«Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти



Download 3,2 Mb.
bet3/38
Sana12.06.2022
Hajmi3,2 Mb.
#660523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Буюк аждодларимиз

1 O'sha asar, 2008, 44-bet.




Turon xalqlarining axomaniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Qadimgi yunon tarixchisi Gero- dotning “Tarix” (miloddan awalgi 5-asr) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II miloddan awalgi 530-yilda Turonga bostirib kirganida, To‘maris massagetlar qabilasining malikasi bo‘lgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) bo'ylari va Qizilqumda yashashgan. To‘maris massagetlar pod- shosining xotini bo‘lib, u erining vafotidan so‘ng davlatni boshqar-


TO'MARIS
(miloddan awalgi 6-asr)


gan.
Erondan kelgan bosqinchilar qo‘shini bilan massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lgan. Dastlabki jangda To‘marisning o‘g‘li Spargapis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar g‘olib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yo‘li bilan Spargapis va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Spar- gapis o‘zini o‘ldirgan. To‘maris o‘g‘lining halokatidan esankirab qolmay, o‘z xalqining manfaatini o‘ylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini so‘raydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki o‘rtada ayovsiz jang bo‘lgan. Gerodot massagetlar




va forslar o‘rtasidagi jang tafsilotlarini o‘z asarida quyidagicha tasvirlaydi: “Mening bilishimcha, bu jang varvarlar o‘rtasidagi barcha janglardan ham dahshatli bo‘lgan. Awal har ikkala qo‘shin bir-birini uzoq masofada turib, kamondan o‘qqa tutdilar. Kamon o‘qlari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq vaqt davom etdi. Ko‘p qon to‘kildi. Nihoyat, massagetlar g‘alaba qozondilar. Fors qo'shinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok bo‘lgan. U to‘liq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (To'maris) ning buyrug'i bilan uning kesilgan boshi inson qo^i bilan to‘lg‘azilgan meshga solingan”.
To'marisning jasorati va harbiy-siyosiy faoliyati to‘g‘risida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar to‘qildi. Ergash Ju- manbulbul o‘g‘lidan Hodi Zarifov yozib olgan “Oysuluv” dos- tonida Turon mamlakatining podshosi Oysulnv obrazida To'maris faoliyati o‘zining badiiy talqinini topgan. YozuVchi Mirkarim Osim “To'maris” qissasida uning jasoratini uluglay^i. Ibrohim Yusupov “To‘maris” (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulug'bek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan.




SHIROQ
(yunon manbalarida Sirak) (miloddan awalgi 6-asr)


Turon xalqlarining axomaniylar podshosi Doro I bosqiniga qarshi kurashgan xalq qahramoni. Shiroqning hayoti haqida man- balarda juda oz ma’lumotlar saqlanib qolgan. Miloddan awalgi 6-asr oxirlarida Eron shohi Doro I qo‘shini Turon hududiga bostirib kirgan. Yunon tarixchisi va notig‘i Poliyen (milodiy 2- asr) ning 8 kitobdan iborat “Harbiy hiylalar” (“Strategmalar”) asarida ilk marta Shiroq jasorati tilga olingan. Poliyenning yozishi- cha, sak qabilalari oqsoqollari Saksafar, Omarg va Oamiris fors qo'shinini yengish uchun harbiy kengash (qurultoy) o‘tkazayot- ganda, ularning huzuriga oddiy otboqar Shiroq kelib, o‘z rejasini bayon qilgan. Rejaga ko‘ra, Shiroq o‘z qabilasi manfaatini hi- шоуа qilib, harbiy hiyla ishlatgan va yolg‘iz o‘zi Doro I lashkari- ga qarshi turgan.
Shiroq Doro I qarorgohiga kelib, unga qabiladoshlari nohaq sitam yetkazganligi uchun (uning burni va quloqlari kesilgan edi) u Eron qo‘shinini saklar (shaklar) qabilasi turgan yerga qisqa yo 1 bilan olib borishini aytib, dushman qo‘shinini Qizilqum cho‘li ichkarisiga boshlaydi. Eron qo‘shini “yolboshlovchi” ning masla-




hati bilan faqat 7 kunga yetadigan suv, oziq-ovqat va yem- xashak olgan edi. Jazirama issiqda cho'lni kechib o‘tayotgan dush- man qo‘shini holdan toyib, oziq-ovqat ham tugaydi. Nihoyat, muhlatning 7-kunida dushman qo‘shini aldanganini payqaydi. Shiroq atrofini qurshab olgan shoh Doro I va uning sarkardalari- ga qarata quyidagi so‘zlarni aytgan: “Men yolg‘iz o‘zim Doro qo‘shinini yengdim. Sizlarni aldab, cho‘lning qoq o‘rtasiga olib keldim. Xohlagan tomoningizga ketishingiz murnkin, vohagacha to‘rt tomoningiz ham 7 kunlik yo‘l!”. Shiroq vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilishini aytgach, Doro I ning sarkardasi Ranosbat uni qilich bilan chopib tashlaydi. Qo‘shinning asosiy qismi suvsizlik va ochlikdan Qizilqum cho‘lida qirilib ketgan. Faqat Doro I va uning oz sonli a’yonlari yomg‘ir yog‘ishi natijasida halokatdan qutulib, Baqtra daryosi (Amudaryo) qirg‘og‘igacha yetib kelish- gan.
Shiroqning jasorati haqida turkiy xalqlar o'rtasida jangnoma va rivoyatlar yaratildi. Bu rivoyatlar “Shiroq” nomi bilan mash- hur. Buxoro cho‘ponlari o‘rtasida bu rivoyatlar hozir ham aytila- di. U turkiy xalqlarga qo‘shni boshqa hududlardagi xalq og‘zaki ijodiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Bu tarixiy voqeani oradan 800 yil o‘tgach, Poliyen o‘z asarida yuqoridagicha keltirib o‘tgan. Yozuvchi Mirkarim Osim “Shiroq” qissasi va shoir Usmon Qo'chqor “Shiroq” dostonida Shiroq jasoratini ulug‘lashgan. 1




(? -


SPITAMEN
(yunoncha Spitamenes, sug‘dcha Spitamana) miloddan awalgi 328)


Vatan ozodligi yo‘lida Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi bosqinchi yunon-makedon qo‘shiniga qarshi Turonzaminda ko‘tarilgan xalq ozodlik kurashi rahbari bo‘lgan Spitamen aslzoda xonadonda tavallud topgan. Uning onasi - sug‘d, otasi sak qabi­lasi rahbarlaridan edi. Spitamen yoshligida abjir, chaqqon, jasur yigit bo'lib o‘sgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. Spitamen dastlab axomaniylar davlati podshosi Doro III ning, so‘ngra uning o‘limidan so‘ng Baqtriya satrapi (hokimi) Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan bo‘lgan. Bess o'limidan so‘ng yunon-makedon is- tilochilariga qarshi uch yil mardonavor kurashgan.
Miloddan awalgi 329-yil istilochilar Vatanimiz sarhadlariga bostirib kirib, uning katta qismini bosib oladilar. Aleksandr aso- siy qo‘shinlari bilan Sirdaryo bo‘ylaridagi saklarga qarshi kurasha- yotganidan foydalangan Spitamen qo‘zg‘olon ko‘tarib Marokan- da (Samarqand)dagi yunon-makedon garnizonini qirib tashlab shaharni egallaydi. Aleksandrning qo‘zg‘olonchilarga qarshi yubor- gan qo‘shini (3 ming piyoda va 800 otliq askar)dan xabar top-




gan Spitamen shaharni tark etgan. Uning harbiy-strategik mahorati 11 tufayli dushman Politimet (Zarafshon) daryosi bo‘yida yaksoj qilingan, istilochilarning qolgan-qutgan jangchilari Marokandaga I yashiringan. Spitamen yana Marokandani qamal qilgan. Aleksandr i bu gal unga qarshi yirik qo‘shin jo‘natgan. Spitamen dushmanl o'tadigan yo‘lga pistirma qoyib, unga to'satdan hujum qilgan. Ujl mazkur jangda o'zgacha harbiy usul qo‘llagan. Har bir otga 2 I tadan jangchi mindirilgan. Ular dushmanga 2 tomondan zarba I berar, biri nayza, qilich yoki kamon bilan hamla qilsa, ikkinchisi I tosh bilan urib, yovning boshini majaqlar edi. Bu jangda dushmanl katta talafot ko‘rgan. Shundan keyin Spitamenga qarshi Aleksandr asosiy kuchlari bilan otlangan, Spitamen cho‘l ichkarisiga chekin- gan. Aleksandr uni ta‘qib etmay, alamini Zarafshon vohasining tinch aholisidan olgan (120 ming kishi qirib tashlangan). Milod­dan awalgi 328-yil bahorida Spitamen raqibining orqa tomonidan aylanib o‘tib, 600 otliq bilan Baqtriyada yunonlarga qaqshatgich zarbalar berib turgan, biroq dushmanning Ken boshchiligidagi qo‘shini uni dashtga chekinishga majbur qilgan. Miloddan awalgi 328-yilning kuzida Spitamen Zarafshon vohasidagi qal’alami egallab,
3 ming otliq bilan SugViiyona poytaxti tomon yurgan. Hal qiluvchi jangda qo‘zg‘olonchilar yengiladilar. Sug‘diy va baqtriyalik zodagon- larning bir qismi Spitamenga xiyonat qilib dushman tomonga o'tib ketganlar. Spitamen xoinona o‘ldirilgan. Spitamenning qizi Apana Aleksandrning lashkarboshisi Salavkka berilgan, bu nikohdan salav-1 kiylarning mashhur hukmdori Antiox tug‘ilgan. Spitamenning nomi j asrlar osha yashab mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlarga ruhiy madad berib kelgan.
Spitamen haqida ko‘plab badiiy (V. Yanning “Qo‘rg‘on uzra I olovlar”, Ya. Ilyosovning “Sug‘diyona”, M. Qoriyevning “Sug‘d qoploni” romanlari), tasviriy asarlar yaratilgan.




Mashhur mutasawif Hakim Termiziyning tarjimai holiga oid ma’lumotlar o‘rta asr arab mualliflaridan Tojiddin Subkiy, Xatib Bag'dodiy, Ibn Hajar Asqaloniy, Abdurahmon Sullamiy va boshqalarning asarlarida, shuningdek, allomaning o‘zi yozgan “Abu Abdulloh ishining boshlanishi” (“Bad’u sha’ni Abu Abdulloh ) risolasida keltirilgan. Shuningdek, Hakim Termiziy qabri ustiga o‘rnatilgan sag‘ana bitiklarida ham uning hayoti haqida ba zi ma’lumotlar bor. Hakim Termiziy yoshlik yillarida o‘z yurtida taniqli olimlardan ta’lim olgan. Ilmini takomillashtirish maqsadida Sharq mamlakatlarining ko‘p shaharlarida, jumladan, Balx, Nishopur, Bag'dod, Makka va Madinada bo'lgan. O'sha davr- ning yirik allomalari bilan ilmiy bahs va munozaralarda ishtirok etgan. Hakim Termiziyning buyuk mutasawif boTib yetishishida uning ustozlari Abu Turob an-Naxshabiy, Ahmad ibn Xizraviya kabi shayxlar bilan qilgan suhbatlari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Musulmon sharqi mutasawif olimlari bilan muloqotda bo‘lishi nati- jasida Hakim at-Termiziy Markaziy Osiyo tasawuf ilmini boyitdi va kamolot darajasiga yetkazdi.


13


HAKIM
TERMIZIY
(to‘liq ismi Abu
Abdulloh Muhammad
ibn Ali ibn Hasan ibn
Bashir Hakim Termiziy)
(taxminan 750/760
869)


Hakim Termiziy maqbarasi.




Hakim Termiziy qalamiga mansub asarlar ko‘p. Misrlik olim shayx Abdulfattoh Abdulloh Barakaning dalolat berishicha, u 400 dan ortiq asar yozgan, bulardan 60 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Ular orasida eng awalo, Muhammad (sav) hadislariga bag‘ishlangan “Rasululloh xabarlarini bilishda nodir usullar” (“Navodir al-usul fi ma’rifat axbor Rasul”) kitobini aytish kerak. Ushbu asarning 2 qo‘lyozma nusxasi Toshkentda mavjud boTib, ulardan biri 0‘zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasi- da, ikkinchisi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Allomaning keyingi yillarda nashr etilgan asarlaridan tasawufga oid 2 kitobi: “Insoniyat haqiqati to‘g‘risida kitob” (“Kitob haqiqat al-odamiya”) va “Nafs odobi” (“Adab un-nafs”)ni ko‘rsatish mumkin.
Hakim Termiziy asarlarining aksariyati qo‘lyozma holda ja- honning yirik shaharlaridagi qo‘lyozmalar xazinalarida saqlanadi. Jumladan, Parij Milliy kutubxonasida quyidagi asarlarining qo‘lyozmalari mavjud: “Namoz va uning maqsadlari” (“Kitob us-salot va maqosiduho”), “Haj va uning sirlari” (“Kitob ul-hajj va asrorihi”), “Ehtiyotkorlik yo‘llari” (“Kitob ul-ihtiyotot”), “Bilish lozim bo‘lgan jumlalar” (“Kitob ul-jumal al-lozim ma’rifatiho”), “Farqlar va taroduf (ketma-ketlik)ni man qilish” (“Kitob ul- furuq va man’ ut-taroduf”), “Insoniyat haqiqati to‘g‘risida kitob” (“Kitob haqiqat ul-odamiya”), “Yakka xudoga e’tiqod qilgan- larning zavqi” (“Kitob urs ul-muvahhidiyn”), “A’zolar va jon yoki ishlarning mohiyati haqida kitob” (“Kitob ul-a’za van-nafs va yusammo kazolika g‘avr ul-umur”), “Bandalarning bandachi- likdagi manzillari yoxud Allohga intiluvchilarning manzillari haqi- j da kitob” (“Kitob manozil al-ibod min al-iboda”. Bu kitob 2003- yilda “Movarounnahr” nashriyotida o‘zbek tilida chop etildi), “Aql va havoyi nafs haqida kitob” (“Kitob ul-aql val-havo”).





Hakim Termiziy qabri ustiga o‘rnarilgan sag‘ana.


“Qur’on va sunnatdagi masallar
kitobi” (“Kitob ul-amsol min al-
Kitob vas sunnat”), “Raddiyalar
haqida kitob” (“Kitob al-mano-
hiy”). Damashqdagi Az-Zohiriya
kutubxonasida 2 kitob va 5 riso-
lasi bor. Iskandariya (Misr Arab
Respublikasi)ning Maktabat al-
Baladiya kutubxonasida 3 ta,
London kutubxonasida 5 ta asari
saqlanadi. Hakim Termiziyning
bizgacha yetib kelgan muhim
asarlaridan biri “Xatm ul-avliyo”
(ba’zi manbalarda “Xatm ul-
valoyat”) bo‘lib, unda Termiziyning valiylik haqidagi qarashlari
keng bayon qilinadi. Valiylikning haqqoniyligi, uning nubuwat
(payg‘ambarlik) bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlari asarning bosh
mavzusi hisoblanadi. Hakim Termiziy fikricha, aql-zakovat
o‘zlashtira oladigan eng oliy bilim — ma’rifat yoki hikmatdir, bu
~ inson qalbini yorituvchi “ilohiy nur”dir. Turfa ilmlarni o‘qib-
o‘rganish jarayonida uni egallash mumkin, ammo asl ma’rifat
Allohning o‘zi yarlaqagan zotlargagina nasib bo‘ladi. Hakim
Termiziy sufiy avliyolarni ayni shunday zotlar sirasiga kiritadi.
Xatm ul-avliyo” ba’zi faqih va hukmdorlarning keskin e’tiroziga ham sabab bo‘lgan. Shuning oqibatida Hakim Termiziy ona shahri Termizdan chiqib ketib, bir qancha muddat Balxda yashagan. Uzoq yillar davomida allomaning yo‘qolib ketgan asarlari sirasiga xato ravishda kiritilgan bu asarni Parij ilmiy tadqiqotlar markazi islomiy madaniyat bo'limining a’zosi Usmon Ismoil Yahyo 1965-yil Bayrutda nashr etdi. Asar muqaddima va 29 fasldan


15




iborat boTib, unda ko‘tarilgan masalalar murid va shayx o‘rtasidagi savol-javob tarzida bayon qilinadi. Bu kitob tasawuf ilmi tarixi- da valoyat (avliyolik) masalasini birinchi marta mukammal bir nazariya va ajoyib maqolalar turkumi shaklida ifoda qilgan nodir manba sifatida alohida ahamiyatga ega. U Termiz va Balx atro- fida shakllangan tasawuf ahli uchun ma’naviy vasiyatnoma yoxud ta’lim dasturi sifatida xizmat qilgan. Ilm-fanning turli sohalarida mashhur bo‘lgani uchun Hakim Termiziyni zamondoshlari “Al- Hakim” deb ulug‘lashgan.
Hakim Termiziy Termiz shahrida vafot etgan. Hakim Ter­miziy qabri ustida maqbara, uning atrofida masjid, xonaqoh, qorixona bunyod etilgan. Maqbara ichidagi oq marmar sag‘ana Termizshohlar davridagi tosh o‘ymakorligi san’atining yuksak na- munasidir. Sag‘anadagi yozuvlarda Hakim Termiziy hayoti va faoliyati tavsiflangan. 2001—2002-yillarda Hakim Termiziy me’morlik majmuasi qayta ta’mirlangan. Hakim Termiziy maqbara - si xalq orasida ulug‘lanib, avliyo qabri muqaddas ziyoratgoh si­fatida e’zozlanib kelinadi. Respublikamizda muntazam ravishda kurash bo'yicha xalqaro Hakim Termiziy musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.




Buyuk matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qo- musiy olimlardan Xorazmiy Xivada tug‘ilgan va Bag‘dodda vafot etgan. Dastlabki ma’lumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boTib shakllangan. Bunda arablar istilosidan so‘ng muayyan dara- jada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani an’analari asosiy rol o'ynagan. Xalifa Horun ar-Rashidning o‘g‘li va uning Xuro- sondagi voliysi al-Ma’mun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bag‘dodni egallagan al-Ma’mun turkistonlik olimlar­dan Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Habash al-Hosib Mar- vaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni o‘zi bilan olib ketib, o‘ziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa — “Bayt ul-hikma” (“Bilim uyi”, “Donishmandlik uyi”)ning o‘zagini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar bo‘lgan. U shu davrdan boshlab Bag‘dodda al-Ma’mun (813—833), so‘ng al-Mo‘tasim (833—842), al-Vosiq (842— 847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.


XORAZMIY
(to‘liq ismi Abu Ja’far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy)
(783—850)




Xorazmiyning bizgacha o‘ntacha
asari to‘liq, qisman yoki ayrim par-
chalar tarzida yetib kelgan. Shu
asarlarning o‘ziyoq Xorazmiy in-
soniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa
qo‘shgan olim ekanligini ko‘rsatadi.
Amerikalik fan tarixchisi Jorj Sar-
ton Xorazmiyni “O'z zamonasining
eng buyuk matematigi, agar bar-
cha holatlar e’tiborga olinsa, bar-
cha zamonlarning eng buyuk
matematiklaridan biri”, deb baho-
lagan.
9-asrda Arab xalifaligi kucha-
yib, uning poytaxti Bag‘dod ulkan
iqtisodiy-ijtimoiy markazga aylan-
di, bu yerga ilm ahli oqib kela
boshladi. Al-Hajjoj ibn Matar al-
Kufiy, Abu Zakariyya Yahyo ibn
al-Bitrik, Hunayn ibn Ishoq, Qusta ibn Luqo al-Baalbakiy va
boshqalar yunon olimlarining asarlarini, Muhammad al-Fazariy,
Ya’qub ibn Tarik va boshqa olimlar hind tilidagi kitoblarni arab
tiliga tarjima qila boshladilar, arab tilida dastlabki sharhlar bitil-
di. Lekin fan yangi marralarni egallashi uchun uni yangi rivojla-
nish bosqichiga ko‘tarish lozim edi. Fan tarixchisi Adam Mes
iborasi bilan “Musulmon renessansi” deb atalgan fan tarixidagi
bu hodisa birinchi navbatda Xorazmiy nomi va ilmiy jasorati
bilan bog‘liq.
Xorazmiy Bag‘dodda yunon fanining yutuqlarini о rgandi, hind va eron manbalari, hatto bevosita Bobildan qolgan ayrim faktlar





hamda xitoy manbalari bilan ham tanishdi, ularni o‘zining muhim kashfiyotlari bilan boyitdi va fan tarixida abadiy iz qoldirgan fundamental asarlar yaratdi. Shuning uchun Xorazmiy o'zigacha mavjud bo‘lgan sivilizatsiya merosini sintez qilib, boyitib jahonga yoygan fan dahosi hisoblanadi.
Xorazmiy algebra faniga asos solgani, bu fan atamasi uning “Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” (“Kitob muxtasar min hisob al-jabr val-muqobala”) asari nomidan kelib chiqqani yaxshi ma’lum. Lekin ba’zan Xorazmiy faqat o‘zidan awal ma’lum bo'lgan chiziqli va kvadrat tenglamalar yechish usulini tizimga solgan, degan nuqtai nazar uchraydi. Bu fikr Xorazmiy asari shu mavzudan boshlanganligi tufayli paydo bo'lgan. Holbuki, Xorazmiyning kitobi, birinchi navbatda, algebraik hisobga bag‘ishlangan. Bu shundan ham ko'rinadiki, kitob nomi ikki muhim algebraik amal — al-jabr va al-muqobala bilan atalgan. Xoraz­miy algebraik amallarni, awal tenglamalarni yechishda qanday qo‘llanishini bayon etib, so‘ng algebraik shakl almashtirishlariga o‘tgan. Aks holda kitobning maqsadini tushunish qiyin bo‘lar edi. Xorazmiy asari 12-asrning boshlarida kremonalik Gerardo, chesterlik Robert tomonidan lotinchaga tarjima qilingan, nomi qisqarib “aljebra” (fransuz, ingliz tillarida), “algebra” (nemis, rus tillarida) deb atala boshlangan va fan nomiga aylanib ketgan.
Uning muqaddimasida kitob nima maqsadda yozilgani bayon qilinadi: “Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini о z ichiga oluvchi “Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”ni ta’lif qildim, chunki meros taqsimlashda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda, adliya ishlarida, savdoda va har qan­day bitimlarda, shuningdek, yer o‘lchashda, kanallar o‘tkazishda, geometriyada va boshqa shunga o‘xshash turli ishlarda kishilar uchun bu zarurdir”.




Kitob uch qism (kitob)dan ibo-
rat. Uning 15 bobli birinchi qismi
“Kitob al-muxtasar fil-jabr val-
muqobala” deb nomlangan va sof
matematik faktlar bayoniga
bag‘ishlangan. Xususan, unda
qadimgi Bobildan ma’lum bo‘lgan
birinchi va ikkinchi darajali tengla-
malarni yechish usullari yoritilgan.
Xorazmiy har bir holda tengla-
maning yechish qoidalari hamda
ularning qat’iy isbotlarini keltiradi.
Isbot garchi tashqi ko‘rinishda
geometrik tilda bayon qilinsa-da,
mohiyatan hozirgi algebraik isbot
bilan mos tushadi.
Kitobning shu qismida algebraik
hisob, xususan, aljabr va muqoba-
la amallari bayon qilinadi, “irratsionallik” tushunchasi kiritiladi,
“ishoralar qoidasi” keltiriladi.
Kitobning navbatdagi ikki bobi algebradan masalalar to‘plami bo‘lib, al-jabr va muqobala amallari bilan yechiladigan murakkabroq misollarga, “0‘lchashlar haqida bob”i geometriyaga bag‘ishlangan.
Kitobning qolgan ikki qismi “Vasiyatlar kitobi” va “Taqdir aylanishlari hisobi haqida” deb nomlanib, musulmon fiqhi bo‘yicha, xususan, meros taqsimlashga oid masalalar algebra usullari bilan qanday hal etilishi ko‘rsatilgan.
Shunday qilib, “Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” algebra asoslari hamda algebrani amalda tatbiq etishga bag‘ishlangan mukammal darslik bo‘lgan.





«Algebra» qo‘lyozmasining 1-sahifasi (Oksford. Buyuk Britaniya).




Sivilizatsiya taraqqiyotida sonlar va arifmetik amallar qanday o‘rin tutishi ravshan, busiz jamiyat taraqqiyotini tasawur qilib ham bo‘lmaydi. Bugun umumbashariy madaniyatning eng oddiy unsuriga aylanib ketgan sonlarni o‘nli sanoq sistemasida yozish va ular ustida arifmetik amallarni bajarish qoidalari Xorazmiy­ning “Arifmetika” asari tufayli joriy bo‘lgan.
Gap shundaki, hind olimlari tomonidan kashf etilgan sonlarni o‘nta raqam yordamida yozish usuli Xorazmiygacha ham Yaqin Sharq olimlariga ma’lum edi. Lekin shunga qaramay hind hisobi keng yoyilmagan. Xorazmiyning buyuk xizmati shundaki, u o‘nli sanoq sistemasining ahamiyatini birinchi bo‘lib payqab, sodda va lo‘nda uslubda bayon qilib bergan. Shu tufayli Xorazmiyning kito- bi ham, o‘nli sanoq sistemasi ham tez orada Sharqiy Turkistondan Ispaniyagacha bo'lgan hududdagi musulmon dunyosiga, 12-asrdan boshlab Yevropaga tarqaldi. Shuning uchun Xorazmiyni butun insoniyatni arifmetikaga o‘rgatgan ustoz deb hisoblash mumkin.
0‘rta asrlarda yuzlab olimlarning matematika, astronomiya va boshqa fanlar sohasida yozilgan kitoblari orasida aynan Xoraz­miy asarlari Sharqda ham, G‘arbda ham eng ko‘p tarqalgani va umuminsoniy taraqqiyotga eng ko‘p hissa qo‘shgani bilan ajralib turadi. Bunga Xorazmiy keng qo‘llagan original bayon uslubi sabab bo‘lgan. Bu uslub tagida algoritm g‘oyasi yotadi. Xoraz­miyning bu g‘oyasi zamonlar o‘tishi bilan ko‘proq ahamiyat kasb etib bormoqda va bugunga kelib jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biriga aylandi — raqamli axborotni qayta ishlash shunga asoslanadi.
Algoritm namunalari (masalan, Yevklid algoritmi) yunon matematikasida uchraydi. Xorazmiy algoritmik mushohadaning qiyin va murakkab mavzularni bayon qilishdagi ahamiyatini to‘g‘ri baholab, uni o‘z asarlarida muntazam ravishda qo‘llagan, musho-


21




hada va bayon uslubiga aylantirgan. 0‘rta asrlarga kelib, Yevro- pada awal to‘rt amalni bajarish qoidalari, so ng umuman arifme- tika, 18-asrdan har qanday qat’iy tartibdagi matematik qoidalar, 19-asrdan hisoblash mashinalari uchun dasturlar “algoritm” deb atala boshlagan. 20-asr o‘rtalarida algoritm tushunchasi komp- yuterlar fanining o‘zak konsepsiyasiga aylangan bo‘lsa, asr oxirida u matematika va informatika doirasidan chiqib, barcha tabiiy fanlar va texnikada tafakkurning zaruriy unsuri — algoritmik mushohada qobiliyati darajasiga yetdi. Xorazmiyning nisbasi al­goritm atamasiga aylangani tarixiy adolatdir.
Xorazmiy “Arifmetika”si sonlar tabiati haqidagi umumiy mushohadalardan boshlanadi. So‘ng istalgan butun musbat sonni o‘nta raqam orqali yozish usuli, ya’ni о nlik sanoq sistemasi va uning afzalliklari bayon qilinadi. So ng bu sanoq sistemasida yozilgan sonlarni qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo'lish qoi- 1 dalari bayon qilinib, misollar bilan tushuntiriladi. Shundan keyin Xorazmiy kasr sonlar haqida tushuncha beradi va ular ustida arifmetik amallarni oltmishli sanoq sistemasiga asoslanib bajarish
qoidalarini aytadi.
Kitob bosh qismining (uch yarimni sakkiz butun o‘n birdan uchga ko'paytirish misoligacha) lotincha tarjimasi saqlangan, xo- los. Tarixchilar asarning qolgan qismlari haqida bir fikrga kelol- magan. Tarjimalardan bir nusxasi “Magistr A. tomonidan tuzil- gan al-Xorazmiyning astronomiya san atiga kirish kitobi” degan so‘zlar bilan boshlanib, u 1143-yilda ко chirilgan (Venada saqla­nadi). Ikkinchi risolaning nusxalaridan biri ham shu davrga man- sub bo‘lib, ispaniyalik Yuxannoga tegishli (Parijda saqlanadi).
Bu manbalarga ko‘ra, Xorazmiy Arifmetika”sining davomi- da sonlarni ikkilantirish, ikkilash (ya ni ikkiga bo‘lish) va kvadrat ildiz chiqarish amallari bayon qilingan.




Mutaxassislar Milanda saqlanayotgan “Al-Xorazmiyning butun kvadriviumiga muqaddima kitobi” qo'lyozmasiga asoslanib, Xo­razmiy “Arifmetika”si aslida kvadrivium, ya’ni arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa qismlaridan iborat bo‘lgan deb taxmin qilishadi. Bulardan tashqari, qadimgi qo‘lyozmalarda Xorazmiyning “Qo‘shish va ayirish kitobi” (“Kitob al-jam-val- tafriq ”) asariga tegishli deb ko'rsatilgan parchalar uchraydi. Bu faktga ko‘ra, Xorazmiy arifmetikaga oid yana boshqa asarlar ham yozgan.
Xorazmiyning fan taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan yana bir asari “Zij”dir. U nazariy astronomiya va astronomik jadvallardan iborat bo‘lib, arabcha qo‘lyozmalari saqlanmagan, Maslama al- Majritiy (10-asr) tomonidan qayta ishlangan variantning lotin- chaga va yahudiychaga taijimalari yetib kelgan.
Xorazmiy “Zij”i o‘rta asrlar fanidagi astronomiyaga oid dast­labki asar bo‘lib, 37 bobdan iborat va 116 ta jadvalni o‘z ichiga oladi. Unda turli taqvimlar, xronologiya, Quyosh, Oy, sayyo- ralarning harakati, burjlar va boshqalar haqida ma’lumotlar kelti- rilgan. Xususan, Quyosh va Oy harakati tenglamalari va tutilish muddatlarini aniqlash qoidalari, sinuslar jadvallari, geografik nuq- talarni topish qoidalari beriladi. “Zij”da birinchi marta tangens funksiyasi kiritilgan.
Xorazmiy “Zij”i ham astronomiya va trigonometriyaning keyingi taraqqiyotida namuna vazifasini o‘tagan.
Xorazmiyning “Astrolyabiyalar bilan amallar haqida kitob” ( "Kitob amal bil-asturlobot”) asarida qadimgi va o‘rta asr as- tronomiyasining asosiy kuzatuv asbobi bo‘lgan astrolyabiya (arab­cha usturlob) yasash va undan foydalanish, osmon yoritqichlari- ning balandligi, burjlarga kirish vaqti, bir kunlik harakati va ek- hptik koordinatalari, geografik obyektlarning koordinatalari, yangi




Oy chiqish muddatlarini aniqlash va boshqalar aniq va lo‘nda
qoidalar tarzida (algoritmik uslubda) bayon qilingan. Bundan
tashqari, kitobda asr namozi vaqtini aniqlash, sinus-kvadrant deb
ataluvchi asboblar to‘g‘risida ham so‘z boradi. Bu esa Xorazmiy
ilmiy asbobsozlik bilan ham shug'ullanganligidan dalolat beradi.
“Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning astrolyabiya yorda-
mida azimutni aniqlash bo'yicha amallaridan kelib chiqadigan
zarif fikrlar” (“Zaroif min amal Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
ma’rif as-samt-bil-asturlob”) nomli kichik asarida (qo'lyozmasi
Istanbuldagi Ayo Sofiya kutubxonasida saqlanadi) astronomiya-
ning ikki masalasi — Quyosh azimutini va meridian chizig‘ini
aniqlash, Yerning o‘sha davrda ma’lum qismi — Oykumenaning
yetti iqlimga bo‘linishi, har bir iqlim uchun buijlarning ko‘tarilish
vaqtlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirgan.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish