“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Download 291,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana14.06.2023
Hajmi291,46 Kb.
#951275
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KUaUlyM6qxgK7NzbSmdnxQYlfDachJ8pxoiTisVh

Davlat chegarasi
esa ma’lum davlat chegaralarini ko‘rsatib turadigan 
chiziqlardan tashkil topadi. Ma’lumki, xalqaro huquq normalariga ko‘ra har bir 
davlat chegarasi daxlsiz hisoblanadi. Davlat chegaralari haqida fikr yuritilganda, 
davlatlarga tegishli bo‘lgan quruqlik hududlaridan tashqari, dengiz bo‘yi davlatlar 
uchun ichki suvlar (
dengizning bir qismi bo‘lib, qirg‘oq va boshlang‘ich chiziq 
oralig‘ini o‘z ichiga oladi
), hududiy suvlar (
kengligi 12 dengiz mili (22,2 km) 
bo‘lgan, to‘lqin qaytish yoki boshlang‘ich chiziqlardan boshlanuvchi dengiz qismi
), 
yondosh hudud 
(hududiy suvlar chegarasidan boshlanuvchi kengligi 12 dengiz mili 
(22,2 km) bo‘lgan dengiz qismi (boshlang‘ich chiziqdan hisoblaganda 24 mil)
) kabi 
suvli chegaralar hamda fazoviy chegaralarga ham ega (xalqaro kelishuvga ko‘ra 
quruqlik yuzasidan 100-110 km.dan yuqori kosmik kenglik).
Tan olinmagan davlatlar
deb jahon siyosiy kartasining o‘z aholisi, 
egallagan hududi ustidan nazorati, huquq va boshqaruv tizimiga ega bo‘lishiga 
qaramay, BMT a’zolari bo‘lgan davlatlar tomonidan tan olinmagan obyektlariga 


aytiladi. Tan olinmagan davlatlar dunyoning barcha mintaqalarida mavjud bo‘lsada, 
ularning eng ko‘p sonlilari Osiyo qit’asiga to‘g‘ri keladi. Mazkur mintaqaning
20 davlati hududida 40 ta tan olinmagan davlat mavjud. Yevropada bunday davlatlar 
soni 30 tani, Afrikada esa 15 tani tashkil etadi. 
Mamlakat 
o‘zining ma’lum miqyosidagi chegaralariga ega bo‘lgan, 
mustaqil yoki biron davlatga tobe holda mavjud bo‘lgan hudud hisoblanadi. 
Koloniya, erkin asotsiatsiyalashgan hududlar, dominionlarni uning turli ko‘rinishlari 
deb ham hisoblash mumkin.
Zamonaviy siyosiy karta shakllanishida o‘z xususiyatlariga ega bo‘lgan to‘rt 
tarixiy davr katta ahamiyatga ega. Har bir davr bir-biridan insoniyat uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy jarayonlarga boyligi 
bilan ajralib turadi. Bular quyidagilar: 
1. Qadimiy davr. 
2. O‘rta asrlar davri. 
3. Yangi davr.
4. Eng yangi davr. 
Qadimiy davr
insoniyat tarixi boshlangandan to eramizning V asrigacha 
bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, yer yuzida ilk insonlarning paydo bo‘lishi 
davri va holati haqida ko‘plab taxminlar mavjud. Mavzuda aynan kishilik jamiyati 
taraqqiyoti haqida fikrlarni tahlil qilmagan holda, ilmiy manbalarga tayanib, bundan 
taxminan eramizdan avvalgi besh ming yilliklar avval ular yerning quruqlik qismida 
deyarli tarqalib, ilk oykumena
1
hududlari hosil qilganliklari haqidagi ma’lumotlarga 
ega bo‘lish mumkin. Arxeologik qazishmalar ilk ongli insonlar Sharqiy Afrika 
hududida 200 ming yilliklar oldin paydo bo‘lganini ko‘rsatadi. 100 ming yilliklar 
avval ular butun Afrika qit’asi bo‘ylab tarqalgan bo‘lsalar, 70 ming yillar avval 
Osiyo, 40 ming yillar avval Yevropa, Avstraliya va Yangi Gvineya, 15 ming yillar 
avval esa Amerika hududlariga migratsiya qilganlar.
Ilk mehnat taqsimotining (dehqonchilik va chorvachilikning sohalarining 
mustaqil tarmoq sifatida rivojlanishi) yuz berishi bilan qulay tabiiy sharoit, boy 
tabiiy resurslarga ega bo‘lgan hududlarda eramizdan avvalgi taxminan uch ming 
yillar avval yer yuzining qator mintaqalarida birinchi shaharlar paydo bo‘la boshladi. 
Ular orasida Ossuriya, Bobil, Qadimgi Misr, Finikiya, Tsinlar impyeriyasi, atsteklar, 
mayyalar, inklar kabi davlatlar paydo bo‘ldi.

Download 291,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish