Uzoq jo‘raqulov. Xos kalom xosiyati (2012 yil hikoyalari tahlili) (2013)



Download 32,35 Kb.
bet1/2
Sana02.03.2022
Hajmi32,35 Kb.
#478256
  1   2
Bog'liq
Uzoq Joraqulov


Uzoq Jo‘raqulovning “Hududsiz jilva” risolasida bu munozaralar estetik bahslar tarzida baholanadi. Jumladan, muallif bunday yozadi: “Ko‘rinadiki, mavjud estetik qarashlardan qoniqmaslik (Ahmad Tabibiy), badiiy asarda davr muammolarini ko‘rish istagi (Ibrohim Davron), badiiy asar qimmatini yangi mazmunda deb bilish (H.Mu'in), adabiyot ravnaqini jamiyat, millat taraqqiyoti bilan bir butunlikda talqin etish (Cho‘lpon) yangi estetikaning ilk bosqichi uchun xos xususiyat bo‘lgan. Qisqa fursatda bunday qarashlar estetik bahslarga aylandi. Matbuot bahs maydoni vazifasini bajardi”111.

UZOQ JO‘RAQULOV. XOS KALOM XOSIYATI (2012 YIL HIKOYALARI TAHLILI) (2013)
2012 yilda “Tafakkur”, “Jahon adabiyoti”, “Guliston”, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi”, “O‘zAS” singari nufuzli adabiy nashrlarda chop etilgan hikoyalar soni ellik ikkitani tashkil etadi. Ma’suma Ahmedova, Luqmon Bo‘rixon, Isajon Sulton, Axtamqul Karimlarning shu yili nashr qilingan hikoyalar to‘plamlaridan oltmish yettita hikoya joy olgan. Bunga adabiyotga bevosita aloqador bo‘lmagan davlat nashrlari, xususiy gazeta-jurnallar, viloyat vaqtli matbuoti materiallarini ham qo‘shadigan bo‘lsak, o‘tgan yili eng kami ikki yuz ellik, uch yuzta hikoya e’lon qilingani ma’lum bo‘ladi.
Mazkur yilda e’lon qilingan hikoyalarning mavzu va mundarijasi, umuminsoniy qamrov ko‘lami, badiiyligi – strukturasi, obrazlari va uslubi keyingi ellik yillarda yozilgan hikoyalarnikidan sezilarli darajada farq qiladi. Ularda xalq hikoyachiligi tajribalarini ham, mumtoz adabiyot an’analarini ham, jahon, jumladan, turk, yapon, rus, Lotin Amerikasi, ingliz, frantsuz, Amerika prozasi unsurlarini ham kuzatish mumkin. Muhimi, bugungi hikoyalarimizda mana shunday ulkan tajriba omillarini adabiyotning tuganmas manbai, Yaratganning san’ati – hayot voqeligi bilan sintezda ifodalashga urinishlar bor.
2012 yil hikoyalarini kuzatish, bundan bir necha yillar burun boshlangan, voqelikni istioraviy ifodalash jarayonining bugunga kelib muayyan bosqichga kirganini ko‘rsatadi. Ushbu yil hikoyalarining bir qismi istioraga (metafora) qurilgani fikrimizni to‘la tasdiqlaydi.
O‘tgan yilda chop etilagan hikoyalarda istioraviylikning ikki shaklini uchratamiz. Ularning birinchisi, butunicha istioraga qurilgan kichik epik janr namunasi – hikoya-istioralardir. Bunday hikoyalarda yozuvchi tomonidan tanlangan biror mavzu hamda voqea bir butun istiora tizimiga aylantiriladi. Syujet va obraz umumlashma (tipologik) mohiyat kasb etadi. Hikoya tili ramzlar silsilasiga quriladi. Asar kompozitsiyasi o‘rnini istiora qolipi (metaforik model) egallaydi. Natijada hikoyaning makon-zamon qamrovi ulkanlashadi. Ma’no ko‘lami universallik kasb etadi.
Yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxoning 2011 yilda chop etilgan “Etakdagi kulba” hikoyasi hikoya-istioraning yorqin namunasidir. Shunga yaqin hikoyalarni 2012 yil hikoyachiligida ham kuzatish mumkin. Mazkur yozuvchining “Oddiy haqiqat”, Ne’mat Arslonning “Tumanli mintaqa”, Luqmon Bo‘rixoning “Temir sandiq”, Rahimjon Rahmatning “Adashvoy”, U.Hamdamning “Safar”, Isajon Sultoning “Suvdagi kosa” asarlarini hikoya-istiora sirasiga kiritish mumkin. Nurulloh Muhammad Raufxon hikoyasidagi ko‘cha, kasalxona, mirshabxona, yo‘l chizig‘i, ro‘molcha, hatto qahramon shoshilinchda oyog‘iga ilib chiqqan shippak ham istioraviy tizim bo‘lagi sifatida “oddiy haqiqat”ini ochishga xizmat qilgan. N.Arslon metaforik makonning kutilmagan, istioraviy xaritasini chiza olgan. Ayniqsa,undagi “tuman” metaforasining mazmuni juda chuqur. L.Bo‘rixoning “Sandiq” hikoyasida ulkan madaniy-psixologik tarix yagona qahramon (obraz-istiora) va sandiq detal-istiorasi atrofida umumlashtirilgan. “Adashvoy” hikoyasida esa makon-zamonning yangi istioraviy shakli ko‘zga tashlanadi. Hikoya qahramonining ismidan tortib, boshqa personajlargacha, muloqot shakllaridan turli inter’erlargacha istioraviy mohiyat kasb etadi. “Safar” hikoyasi assotsiativ badiiy makon vositasida odam “ego”si haqidagi sinoatni tushunishga qaratilgan bo‘lsa, “Suvdagi kosa” istiorasi beixtiyor yodimizga Ernest Xemenguey asarini yodga soladi. Ammo aytish joizki, bu tur hikoya mualliflarining deyarli barchasi tor ijtimoiy muammolar doirasida o‘ralashib qolishgan. Holbuki, adabiyotning, qolaversa,istioraviy talqining qamrov ko‘lami bugina emas.
Ayni tur hikoyalarning ikkinchi ko‘rinishini istioraviy hikoyalar deb nomlash maqsadga muvofiqdir. Bunday hikoyalar to‘lig‘icha istioraga qurilmaydi, balki ulardagi biror motiv, obraz yoki detal istioraviy funktsiya bajaradi. Yozuvchi badiiy niyatini namoyonlashda, asar badiiy g‘oyasini yorqin ifodalashda hikoyaga kiritilgan mana shunday istiora bo‘laklari muhim rol o‘ynaydi. Xurshid Do‘stmuhammadning “Shabada”, Nodir Normatovning “Guldurak dashtlarida”, Norto‘xta Qilichning “Zilzila”, U.Hamdamning “Pillapoya”, I.Sultoning “Avliyo”, “TODD”, Baxtiyor Nuriddinovning “Musavvir”, Muhammad Sharifning “Kuldirgich”, Gulnoz Avezovaning “Kutish” hikoyalarida shunday xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Yozuvchi X.Do‘stmuhammad o‘z hikoyasini boshdan-oxir “Oila barbod bo‘lsa, Ollohning arshi larzaga keladi”, degan yagona samoviy aqidaga quradi. Bu ildizi teran sharqona tezis orqali bugungi dunyoning barcha hududlarida kechayotgan ma’naviy inqirozdan o‘quvchini ogohlantiradi. Hikoyadagi olov detali, istiora elementi sifatida, badiiy-psixologik ta’sir sub’ekti vazifasini bajaradi.
Uchinchi tur hikoyalarni shartli ravishda mistik hikoyalar deb olamiz. Hikoyaning bu shakli, umuman, jahon adabiyoti tajribasida bor. Ayni shakl keyingi yillarda bizning adabiyotda ham uchrayotgan ekan, buni tabiiy bir jarayon deb qabul qilish kerak. Bunday asarlar sirasiga shartli ravishda: N.Arsloning “Soyada uxlayotgan tole’”, Nazar Eshonqulning “Sibizg‘a volasi”, Sobir O‘narning “Safura xolamning siri”, I.Sultoning “Qismat”, “Bog‘i eram”, “Oydinbuloq” hikoyalarini kiritdik. N.Eshonqulning “Sibizg‘a volasi” asari nashr etilgani zahoti yengil-elpi bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Hikoya xalq orasida yuradigan Iskandar haqidagi mistik hikoyat(cho‘pchak)ning badiiylashtirilgan bayoniga qurilgan. Natijada, jo‘n bir mistika ham ma’no, ham xronotop ko‘lami nuqtai nazaridan poetik universaliya kasb etgan. Hikoya syujeti, Iskandar va sartarosh obrazlari tipologik qiyofa olgan. Ammo yozuvchi shu o‘rinda bir nozik masalani – retseptsiya jarayonidagi o‘quvchi assotsiativ qamrovining cheki yo‘q va tizginsizligini, u hamma narsani qo‘yib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hazrat Navoiy “Xamsa”sidagi Iskandarga, qolaversa, “Qur’oni karim”da zikr etilgan Zulqarnaynga qadar dahl qilishi mumkinligini, oqibat o‘laroq, cho‘pchak talqini kechirib bo‘lmas bir yolg‘onga aylanib qolishini e’tiborga olmagan. S.O‘nar hikoyasi badiiy rostgo‘ylik mezoniga qo‘yiladigan bo‘lsa, faqat bolaning xos mistik tasavvuri diapozonidagina o‘zini oqlashi mumkin. Asardagi Safura xola, ota-ona va bola to‘rtligi qondoshlik tizimidagi xarakterlar chambaragini hosil qilgani esa hikoyaning muhim yutug‘i bo‘la oladi. Mistikaga moyillik I.Sulton ijodining dastlabki namunalaridanoq kuzatiladi. Ulardagi pari, jin, dev, arvoh kabi elementlar ko‘pincha muhim hayotiy muammolar yechimiga qaratiladiki, bundan hatto mistika ham, yozuvchi e’tiqodiga ko‘ra, turli yo‘riqlarga yurishi mumkinligi anglashiladi.
Har doimgidek 2012 yil hikoyalarining ham asosiy qismini voqeiy hikoyalar tashkil etadi. Ayni dalil o‘zbek nasrida hamon ushbu an’ana yetakchi maqomda turganidan dalolat beradi. Ammo shuni maxsus ta’kidlash joizki, bugungi ijtimoiy munosabatlar, xalqimiz turmush tarzidagi jiddiy muammolar, globalizatsiya jarayonida paydo bo‘layotgan yangi tip odam obrazi, avvalgi davrlar uchun xos bo‘lmagan tamomila yangi syujetlar, detallar, yangilanayotgan til va uslub elementlari ham aynan shu yo‘ldagi hikoyalarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Garchi, bu o‘rinda barcha voqeiy hikoyalarni yagona istilohiy tasnif ostida qayd etayotgan bo‘lsak-da, ularning har biri estetik salmog‘i, qo‘yilgan badiiy kontseptsiyasi, tanlangan voqeasi (syujeti), obrazlari, ayniqsa, uslubi jihatidan farqlanadi va shu sababdan jiddiy ichki tasnifni talab etadi. Shu bois realistik hikoyalarni quyidagi ichki tasnifda berishni lozim topdik:

Download 32,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish