Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Download 0,8 Mb.
bet4/48
Sana30.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#718565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Murabiylik darsi jami

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” I.A.Karimov
2. “O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi”
3. www.Ziyonet.uz sayti

Mavzu №4. «Ustoz haqi otadan ulug`dir, otadan ustoz oldinda turur. Gar ota hayotdin bahra berur, ustod najoddin bahra berur»


Reja:
1.Ustoz otangdek ulug`.
2. Tabiat bizga go'zallikdan dars bersa, hayot esa bardoshdan, sinovlardan, iymondan dars beradi. 3. Prezidentimizning tabrik so’zlari.
Tayanch so`zlar: attestatsiya, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, rekonstruksiya

Sizning ta'limingiz olmagan kim bor, Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan. Olimmi, shoirmi va yo san'atkor, Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan


Bitta harf dardida riyozat chekib, Oqibat ko'kka ham chiqolgan inson. Ne ajab sizlarni bahtiyor etib, O'rnidan dast turib, bosh egsa shu on.
Buyuk Alisherbek lutf etgan misol, Savod o'rgatdingiz qancha ranj bilan. Koplab bo'larmikan bu qarzni alxol, O'zib bo'larmikan yuzta ganj bilan.
A.Oripov

Ustoz-bu so'zni eshitganda bizga ta'lim, saboq bergan aziz ustozlarimiz ko'z oldimizga keladi. Xech o'ylab ko'rganmisiz dunyoda ustozlar qancha? Ularning sanog'i bormikan? Yo'q aslida bu savolni berishning o'zi axmoqlik, mening fikrimcha. Chunki dunyoga kelishimiz bilan biz shogirdga aylanamiz. Qanday qilib deysizmi? Yani bu ajib dunyoga ilk bor jajji ko'zlarimiz bilan boqqanimizdayoq tabarruk zot ustozni ko'ramiz. Yani ilk ustozimiz mushtipar onamizni ko'ramiz. xar bir bola bu dunyoga yig'lab keladi, keyin esa ilk ustoz, mehr farishtasi bo'lgan ona butun mehrini kulgusida aks ettirib, bizg bu sinovlarga boy dunyoga kulib boqishni, kulishni o'rgatadi. Ona o'z mehr-muxabbati bilan bizga mehrdan, muhabbtdan poklikdan, umiddan tarbiya beradi. Bir misol: nega sherning bolasi beshavqat bo'lib ulg'ayadi? Nega u boshqa hayvonlarning jonini olib oziqlanadi? Chunki unga onasi tugilgandanoq ov qilishni, boshqa xayvonalrning jonini olib oziqlanishni o'rgatadi. Agarda sher bolasiga yoshligidan boshqacha tarbiya berilsa, yani uy hayvoni sifatida boqilsa, u mutlaqo boshqa hayvonga aylanadi. Dunyoda oddiy tabiatning o'zi ham, taqdirimizdagi hayot ham biz uchun bir ustoz. Tabiat bizga go'zallikdan dars bersa, hayot esa bardoshdan, sinovlardan, iymondan dars beradi. "Ilm hikmat suvni yondirar" deydi dono xalqimiz. Ha haqiqatdan ham ilm shunday qudratga ega. Bu qudratni esa bizga ilmlar sultoni bo'lgan ustozlarimiz berishadi. Ilk maktabga borganimizda bilimlar olamiga etaklovchi ustozlarimiz bizga ilk bor yashashni o'rgatgan onammiz kim ekanligini, uning qanday inson ekanligini o'rgatadilar. Biz nafas olayotgan tabiat, yashayotganimiz xayot nima ekanligini o'rgatadi. Biz uchun eng muqaddas inson bo'lgan onaning tabarruk "Ona" so'zini jajji barmoqlarimiz bilan oppoq qog'ozga xatosiz yozishni o'rgatadi. Ular bizni kelajak sari ilm yo'lida etaklab boradi. Ular bizga buyuk ajdodlarimizni tanitadi. Vatanimiz tarixini o'rgatadi.Bizdan talab qilinadigan birgina yumush, ular uchun esa eng oliy mukofot bu bizning munosib shogird bo'lib, o'z yo'limizni topish va bizni tarbiya qilgan barcha ustozlarga munosib bo'lishdir.


"Insonning haqiqiy ko'zi ilm"-deyishadi. Yaxshi niyatla uyg'onaylik, quvonchla kulaylik mehr va ilmla yashaylik.Biz bugun dunyodagi taraqqiy topgan demokratik mamlakatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayotini obod va farovon qilish, xalqaro maydonda Vatanimizning o‘ziga munosib o‘rin egallashi, lo‘nda qilib aytganda, “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” degan maqsadga erishish kabi o‘ta og‘ir, shu bilan birga, o‘ta sharafli vazifani amalga oshirish yo‘lida bor kuchimiz, butun borlig‘imizni safarbar etib mehnat qilayotganimiz barchamizga ayondir. Mana shunday ezgu va yuksak marralarga yetishda milliy davlatchiligimizni qurish, iqtisodiyotimizni biz uchun yangi asnoda – bozor munosabatlari negizida tashkil etish, butun hayotimizning ma’no-mazmunini o‘zgartirayotgan keng ko‘lamli islohotlarni joriy qilish, muxtasar aytganda, mamlakatimizning qiyofasini tubdan yangilash maqsadida amalga oshirgan ulkan ishlarimizni bugun dunyo hamjamiyati tan olayotganini g‘urur va iftixor bilan ta’kidlashga to‘liq asoslarimiz bor.Biz qo‘lga kiritgan, barchaning havasini tortadigan yutuq va natijalarimiz haqida so‘z yuritar ekanmiz, ularga zamin bo‘lgan omil va mezonlar xususida, xalqimizning fidokorona mehnati, ongu tafakkuri, siyosiy-ijtimoiy faolligi yuksalib borayotgani haqida albatta ko‘p gapirish mumkin.Lekin, shular qatorida avvalambor biz o‘z vaqtida boshlagan va amalga oshirgan ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar, uzoqni ko‘zlagan, chuqur o‘ylangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi hal qiluvchi o‘rin tutganini alohida qayd etish zarur.

Hech shubhasiz, bu borada yangicha fikrlaydigan, o‘zligini, qadr-qimmatini chuqur anglaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, chet tillarni puxta egallagan, hech kimdan kam bo‘lmaydigan yoshlarimiz haqiqatan ham bizning suyanchimiz va tayanchimiz bo‘lib, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir ekanini bugungi hayotimizda isbotlab berayotganining o‘zi barcha erishgan yutuq va marralarimizning asosiy mezoni va sharti bo‘ldi, desak, aslo xato bo‘lmaydi.Shu munosabat bilan bir fikrni ta’kidlab aytishni o‘rinli deb bilaman: biz bilim va tarbiya berib voyaga yetkazayotgan navqiron o‘g‘il-qizlarimizdek, qiyinchilik va sinovlar oldida bosh egmaydigan, o‘z Vatani, o‘z xalqiga xizmat qilishga bel bog‘lagan, yangilikka intilib yashaydigan, g‘ayrat-shijoatga to‘la, ko‘zlari yonib turgan yosh avlodimizdek avlod dunyoda o‘zi kamdan-kam topiladi.Ana shunday sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi fidoyi mehnatingiz uchun siz, azizlarga – o‘qituvchi va murabbiylar, ustoz va domlalar, olim va olimalarga har qancha tasannolar aytsak, ta’zim etsak, arziydi, albatta.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish