Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi: a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo‘yicha kurslarni tugatganlik. b) 5 yildan kam bo‘lmagan ish staji. Bolalar bog‘chasi (yasli-bog‘cha) tarbiyachi-uslubiyotchisi lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi: a) bolalar bog‘chasi (yasli-bog‘cha) jamoasi o‘quv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi, barcha yosh guruhlarida bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturlarining bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo‘naltiradi va nazorat qiladi, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko‘rsatadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |