Uyushgan gapning badiiy matnda qo`llanishi mundarija: Kirish I bob uyushiq bo’laklarning semantik-stilistik xususiyatlari



Download 49,31 Kb.
bet3/7
Sana26.04.2022
Hajmi49,31 Kb.
#584630
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
UYUSHGAN GAPNING BADIIY MATNDA QO`LLANISHI

Ko’zlari... (Bandi burgut)
Yoki Yo’ldoshboy bilan do’stligimiz boshlangan kunlar edi. U meni saroylariga ergashtirib borib, bir echkini ko’rsatdi. Qip-qizil. (Bandi burgut)
Ajratilgan izohlovchilar. Odatda, egaga (ba’zan undalmaga) oid bo’lib, uning ma’nosini aniqlashtiradi, izohlaydi, “izohlovchi ajratilganda, izohlanmish qanday mavqeda bo’lsa, u ham shunday mavqega ega bo’ladi”2. Ajratilgan izohlovchilar izohlanmishdan keyin keladi va undan maxsus pauza bilan ajratiladi. Masalan: Biz bolalar zaldagi deraza pardalarini tushirib, nimqorong’ilikda fosfor burgutni tomosha qilib, xayolimizda u tufayli qo’zg’algan har xil afsonalarni – toshqasrlar-u jodugarlarning bir “suf”i bilan toshqotgan odamlarni eslab, ayni chog’da xaykalning qizil ko’zlaridan xayiqib, shu boisdanmi, past ovozda gaplashib o’tirardik. (Bandi burgut)
Ayrim o’rinlarda “ma'nosi ochiq ifodalanmagan so’zlarning ma'nosini ochiqroq ifodalash”3 ajratilgan izohlovchiga yuklatiladi:
Ular rais boboning uyi tepasiga yetgach, sekinlab aylanishga tushdilar. Ular balandda. Tutqin – oyog’ida kapron zanjiri bor burgut esa pastda...(Bandi burgut)
Ajratilgan to’ldaruvchilar o’zidan oldin kelgan to’ldiruvchining ma’nosini aniqlashtiradi: Bu kishining ana shu zerikarli nigohi menga yoqmas, aytish mumkinki, bu shaxsan mendan boshqalarga, kolxozchilarga ham shunday nigoh bilan qarar, tabiiyki, ularni o’zidan yuz chandon yaxshi ko’rardi. (Bandi burgut) Yoki Men ham unga, ya’ni burgutga ichim achishini aytdim-da, keyin qaysi go’rdan ham og’zimga kelgan gapni qaytarmadim. (Bandi burgut)
Ajratilgan hol. Ajratilgan hol o’zidan oldin kelgan holning ma’nosini izohlaydi. Oddiy gap bo’lagi, so’z birikmasi shaklida bo’ladi: -Ha, bezovta bo’layotgan bo’lsa, birdan tinchib qoladi,... U ba’zan kechalari o’zini har tomonga uradi, jo’ra. Ayniqsa, tong otayotganda... (Bandi burgut)
O’zingiz o’ylab ko’ring: yam-yashil qir ostidagi zumraddek o’tloq o’rtasida qad ko’targan oppoq imorat ustida- tepasida bir bahaybat qush aylanayotir. (Bandi burgut)
Ajratilgan ikkinchi darajali bo’laklarning so’rog’i va vazifasi, odatda, o’zlari aloqador bo’lgan gap bo’lagining so’rog’i va vazifasiga teng keladi.
Adabiy tilimiz o`sib borayotgan jamiyat talabiga to`la javob berishi, aloqa quroli sifatida, hozirgi hayotimizni to`liq, atroflicha bayon etib berishi lozim. Bu esa hayotni so`z bilan aks ettirayotgan yozuvchi va shoirlarimiz zimmasiga tilning ichki imkoniyatlaridan to`liq va unumli foydalanish mas’uliyatini yuklaydi. Ular gap tarkibida hayotni aks ettiruvchi so`zlarni topib, ta’sirli, aniq joylashtira bilishlari lozim.
Bir so`z bilan aytganda, so`z bilan jonli, qo`lingiz bilan ushlagingiz keladigan chiroyli obrazni bezash yozuvchi va shoirlarimizning yuksak mahoratiga bog`liqdir. Yozuvchi va shoirlarimiz shunday obrazni o`zida ifodalovchi nutq formalarini, shunday gap bo`laklarini topa bilishlari, ularni gap tarkibida o`rinli joylashtirishlari va shu asosda o`quvchida yuksak sezgi va hayajonni uyg`ota olishlari lozim bo`ladi. Har bir so`zni gap tarkibida o`rinli ishlata olish, ta’sirli joylashtira bilish juda ham muhim ahamiyatga egadir. Chunki har qanday so`z qimmatini gap tarkibida ifodalash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, har qanday so`z va so`z birikmasining to’la ma’nosi gapning bo`lagini tashkil etgandagina ochiladi. Chunki u gap tarkibida fikrni reallashtiruvchi boshqa so`zlar bilan grammatik munosabatga kirishadi. Shunga ko`ra, tilning grammatik qurlishi uning asosini tashkil etib, juda sekinlik bilan o`zgaradi. Hozirgi adabiy tilimizning grammatik qurilishida ham xilma-xil o`zgarishlarni, sintaktik hodisalarni ko`rish mumkin. Bu, birinchidan, yozuvchi shoirlarimiz tilning xilma-xil ichki imkoniyatlaridan keng foydalanishlarining natijasi bo`lsa, ikkinchidan tilimizning talabga binoan rivojlanishidir. Ajratilgan bo’laklar ekspressiv sintaksisda ana shunday xususiyatga egadir: Biz bolalar ham beixtiyor o’rnimizdan turgan edik: o’zimiz qo’lga tushirgan qarchig’ayni, yo’q – shunqorni, bas, burgutni o’z qo’limiz bilan havoga uchirib tomosha qilishni istardik. (Bandi burgut)
Hozir tilimizda xilma-xil grammatik hodisalar juda ko`p: qo`shma gaplarning xilma-xil ko`rinishlari, ko`chirma va o`zlashtirma gaplarning, atov va bir sostavli gaplarning xilma-xil ko`rinishlari va ayniqsa, o`ziga xos murakkablashgan sodda gap bo`laklarining tilimizda ko`payishi, ularning stilistik rolining ko`p qirraliligi bunga yaqqol misol bo`la oladi.
Adabiyotimizda ijod etayotgan buyuk san’atkorlarimiz hayotni haqqoniy, to`liq, ifodali, obrazli, jonli qilib tasvirlashda o`ziga xos grammatik qurilishni, o`zlariga xos gap bo`laklarini ko`plab qo`llaydilar va shu tufayli oz so`z bilan keng ma’nolarni bayon etadilar. Asosiy obrazning muhim belgilarini ajratish orqali fikr qisqa, aniq ifodalanadi: He, qo’shnichilik yaxshi bo’lar ekan-da. Ayniqsa, mahalla ahil bo’lsa, undan ham yaxshisi – mahalla oqsoqoli tadbirkor-u mehribon inson bo’lsa! (O’zbek bobo)
Nihoyat gap bo`laklarini ajratish personaj nutqi uchun tipik bo’lib, so’zlovchining diqqati qaratilgan tushunchani aniqroq tasvirlaydi. Ajratilgan bo’lakdagi qisqa to’xtam shu so’zdan anglashilgan ma’noga diqqatni to’la qaratadi. Shunday qilib, boshqa lingvistik vositalar kabi mazkur sintaktik vosita ekspressivlikni ifodalashga xizmat qiladi, fikrning ta’sir etish kuchini ifodalaydi. Ajratilgan bo’laklarda mavhum, umumlashgan ma’noni aniqlashtirish asosiy semantik vazifalardan biridir: Haqiqatan ham shunday edi: biz – to’qqiz bola, taraflar esa to’rttadan bo’lar, demak, bir “kishi” ortib qolar, o’sha “ortiq” – Rahmat aka bo’lardi. (Bandi burgut)
Uyushiq bo’laklar stilistikada tasviriy vositalar guruhiga kiradi. Bunday bo’laklar yordamida umumiy tasvirlarning detallari, personajlarning harakat dinamikasi, voqelik tasvirlanadi . Sh.Xolmirzayev asarlari tilida uslubiy vazifa bajarishga xizmat qiluvchi uyushiq bo’laklar asarning o’ziga xosligini, mavqeini belgilovchi eng muhim vositalardan biri sanaladi.
Odatda, gaplarda birdan ortiq sintaktik jihatdan teng bo’lak ketma-ket kelishi mumkin. Bunday bo’laklar bir-biridan to’xtam bilan ajralib, sanash ohangida aytiladi. Badiiy uslubdagi nutqda esa uyushiq bo’laklari tabiat manzarasi, vaziyat va shaxsni obrazli tavsiflash maqsadida qo’llanadi. Uyushiq bo’laklar tasvirning yana ham to’laroq, yaqqolroq va ifodaliroq qilishda yozuvchiga yordam beradi .
Uyushiq bo’laklar quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
1. Uyushiq bo’lak gapda bir xil sintaktik vazifani bajaradi.
2. Uyushiq bo’lak komponentlari o’zaro teng aloqada bo’ladi va teng bog’lovchilar yordamida bog’lanadi.
3. Uyushiq bo’lak o’zi uchun umumiy hisoblangan bo’lak bilan bir xil munosabatda bo’ladi.
4. Uyushiq bo’laklar sanash intonatsiyasi orqali talaffuz qilinadi.
5. Uyushiq bo’laklar, odatda, bir xil so’z turkumlaridan ifodalanadi.
Gap tarkibida ega yakka holda qo`llanishi bilan bir qatorda, uyushib ham keladi. Bunday egalar grammatik tomondan bir-biri bilan teng bo`ladi. Uyushib kelgan egalarning biri ikkinchisini ergashtirmaydi, ulardan birini aniqlash uchun ikkinchisiga savol berish ham mumkin emas. Uyushiq egalar grammatik jihatdan teng bo`lib, gapda gapning ikkinchi darajali bo`lagi – aniqlovchini ergashtiradi va kesimga bog`lanadi. Bunda aniqlovchi uyushib kelgan egalarning hammasiga ergashishi yoki ulardan biriga ergashib kelishi yoki ergashmasligi mumkin. Ammo uyushib kelgan egalarning barchasi kesimga bog`lanadi. Badiiy asarda uyushiq egalar gaplarda ketma-ket qo’llanganini ko’rish mumkin: Biz, ayniqsa, ko’klam kezlarida to’rt-beshta bo’lvolib, poliz paykallarida izg’ib yurardik. O’tgan yildan qolib ketgan sabzi bormi, lavlagi, kartoshka bormi – kavlab olib, qishloqning chetidagi bir g’arib dala shiyponiga borib, o’t yoqib, uning qo’riga topgan-tutganimizni ko’mib-pishirib yer edik. Qo’llarimiz, og’zi-burnimiz qorayib, bir-birimizdan kulib, maza qilib o’tirardik. (Bandi burgut)
Uyushiq egalar gapda barcha nisbatdagi fe`llarga bog`lana oladi. Majhul nisbatdagi fe`l bilan bog`langan uyushiq egalar gapda obyektni ifodalasa, qolgan nisbatdagi fe`llar bilan bog`langan uyushiq egalar esa subektni tasvirlaydi. Asosan ot yoki otlashgan so`zlar uyushiq ega vazifasida keladi. Ayrim holda uyushiq egalar ot, harakat nomi bilan aralash holda ifodalanishi mumkin. Uyushiq egalardan qahramonning xarakterini, shaxsini ko’rsatishda foydalaniladi: O, Tohirning haybati, salobati, salmoq bilan o’ylab gapirishi menga juda yoqdi-da, do’stlar. (Kuzda bahor havosi)
Grammatik shakliga qarab, uyushiq egalarga beriladigan savollar shaklining o`zgarishi, ya`ni egalik va ko`plik qo`shimchalarini qabul qilishi mumkin. Bu holat o`zbek tilining o`ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Tuzilish jihatdan uyushiq egalar bitta so`zdan yoki so`z birikmasidan iborat bo`lishi mumkin:
1.Uyushiq egalarning har biri bitta so`zdan iborat bo`ladi: - He, bolam-e, ko’p azob chekkan ekanmiz-da, - dedi opa piqillab. – Ishton bilan nima ishing bor de... Erimmisan? Pirqa, partiya, kamunis... (Qushlar qishlovdan qaytdi).
2.Uyushib kelgan egalarning biri bitta so`zdan, ayrimlari esa so`z birikmasidan iborat bo`ladi: O, Tohirning haybati, salobati, salmoq bilan o’ylab gapirishi menga juda yoqdi-da, do’stlar. (Kuzda bahor havosi)
3.So`z birikmalari ham ega vazifasida kelganda uyushib kelishi mumkin: - Qani, kattalar, kelinglar, - deydi hakam shunda. Va gugurt cho’pmi, bir tiyinlik sariq chaqami qisilgan mushtlarini uzatib turadi. (To’p o’yin)
Bunday hollarda uyushiq bo’lak bo’lib kelayotgan so’z birikmalari tarkibida bir xil so’z takrorlanishi mumkin. Bu holat she’riyatda musiqiylikni ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Gapda takror qo`llangan egalar uyushib kelgan ega hisoblanmaydi. Shuningdek, uyushib kelgan egalar bog`langan kesimlar ayrim hollarda tushib qoladi, grammatik tomondan ifodalanmasa-da, kesim gapning umumiy mazmunidan anglashiladi. Masalan: : - He, bolam-e, ko’p azob chekkan ekanmiz-da, - dedi opa piqillab. – Ishton bilan nima ishing bor de... Erimmisan? Pirqa, partiya, kamunis... (Qushlar qishlovdan qaytdi); Uzun bu imoratning orqa tomoni oq devor bilan o’ralgan saroy edi: sigir, qo’y, pichan... (Bandi burgut).
Ushbu parchada keltirilgan misolda kesim ifodalanmagan, lekin gapning umumiy mazmunidan kesimni anglash mumkin.
Uyushiq bo`lak qismlari dastlab, ikki qismdan iborat bo`ladi. Harakat yoki holatning bajarilishida, ifodalanishida suby ektning ishtiroki, narsa-predmetning belgisi, harakat-holat obektining miqdori kabilarning mavjudligiga qarab uyushib kelgan bo`lak qismlari safi ortishi mumkin: Nimagaki, uning nigohida bizga nisbatanmi – bir yovuzlik, yotlik bor edi. (Bandi burgut).
Agar uyushiq bo’lak uchdan ortiq bo’lsa fikrni bo’rttiradi, aslan, uyushgan bo’lak uchdan ortiq bo’lgan o’rinlarda fikr aniq va kuchli ifodalanadi: Mehmonxonaga billur idishlar, anvoyi ichimliklar saqlanadigan bufet bo’lishi, suyanchig’i baland – taxtmonand kursilar-u uzun stol ham bo’lishi, chetda yumshoq divan-u kreslolar turishi, devorlarda tabiat manzaralari tasvirlangan yiriy-yirik romlarda rasmlar turishi mumkinligini ont ichaman, ont ichaman, shu yerda ko’rdim. (Bandi burgut)
Shuningdek, mumkinligini so’zi yaxlitlovchi sifatida qo’llangan va fikr ixchamlangan. Bu so’z har bir uyushiq bo’lakka qo’shilsa, talaffuz birmuncha qiyinlashadi: Mehmonxonaga billur idishlar, anvoyi ichimliklar saqlanadigan bufet bo’lishi, suyanchig’i baland – taxtmonand kursilar-u uzun stol ham bo’lishi, chetda yumshoq divan-u kreslolar turishi, devorlarda tabiat manzaralari tasvirlangan yiriy-yirik romlarda rasmlar turishi mumkinligini ont ichaman ont ichaman, shu yerda ko’rdim - Mehmonxonaga billur idishlar, anvoyi ichimliklar saqlanadigan bufet bo’lishi mumkinligini, suyanchig’i baland – taxtmonand kursilar-u uzun stol ham bo’lishi mumkinligini, chetda yumshoq divan-u kreslolar turishi mumkinligini, devorlarda tabiat manzaralari tasvirlangan yiriy-yirik romlarda rasmlar turishi mumkinligini ont ichaman ont ichaman, shu yerda ko’rdim tarzida.



Download 49,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish