V. Мустақил таълим ва мустақил ишлар


Inson huquqlari milliy markazi va BMT O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha asosiy milliy institutlar salohiyatini muslahkamlashga ko‘maklashadi



Download 0,69 Mb.
bet2/2
Sana02.04.2022
Hajmi0,69 Mb.
#524940
TuriСеминар
1   2
Bog'liq
mustaqil

Inson huquqlari milliy markazi va BMT O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha asosiy milliy institutlar salohiyatini muslahkamlashga ko‘maklashadi
3

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz (IHBMM) va BMT TD hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida Ustav va Shartnomaga oid tavsiyalarni amalga oshirishda ko‘maklashish” loyihasini ishga tushirdilar. Yangi tashabbus inson huquqlari bo‘yicha BMT Kengashi va BMTning O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinligi sohasida milliy ma’ruzalarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha xalqaro shartnoma organlarining tavsiyalarini bajarishda O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar potensialini oshirishga yo‘naltirilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar potensialini oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi loyiha o‘z faoliyatini 2018 yil may oyidan boshladi va 2021 yilning dekabriga qadar davom etadi.

Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini o‘rganuvchi Milliy markaz faoliyati takomillashtiriladi


O‘zbekiston 00:27 / 11.12.2018 4998

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar inson huquq va erkinliklarini ta'minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro norma va standartlarni samarali amalga oshirish zaruratini tug‘dirmoqda, deyiladi qaror matnida.
Qarorda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati samaradorligini oshirish, inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarishning ta'sirchan tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, mazkur markaz inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini, milliy ma'ruzalar tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni ta'minlovchi davlat organi hisoblanishi belgilanmoqda;
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, ushbu sohadagi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha davlat organlari faoliyatiga ko‘maklashish;

  • inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish bo‘yicha milliy ma'ruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha milliy harakat rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish;

  • normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishni ta'minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;

  • inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga maslahat berish funksiyasini amalga oshirish va ularga amaliy ko‘maklashish;

  • inson huquqlari sohasida aholining huquqiy savodxonligini oshirishga ko‘maklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

  • inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish.

Markazni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshqarishi hamda u Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 15-uyga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilishi belgilangan.
Qarorda Milliy markazning tashkiliy tuzilmasi, moliyalashtirish manbalari hamda faoliyat olib borishining yo‘nalishlari, idoralar va tashkilotlar bilan qay yo‘sinda aloqa qilishi ham aniqlashtirib berilgan.
Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish