiqar va soyni kechib o’tgan moldek silkinib patlarini qurita boshlar edi. (Bandi burgut)
Uyushiq bo’laklarning qo’shimcha olishi yoki olmasligi, ko’makchi so’zlar bilan kelishi yoki kelmasligi uyushiq bo’­laklarning miqdori (uyushiq bo’laklar qancha ko’p bo’lsa, ularda qo’shimcha va ko’makchilarga zaruriyat shuncha kuchli bo’ladi), bog’lovchilarning mavjud yoki mavjud emasligi (bog’lovchilar yordamida birikkanda qo’shimcha va ko’makchilar­ga ehtiyoj ko’p bo’ladi), uyushiq bo’laklarning semantik tomondan uzoq-yaqinligi, biriktiruvchi pauza (pauza qancha uzun bo’lsa, qo’shimcha va ko’makchilarni takrorlashga ehtiyoj shuncha kuchli bo’ladi) kabi holatlarga ham bog’liq.
Qo’shma gapning birinchi sodda gapida uyushib kelgan qaratqich aniqlovchilar uch qismli bo`lsa va har biriga “ham” yuklamasi qo’shilsa, ikkinchi sodda gapida uyushgan sifatlovchi aniqlovchi, shuningdek, hamda bog’lovchisi yordamida egalar uyushsa, ma’no butunlay konkretlashadi va tasvir aniqligi ortadi. Ham so’zi takrorlanib kelganda ikki xil ma’noni anglatadi: ham so’zi o’zi aloqador so’zdan keyin kelsa, ayirib ko’rsatish, ta’kidlash, oldin kelsa, faqat ta’kidlash ma’nolari anglashiladi. Bilan yordamchisi bilan birikkanda esa faqat oxirgi uyushiq bo’lak grammatik formant oladi: Yopiray, devorlarda tulkining ham, bo’rining ham, qoplonning ham terisi ilingan, bir nechta burama, changarakshox kiyik hamda yovvoyi qo’yning shoxlari-da bor edi (Bandi burgut). Shuningdek, bu o’rinda ham so’zi ayirib ko’rsatish, ta’kidlash uchun kelgan. Bunda uyushiq bo’laklar ham ayirib ko’rsatish, ham ta’kidlash uchun qo’llangan. Bunda gap bo’laklarining uyushib kelishi biriktiruvchi pauza va sanash ohangi yordamida yuz beryapti. Uyushiq bo’laklar tarkibidagi ham so’zini tushirib qoldirsak ham, uyushiq bo’laklarning birikish usuli o’zgarmaydi: faqat uyushiq bo’laklar ta’kidlanmagan, ayirib ko’rsatilmagan bo’ladi: Yopiray, devorlarda tulkining ham, bo’rining ham, qoplonning ham terisi ilingan, bir nechta burama, changarakshox kiyik hamda yovvoyi qo’yning shoxlari-da bor edi. - Yopiray, devorlarda tulkining, bo’rining, qoplonning terisi ilingan, bir nechta burama, changarakshox kiyik hamda yovvoyi qo’yning shoxlari-da bor edi kabi.
Demak, ham so’zi tak­rorlanib kelganda, uyushiq bo’laklar biriktiruvchi pauza va sa­nash ohangi yordamida birikadi. Ham so’zi esa o’zi aloqador bo’l­gan so’zning ma’nosini ta’kidlash, uni ayirib ko’rsatish uchun qo’llangan. Demak, ham so’zi takrorlanib qo’llanganda yuklama hisoblanadi.
Voqea-hodisa mazmunini ta’kidlab, aniqlashtirib ko`rsatish maqsadida ba`zida uyushiq egalarning sifatlovchilari kengaytirilgan bo’ladi: Saroydagi xilvatxona va undagi hayvonlardan shilib olingan terilar-u, arralab, qoqib olingan shoxlar ko’z oldimga keldi: demak, bu ishlarning boshida o’sha odam tursa kerak (Bandi burgut).
Uyushiq bo’laklar ma’noni kuchaytirish uchun ham xizmat qiladi. Bu ko’proq hollar, sifatlovchilar uyushib kelganda yuz bera­di. Masalan, hol uyushganda: Bir mahal burgut shunday aylanishga berilib ketdiki, tuyqus qafasga urildimi yoki xizmatkor ipdan qattiq tortdimi – xuddi o’q tekkandek bir ag’darilib pastlay boshladi (Bandi burgut).
Ma’lum bir narsa, predmetlarni aniq ifodalash – ta’riflash uchun ot kesimning sifatlovchisi uyushib keladi: Bu el bo’lmaydi, o’g’lim... Lekin chiroyli, mag’rur qush. (Bandi burgut)
Uyushiq sifatlovchilar nutqning ekspressivligi uchun xizmat qiladi: Saroydagi xilvatxona va undagi hayvonlardan shilib olingan terilar-u, arralab, qoqib olingan shoxlar ko’z oldimga keldi: demak, bu ishlarning boshida o’sha odam tursa kerak. (Bandi burgut)
Ikki uyushiq egalarni ko’pincha va yoki hamda bog’lovchilari bilan bog’langanini ko’rish mumkin: Shubha yo’qki, shu tobda mehmonxona eshigi ochiq, u yerda Rais bobogina emas, u kishining xotini va o’g’li ham bor. (Bandi burgut)
Uyushiq egalarga nisbatan aniqlovchi umumiy va xususiy bo`lishi mumkin. Umumiy aniqlovchi uyushib kelgan ega qismlarining barchasida mavjud bo`lgan bir xil belgini ko`rsatadi, uyushiqlik zanjirini hosil qilgan eganing har birini aniqlaydi. Xususiy aniqlovchi esa uyushiq ega qismlarining barchasini birdek aniqlamaydi, ya`ni ulardan bittasining belgisini ko`rsatib beradi. Uyushiq eganing birida mavjud bo`lgan belgi uyushiq zanjirdagi egalarning boshqalarida bu belgi bo`lmaydi.
Umumiy aniqlovchi uyushiq egadan oldin keladi, biroq uyushiq egadan oldin qo`llangan aniqlovchining hammasi ham umumiy aniqlovchi bo`la olmaydi.
Yoyiq sifatlovchi aniqlovchilari uyushgan to’ldiruvchi orqali insonga xos tashqi belgilarni bo’rttirib ko’rsatish mumkin: ...O’sha vaqtlarda “Tarzan” filmi qo’yilgan, ho’-o’, u – baquvvat, har yelkasiga bir odam o’tirsa bo’ladigan, daraxtdan daraxtga maymundek sakrab o’tadigan yovvoyi yigitga taqlid qilib, necha-necha bolalarning qo’l-oyog’i singan edi.(To’p o’yin)
Shuningdek, asarda bir gap tarkibida yoyiq sifatlovchi aniqlovchilar uyushib qo’llangan holatlar ham uchraydi. Bu esa fikrni yanada aniqlashtirishga yordam beradi: Jahon urushining asorati hamon bilinar, ayniqsa, otalari urushda xalok bo’lib, onalari er qilib ketgan, o’zlari yetimlar uyida jon saqlagan bolalarning ko’pligidan bilinardi.(To’p o’yin).
Uyushiq bo’laklarda umumlashtiruvchi birliklar funksional qo’llanishiga ko’ra farq qiladi. Badiiy nutqda umumlashtiruvchi birliklar odatda jins tushunchasini bildirib, tur tushunchasini ifodalovchi uyushiq bo’laklardan oldin keladi. Le­kin bularda umumlashgan birliklarning qo’llanishi ancha murakkab. Bir tomondan, umumlashtiruvchi birlik jins tushunchasini, uyushiq bo’laklar esa tur tushunchasini doimo aynan ifodalayvermaydi. Bundan tashqari, ko’pincha umumlashtiruvchi birlik vazifasida jamlik bildiruvchi boshqa so’zlar, masalan, hammasi, butun kabilar qo’llanadi. Bular uyushiq bo’laklardan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. Ba’zan bunday so’zlar takrorlanib kelib, ma’noni kuchaytiradi.
Ikkitadan ortiq uyushiq egalar ba’zan umumlashtiruvchi bo’lakdan keyin bog’lanadi. Bunday holatda uyushiq eganing sanash ohangi yordami bilan bog’langan qismlari esa mazmunan o’zaro zich birikmaganlikni ifodalasa-da, uyushiq shakllar fikrni to’la oydinlashtiradi: Xullas, uning amri bilan kissalarimizda bor bisotimizni ko’rsatdik: bu gal u faqat yesa bo’ladiganlarini oldi: tosh qotgan “piryanik”, bir kat jiyda, parvarda, kallaqand (To’p o’yin).
Haqiqatan ham, umumlashtiruvchi bo’lak jins tushunchasini, uyushiq bo’lak tur tushunchasini ifodalovchi so’zlardan bo’ladi5, umumlashtiruvchi bo’lak uyushiq bo’laklarni jamlab, umumlashtirib ifodalasa, uyushiq bo’laklar umumlashtiruvchi bo’lakni izohlaydi, to’ldiradi. Aslan qurilmada umumlashtiruvchi bo’lakning ishtiroki zaruriy emas, biroq mazkur bo’lak nisbatan keng tushunchani ifodalaydi, bundan tashqari, uning maxsus ohang hamda to’xtam bilan aytilishi ta’kid ma’nosini yuzaga keltiradi: Xullas, uning amri bilan kissalarimizda bor bisotimizni ko’rsatdik: bu gal u faqat yesa bo’ladiganlarini oldi: tosh qotgan “piryanik”, bir kat jiyda, parvarda, kallaqand. - Xullas, uning amri bilan kissalarimizda tosh qotgan “piryanik”, bir kat jiyda, parvarda, kallaqanni ko’rsatdik: bu gal u faqat yesa bo’ladiganlarini oldi tarzida qo’llansa ta’kid ma’nosi yo’qoladi.
Uyushiq egalar ham umumlashtiruvchi bo’lak bilan qo’llanishi mumkin va bunday holatda umumlashtiruvchi bo’lak ta’kidlash, xulosalash ma’nolarini ifodalaydi. Umumlashtiruvchi bo’lak uyushiq egalarni jamlab, umumlashtirib ifodalaydi va uyushiq egalardan oldin ham, keyin ham qo’llanishi mumkin. Lekin umumlashtiruvchi bo’lak qaysi o’rinda ifodalanishidan qat’iy nazar u uyushiq egalardan pauza bilan ajraladi. Uyushiq egalarni bog`lashda “ham” yordamchisi ham ishtirok etadi. Uyushib kelgan ega ko`p qismli bo`lsa va har biriga “ham” yuklamasi qo’shilsa, chegaralash ma’nosi aniq bo’rtib turadi: Biroq, yigitchalar, bilib qo’yinglarki, bizning falsafamizda hamma narsa Inson uchun, deyiladi. Tabiat ham, gullar ham, ana shu qushlar ham... (Bandi burgut).
Keltirilgan misolda jins va tur tushunchalari aynan ifodalanmagan, ular qisman to’ldirilgan. Umumlashtiruvchi so’z (hamma narsa) va uyushiq bo’lak(Tabiat ham, gullar ham, ana shu qushlar ham)dagi semantik xususiyat grammatik xususiyat kabi aynan bo’lgani boisidan, shakliy-mazmuniy aniqlik ro’yobga chiqadi. Uyushiq egalardagi grammatik forma – ham yuklamasining har bir uyushiq bo’lakka qo’shilishi ajratish, chegaralash mazmunini aniq ifodalagan. Konstruksiyadan umumlashtiruvchi bo’lak olib tashlansa,fikr butunligiga putur yetadi va alohida e’tibor, diqqat qaratish yo’qoladi: Biroq, yigitchalar, bilib qo’yinglarki, bizning falsafamizda hamma narsa inson uchun, deyiladi. Tabiat ham, gullar ham, ana shu qushlar ham... - Biroq, yigitchalar, bilib qo’yinglarki, bizning falsafamizda tabiat ham, gullar ham, ana shu qushlar ham inson uchun, deyiladi.... (Bandi burgut).
Umumlashtiruvchi so’z vazifasida jamlash-belgilash, bo’lishsizlik olmoshlari, jam ottlari, son turkumidagi so’zlar, harakat nomlari kabi so’zlar keladi. Miqdor ma’nosini jamlash maqsadida umumlashtiruvchi bo’lak son turkumidan tuziladi: Burilib ortimdagi devorga qarasam, o’nlab qushlarning – kaklik deysizmi, chil, xakka, qumri, hatto jannat chivinxo’ri degan dumi uzun qizg’ish qushning ham ichiga bir nima tiqilgan mo’lasi saf tortib turibdi. (Bandi burgut).
Quyida keltirilayotgan misolda birinchi to’ldiruvchi(toshqasrlar-u)da -ni affiksini tiklab bo’lmaydi, ikkinchi to’ldiruvchi(odamlarni)da esa belgili qo’llangan. Uyushiq bo’lak hamda umumlashtiruvchi so’z grammatik muvofiqlik asosida birikib, yakunlash, xulosalash mazmunini ifodalagan. Demak, bunday bo’laklar o’zi qatnashgan gap bilan semantik, grammatik, intonatsion yaxlitlikda bog’lanadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ijodkor qo’llagan uyushiq bo’laklar fikrni to’la ifodalashga yordam bergan: Biz bolalar zaldagi deraza pardalarini tushirib, nimqorong’ilikda fosfor burgutni tomosha qilib, xayolimizda u tufayli qo’zg’algan har xil afsonalarni – toshqasrlar-u jodugarning bir “so’f”i bilan tosh qotgan odamlarni eslab, ayni chog’da haykalning qizil ko’zlaridan xayiqib, shu boisdanmi, past ovozda gaplashib o’tirardik. (Bandi burgut).


Download 49,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish