Vatan taraqqiyotiga mening hissam
Reja:
I.Kirish.
1. Ózbekiston jonajon vatanim – mangu ból omon.
II. Asosiy qism
Vatanparvarlik tuyģusi insonlar shuurida.
Yagonasan, muqaddas vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida.
Yangicha O’zbekiston - yangicha strategiya.
III.Xulosa.
1. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.
Vatanga bo’lgan muhabbatim meni xorijiylar
yutug’idan ko’z yumushimga majbur qilmaydi.
Aksincha,Vatanga muhabbatim qanchalik kuchli
bólsa, Vatanimni jahondagi g’aznalar bilan
yanada shunchalik boyitgim keladi.
Ozod Sharafiddinov
Vatanparvarlik yoki milliy ģurur bu sevgi, sadoqat va unga boģlanish tuyģusi. Sevgi, dóstlik, ota-onalik, bolalik, aka-ukalik, opa-singillik kabi vatanparvarlik ham bir tuyģudir. Tuyģu - bu mavhum tushuncha, ammo uning bizning ruhiyatimiz va ongimizga ta’siri katta. Xuddi , boshqa tuyģular kabi vatanparvarlik tuyģusi ham hammada har xil bóladi. Ba’zilarda hatto bólmasligi ham mumkin va bu tabiiy hol. Tuyģular ,asosan, insonning óziga, ótmishiga yaqin bólgan narsalarga nisbatan kuchliroq bóladi. Hammadan kóra, ota-onamizni yoki yaqinlarimizni, yaxshi kóramiz, negaki ular bizning ózligimizga yaqinroqdirlar. Ammo, bu tuyģu bizni boshqa odamlarni yomon kórishimizga bevosita sabab bólmaydi. Aksincha, óz yaqinlarini sevgan odam uchun, boshqa odamlar ham kimlarningdir bolasi, onasi, singlisi ekanini anglash osonroq bóladi. Yóqorida keltirilgan iqtiboslardagi umumiy yanglishlik ham aynan shunda. Ya’ni, ular vatanparvarlik tuyģusi boshqalarning vatanini yomon kórishga, hatto ularga qarshi urushishga undaydigan his sifatida talqin qilingan. Shundaymikan? Ósha urush misolini olaylik, mana. Urushda qóliga qurol olib kurashayotgan tomonlarning qaysi birida vatanparvarlik hissi bóladi? Albatta, óz vatanini himoya qilayotganida, bosqinchilik qilayotganida emas! Bosqinchini qóliga qurol olib , qon tókishga majbur qilgan narsa vatanparvarlik tuyģusidan boshqa har narsa bólishi mumkin! Menimcha, yóqorida gaplari iqtibos qilingan mashhur insonlar vatanparvarlikni faqatgina siyosatchilar qólidagi tarģibot-tashviqot quroli sifatida kórib gapirganlar. Ammo, vatanparvarlik siyosiy qurol emas, balki, insoniy tuyģudir. Albatta, kópgina boshqa tuyģular kabi, vatanparvarlik tuyg’usini ham osongina manipulyatsiya qilish mumkin. Lekin, birov boshqa odamning sevgisini óz manfaati yólida óyinchoq qilib óynasa, sevgi bu yaramas narsa degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu gaplarim bilan men bu zotlar mutlaqo nohaq demoqchi emasman, ammo vatanparvarlik aslida pok va insoniy tuyģu ekanligini eslatib ótmoqchiman xolos. Hoyi-havas, shonu-shavkat, boyligu - mansab va boshqa shunga óxshash narsalar uluģlangan hozirgi zamonda haqiqiy insoniy tuyģu noyob matohga aylanib qolyapti, vafo ham, sadoqat ham, dóstlik ham. Agar siz tuģilib ósgan uyni eslaganda yuragingiz ichiksa, Ózbekiston degan sózni eshitganda entikib ketsangiz, demak sizga shu noyob tuyģulardan biri – vatanparvarlik begona emas ekan. Vatanga bólgan muhabbat tuyģusi insonga ona allasi, bobolar ógiti, ota ibrati, oila tarbiyasi, ustoz-murabbiylar ta'limi bilan singadi. Kishi bu tuyģu vositasida óz atrofidagi odamlarni, narsa-hodisalar mohiyatini bilishga intiladi. Vatanparvarlik tuyģusi oģir damlarda kishiga kuch-quvvat beradi, óz xalqini sharaflashga, ajdodlar an'anasiga sodiq bólishga da'vat etadi.
Dunyodagi tirik mavjudotning barchasi sezish qobiliyatiga ega, ular tashqi ta'sirlardan, ya'ni issiq va sovuqdan, yoruģlik va qoronģilikdan ta'sirlanadi. Lekin, rang-barang va gózal, yuksalib, kamol topib boradigan his-tuyģular bilan yashash faqat insonga xos. Shuning uchun ham odamning his-tuyģulari, xotiralari, ma'naviy tarbiyasi, avvalo, u tuģilgan, voyaga yetgan Vatan bilan boģliq. Shu bois, Vatan tuyģusi insonga bir umr hamroh, hamnafas bóladi. Vatanning nomi aytilishi bilan uning baģrida ótgan yillarimiz esimizga tushadi, qalbimizda gózal manzaralar, his-tuyģular uyg'onadi. Masalan, shahrimiz hisoblangan Nukus shahridagi bir-biridan ajoyib osmon ópar binolar, chet el sayyohlarini óziga jalb etgan Savitskiy nomidagi qadimiy va tarixiy muzeyimiz, bundan boshqada keyingi yillardagi shahrimizdagi keng turdagi ózgarishlar. Vatan ramzlarini kórganda, yurtimizning betakror tabiatini tomosha qilganda, uning moddiy va ma'naviy boyliklaridan bahramand bólganda, olis ellarda vatandoshlarimiz bilan kórishganda, ularning sport, madaniyat, san'at va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini eshitganda beixtiyor quvonamiz. Shuningdek, davlatimiz bayroģi, gerbi va madhiyasi qalbimizga ģururu - iftixor tuyģularini uyģotadigan muqaddas timsollardir. Televizorda kóp kórganmiz, prezidentlar, davlat boshliqlari yurtimizga tashrif buyursa, ularning sharafiga yuksak martabali mehmon mansub bólgan davlatning bayroģi kótarilib, madhiyasi ijro etiladi. Bizning Prezidentimiz xorijiy davlatlarga tashrif buyurganida ham Vatanimiz va xalqimizga, Yurtboshimizga hurmat-ehtirom ramzi sifatida davlatimiz bayroģi kótarilib, yurtimiz madhiyasi yangraydi. Yoki sport maydonlarida ikkita mamlakatning futbol terma jamoasi ózaro bellashmoqchi bólsa, óyin oldidan dastlab ularning davlat madhiyasi ijro etiladi. Bu orqali, avvalo, ushbu sport jamoalari vakil bólib kelgan davlatga, uning xalqiga hurmat bajo keltiriladi. Shuningdek, bunday marosimlar vositasida ushbu jamoalar o'rtasidagi halol kurashdan kózlangan asosiy maqsad Vatanni sharaflash, uning nomini uluģlash ekaniga urģu beriladi. Oddiy fuqarolar ham qaysidir chet davlatga bormoqchi bolsa, ózi bilan birga Vatanini eslatib turadigan biror-bir narsani oladi. Qadimda ota-bobolarimiz uzoq ólkalarga ketayotganlarida bir siqim yurt tuproģini rómolchaga tugib olganlar. Ana shu tuproq orqali Vatanning hidini tuyganlar. Uluģ insonlar qalbidagi Vatanga intilish tuyģusi shunchalik kuchli bóladiki, ular nafaqat tirikligida, balki bu dunyodan kóz yumganidan keyin ham ona yurt tuproģiga yaqinroq bólishni orzu qiladi. Olis Hindiston ólkasida podsholik qilgan Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz ham vafotidan sóng óz jismini ushbu yurtga emas, balki Vataniga yaqinroq bólgan joy — Afģonistonning hozirgi poytaxti bólmish Qobul shahriga qóyishlarini vasiyat qilgan. Bu buyuk ajdodimizning muborak qabri hozir Kobul shahrida. Bobur tuģilgan yurt — Andijon shahrida esa mustaqillik yillarida uning ramziy qabri va ulkan boģi barpo etildi. Vatan tuyģusi insondagi vorisiylik tuyģusi bilan uzviy boģliq. Vorisiylik eng muhim xususiyat va qadriyatlarning otadan bolaga ajdodlardan avlodlarga meros bólib ótishini bildiradi. Demak, vatan tuyģusi ham avloddan avlodga ótadi. Masalan, hozirgina tilga olganimiz Bobur bobomiz vorislari — boburiylar sulolasining aksariyat namoyandalari ham ota yurti — Turkiston zaminida yashamagan bólsalar-da, vatan tuyģusi ularni bu tabarruk tuproqqa chorlab turgan. Ularning bugungi avlodlari ham mana shu zaminni ózlarining tarixiy Vatani deb biladi. Bizning ota-bobolarimiz vorislik an'analarini saqlash uchun ózlarining nasl-nasab tarixi — shajarasini yozib borgan. Bu ham Vatanga muhabbat, uning tarixini muqaddas saqlashga bólgan intilishning bir kórinishidir.
Vatanimizdan kópgina Vatan tarraqiyotiga óz hissasini qóshgan allomalar yetishib chiqqan . Alloma arabcha sóz bólib, olimlarning uluģi, olimlarning olimi degan ma'nolarni bildiradi. Bizning alloma bobolarimiz faqat olamshumul kashfiyotlar yaratibgina qolmay, yurtimiz nomini butun dunyoga taratishda ham beqiyos xizmatlar qilgan. Chunki, ular vatan tuyģusi har ishda, har qadamda madadkor bólsin deb, óz ismi shariflariga tuģilgan joylarining nomini qóshib yozganlar. Buxoriy, Zamahshariy, Samarqandiy, Shoshiy, Toshkandiy, Farģoniy, Marģinoniy, Xorazmiy, Termiziy, Nasafiy singari nomlar shu tarzda paydo bólgan. Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Chólpon kabi ajdodlarimizning ulkan hasrat bilan yozilgan maqola va she'rlarini óqiganda Vatan tuproģida turib, Vatandan judolik dardi bilan yashash qanchalik oģir dard ekanini his etamiz. El-yurt ozod, mamlakat mustaqil bo'lsa, inson uning ravnaqi yólida bor kuch-qudratini safarbar etadi, Vatan bilan bog'liq hislari ģurur-iftixor tuyģusiga aylanadi. Bugun Vatanimiz haqida gap ketsa, avvalo, ana shunday ģurur-iftixor hislarini tuyamiz. Chunki, yurtimiz ozod bólib, kundan - kunga taraqqiy etib bormoqda. Vatanparvarlikning mohiyati birinchi prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi sózlarida óz ifodasini topgan: «Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tuģiladi. Ya'ni, inson ózligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyģusi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bólsa, tuģilib ósgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bóladi". Haqiqatdan ham, Vatanparvarlik Vatan manfaatlarini himoya qilish yólidagi fidoyilikdir. Fidoyilik ózini biror-bir ishga baģishlash, tóla safarbar etish, kerak bólgan taqdirda esa, ezgu maqsad yólida hatto jon berish demakdir.
Yurtimizda Vatanimizning taraqqiyoti yólida keng kólamli ishlar olib borilmoqda. Shu qatorda Ózbekiston Respublikasi qurilish sohasini modernizatsiyalash, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2020-2025- yillarga móljallangan strategiyasini amalga oshirish bóyicha quyidagilarni kózda tutuvchi maqsadli kórsatkichlar belgilanadi:
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron platformalarining ishlashi 2025- yilga kelib 100 foizgacha butun respublika bóyicha qamrab olinishiga erishish;
Ózbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlimiy, seysmologik va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda shaharsozlik sohasida Yevrokodlar moslashuvi ulushini 2025 - yilga kelib 50 foizgacha oshirish. Davlat shaharsozlik kadastri geografik axborot tizimi obiektlari bóyicha ma'lumotlarni, geoportal funksiyalari kengayishini hisobga olgan holda, ochiq foydalanish uchun e'lon qilinishi ulushini 2025 - yilga kelib 70 foizgacha yetkazish. “Biznes yuritish” (Doing Business Index) xalqaro indeksining “Qurilish uchun ruxsatnomalar olish” (Dealing with Construction Permits) yónalishi bóyicha Ózbekiston Respublikasi pozitsiyasining 2025 -yilga kelib joriy 61,7 balldan 78,2 ballgacha yaxshilash;ilg‘or xorijiy loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda 2025 - yilgacha 15 ta zamonaviy loyiha-qidiruv institutlarini tashkil qilish; 2025- yilga kelib buyurtmachi funksiyalarini bajaruvchi nodavlat tashkilotlar ulushini investitsiya dasturiga kiritilgan obiektlar umumiy sonining kamida 25 foiziga yetkazish; 2025- yilga kelib “hajmli metod”ni joriy etish ulushini respublikadagi qurilish obiektlari umumiy sonining 25 foizigacha yetkazish.
Taraqqiyot strategiyasi doirasida:
Birinchidan, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta`minlashga qaratilgan, keng kólamli islohotlarimiz yangi poģonaga kótariladi. Bu borada millati, tili va dinidan qat`i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini ta`minlashga xizmat qiladigan “Yangi Ózbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” ģoyasini amalga oshirishga alohida e`tibor qaratamiz. Shu asosda mahalliy boshqaruv organlarining joylarda muammolarni hal etishdagi roli va mas`uliyatini yanada kuchaytiramiz. Buning uchun kelgusida davlat funksiyalarining katta qismi markazdan hududlarga ótkaziladi.
Jamiyat boshqaruvining tayanch bóģini bólgan, islohotlar samarasi bevosita aks etadigan mahalla tizimini hokimliklar bilan boģlash maqsadida har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etiladi. Hokim yordamchisi yangi ish órinlarini yaratish va kambaģallikni qisqartirishga mas`ul bóladi. Mahalla raisi esa ma`naviy-ma`rifiy ishlarni amalga oshirish, oila va mahallada soģlom muhitni shakllantirishga javob beradi.
Shu bilan birga, mahallalarda yoshlar masalalari bilan muntazam shuģullanadigan Yoshlar ishlari agentligining vakili ham bóladi. Bundan tashqari, hokimliklar va mahallalarning moliyaviy imkoniyatini kengaytirish maqsadida tuman byudjeti qo`shimcha manbalar bilan ta`minlanib, mahallaning alohida jamģarmasi shakllantiriladi, - Shavkat Mirziyoyev.
Demak, Vatan – bu oila, men tuģilib voyaga yetgan gósha, qóni-qóshni, mahalla, qishloq, maktab, qóyingki, men yashab turgan zamindagi hamma-hamma narsa. Inson qayerda óssa, ósha yer vatan bóladi. Inson hech qachon ózi xohlagancha Vatan tanlamaydi. Sahroda ulģayganlar ózlarining chól-u dashtlarini “Vatanim!” deya suyadilar. Gózal va bebaho joylardan ustun qóyadilar. Uning barcha noz-ne`matlaridan bahramand bóamiz.Vatan tuproģi ildizlarimizni kókartiradi. Yurt oftobi yanoqlarimizga rang beradi. Vatanni onaga qiyoslaydilar. Onaning muqaddasligini ta`riflashga sóz ojizlik qiladi.
Shuning uchun ham Vatan sajdagoh kabi muqaddas deb bilamiz, uni e`zozlab, uning har bir qarich tuproģini muqaddas bilamiz. Uning ravnaqi, tinchligi uchun hissa qóshish, hamisha ogoh bólib yashash, ichki va tashqi dushmanlardan asrashni burchimiz deb bilamiz. Har bir xalq óz Vatanini nechun sevadi? Yer yuzida shunday yurtlar borki, yil ón ikki oy yoz bólmaydi, yoki aksincha. Óshanday yurtlarda yashovchilar ham Vatanni boshqa yurtlarga alishmaydilar. Nima uchun? Chunki , bu yerda Vatan tuyģusi, degan buyuk bir tushuncha bor. Har kimning kindik qoni tókilgan joy – muqaddas, uning Vatani hisoblanadi. Mana shu tuyģu bilan biz Ózbekistonni sevamiz. Ózbekiston – kelajagi buyuk davlat. Uni biz har qadamda, yurtimizning har kunlik faoliyatida sezib, kórib turibmiz. Ózbekistonning kelajagi kóp jihatdan biz yoshlarning tarbiyasiga, barkamol avlod bólib yetishishimizga boģliq. Shu ma`noda, milliy istiqlol ģoyasini qalbimiz va ongimiz bilan his etishimiz, milliy qadriyatlarni, tariximizni sevib órganishimiz, ularga sodiq bólishimiz kerak bóladi. O`zbekiston deb atalgan, tuproģida oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, har tongda bulbullar madhini óqib tamom qilolmaydigan bir yurtda yashayotgan ekanmiz, biz ózimizni baxtli deb bilmoģimiz kerak. Keksalarimiz aytganidek, shukronalar bilan yashamoģmiz kerak. Vatan bizga ato etilgan uluģ ne`mat ekan, Vatanga muhabbat ham har birimizga berilgan oliy baxtdir. Chunki, vatanni sevgan odam, uning biron koriga yaragan odam hayotining chuqur ma`no kasb etayotganligini, umri zoye ótmayotganligini his qiladi, uning insoniy ģururiga ģurur qóshiladi. Ózbek adabiyotshunoslarining yirik vakili, Ózbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinovning shunday fikrlari bor: “Aziz vatandosh! Siz bilan biz ózbeklarning óz ģururi bor. Bugun biz dunyo xalqlarining saflaridan órin olishga harakat qilmoqdamiz. Lekin, biz ģururimiz har qancha baland bólmasin, óz qadrimizni har qancha baland qóymaylik, ózimizni hech kimdan yóqori qóymoqchi, bironta xalqni kamsitib, pastga urmoqchi emasmiz. Biz yaxshi bilamizki, Alloh jahon ayvonida ózining hamma bandalarini teng qilib, barobar qilib, dóst qilib yaratgan. Ha, shunday, biz hamma xalqlarga birodarmiz, lekin , hech kimning oldida tili qisiqlik joyimiz ham yóq. Shuning uchun “qayga borsam ģoz yururman, boshda dóppim gerdayib”, deyish uchun tóla asosimiz bor. Ózbekning dovruģini eshitmagan, “Ózbekiston” degan jannatmakon yurtning ta`rifidan xabar topmagan bir jon qolmasin.” Faqat Ózbekiston deb gerdayganimizda, shu gózal yurtning ravnaqiga qóshgan jinday hissamiz uchun qaddimizni tik tutib bir gerdayib qóyaylik. Shu aziz Vatanda tuģildik, ósdik imkonimiz boricha Vatan ravnaqi yólida kuch - ģayratimizni bilim-salohiyatimizni ayamaylik. Uni sevishimiz, kóz qorachiģidek asrashni burchimiz deb bilamiz.
Xulosa qilib aytganda, vatan ravnaqi uning farzandlariga, ularning ma`naviy va jismoniy kamolotiga bevosita boģliq. Bu, óz navbatida, har bir yurtdoshimizning zimmasidagi yuksak fuqarolik mas`uliyatini his etishga, óz manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyģunlashtirib yashashga da`vat etadi. Shunday ekan, mehri daryo, haqiqatparvar yurtni sevmay bóladimi?!
Do'stlaringiz bilan baham: |