V III bob. Yalpi ich k I mahsulot statistikasi


Savollar, testlar va masalalar



Download 327,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana06.07.2022
Hajmi327,47 Kb.
#745818
1   2   3   4
Bog'liq
YALPI ICHKI MAHSULOT STATISTIKASI

Savollar, testlar va masalalar.
1. Quyidagi qaysi ko‘rsatkichlar YaIM hajmini ishlab chiqarish 
usulida aniqlanganda foydalaniladi:
a) uy xo‘jaliklarining oxirgi iste’moliga harajatlar
b) barcha tarmoqlar ishlab chiqarishi
v) ishlab chiqarish va importga sof soliqlar 
g) mahsulotga sof soliqlar
d) davlat muassasalarining oxirgi iste’moli
e) barcha tarmoqlardagi oraliq iste’mol
j) uy xo‘jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlarining oxirgi 
iste’moli
z) daromad va mulk solig‘i
i) ishlab chiqaruvchi rezidentlarning yonlanma xodimlar rezidentlarga 
to‘lagan mehnat haqqi
k) asosiy kapital iste’moli
l) yalpi foyda va yalpi aralash daromad
m) 
ishlab 
chiqaruvchi 
rezidentlarning 
yonlanma 
xodimlar 
norezidentlarga to‘lagan mehnat haqqi
n) qolgan dunyodan olingan birlamchi daromadlar qoldig‘i
2. Yuqoridagi (p.21) keltirilgan ko‘rsatkichlarning qaysilari YaIMni 
taqsimlash usuli bilan hisoblanganda qo‘llaniladi?
3. Yuqoridagi (p.21) keltirilgan ko‘rsatkichlarning qaysilari YaIMni 
oxirgi foydalanish usuli bilan hisoblanganda qo‘llaniladi?
4. Yuqoridagi (p.21) keltirilgan ko‘rsatkichlarning qaysilari Sof ichki 
mahsulot ko‘rsatkichini aniqlashda ishlatiladi?
5. Yuqoridagi (p.21) keltirilgan ko‘rsatkichlarning qaysilari yalpi 
milliy daromad ko‘rsatkichini aniqlashda ishlatiladi?
6. Tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga qo‘shiladigan elementlarni 
ajrating:
a) ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot va yarimfabrikatlar
b) mollarni o‘stirish mahsulotlari qiymati 
v) uy xizmatchisi mehnatiga to‘lovlar
g) tashqaridan olingan buyurtmalar bo‘yicha ko‘rsatilgan sanoat 
xarakteridagi xizmatlar
d) uy egasi tomonidan uylarni ta’mirlash
e) ijarachilar tomonidan uylarni ta’mirlash
j) uy xo‘jaliklari o‘z iste’moli uchun ko‘rsatgan xizmatlari (ovqat 
pishirish, bolalar tarbiyasi va h.k.)
z) uy xo‘jaliklari o‘z ehtiyojlari uchun ko‘rsatgan uy xizmatlari
169


i) uskunalarni kapital ta’mirlash 
k) tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarini ortishi 
l) davlat tashkilotlarining sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, san’at 
sohasidagi nobozor xizmatlari
7. Oraliq iste’mol elementlarini ajrating:
a) mashina va uskunalar sotib olish
b) mashina, uskunalar, binolar, inshoatlar kapital ta’mirlash harajatlari 
v) uy xo‘jaliklarini tovar va xizmatlar sotib olish harajatlari
g) yonlanma xodimlar mehnatiga to‘lovlar
d) ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar
e) nomaterial xizmatlar uchun to‘lovlar (yuridik maslahatlar, binoalar 
ijarasi va h.k.)
j) asosiy fondlar amortizatsiyasi 
z) xizmat safari harajatlari
i) 
xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarimfabrikatlar sotib 
olish harajatlari
k) ishlab chiqarish va import solig‘i
l) uy egalarining uylarni joriy ta’mirlash harajatlari
8. «B» mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan 
(mln. so‘m):
1. YAlpi ishlab chiqarish - 2800
2. Moddiy harajatlar - 1016 
shu jumladan:
asosiy kapitalni iste’moli - 160
3. Oraliq iste’molning boshqa elementlari - 56
4. Bilvosita soliqlar - 590
5. Subsidiyalar - 170
6. Xizmatlar importi - 206
7. Importga soliqlar - 120
8. Importga qilingan subsidiyalar - 30
9. Ishlovchilarning mehnat haqi - 684
Berilgan ma’lumotlar asosida yalpi ichki mahsulotni hisoblang.
9. Quyidagi ma’lumotlar asosida YAIM hajmi ishlab chiqarish, 
taqsimlash va oxirgi foydalanish usullari yordamida aniqlansin (mln. 
so‘m):
170


K o‘rsatkichlar
Qiymati
1
Asosiy baholarda hisoblangan yalpi ishlab chiqarish
1057019,7
2
Ishlovchilarni mehnat haqi
233384
3
Ishlab chiqarish va importga soliq
85270,5
4
Mahsulotlarga soliq
69179,5
5
Yalpi milliy mavjud daromad
610993,1
6
Oraliq iste’mol
498179,1
7
Mahsulotlarga subsidiya
17018,2
8
Yalpi foyda va yalpi aralash daromad
309356,6
9
Ishlab chiqarish va importga subsidiya
20345,2
10
Oxirgi iste’mol harajatlari
418735,7
11
Yalpi jam g ‘arish
192257,4
10. Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan (mln. doll.)
K o‘ rsatkich
Sanoat
Qishloq
xo ‘jaligi
Transport 
va aloqa
Savdo 
va
umumiy
ovqatlanish
Qurilish
Xizmat
ko‘rsatish
sohalari
YAlpi
ishlab
chiqarilgan
tovar 
va
xizmatlar
qiymati
512
640
368
321
415
710
Oraliq
iste’mol
qiymati
314
325
198
222
256
367
Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, yalpi ichki mahsulotni ishlab 
chiqarish usulida hisoblang.
11. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib, yalpi ichki mahsulotni 
yakuniy iste’mol usulida aniqang (mln. so‘m)
1. Asosiy kapitalni yalpi jamlanishi - 640
2. Moddiy aylanma vositalar zahiralarini o‘zgarishi - 26
3. Tovar va xizmatlar eksporti - 86
4. Tovar va xizmatlar importi - 52
5. Uy xo‘jaligi yakuniy iste’moli - 1250
6. Davlat muassasalarini yakuniy iste’moli - 790
7. Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlar - 402
12. Savdo tarmog‘i bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:________
K o‘rsatkichlar
Bazis yili
Hisobot yili
Mahsulot va xizmatlarni yalpi ishlab chiqarish qiymati, joriy 
baholarda, mln. so‘m
4900
8220
Yalpi ishlab chiqarishda oraliq iste’mol salmog‘i %
60
62
Yalpi ishlab chiqarishda asosiy kapital iste’molining salmog‘i, %
8
10
171


Ma’lumki, hisobot davrida bazis davrga nisbatan yalpi ishlab 
chiqarish 10% ga, oraliq iste’mol 7% ga oshgan, asosiy vositalar esa 1% 
ga kamaygan.
Aniqlang:
1. Hisobot va bazis davrlarda:
- yalpi qo‘shilgan qiymatni;
- sof qo‘shilgan qiymatni;
2. Yalpi ishlab chiqarish, yalpi qo‘shilgan qiymat, sof qo‘shilgan 
qiymat fizik hajm indekslarini (solishtirma bahoda).
13. Mamlakatda yalpi ishlab chiqarish joriy baholarda - 23456 mlrd. 
so‘m, yalpi qo‘shilgan qiymat - 15845 mlrd. so‘mni tashkil qilsa, oraliq 
iste’mol qanchaga teng bo‘ladi?
14. Mamlakatda yalpi qo‘shilgan qiymat 25467 mlrd. so‘m bo‘lib, 
uning 69%ni ishlovchilarning mehnat haqi, 31%ni ishlab chiqarish va 
importga sof soliqlar tashkil qilsa yalpi foyda ko‘rsatkichini aniqlang.
15. Quyidagi shartli ma’lumotlar berilgan:
Bazis davr
Hisobot davr
Moddiy ne’matlar qiymati, mln. so‘m
480
528
K o‘rsatilgan xizmatlar qiymati, mln. so‘m
136
164
Moddiy ne’matlarga baho indeksi
1,08
1,10
Xizmat ko‘rsatishlarga baho indeksi
1,07
1,12
Berilgan jadval ma’lumotlari asosida quyidagilarni hisoblang:
1) yalpi ishlab chiqarishni umumiy baho indeksini
2) yalpi ishlab chiqarishni fizik hajm umumiy indeksini
3) yalpi ishlab chiqarishni qiymat indeksini.
16. Quyidagi ma’lumotlar berilgan (mln. so‘m)
1. Aholining mulkdan olgan daromadlari - 60
2. Mehnat haqqi - 180
3. Ishlab chiqarish soliqlari - 20
4. Chet-elga to‘langan birlamchi daromadlar - 15
5. Xolis yordam - 10
6. Qarindoshlar sovg‘asi - 8 
Hisoblang: 1. Yalpi ichki mahsulotni
2. Ushbu mamlakat rezidentlarining xorijdan olgan birlamchi 
daromadlarini;
3. Yalpi milliy daromadni;
4. Yalpi milliy mavjud daromadni.
17. Joriy davrda sanoat korxonasida quyidagi mahsulotlar ishlab 
chiqarilgan va xizmatlar ko‘rsatilgan (p.b.):
172


- tayyor mahsulotlar - 1,120,500 (ulardan iste’molchilarga jo ‘natilgani 
1,110,900);
- yarim fabrikatlar - 980,500 shu jumladan tashqariga jo ‘natildi -
8700;
- moslama va instrumentlar - 50,400, ularning 80% korxona ishlab 
chiqarishida iste’mol qilindi, 10% tashqariga jo ‘natildi, 10% kelgusi 
davrda ishlatish uchun olib qolindi;
Shu bilan bir qatorda joriy davrda korxonada amalga oshirildi:
- o‘z uskunalarini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish summasi -
10100;
- imorat va inshoatlarni kapital ta’mirlash summasi - 10500;
- tashqariga ko‘rsatilgan sanoat xarakteridagi xizmat - 2300 (xamma 
xizmatlar bajarildi va xujjatlashtirildi).
Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i: davr boshiga - 12150;davr 
oxiriga - 12010. Jo‘natilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar haqqi 
to‘landi - 1125600.
Aniqlang: yalpi ishlab chiqarish oboroti, zavod ichidagi oborot, yalpi 
mahsulot, ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti, jo ‘natilgan mahsulot hajmi. 
Aniqlangan ko‘rsatkichlar orasidagi bogTanishlarni aniqlang.
18. 
Korxona bo‘yicha joriy davrda quyidagi ma’lumotlar mavjud 
bo‘lgan (p.b.):
- tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish - 5000, shu jumladan 
buyurtmachi materiallaridan - 1500 (buyurtmachi materialining 500 p.b. 
to‘lanmagan), tashqariga jo ‘natilgan tayyor mahsulotlar - 4700, shu 
jumladan, joriy davrda ishlab chiqarilgan - 4500, ulardan buyurtmachi 
materialidan tayyorlangan - 1500, o‘z xodimlariga ish haqqi hisobiga 
berilgan - 450;
- uskunalar ishlab chiqarish - 1600, ulardan - 240 korxona asosiy 
fondlari hisobiga qushildi, tashqariga sotigani - 890;
- ishlab chiqarilgan yarimfabrikatlar - 2800, ularning 60% o‘zining 
ishlab chiqarishida iste’mol qilindi, tashqariga jo ‘natildi - 700 (ulardan 
puli to‘langani - 560), o ‘zining nosanoat boTimlariga jo ‘natildi - 300, 
yarim fabrikatlarning qolgan qismi o‘zida iste’mol qilishga mo‘ljallangan;
- o‘zining kapital qurilish bo‘limi uchun sanoat xarakteridagi 
xizmatlar bajarildi - 600
- uzoq muddatli bitiriladigan mahsulotning 850 p.b. buyurtmachi 
tomonidan qabul qilindi va puli to‘landi;
- o‘z uskunalarini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish ishlari 
bajarildi - 100, imorat va inshoatlarning kapital remonti - 1250.
173


Aniqlang: ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti va jo ‘natilgan mahsulot 
hajmi.
19. Tuman qishloq xo‘jaligining quyidagi yillik ma’lumotlari berilgan 
( p b )
_________________________________________________________________________________________
Mahsuslot
turlari
Ishlab
chiqarilgan
mahsulotlar
Yil boshida 
tayyor 
mahsulot 
zahirasi
Sotilgan
mahsulot
Ishlab
chiqarish
ehtiyojlari
uchun
foydalanilgan
Ish 
haqqi
sifatida
natural
usuld
to ‘landi
Yil oxiriga 
tayyor 
mahsulot 
zahirasi
Dehqonchilik:
g ‘allachilik
1000
64
800
176
40
68
Kartoshka,
sabzovotlar
800
300
320
360
100
320
Em-hashaklar
200
100
-
170
20
110
Mazali
ekinlar
300
10
168
-
30
12
CHorvachilik:
CHorva
mollarini
o‘stirish
440
Sut
700
4
108
390
100
6
Jun
360
20
352
-
10
18
Mineral
o‘g ‘itlar
60
8
-
54
2
12
Ko‘p yillik o‘simliklarni o‘stirish harajatlari 360 p.b. Yil boshiga 
tugallanmagan ishlab chiqarish 260 p.b., yil oxiriga 280 p.b.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqargan mahsulot hajmini aniqlang.
20. Tuman ekin er maydoni va g‘alla ekinlari hosildorligi bo‘yicha
quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Qishloq xo‘jaligi 
ekinlari
Ekin maydoni, ga.
Hosildorlik u/ga.
Bazis davr
Joriy davr
Bazis davr
Joriy davr
B o‘g ‘doy
600
640
22
24
Arpa
400
420
15
16
Aniqlang: 1) hosildorlikning o‘zgarishi: barcha g‘alla ekinlari 
bo‘yicha va ayrim olingan ekin turlari bo‘yicha; 2) g‘alla ekinlarining 
o‘rtacha hosildorligi o‘zgarishini, shu jumladan, unga ta’sir etgan ayrim 
olingan omillar ta’sirini; 3) yalpi hosilning o‘zgarishini: shu jumladan, 
ekin maydonlari hajmi o‘zgarishi hisobiga, hosildorlikni o‘zgarishi 
hisobiga.
21. 
Qurilish ishlab chiqarish mahsulotiga kiruvchi elementlarni 
ajrating:
a) podryad tashkilotlar bajargan qurilish montaj ishlari
174


b) xo‘jalik usuli bilan bajarilgan qurilish montaj ishlari 
v) geologiya-qidiruv va buralash ishlari (qurilish ob’ektlariga qarashli) 
g) loyiha-qidiruv ishlari (qurilish ob’ektlariga qarashli)
d) qurilish uskunalarini joriy va kapital ta’mirlash
e) imorat va inshoatlarni joriy va kapital ta’mirlash
j) xo‘jalik usuli bilan amalga oshirilgan xususiy uylar qiymati (uy 
xo‘jaliklari kuchi bilan)
z) o‘rnatilgan uskunalar qiymati
13. Qurilish tarmog‘i bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan: 
qurilish-montaj ishlari 
9800
qurilish smetasida qayd etilgan o‘rnatilmagan uskuna qiymati 3000 
loyiha-qidiruv ishlari (qurilish ob’ektlariga qarashli) 
2400
geologiya-qidiruv va burash ishlari (qurilish ob’ektlariga qarashli) 
1600
qurilayotgan ob’ekt direktsiyasini asrash harajatlari 
800
qurilayotgan ob’ektlar uchun kadrlar tayyorlash harajatlari 
240
imorat va inshoatlarni kapital ta’mirlash 
1300
Aniqlang: Qurilishda ishlab chiqarilgan mahsulot va asosiy kapitalga 
sarflangan investitsiya hajmi.
22. Tuman savdo tashkilotlari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan 
(p b )
chakana savdo tovar aylanishi - 4800
muomala harajatlari - 350
shu jumladan, ijaraga olingan
yuk transporti va aloqa xizmati - 38
savdo ustamasi tovar aylanishi nisbati - 12%
Aniqlang: 1) savdo ishlab chiqarish hajmi, 2) savdo tashkilotlari 
foydasi.
23. Savdo korxonalari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Bazis davrda mahsulotlarni sotishdan olingan foyda - 490 p.b., joriy 
davrdan undan 8% ortiq; muomala harajatlari joriy davrda 5,5%ga ortgan 
va 1260 p.b.ga teng bo‘lgan. Bunda transport va aloqa harajatlari 
umumharajatlardagi salmog‘i 20 dan 22%ga ortgan.
Savdoda ishlab chiqarish hajmini aniqlang.
24. Xar oy boshida tovar zahiralar hajmi quyidagicha bo‘lgan (p.b.): 
yanvar 300, fevral 220, mart 226, aprel 290, may 320, iyun 330, iyul 344. 
I-kvartalda tovar aylanish hajmi-2400, II-kvartalda-2800.
175


Har kvartal uchun aniqlang: tovar zahiralarining aylanish tezligi, bir 
aylanish uzunligi, 1 iyulga nisbatan tovar aylanishni tovar zahiralari bilan 
ta’minlanganlik darajasi.
25. 
Chakana savdo firmasini kvartal bo‘yicha quyidagi ma’lumotlari 
berilgan: 
_________________________________________
Filial№
Aylanish tezligi, 
kun
Bir kunlik tovar 
aylanishi, p.b.
1
10
50
2
9
48
3
8
46
Har bir kvartal bo‘yicha aniqlang: o‘rtacha tovar zahiralari hajmi, 
firma bo‘yicha tovarlarni o‘rtacha aylanish vaqti, tovar zahiralarini 
o‘rtacha aylanish soni.
176

Download 327,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish