«Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти



Download 3,2 Mb.
bet2/38
Sana12.06.2022
Hajmi3,2 Mb.
#660523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Буюк аждодларимиз

BBK 63.3(50‘)4


4702620204
358—2010
© «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi*]
ISBN 978-9943-07-116-2 Davlat ilmiy nashriyoti, 2010-У-


г


Nashriyotdan
0‘zbekiston ilm-fan, madaniyat, davlatchilik qadimdan taraqqiy
tgan mamlakatlardan biri. 0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq o‘z nutqi va asarlarida bizning yurtimizdan jahon ilmi xazinasiga, insoniyat tamadduni taraqqiyotiga, islom dini quwatiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk shaxslar yetishganligini — “ildizimiz nihoyatda baquwatligini”, buni kelajak avlodga anglatib borish zarurligini ko‘p bor ta’kidlab kelgan. “Agarki mendan, hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimalarni qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men awalambor shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg'usi bilan yashashi zarur, deb javob bergan bo'lardim”,1 — deb yozadi Prezidentimiz.
Yurtboshimizning shu tarzdagi da’vatlaridan kelib chiqib ajdodlarimiz izzati joyiga qo‘yila boshlandi. Ularning faoliyatini yoritadigan nashrlar yuzaga keldi, ko‘plab maqolalar yozildi, asarlari o‘rganilib, nashr etila boshlandi. 0‘zbekiston Respublikasi FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan “Ma’naviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 2001) to plami chiqarildi. Undagi maqolalar orqali o'quvchi 90 dan ziyod markaziyosiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar hayoti va faoliyati bilan tanishdi.
2000—2006-yillarda nashr etilgan 12 jildlik “0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” sahifalarini varaqlar ekansiz, yana ham ko'plab ajdodlarimiz haqida ma’lumotlar olasiz.


7r\nJ S^om^-arim°v, Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch, Toshkent, “Manaviyat",
17-bet.







0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, 1993-yilda mamlakatda rus grafikasidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Shu qaror asosida yangi o‘zbek alifbosida harf tanib savod chiqargan mustaqillik farzandlari bugun maktab, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarini tugatib tudi sohalarda mehnat qilmoqdalar. Bu yoshlarni zarur adabiyotlar bilan ta’minlash bugunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Shuning uchun ham, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzo chekkan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining 91- bandida lotin grafikasida bolalar va o‘smidarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalashga yo‘naltirilgan kitoblar, xususan o‘zbek xalqining buyuk mutafakkirlarining hayoti va faoliyati to‘g‘risida, o‘tgan ajdodlarimizning ma’naviy jasoratlari, qahramonliklari haqida adabiyotlar chop etish vazifasi qo‘yilgan. Shu vazifadan kelib chiqib nashriyot mazkur kitobni — “Buyuk ajdodlarimiz” to‘plamini tayyorladi.
Ushbu kitob yuqorida tilga olib o‘tilgan manbalar asosida tuzildi. Undan ajdodlarimiz deb hisoblangan buyuk shaxslar - chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan xalq qahramonlari, ilm- fanning turli sohalarida jahonshumul ahamiyatga molik ulug‘ mutafakkirlar, allomalar, dunyoga mashhuru-ma’lum davlat va din arboblari haqida maqolalar o‘rin oldi. Bu shaxslarning nomlari Prezidentimizning tegishli asarlarida faxr va iftixor bilan ko‘p bor tilga olib o‘tilgan. Maqsadimiz “Bunday ulug‘ zotlarning hayot yo‘li va qoldirgan merosini to‘liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma‘rifat, ilmu fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o‘zida uyg‘unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini isbotlab berishdan iborat”1.
Kitobdagi siymolar haqidagi maqolalar ular yashagan davriga qarab xronologik tartibda joylashtirildi. Imkon qadar taniqli rassomlar yaratgan tegishli portretlar va boshqa bezak materiallar berildi. Nashriyotning kelajakda bu turkumni yana davom ettirish niyati bor.



Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish