“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Download 291,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana14.06.2023
Hajmi291,46 Kb.
#951275
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KUaUlyM6qxgK7NzbSmdnxQYlfDachJ8pxoiTisVh

O‘rta asrlar davri
eramizning V-XV asrlari oralig‘ini o‘z ichiga oladi. Bu 
davr feodal davriga xos bo‘lgan ichki va tashqi bozorning shakllanishi va 
rivojlanishi, qudratli davlatlar tomonidan boshqa hududlarni bo‘ysindirish uchun 
1
Оykumyenа
(yunonchа – оykо – yashаymаn, turаmаn so‘zidаn оlingаn) – yer yuzаsining аhоli yashаydigаn vа ulаr 
tоmоnidаn o‘zlаshtirilgаn qismi. 


olib borgan kurashlar, dengizorti yurtlarini tadqiq qilishga bo‘lgan siyosiy hamda 
iqtisodiy qiziqishlar bilan ajralib turadi. Vizantiya, Muqaddas Rim imperiyasi, 
Portugaliya, Ispaniya, Kiev Rusi, Dehli sultonligi, Arab xalifaligi kabi qudratli 
davlatlar aynan Shu davrda gullab-yashnaganlar. Shu jumladan, professor 
Q.Abirqulov (2001-yil) fikriga ko‘ra, o‘rta asrlar dunyo siyosiy kartasida 
Movaraunnaxrning ilk feodal davlatlari (Sug‘d, Toxariston, Davon, Choch, Xorazm 
va boshqalar), IX-XIII asrdagi feodal davlatlar (Qorliqlar, Toxiriylar, Samoniylar, 
Qoraxoniylar, Xorazm davlatlari va boshqalar), Chig‘atoy ulusi (XIII-XIV a.), Amir 
Temur va Temuriylar davlatlari (XIV asrning oxiri va XV asrning boshi) katta 
salmoqqa ega bo‘lganlar. Bu davlatlar joylashgan o‘rni “Buyuk Ipak yo‘li” bilan 
bog‘liq qulayliklardan foydalanib, G‘arb va Sharq o‘rtasidagi o‘ziga xos karvon 
yo‘li “ko‘prik” rolini o‘ynaganlar.
Bu davrda jahon siyosiy kartasida muhim o‘rin egallagan yuqorida nomlari 
qayd qilingan davlatlarning asosiy qismi hozirgi kunlarda mavjud emas. Ma’lum 
qismi esa o‘sha davrga xos nomlanishini hozirda ham saqlab qolgan. Buyuk 
geografik kashfiyotlar dunyo siyosiy kartasida katta o‘zgarishlarning yuz berishiga 
sababchi bo‘ldi.
Yangi davr,
(XVI asrdan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga 
oladi. Ushbu davrning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu davrda 
feodalizm yemirilib, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boradi. Bu 
esa hayotning barcha sohalarida, shu jumladan dunyo siyosiy kartasida muhim 
o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga olib keladi.
Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishida 
buyuk 
geografik kashfiyotlar 
alohida o‘rin egallaydi. 1492-yilda Xristofor Kolumb 
tomonidan Yangi Yer – Amerika qit’asiga uyushtirilgan ekspeditsiya natijasida 
boshlangan Buyuk geografik kashfiyotlar siyosiy kartada bir qator o‘zgarishlarning 
yuz berishiga sababchi bo‘ldi. Qit’aning Shimoliy qismi asosan Angliya va Fransiya, 
janubi esa Ispaniya va Portugaliyaning mustamlaka hududlariga aylandi.
1519-1522-yillarda Magellan tomonidan ilk marotaba amalga oshirilgan 
dunyo bo‘ylab sayohat yer shari tuzilishi, jahon davlatlari haqidagi ko‘plab yangi 
ma’lumotlarga ega bo‘lishga sababchi bo‘ldi. 1498-yilda Vasko da Gama tomonidan 
Afrikani aylanib o‘tish mumkinligi isbotlandi. 
Buyuk geografik kashfiyotlar davri dunyo siyosiy kartasida kuchli 
o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. U Yevropa mustamlakachilar bosqichining 
boshlanishi, dunyo xo‘jalik aloqalarining keng rivojlanishi, aholi ko‘chish 
xarakatlarining kuchayishiga sabab bo‘ldi. Buyuk geografik kashfiyotlar dunyoning 
uchta 
yirik 
mustamlakachi 
mamlakatlari–Angliya 
(Afrikada), 
Ispaniya 
(Amerikada), Portugaliya (asosan Osiyoda) imperiyasining paydo bo‘lishiga, hamda 


dunyo bozorining shakllanishiga olib keldi. Dengiz yo‘lining rivoji “Buyuk ipak” 
yo‘lining inqiroziga olib keldi.
XIX asrning 40-yillari oxiri, 50-yillari boshidan Rossiya imperiyasi 
Turkiston yerlariga shiddat bilan bostirib kela boshladi. Rus istilochi qo‘shinlari
60-yillardan Qo‘qon xonligi, Buxoro amirligi, 70-yillarning boshlaridan esa Xiva 
xonligi xududlarini bosib oldi va ularni Rossiya imperiyasiga to‘la bo‘ysuntirdi. 
Turkiston ulkan viloyat, volost, uchastka va oqsoqolliklarga bo‘linib boshqarildi. 
Sobiq Ittifoq qilib, O‘rta Osiyo uchun bir asrdan ko‘proq davom etgan og‘ir 
mustamlakachilik davri boshlandi.
XVII asrning birinchi yarmida Angliya va Fransiya mustamlakachilik 
yurishlarini boshladilar. Ular Vest-Indiyadagi qator orollarni o‘zlariga bo‘ysindirdi. 
XVII asrning o‘rtasida Niderlandiya, Gollandiya Zond orollari, Afrika janubi
Gollandiya Gvianasi (Surinam), Vest-Indiyadagi orollarini bosib olib dunyoning 
birinchi mustamlakachi va savdo markaziga aylandi.
Angliya mustamlakachiligiga qarshi kurash Shimoliy Amerikada ham avj 
oldi. 1775-1783-yillarda ozodlik uchun olib borilgan urush, Angliyaning AQSH 
mustaqilligini tan olishga majbur etdi. 1776-yilda AQSH mustaqilligi e’lon qilindi. 
AQSH mustaqillikka yerishgach u o‘z hududini yanada kengaytirish uchun kurash 
boshladi. 1803-yilda AQSH Fransiyadan G‘arbiy Luizianani 1819-yilda 
Ispaniyadan Floridani sotib oldi. Meksikadan Texas (1845-yil), Kaliforniya va 
Qoyali tog‘larning janubi (hozirgi Nyu-Meksika shtati) ni tortib oldi. 1867-yilda 
Rossiyadan Alyaskani sotib oldi. 
XIX asrning o‘rtalarida Germaniya va Italiyada yangi siyosiy birlashish 
asosida markazlashgan davlatlar tashkil topdi. Bolqon yarim orolida milliy ozodlik 
harakati asosida Turkiya imperiyasi tarkibiga kirgan Gretsiya (1829-yil), Ruminiya 
(1861-yil), Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya (1878-yil) davlatlari paydo bo‘ldi. 
Ayniqsa, XIX-XX asir tutashgan davrda bo‘lingan dunyoni qayta bo‘lib 
olish uchun kurash g‘oyat keskinlashdi. 1876-yilda Afrikaning atigi 10 % hududida 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga qarashli bo‘lsa, 1900-yilga kelib bu ko‘rsatkich 
90,5 foizga yetdi. Afrikani bo‘lib olishda birinchi o‘rinni Angliya egalladi. U 
Shimoliy Sharqiy va Janubiy, qisman G‘arbiy Afrikada hukmron mavqega ega 
bo‘ldi va o‘ziga Mi., Sudan, Keniya, Uganda, Somalining bir qismi, Shimoliy va 
Janubi Rodeziya, Transviyal va Tunis (Oranjevaya), Bur Respublikasi, Nigeriya, 
Oltin Qirg‘oq (Gana), Syera-Leone, Gambiya kabi mamlakatlarni o‘ziga 
bo‘ysintirdi. 
Fransiya 70-yillargacha Jazoir, Senegal, Gvineya qo‘ltig‘i qirg‘oqlari bir 
qismini bosib olishgan bo‘lsa, Afrikani bo‘lib olish davrida yana Tunis, Marokash, 
Niger, Kongo havzasi, Chad ko‘li rayoni, Madagaskar, Somalining bir qismini zabt 
etdi. U Shimoliy va G‘arbiy Afrikada yirik mustamlaka massivini barpo qildi. Italiya 


Yerityeriya, Somalining bir qismini bosib oldi. 1911-1912-yillardagi Turkiya-
Liviya urushi oqibatida Kichik Osiyo qirg‘oqlaridagi orollar guruhiga ega bo‘ldi. 
Afrikani bo‘lib olish davrida Portugaliya Angola va Mozambik hududlarini 
kengaytirdi. Ispaniya G‘arbiy Saxroi Kabir, Ispaniya Gvineyasi (Reomuni), 
Shimoliy Marokashning bir qismini zabt etdi. 
XIX asrning oxirida AQSH ham mustamlakalar bosib olishga kirishdi.
1898-yildagi Ispan Amerika urushi natijasida u Ispaniyadan Filippin, Guam orollari 
va Puerto-Rikoni tortib oldi. Kuba rasman mustaqil deb tan olinishiga qaramay 
amalda u AQSH ning yarim mustamlakasiga aylangan edi. AQSH o‘ziga Gavayi 
orollarini qo‘shib oldi. Samoa orollarni Germaniya bilan bo‘lib oldi. Okeaniyani 
bo‘lib olish ham tugallandi. Angliya Fidji orollarini, Salomon orollarining bir 
qismini, Fransiya Taiti, Yangi Kaledoniya orollarini, Germaniya Yangi Gveneya 
orollarining Shimoliy-Sharqiy qismini, Bismark orollarini, Salomon orollarining bir 
qismini, Marshal orollarini bosib oldilar.
Yaponiya Uzoq Sharqda mustamlakalar istilo qilishni boshladi. 1895-yilda 
Xitoydan Tayvan orolini tortib oldi, Koreyani bosib oldi va 1910-yilda uni o‘zining 
mustamlakasi deb e’lon qildi. Rus-Yapon urushidan keyin Yaponiya Saxalin 
orolining janubiy qismida, Kuril orollarida mustahkam o‘rnashdi. XIX asrning 
ikkinchi yarmida Fransiya, Vetnam, Laos, Kambodjani o‘z ichiga olgan Fransuz 
Xindi-Xitoy mustamlaka zonasini zabt etdi. Angliya esa Yuqori Birma, Barneo 
orolining shimolini egalladi.
XX asrning boshida Usmoniy turklar hukmronligiga qarshi olib borilgan 
milliy ozodlik harakatlari evaziga Albaniya mustaqillikka erishdi. Bolgariya Egey 
dengiziga chiqishga, Gretsiya va Serbiya esa o‘z hududlarini kengaytirishga 
muvaffaq bo‘ldi. 
Sobiq Ittifoq qilib, dunyo siyosiy kartasi shakllanishining yangi davrining 
asosiy mazmuni qudratli davlatlar tomonidan mustamlaka hududlarni bosib olish 
hamda metropoliya (mustamlakachi) davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va 
nisbatlar belgilab berdi. XX asrning boshida dunyo to‘liq bo‘lib olindi. 1914-yilda 
mustamlakachi imperiyalar mustamlakalarining umumiy maydoni 74,9 mln km.kv. 
(jami quruqlik maydonining 56 %) ulardagi aholi 530 mln. kishiga (dunyo 
aholisining 35 %) ga yetdi. Angliya mustamlakalari maydoni 33,5 mln.km², 
Rossiyaniki 17,4 mln. km², Fransiyaniki 10,6 mln. km², Germaniyaniki 2,9 mln. 
km², AQSH niki 0,3 mln. km², Yaponiyaniki ham 0,3 mln. km² ni tashkil etdi.

Download 291,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish