Valyuta kursi


Devalvatsiya revalvatsiya valyuta rezervlarini



Download 207,5 Kb.
bet18/19
Sana01.07.2022
Hajmi207,5 Kb.
#725410
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
VALYUTA KURSI

Devalvatsiya revalvatsiya valyuta rezervlarini diversifikatsiyalash
Markaziy bank foyda olish maqsadida faoliyat yuritmaydi. Lekin qonunda uning xarajatlari o‘z daromadlaridan qoplanishi qayd etilgan. Markaziy bank budjet tashkiloti hisoblanmaydi. Amaliyotdan ma’lumki, Markaziy bankning bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlash va shu orqali mamlakatda narx barqarorligiga erishishdan iborat. Markaziy bankning valyuta siyosati shu bosh maqsadga erishishning muhim vositasidir.
Markaziy bankning valyuta siyosati deganda uning valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish sohasidagi tadbirlarining majmuyi tushuniladi.
Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy shakllariga quyidagilar kiradi:
– diskont siyosati; – deviz siyosati:

  1. valyuta intervensiyasi;

  2. devalvatsiya;

  3. revalvatsiya;

  4. valyuta rezervlarini diversifikatsiyalash.

Diskont siyosati – bu Markaziy bankning hisob stavkasini o’ zgartirish yo’ li bilan milliy valyuta kursiga va to’ lov balansining holatiga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan valyuta siyosatidir.


3.2. O‘zbekiston valyuta siyosatining natijalari
Hujjatda quyidagilar valyuta siyosatini liberallashtirishning asosiy ustuvor yo'nalishlar qilib belgilangan:
Barcha davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini himoyalash-rag'batlantirish yondashuviga o'zgartirish, bunda xususiy aktivlarni o'z ixtiyoriga ko'ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta'minlash va qulay investitsion iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko'zda tutish;
Respublikaning eksport salohiyatini rag'batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish;
Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operatsiyalarin amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korxona yoki sohalarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash;
Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o'rnatish;
Milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qonunchilik normalarining o'rnatilishiga yo'l qo'ymaslik.
Quyidagilar bilan mos keluvchi tartiblarning o'rnatilishi rejalashtirilmoqda:
O'zbekiston hududida sotilayotgan (ko'rsatilayotgan) tovarlar va xizmatlar narxlari, jamiyatlar ustav kapitaliga eng kam talablar faqatgina milliy valyutada belgilanishi lozim;
O'zbekiston hududida tovar va xizmatlar uchun xorijiy valyutada to'lovlarni amalga oshirish to'lov kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish istisno qilingan holda qat'iyan taqiqlanadi;
O'zbekiston hududida davlat bojlari, yig'imlar va boshqa majburiya to'lovlar
faqatgina milliy valyutada qabul qilinadi, bunda O'zbekiston norezidentlaridan erkin bojxona zonalari va erkin omborxonalar hududlarida olinadigan bojxona yig'imlari istisno etiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mablag'larini erkin tasarruv etish huquqlarini to'laqonlik ta'minlash maqsadida quyidagilar o'rnatiladi:
Valyuta daromadlari va yuridik shaxslar hisoblarida mablag'lar mavjud bo'lgan hollarda xorijiy valyutada foyda, dividentlar va boshqa daromadlarni aksionerlar (ishtirokchilar) qarori asosida to'lashga ijozat beriladi;
O'zbekiston hududida jismoniy shaxslar o'rtasida bank o'tkazmalari, pochta o'tkazmalari yoki to'lov tizimlaridan foydalangan holda xorijiy valyuta mablag'larini ўтказишга ruxsat beriladi;
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuridik shaxs tashkil etmasdan o'z bank hisoblari orqali import mahsulotlari va xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirishga ijozat beriladi;
Eksportyor va importyorlar ular tomonidan imzolangan tashqi savdo shartnomalari bo'yicha to'lov shaklini valyuta nazorati qonunchiligi doirasida o'z xohishiga ko'ra erkin tanlaydi;
hukumat qarorlari bilan o'rnatilgan istisnoli hollardan tashqari, 10 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorgacha bo'lgan naqd puldagi xorijiy valyutani respublikadan olib chiqib ketish cheklovlarsiz amalga oshiriladi. 2000 AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda bo'lgan naqd puldagi xorijiy valyutani O'zbekistondan olib chiqish va olib kirishda majburiy deklaratsiya qilinmaydi;
Tijoriy banklar va Markaziy banklarning naqd puldagi xorijiy valyutani O'zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishga ijozat berishi amaliyoti bekor qilinadi;
O'zbekiston norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar) qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston banklarida hisob ochish va mablag'larini erkin tasarruf etish huquqiga ega.
Oxirgi uch oyda tashqi iqtisodiy sharoitlarining o‘zgarishi ichki valyuta bozorida milliy valyuta almashuv kursining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. O‘tgan yilning sentabr oyidan boshlab valyuta almashuv kursi bozordagi xorijiy valyutaga bo‘lgan joriy talab va taklif holatidan kelib chiqib shakllanib kelmoqda.
Xulosa
Mamlakat hozirgi tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari Harakatlar strategiyasida ko‘rsatilgan vazifalar doirasida bo‘lib, xalqaro maydonda aloqalarni kengaytirishga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy qadamlarda o‘z aksini topmoqda.
Bu borada Respublika tashqi siyosiy strategiyasi xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish, mahalliy eksport geografiyasini kengaytirish sohasida yangi qirralarni ochdi.
Natijada 2019 yilda mamlakatimizga bevosita xorijiy investitsiyalar oqimi o‘sdi. Ularning hajmi 4,2 mlrd. dollarni tashkil etdi, bu 2018 yildagiga nisbatan 3,7 baravar ko‘proqdir.
Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, Covid-19 tarqalishini to‘xtatish bilan bog‘liq barcha murakkabliklar va cheklanishlarga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar hajmi 4,8 mlrd. dollar, shu jumladan, bevosita xorijiy investitsiyalar – 3,2 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Bunga so‘nggi 10 yil ichida birinchi marta mamlakatning Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining kredit xavfi reytingidagi pozitsiyasi yaxshilanganligi sabab bo‘ldi.
Jahon banki «Biznes yuritish» reytingida mamlakat 7 ta pozitsiyaga ko‘tarildi va biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rsatkichi bo‘yicha 190 ta davlat orasida 8-o‘rinni egalladi, eng yaxshi islohotchi mamlakatlar safiga kiritildi.
Dunyodagi eng obro‘li jurnallardan biri – «Economist» (Buyuk Britaniya) O‘zbekistonni yil mamlakati – 2017 yildan e’tiboran islohotlar eng jadal sur’atlar bilan amalga oshirilayotgan davlat sifatida e’tirof qildi.
Murojaatnomada tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. 2020 yil — “Ilm-fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilinishi O‘zbekistonda barcha sohalarda raqobatlasha oladigan jamiyat va infratuzilmani yaratish zaruriyatini alohida qayd etadi.
Buning uchun, eng avvalo, ilg‘or xorijiy tajribadan, zamonaviy innovatsion, pedagogik texnologiyalar va ilmiy loyihalardan foydalanish, mamlakatning ta’lim va ilmiy-tadqiqotchilik muassasalari faoliyatini samarali o‘zaro muvofiqlashtirish asosida yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida mutaxassislarni tarbiyalab voyaga etkazish talab qilinadi.
O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi muhim ustuvor yo‘nalishi dunyoning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari bilan strategik sheriklik hamda hamkorlikning muvozanatlangan tizimini shakllantirishdan iborat. Bunday yondashuv iqtisodiyotni modernizatsiyalash, barqarorlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash, Markaziy Osiyoda hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish vazifalarining samarali hal qilinishini ta’minlashga qaratilgan.
O‘zbekiston dunyo siyosati va iqtisodiyotida eng muhim rollardan birini o‘ynayotgan Xitoy Xalq Respublikasi bilan yaqin regional qo‘shni va do‘stona davlat sifatida strategik hamkorlikni mustahkamlamoqda.

Download 207,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish