Va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Korruptsiya mavzusining dolzarb ekanligi



Download 0,93 Mb.
bet2/5
Sana27.06.2022
Hajmi0,93 Mb.
#707873
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'naviyat

Korruptsiya mavzusining dolzarb ekanligiga hech kim shubxa bildirmaydi. Bu haqda barcha doiralarda: ommaviy axborot vositalarida, anjumanlarda, majlislarda va o‘zarosuhbatlarda ham alohida urg‘u berib gapirilmoqda. Korruptsiya masalasi nafaqat xalqaro huquq fani doirasida, balki jinoyat huquqi, kriminologiya, siyosatshunoslik kabi fanlar tizimida ham o‘rganilishi uning ko‘p qirrali, dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatadi.
Mavzuning maqsadi: Korrupsiya qay darajada yomon illat ekanligini anglatish.
Mavzuning vazifalari: Insonning o’z hayotida doimiy ravishda korrupsiyani yomonligini tatbiq etishga o’rgatish.


Mavzuning predmeti: Korrupsiyaning o’rganilishi kerak bo’lgan muammolar.
Mavzuning obyekti: Jamiyat.
1.1.Korrupsiya juda keng qamrovli tushuncha boʻlib, u jamiyatning malum qatlamlari, toifalari, guruhlari kundalik faoliyatiga aylanib, oʻzaro bir-biriga bogʻlanib, chirmashib ketganligidan also koʻz yumib boʻlmaydi. Dunyo miqyosida korrupsiyaga qarshi birgalikda kurash olib borish borasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003-yil 31-oktabrida qabul qilgan rezolyutsiyasining 2-bob 5-moddasida: ,, Har bir ishtirokchi-Davlat o’z huquqiy tizimi asoslariga muvofiq, korrupsiyaga qarshi samarali hamda muvofiqlashtirilgan, jamiyat ishtirokiga imkon beradigan va huquq-tartibot prinsplarini aks ettiruvchi, jamiyat boshqaruvi va jamiyat mulkiga taaluqli, adolatlilik, qadr-qimmat, oshkoralik va javobgarlik siyosatini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi’’ – deya belgilab qo’yilgan.
Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri bo’lmish Amerika Qo’shma shtatlarida korrupsiyaga qarshi kurash ancha uzoq tarixga borib taqaladi. Amerika qonunchiligida korrupsiya termini ilk marotaba 1948-yil 25-iyunda qo’llangan. 1977-yilda esa korrupsiyaga qarshi federal qonun ishlab chiqilgan. Aqshnig amaldagi prezidenti Jo Bayden 2021-yil 3-iyunda so’zlagan nutqida korrupsiya haqida quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi: ,, Korrupsiya Qo’shma Shtatlar milliy xavfsizligiga, iqtisodiy tengligiga, kambag’allikka qarshi kurash hamda rivojlanishga, shuningdek, demokratiyaga xavf soladi. Biroq, korrupsiyani samarali tarzda bartaraf etish, unga qarshi kurashish hamda shaffof va doimiy hisobot berib boruvchi davlat boshqaruvi orqali biz Aqsh hamda boshqa demokratik mamlakatlar uchun hal qiluvchi ustunlikni taqdim eta olamiz’’.
1.2. Muqaddas dinimiz – Islomda ham pora bilan bog’liq har qanday holatlar qattiq qoralanadi. Alloh taborak va taolo Quro’ni Karimning ,,Baqara’’ surasi 188-oyatida shunday marhamat qiladi: ,,Mol dunyolaringizni oralaringizda nohaq-harom yo’llar bilan yemangiz! (Ya’ni, bir-biringizning haqqingizni yemang!) Va (gunoh qilayotganingizni) bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini gunoh-harom yo’llar bilan yeyish uchun (mollaringizni pora qilib) hokimlarga uzatmang!’’.
Korrupsiyaning yuzaga kelishida manfaatlar to’qnashuvi ham sababchi bo’ladi. Bunda ayrim shaxslar qonunga zid yo’llar orqali malum bir vaziyatni o’z foydalariga hal qilishga urinishadi. Tabiiyki bu jarayonda bir necha kishi bevosita jinoyat sodir etishi holati kuzatiladi. ,,Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida’’gi qonunning 3-moddasida belgilanganidek; ,, manfaatlar to’qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab va xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishga ta’sir ko’rsatayotgan yoxud ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyat’’. Shu kabi salbiy jihatlarni bartaraf etish uchun ham ko’rsatiladigan xizmatlarni avtomatlashtirish, raqamlashtirish vositlarini qo’llash, inson omilini imkon qadar kamaytirish choralarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.
2020-yilda ,,Ijtimoiy fikr’’ respublika jamoatchilik fikrini o’rganish Markazi tomonidan ,,Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida jamoatchilik fikri’’ mavzusida jamoatchilik fikri so’rovi o’tkazildi. So’rov davlat hamda jamiyatimiz hayotida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi borasida jamoatchilik fikrini o’rganish hamda fuqarolarning korrupsiyaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatiga nisbatan munosabatini aniqlash maqsadida o’tkazildi.


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish