Узбекстан тарийхы лекция



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

Tayanch so`z va iboralar: Ibtidoiy jamoa davri- insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichi. 
O’zbekiston xududining tabiiy - geografik sharoiti va iqlimi. O‘zbekistonning ibtidoiy to‘da davri. 
O‘zbekiston xududining ibtidoiy odamlar tomonidan o‘zlashtirilishi. Seleng’ur - eng qadimgi inson 
manzilgohi, Fergantrop. O‘zbekiston- ilk insoniyat sivilizatsiyasi beshigi. Teshiktosh - o’rta 
paleolitning noyob yodgorligi. Olovning kashf qilinishi. Iqlimi, hayvonot va o’simliklar dunyosi. 
1.O‘zbekiston- ilk insoniyat sivilizatsiyasi beshigi 
Insoniyat qadim-qadimdan o`z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma`naviy 
madaniyatga, ya`ni ma`lum darajadagi tsivilizatsiyaga ega bo`lgan. Davrlar o`tishi bilan 
insoniyat tsivilizatsiyasi darajasi o`sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning 
mehnat qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma`naviy boyliklarni yaratish va ko`paytirib 


borishi bilan bog`liq kechgan. 
U yoki bu tsivilizatsiya haqida so`z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi, 
tinimsiz mehnati, ma`naviyat va ma`rifatga intilishi tufayli o`zi uchun yaratgan jismoniy va 
madaniy qulayliklari - ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari
ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va ma`naviy dunyosi, ijtimoiy-
siyosiy, axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi bilan tavsiflanadigan ma`lum bir tarixiy davr 
tushuniladi. Masalan, Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasi, Antik evropa tsivilizatsiyasi, Islom 
tsivilizatsiyasi, Xristian tsivilizatsiyasi, hozirgi zamon tsivilizatsiyasi kabi tushunchalarda 
insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, ma`naviy qiyofasi, axloqi, bilim 
saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo`ladi. 
Har bir mintaqada tsivilizatsiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki kechroq, o`ziga xos 
shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz - O`zbekiston 
insoniyat tsivilizatsiyasining qadimgi o`choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda. 
XX asrning birinchi yarmidan boshlab arxeolog olim V.L.Vyatkin boshliq guruh 
Samarqand, Xorazm va Termizda, M.e.Masson boshliq arxeologlar guruhi Ohangaron vodiysida, 
A.A.Potapov Farg`ona vodiysida qidiruv va qazish ishlari olib bordilar. 30-40-yillarda 
O`zbekiston, Moskva va Leningrad olimlari hamkorligida bir necha arxeologik ekspeditsiyalar
tashkil etildi. Termiz ekspeditsiyasiga M.e.Masson, Xorazm ekspeditsiyasiga S.P.Tolstov, 
Zarafshon ekspeditsiyasiga A.Yu.Yakubovskiy rahbarlik qildilar. Bular tomonidan nafaqat 
O`zbekiston, butun Markaziy Osiyoning qadimgi tarixini, ajdodlarimizning ibtidoiy jamoa 
tuzumi, turmush tarziga oid qator qimmatli asarlar yaratilgan. Bular orasida V.M.Massonning 
«Strana t
ы
syachi gorodov» - M., «Nauka», 1966, A.P.Okladnikovning «Paleolit i mezolit 
Sredney Azii / Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronz
ы
» - M.-L., 1966, S.P.Tolstovning 
«Drevniy 
Xorezm. 
Op
ы

istoriko-arxeologicheskogo 
issledovaniya» 
-M., 
1948, 
V.A.Shishkinning «Afrasiab -sokrovi
щ
nitsa drevney kul`tur
ы
» - T., «Fan, 1966, «Arxetekturn
ы

pamyatniki Buxar
ы
» -T., 1936 va boshqa asarlar bor. 
Ikkinchi jahon urushidan so`ng Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixini o`rganish 
maqsadida yirik arxeologik ekspeditsiya guruhlari tashkil etildi. S.P.Tolstov boshliq Xorazm 
arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi, A.N.Bernshtam boshliq Pomir-Oloy va Pomir-Farg`ona 
ekspeditsiyasi, Ya.G`.G`ulomov va V.A.Shishkinlar boshliq Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi 
tadqiqot ishlari olib bordi. Mazkur ekspeditsiyalarda qatnashgan tadqiqotchilar muhim asarlar 
yaratdilar. S.P.Tolstovning «Po sledam drevnexorazmiyskoy tsivilizatsii» -M-L., 1948, 
A.N.Bernshtamning «Drevnyaya Fergana /Nauchno-populyarn
ы
y ocherk/» -T., 1951, 
Ya.G`.G`ulomovning «O`zbekistonda arxeologiya fanining rivoji» -T., 1956, «Qadimgi 
madaniyatimiz izlaridan» -T., 1960 va «Xorazmning sug`orish tarixi» -T., 1957 ana shular 
jumlasidandir. 
Keyingi yillarda respublikamizning taniqli arxeolog olimlari-A.Asqarov, O`.Islomov, 
A.R.Muhammadjonov, E.V.Rtveladze, T.Shirinov va boshqalar etakchiligidagi tadqiqotchilar 
O`zbekiston qadimgi tarixining paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza davrlarini o`rgandilar. 
Tadqiqot ishlari Vatanimizning barcha vohalarida - Zarafshon, Surxondaryo bo`ylarida, Xorazm 
va Farg`ona vodiysida, shuningdek cho`l va dasht o`lkalarida ham keng olib borildi. Ular 
tomonidan qator ilmiy, ommabop asarlar, o`quv qo`llanmalari yaratildi. Bular orasida 
A.Asqarovning «Buxoroning ibtidoiy davr tarixidan lavhalar» -T., Fan, 1973, «Sopollitepa» -T., 
1973, «Drevnezemledel`cheskaya kul`tura epoxi bronz
ы
Yuga Uzbekistana» -T., 1977; 
O`.Islomovning 
«Pe
щ
era 
Machay»,-T.,1975, 
«Obishirskaya 
kul`tura» 
-T.,1980; 
A.R.Muhammadjonovning «Qadimgi Buxoro» -T., 1991; T.Shirinovning «Orudiya proizvodstva 
i orujie epoxi bronz
ы
sredneaziatskogo Mejdurech`ya» -T., 1985; E.V.Rtveladze va 
A.Sagdullaevlarning «Pamatniki minuvshix vekov» -T., 1986; E.V.Rtveladze, A.X.Saidov va 
Yo.V.Abdullaevlarning «Qadimgi O`zbekiston tsivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan 
lavhalar» -T., 2001 kabi asarlar alohida o`rin tutadi. 
Mazkur asarlarni, shuningdeq Vatanimizning qadimgi davri tarixiga oid boshqa asarlarni 
o`rganish orqali O`zbekiston odamzod ilk bor paydo bo`lgan o`lka ekanligini anglash, 


ajdodlarimizning qadimgi hayoti, turmush tarzi, moddiy va ma`naviy madaniyati haqida zarur 
bilimga ega bo`lish mumkin. 
Jamiyatshunos va tabiatshunos olimlar er sharida hayotning paydo bo`lishi, odamlarning 
vujudga kelishi, muammolari ustida uzoq yillardan beri tadqiqot ishlari bilan shug`ullanib 
kelmoqdalar. Bu haqda diniy va dunyoviy ta`limotlar, rivoyatlar mavjud. 
Xristian dini odamzod xudo tomonidan bundan 7 ming yil burun qizil loydan 
yaratildi,dastlabki odamlar Adam va evadan tug`ilgan deb ta`riflaydi. Islom dini odamning Olloh 
tomonidan tuproqdan yaratilib, unga jon kiritilgani, dastlabki odamlar Odam Ato va Momo Havo 
bo`lganligi haqida, ularning qachon yaratilganligini Ollohdan o`zga hech kim bilmaydi, bu 
yolg`iz ungagina ayon degan g`oyani ilgari suradi. 
Yunon olimi Arastu odamning paydo bo`lishini erda hayotning paydo bo`lishi va 
rivojlanishi jarayoni bilan bog`lab tushuntiradi,odamzod oddiydan murakkabga, hayvonot 
olamidan odamzod dunyosiga o`sib chiqdi, deb ta`kidlaydi. Jeyms Manboddo odam oliy turdagi 
maymunsimon odamdan vujudga kelgan, degan g`oyani ilgari suradi. 
Ingliz olimi Charlz Darvin evropalik arxeologlarning Gibraltar qoyasi, Germaniyaning 
Neandertal vodiysi va Avstriyadagi tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilib, odamlarning ajdodlari 
daraxtda yuruvchi eng oliy turdagi maymunsimon odamlar /driopiteklar/ bo`lganligi haqidagi 
evolyutsion nazariyani ilgari suradi. U har qanday maymundan odam paydo bo`lmasligini, 
odamlarning ajdodlari bo`lmish driopiteklar allaqachon o`lib ketganligini ta`kidlaydi. 
Shuningdeq odam har doim, hamma vaqt ongli bo`lgan, odam Olloh tomonidan 
yaratilmagan, maymundan odam paydo bo`lishi mumkin emas, odam boshqa sayyoralardan 
kelgan degan rivoyatlar ham bor. Demaq sayyoramizda odamzodning qachon va qanday paydo 
bo`lgani haqida aniq, uzil-kesil fikr yo`q deyish mumkin, bu muammoligicha qolmoqda. Turli 
ixtisosdagi olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar uzoq o`tmishning sirli jarayonlariga 
yanada teranroq nazar tashlashga , kamtarona bilimlarimizni yanada oydinlashtirishga 
ko`maklashib boraveradi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish