V oyager fazo apparatlari



Download 0,97 Mb.
Sana03.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#313974
Bog'liq
Документ Microsoft Word


V oyager fazo apparatlari

1977 yilning 5 sentyabrida kosmologiya tarixidagi eng olamshumul natijalarga erishgan "voyager" dasturidagi zondlarning birinchisi voyager-1 koinotga uchirildi. Ushbu parvozdan 16 kun oldin "voyager" dasturidagi ikkinchi zond voyager-2 oʻz sherigidan avvalroq koinotga uchirilgan edi. Ushbu zondlar muxandislik soxasining yorqin namoyondasiga aylandi. Bu apparatlar inson qoʻli bilan yasalgan texnika vositalari ichida yerdan eng olis masofaga uzoqlashgan fazo apparatlari boʻldi. Ushbu fazo apparatlarini uchirilganiga 43 yildan oshdi va ular xamon faoliyat yuritishmoqda.

Oʻtgan asrning 60 yillarida oʻzga sayyoraliklarning zaminimizga tashrifi va oʻzga sayyoraliklardan kelayotgan signallar haqidagi shov-shuvlar butun dunyo boʻylab tarqaldi. Hatto olimlar orasida ham oʻzga sayyoraliklar bizga ishora berayapti degan nazariyalar paydo boʻldi. Shu kabi nazariyalar ortidan signallarga javoban oʻzga sayyoraliklarga noma yuborishga qaror qilishdi. Voyager zondlarning uchirilishi ham shu kabi maqsadlarning bir qismi boʻldi. Oʻtgan asrning 60 yillarining oʻrtalarida dunyoning bir qator falakkiyotchi olimlari 70 yillarning soʻngiga borib sayyoralar paradi boʻlishini ya'ni quyosh sistemasidagi barcha sayyoralar quyoshning bir tomonida bir chiziq boʻylab saf tortishini bashorat qilishdi. Bu esa quyosh sistemasidagi sayyoralarni oʻrganish uchun apparat yuborishga ancha qulay fursat edi. Zero bunday fursat har 176 yilda bir keladi.

Bunaqangi qulay fursat bir zond yordamida bir emas bir nechta sayyoralarni oʻrganish bilan bir qatorda sayyoralardan gravitatsion manyovr olish imkonini berardi. Shular inobatga olinib quyosh sistemasidagi olis sayyorarlarni tatbiq qilish maqsadida zondlar yuborish rejasi tugʻildi.20 asrning 70 yillari kosmik parvozlarning oltin davri boʻldi. Aynan shu yillarda Appolon, Messenger, Vega, Mars va Pioneer dasturidagi zondlar koinotga farvoz qildi. Sal keyinroq bular qatoriga Voyager zondlari ham qoʻshildi. Shu tariqa 1977 yili quyosh sistemasidagi olis sayyorarlarni va yulduzlararo muhitni oʻrganish hamda extimol sifatida maboda oʻzga sayyoraliklar mavjud boʻlishsa ularga noma yuborish maqsadida katta umidlar bilan Voyager zondlari koinotga uchirildi.

Har ikkala zond ham ilmiy jihoz va uskunalar bilan bir qatorda oltin plastinka bilan jihozlangan. Ushbu plastinkalarda 14 ta pulsar yulduzlariga nisbatan yer va quyoshning joylashuv koordinatalari, yerdagi xayot formulasi, DNK strukturasi, yer tabiatiga oid rasmlar, bir qancha hayvonlarning ovozlari yozib qoldirgan. Shuningdek oltin plastinkada inson faoliyatiga doir maʼlumotlar jumladan Bax, Motsart, Betxoven, Lui Armstrong va Chaka Berri musiqalari, dunyoning bir qator xalqlarning milliy ohanglari va mumtoz kuylari hamda dunyoning 55 ta tilida bitilgan salomlashuv xitoblari bilan toʻldirilgan. Ushbu plastinkada AQSHning oʻsha vaqtlardagi prezidenti Jimmi Karterning shaxsan oʻzi tomonidan o‘zga sayyoraliklarga yo‘llagan murojaati ham oʻrin olgan.

"Voyager" zondlarining asosiy vazifalari olis sayyoralar va ularning yoʻldoshlari hamda quyosh sistemasining chegarlarini va yulduzlararo muhitni oʻrganish edi. "Voyager 1" Yupiter-Saturn- Pluton yoʻnalishi boʻyicha harakatlangan boʻlsa, "voyager 2" esa Yupiter-Saturn- Uran-Neptun yoʻnalishi boʻyicha parvozga otlandi.1979 yili "voyager 1" yupiterga yetib bordi 1980 yilning noyabrida esa saturnga tashrif buyurdi. Rejaga koʻra "voyager 1" plutonga ham safar uyushtirishi kerak edi, biroq NASA rahbariyati "voyager 1" dan bir yil avval "pioneer 11" apparati tomonidan yetarli darajada oʻrganilmagan saturnning yoʻldoshi titanni yanada izchilroq oʻrganishni maqul koʻrishdi.



Voyager-1 sayyoralar atrofidagi asosiy vazifalarni yakunlagach quyosh sistemasining olis sarxadlarini jumladan koyper xalqasini,geliosfera chegaralarini va yulduzlararo muhitni oʻrganish uchun yoʻl oldi. Voyager-2 yupiter va saturnni oʻrganish bilan cheklanib qolmasdan uran va neptun sayyoralari tomon ham parvoz qildi. Bu ikki sayyora faqatgina voyager-2 apparati tomonidan tatbiq qilingan xolos, Voyager-2 1986 yilning yanvarida uran sayyorasiga 1989 yilning avgustida neptun sayyorasiga yetib bordi. Bu yoʻnalishda voyager-2 ancha vaqt sarf etdi shu sababdan ham u oʻz egizagini hech qachon yeta olmaydi.

Voyager zondlari osmonimizda mitti nuqtalar boʻlib koʻringan gigant sayyoralar va ularning yoʻldoshlarini yaqin masofadan olingan ilk suratlarini taqdim etishdi.

Joriy yilning 25 noyabrdagi koʻrsatgichlarga koʻra voyager-1 quyoshdan salkam 23 millard km uzoqlikda 17,26 km/sek tezlik bilan harakatlanmoqda, voyager-2 esa 18,5 millard km uzoqlikda 15,7 km/sek tezlik bilan parvoz qilmoqda. Ularning yoqilgʻilari 2025 yilga borib tugashi kutilmoqda. Shundan soʻng ularni yerdan turib boshqarishni imkoni boʻlmaydi va zondlar yulduzlararo fazoda erkin harakatlanishadi. Voyager-1 jirafa yulduz turkumidagi glezi 445 yulduzi tomon harakatlanmoqda, agar zond bilan hech narsa roʻy bermasa taxminan 40 ming yildan keyin shu yulduzdan 1,6 yorugʻlik yili uzoqlikdan uchib oʻtadi. Voyager-2 esa taxminan 300 ming yildan soʻng sirius yulduzi atrofiga yetib borishi mumkin. Shu narsa aniqki ular somon yoʻli galaktikasini hech qachon tark eta olishmaydi.

Voyager zondlari quyosh sistemasidagi olis sayyorarlarni aslida qanday koʻrinishdaligini, ulardagi muxit qanday ekanligini aniqlab berdi. Voyagerlar gigant sayyoralarning tarkibini,atmosferasini,magnit maydonini va ularning tabiiy yoʻldoshlari haqidagi koʻplab qimmatli maʼlumotlarni ilm fanga xavola qilishdi. Shuningdek voyager zondlari ushbu sayyorarlarning bizga nomaʼlum boʻlgan koʻplab yangi yoʻldoshlarini ochib berdi. 1990 yili voyager-1 zaminimiz yerni 6 milliard km uzoqlikdan suratga oldi, bu bilan voyager-1 yerni eng olisdan suratga olgan apparat boʻldi. Bu rekordni 2017 yilning dekabriga kelibgina yana bir mashhur fazo apparati "yangi gorizond" t omonidan yangilandi. Yangi gorizond voyager-1 ga qaranganda 100 million km uzoqroqdan yerni suratga oldi

1998 yilning fevralida voyager-1 quyoshdan salkam 10,5 millard km masofaga uzoqlashib pioneer 10 fazo apparatini quvib oʻtdi hamda insoniyat tomonidan tayyorlangan texnika vositalari ichida yerdan eng uzoq masofaga uzoqlashgan fazo apparatiga aylandi. Hozirda ham ushbu nom voyager-1 ga tegishli boʻlib turibdi. Shuningdek voyager-1 inson yasagan texnika vositalari ichida eng katta tezlik bilan harakatlanayotgan apparat hamdir.2012 yilning 25- avgustida voyager-1 quyosh sistemasini tark etib yulduzlararo muhitga kirdi. Aynan shu sanada uning datchiklari zaryadli zarralardan iborat quyosh shamolining taʼsiri keskin kamayib yulduzlararo fazodagi yuqori energiyali kosmik nurlar miqdori koʻpayganini koʻrsatdi. Uning egizagi voyager-2 shunday chegaraviy masofani 2018 yilning noyabrida kesib oʻtdi.

Rejaga koʻra voyager zondlari 5 yil davomida faoliyat olib borishi kerak edi ammo astronomik hisob kitoblar nihoyatda aniqlik bilan hisoblab chiqilganligi va muhandislar oʻz vazifalarini mukammal darajada bajarganligi sababli 43 yildan oshdiki voyager zondlari hamon faoliyat olib bormoqda. Apparatlar plutoniy-238 radioaktiv yoqilgʻisi bilan taminlangan. Hozirgi kunda apparatlardagi ilmiy uskunarning faqatgina yarmi ishlab turibdi. Apparatlar shunday mukammal darajada dasturlanganki ularni masofadan turib ham qayta dasturlash tuzatishlar olib borish mumkin. Amalda ham shunday boʻldi 2020 yilning yanvarida voyager-2 kerakli manyovrni qila olmadi. Nasa muhandislari 18 milliard km uzoqlikdagi apparatni masofadan turib tamirlashni uddasidan chiqishdi.



Joriy yilning 25 noyabrdagi koʻrsatgichlarga koʻra voyager-1 quyoshdan salkam 23 millard km uzoqlikda 17,26 km/sek tezlik bilan harakatlanmoqda, voyager-2 esa 18,5 millard km uzoqlikda 15,7 km/sek tezlik bilan parvoz qilmoqda. Ularning yoqilgʻilari 2025 yilga borib tugashi kutilmoqda. Shundan soʻng ularni yerdan turib boshqarishni imkoni boʻlmaydi va zondlar yulduzlararo fazoda erkin harakatlanishadi. Voyager-1 jirafa yulduz turkumidagi glezi 445 yulduzi tomon harakatlanmoqda, agar zond bilan hech narsa roʻy bermasa taxminan 40 ming yildan keyin shu yulduzdan 1,6 yorugʻlik yili uzoqlikdan uchib oʻtadi. Voyager-2 esa taxminan 300 ming yildan soʻng sirius yulduzi atrofiga yetib borishi mumkin. Shu narsa aniqki ular somon yoʻli galaktikasini hech qachon tark eta olishmaydi.


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI

O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

FAKULTETI:_______________________________

YO’NALISHI:_______________________________

­­­­­­­­­­­­­­­­­______________________________FANIDAN


MUSTAQIL ISH
Mavzu: _________________________________

Bajardi : _______________



Qabul qildi:______________

Toshkent-2021
Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish