V III bob. Yalpi ich k I mahsulot statistikasi


  Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning o‘ziga



Download 327,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana06.07.2022
Hajmi327,47 Kb.
#745818
1   2   3   4
Bog'liq
YALPI ICHKI MAHSULOT STATISTIKASI

8.3. 
Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning o‘ziga
xos xususiyatlari.
Ma’lumki makroiqtisodiy faoliyat xududdagi xo‘jalik yurituvchi 
birliklarning iqtisodiy faoliyatlari yig‘indisidan tashkil topadi. SHuningdek 
natijaviy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham shu xo‘jalik birliklarining 
faoliyatlari natijalari yig‘indisini ifodalaydi. Lekin ayrim korxonalar, 
tarmoqlar, mahsuloti hajmini hisoblash o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Sanoat mahsuloti - korxonalarning sanoat ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri, foydali, faoliyatning natijasi bo‘lib, ular mahsulot 
(tovar)lar va material xizmat (sanoat harakteridagi xizmat)lar sifatida 
yuzaga keladi. Shu qoidaga asosan quyidagilar sanoat mahsuloti tarkibiga 
kiritilmaydi:
- ishlab chiqarish chiqindilari (egri natija);
- ishlab chiqarishdagi brak (foydasiz natija);
- kapital qurilish bo‘limi mahsuloti (sanoat mahsuloti emas);
- sotib yuborilgan ortiqcha tovar-material boyliklar (faoliyat natijasi 
emas).
Sanoat ishlab chiqarishi doimo ma’lum vaqt orasida amalga oshiriladi, 
shuning uchun sanoat mahsulotlarini tayyor bo‘lish darajasiga qarab 
quyidagi elementlarga ajratiladi:
Tayyor mahsulot - shu korxonaning yakunlovchi tsexining mahsuloti 
bo‘lib, u barcha ishlab chiqarish qismlaridan o‘tgan va shu korxonada
163


boshqa ishlab chiqarish jarayoniga tortilmaydigan, davlat andozalari 
talablariga javob beradigan, texnik nazorat bo‘limi tomonidan qabul 
qilingan va sertifikatlangan va tayyor mahsulotlar omboriga yoki 
buyurtmachiga topshirilgan mahsulotlarga aytiladi.
Yarim fabrikatlar, 
alohida tsex doirasida ishlovning barcha 
qismlaridan o ‘tgan va kelajakda shu korxonaning boshqa tsexlarida 
ishlatiladigan yoki boshqa korxonalarga sotilishi mumkin bo‘lgan 
mahsulotlardir.
Tugallanmagan ishlab 
chiqarish - ma’lum ishlab 
chiqarish 
bo‘limining oxirgi mahsuloti sifatida yuzaga kelmaydi. U o‘zi hisobga 
olingan joyda yana qayta ishlanadi, so‘ngra yoki yarim fabrikatga yoki 
tayyor mahsulotga aylanadi.
Sanoat harakteridagi ish va xizmatlarga quyidagilar kiradi:
- uskunalar, transport vositalari va boshqa sanoat mahsulotlarini 
ta’mirlash, modernizatsiyalash va texnikaviy tuzatish;

boshqa korxonalar 
mahsulotlarini 
tayyor 
holga keltirish, 
materiallarga, 
detallarga, 
uzellarga 
qisman 
ishlov 
berish 
kabi 
operatsiyalarni amalga oshirish (masalan, qog‘oz, oyna, yog‘ochni kesish, 
gazlamani, terini bichish, masulotlarni qadoqlash va idishlarga quyish
bo‘yash, tekislash yoki tayyor holga keltirish va h.k.)
- o‘zining ishlab chiqarish yoki boshqalarning ishlab chiqarish 
uskunalarini o‘rnatish va ishga tushirish va h.k.
Barcha yuridik shaxslar tomonidan statistika organlariga mahsulot 
bo‘yicha taqdim etiladigan hisob F№P-1da qiymat formasida ishlab 
chiqarish va jo ‘natilgan mahsulotlargina emas, balki natural formada 
ishlab chiqarilgan, jo ‘natilgan va qoldiq mahsulotlar aniq turlari bo‘yicha 
keltiriladi.
Qiymat formada ikkita ko‘rsatkich: ishlab chiqarilgan sanoat 
mahsuloti va jo‘natilgan mahsulot ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Milliy hisoblar tizimida keltirilgan “ishlab chiqarilgan sanoat 
mahsuloti” ko‘rsatkichi amaldagi yalpi mahsulot ko‘rsatkichiga mos keladi 
va u o‘z tarkibiga faqat yangi yaratilgan qiymatni emas, balki boshqa 
korxonalarda yaratilib bu korxona mahsuloti tarkibiga o‘tkazilgan qiymat 
(oraliq iste’mol)ni ham qo‘shadi.
Ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmiga quyidagilar kiritiladi:
- joriy davrda yuridik shaxsning barcha bo‘limlarida ishlab 
chiqarilgan, tashqariga sotishga mo‘ljallangan o‘zining kapital qurilish 
bo‘limiga, nosanoat bo‘limlarga o‘tkazishga, o‘zining asosiy fondlari
164


tarkibiga qo‘shimcha, shuningdek o‘z xodimlariga mexnat haqqi sifatida 
berishga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar;
- joriy davrda buyurtma bo‘yicha tashqariga bajarilgan, o‘zining 
kapital qurilish bo‘limi va nosanoat bo‘limlari buyurtmasi bilan bajarilgan 
va shuningdek o‘zining uskunalarini modernizatsiya qilish va qayta ishlash 
bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish qiymati;
- joriy davrda tashqariga jo ‘natilgan, o‘zining kapital qurilish bo‘limi 
va nosanoat bo‘limlariga o‘tkazilgan yarimfabrikatlar qiymati.
O‘zbekiston 
Davlat 
statistika 
qo‘mitasining 
axborotnomasiga 
qaraganda 2010 yilda sanoatda 33580,5 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab 
chiqarilib, bu solishtirma narxlarda 2009 yilga nisbatan 108,3%ni tashkil 
etdi. Shu yili 11262,8 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, bu
2009 yilga nisbatan 112,0%ni tashkil etdi. Shu jumladan, 4710,9 mlrd. 
so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va 6551,9 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat 
mollari ishlab chiqarildi.
Nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining umumiy 
hajmi 78,4%ni tashkil etdi.
Jo‘natilgan mahsulot ko‘rsatkichi joriy davrda o ‘zida tayyorlanib, 
iste’molchilarga o ‘tkazilgan (jo‘natilgan) mahsulotlarni, shuningdek 
buyurtmachi tomonidan qabul qilingan ishlar va xizmatlarni o‘z ichiga 
oladi.
Jo‘natish vaqti deb mahsulotlarni transport tashkilotlariga (yuklarni 
qabul 
qilish 
kuni) 
o‘tkazilgan 
kun, 
mahsulotlarni 
joylarda 
buyurtmachilarga topshirish kuni (qabul qilish-topshirish kuni) yoki 
haridor tomonidan ishlarni bajarilganligi haqidagi qabul aktiga qo‘l 
qo‘ygan kun hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab 
chiqaruvchilar (maxsus qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer va dehqon 
xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligida bo‘lmagan korxonalar balansidagi ilmiy- 
tajriba va yordamchi xo‘jaliklar) va qishloq xo‘jaligi xizmatidagi korxona 
va tashkilotlar (agrokimyo, veterenar, sug‘orish)ni o‘z ichiga oladi. 
SHunga yarasha bu tarmoqning mahsuloti tarkibida qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari bilan birga, qishloq xo‘jaligi xizmatidagi tashkilot va 
korxonalarning mahsulotlari ham hisobga olinadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining dehqonchilik va 
chorvachilik tarmoqlari mahsulotlari qiymati (shuningdek, yil davomida 
uy xo‘jaliklarida etishtirilgan mahsulotlar qiymati);
165


- qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan yil 
davomida ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati (agrokimyo, veterenariya va 
h.k.).
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarkibiga bu yilgi hosildan olingan 
dehqonchilik va chorvachilik mollari va qushlarini o ‘stirishdan olingan 
ham mahsulotlar qiymati kiritiladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqargan mahsuloti 
hajmi ularning barcha elementlarini qiymatini qo‘shish usuli bilan 
hisoblanadi. Dehqonchilik mahsulotlari quyidagilar yig‘indisidan tashkil 
topadi:
- shu yilda dehqonchilik ekinlaridan olingan yalpi hosil qiymati
ekinlarni va ko‘p yillik o‘simliklarni ekish materiallari qiymati;
- ko‘p yillik o‘simliklarni ekish va o‘stirish qiymati (yosh ko‘p yillik 
o‘simliklarni yil davomida ekish va o‘stirish harajatlari);

tugallanmagan 
ishlab 
chiqarish 
qiymatlarini 
o‘zgarishi 
(dehqonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarish kuzgi ekinlarni ekish va 
kelasi yil hosili uchun erlarni tayyorlash: er xaydash, kuzgi ekinlarni ekish 
va h.k. harajatlar).
Chorvachilik mahsulotlari quyidagi elementlar yig‘indisidan tashkil 
topadi:
- yil davomida chorva mollarini o‘stirish qiymati (tug‘ilgan bolachalar 
qiymati, mollar o‘sish va og‘irligining ortishi);
- chorvachilikdan olingan xom mahsulotlar qiymati (sut, tuxum, 
go‘sht 
va 
h.k.), 
asalarichilik 
mahsulotlari, 
baliqlarni 
urchitish 
mahsulotlari).
Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish - erlarni holatini yaxshilash, 
erlarga kimyoviy elementlar bilan ishlov berish, irrigatsiya va melioratsiya 
tizimi va inshootlaridan foydalanish, o‘simliklarni zarakunandalardan va 
kasalliklardan saqlash, zootexnik va veterenar xizmatlarini ko‘rsatish; 
qishloq xo‘jalik xizmatlarini ishlab chiqarish hajmi, davlat byudjeti 
hisobidan amalga oshirilsa, ularni amalga oshirish uchun qilingan 
harajatlar yig‘indisi sifatida qaraladi. Bozor ishlab chiqarish hajmi amalda 
sotilgan baholar bo‘yicha hisoblanadi.
O‘zbekiston 
Davlat 
statistika 
qo‘mitasining 
axborotnomasiga 
qaraganda 2010 yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish 
amaldagi narxlarda 15810,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2009 yilga 
nisbatan 106,8 foizga ko‘paydi.
166


Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida 
dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 59,4%ni (9390,7 mlrd. so‘m), 
chorvachilik mahsulotlari 40,6%ni (6420,0 mlrd. so‘m) tashkil etdi.
Nodavlat 
sektorida 
ishlab 
chiqarilgan 
qishloq 
xo‘jaligi 
mahsulotlarining umumiy hajmi 99,5%ni tashkil etdi.
Qurilish tarmog‘ida uch xil faoliyat amalga oshiriladi: qurilishning 
o‘zi, loyiha-smeta faoliyati va qidiruv (geologorazvedka) faoliyati bo‘lib, 
ularni qurilish, loyiha va qidiruv tashkilotlari amalga oshiradilar.
Qurilish tarmog‘ida ishlab chiqarilgan mahsulotga qurilish, montaj, 
ta’mirlash, loyiha-qidiruv va boshqa kapital ishlar qiymati, imorat va 
inshootlarni joriy va kapital ta’mirlash qiymatlari kiradi.
Transport tarmog‘i ishlab chiqarish mahsulotiga yuk va yo‘lovchi 
transporti faoliyati natijasini ifodalaydi. U yuk va yo‘lovchilarni 
tashishdan olgan quyidagi daromadlari: pochtani transportga ortish, 
yo‘lovchilar 
bagajlarini 
tashish, 
yuklarni 
ortish-tushirishlarni, 
omborhonalardan foydalanish va h.k. yuklarni va yo‘lovchilarni yuklash 
bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar yig‘indisidan tashkil topadi.
Aloqa tarmog‘i ishlab chiqarish mahsulotiga aloqa korxonalarining 
quyidagi, daromadlari: pochtani etkazish, joriy matbuotni, posilka va 
boshqa jo ‘natuvlarni etkazish, pochta markasi va otkritkalarni sotish; aloqa 
kanallaridan foydalangani uchun to‘lovlar, aloqa vositalarini o‘rnatish va 
texnik xizmat ko‘rsatish, radio va televideniedan tushumlar va h.k.
Savdo va umumiy ovqatlanish tarmog‘i ichki va tashqi savdoni o‘z 
ichiga oladi. U ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari savdosi 
bilan shug‘ullanuvchi ulgurji savdoni, chakana savdoni, umumiy 
ovqatlanishni, ijaraga berish, birja, broker, makler, diller idoralarini, 
agentliklar, savdo uylari, tijorat markazlarini o‘z ichiga oladi. Savdo 
tashkilotlari va korxonalarining faoliyati tovarlarni ishlab chiqaruvchidan 
iste’molchilarga tovar-pul almashuvi orqali etkazishga qaratilgan.
Umumiy ovqatlanish, ulardan tashqari yana tez iste’mol qilinadigan 
ovqat mahsulotlari, yarimfabrikatlar, kulinariya va konditer mahsulotlarini 
ishlab chiqaradi.
Tayyorlash tarmog‘i qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish, 
asrash, sortlarga ajratish, quritish, qayta ishlashga qaratilgan bozor 
faoliyatini amalga oshiradi.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazish ma’lum 
xajmdagi material va mexnat harajatlari bo‘lishini taqozo etadi va ular 
avval yaratilgan tovarlar qiymatini yanada oshiradi. Tovarlar hajmining
167


shunday usulda ortishi savdo korxonalari faoliyatining pul formada 
ifodalangan mahsuloti sifatida qaraladi.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazish bilan 
shug‘ullanuvchi tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarish tovarlarni sotib olish 
va ularni sotish baholari orasidagi farqqa (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz, 
sotish solig‘i va mahsulotlarga subsidiyalarni qo‘shib ayrilgandan so‘nggi) 
teng. Sotilgan savdo ustamasi tovarlarni sotish bahosiga qo‘shilgan 
ustamalar yig‘indisiga teng bo‘lib, u muomala harajatlarini qoplash va 
foyda olish uchun xizmat qiladi.
Moliya, kredit, sug‘urta tarmog‘i - bank va sug‘urta faoliyati, pensiya 
ta’minoti, kredit va qimmatbaho qog‘ozlar bozorida yordamchi moliyaviy 
vositachilik faoliyatini amalga oshiradi. Tarmoq ishlab chiqargan bank 
xizmatlari, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondi, investitsion institutlar 
(moliyaviy brokerlar, investitsion kompaniyalar, investitsion fondlar, 
investitsion maslahatchilar) fond va valyuta birjalari va boshqa moliyaviy 
vositachilar faoliyati qiymatlaridan tashkil topadi.
Bank xizmatlari va boshqa moliya-kredit muassasalari ishlab chiqarish 
hajmi quyidagi ikki elementning yig‘indisi sifatida qaraladi:
- teskari o ‘lchanadigan moliyaviy vositachilik xizmatlari;
- boshqa moliyaviy xizmatlar qiymati.
Moliyaviy vositachilik xizmatlari vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lariga 
ega bo‘lgan institutsion birliklar mablag‘larini (depozitlarni jalb etish, 
veksellar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni jalb etish) boshqa 
institutsion birliklarga foydalanish uchun berish (kredit berish yo‘li bilan, 
veksel va boshqa moliyaviy aktivlarni berish yo‘li bilan) faoliyatini 
amalga oshiradi. Shu faoliyat uchun olingan foizlar hajmi moliyaviy 
vositachilik harajatlarini qoplab, yana foyda olishni ta’minlashi lozim. 
Moliyaviy vositachilik xizmati qiymati olingan va berilgan foizlar 
orasidagi farqqa teng.
Boshqa moliyaviy vositachilik xizmatlar qiymati (masalan, hisob- 
kassa xizmati, konversion operatsiyalar, qimmatli qog‘ozlar bilan 
operatsiyalar, lizing operatsiyalari, depozitar xizmatlar, maslahat berish 
xizmatlari) ularni amalga oshirish uchun to‘lovlar yoki noimission 
yig‘imlar yig‘indisiga teng.
Sug‘urtalash xizmati ishlab chiqarish mahsuloti qiymati joriy davrda 
olingan sug‘urta to‘lovlari bilan shu davrda to‘langan sug‘urta to‘lovlari va 
sug‘urta rezervlari o‘zgarish qiymatlari orasidagi farq yig‘indisiga teng.
168



Download 327,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish