Vazirligi o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


bob. Taqsimlangan tizimlarning arxitekturasi va funksional xususiyatlari



Download 1,04 Mb.
bet2/95
Sana19.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#912791
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazm

bob. Taqsimlangan tizimlarning arxitekturasi va funksional xususiyatlari

  1. Taqsimlangan tizimlar va tarmoqlar, ta’rifi va tarkibi

Taqsimlangan tizim (TT) deganda, foydalanuvchi nuqtai nazaridan yagona tizim shaklida tasavvur qilinadigan mustaqil kompyuterlaming to‘plami tushuniladi. E. Tanenbaum o‘zining “Taqsimlangan tizimlar. G‘oyalar va tamoyillar” nomli fundamental monografiyasida taqsimlangan tizimga shunday ta’rif beradi: “Taqsimlangan tizim - bu aloqa kanallari yordamida mustaqil kompyuterlarning o‘zaro bog‘langan to‘plami hisoblanib, foydalanuvchi nuqtai nazaridan maxsus dasturiy ta’minot asosidagi yagona tizim ko‘rinishida tasavvur etiladi”.
Bu ta’rifdan taqsimlangan tizimning ikki muhim jihatini keltirish mumkin: dislokatsiyalangan kompyuterlarning avtonom bo‘lishi va ular yagona tizim shaklida tasavvur etilishi. Bunda asosiy bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib maxsus dasturiy ta’minot va tarmoq texnologiyalari hisoblanadi.
Taqsimlangan tizimning asosiy maqsadi tizim doirasidagi kompyuterlarni va ulardagi hisoblash va xotira resurslarini, dasturiy ta’minot va ilovalar faoliyatini yagona tizim sharoitida tashkil etish. Boshqa so‘z bilan aytganda, taqsimlangan tizimlar bir xona doirasida, bino, shahar, davlat doirasida, yoki boshqa davlatlar va planetamizning boshqa qit’alari doirasida dislokatsiya qilingan axborot qayta ishlash tizimlarining hisoblash, xotira va axborot resurslarini birlashtirib yagona bir resurs sifatida shakllantirib foydalanuvchiga taqdim etish imkonini yaratib beradi (1.1 - rasm). Resurslar tarkibiga hisoblash resurslari, xotira resurslari, axborot resurslari va tarmoq resurslari kiradi.
Foydalanuvchi taqsimlangan tizimga bog‘lanib, o‘ziga kerak bo‘lgan resurs to‘g‘risida ma’lumot beradi, tizim resursni dunyoning istalgan nuqtasidan topib unga taqdim etadi, foydalanuvchi ushbu resursdan xuddi o‘zini kompyuterida joylashtirilganidek foydalanadi. Umuman olganda, foydalanuvchi tomonidan talab


8




etilgan resurs dunyoning bir nechta nuqtalarida joylashgan resurslaming yig‘indisidan tarkib topishi mumkin. Bunda tizim ushbu resurslarni topadi, ulami jamlab, «kompozit» resurs shakllantiradi va foydalanuvchiga bitta resurs sifatida taqdim etadi.
Ushbu imkoniyatlar axborotni qayta ishlash vositalari (ya’ni, katta quvvatga ega kompyuter vositalari) telekommunikatsiya vositalari, tarmoq texnik qurilmalari va maxsus jahon andozalariga asoslangan dasturiy ta’minotlari, hamda elektron shakldagi axborot resurslarini yaratishda qo‘llaniladigan zamonaviy dasturlar va ma’lumotlar baza va banklarini boshqarish tizimlari asosida yaratiladi.
Taqsimlangan tizimlarga misol qilib Internet tarmog‘ining asosini tashkil etuvchi «Jahon o‘rgimchak to‘ri», ya’ni «World wide web» texnologiyasini keltirish mumkin. Web-texnologiyasi taqsimlangan hujjatlarni bir butun yaxlit shaklda ko‘rinishini ta’minlaydi, ya’ni har xil kompyuterlarda saqlanayotgan hujjatlardan yagona hujjat shakllantirib, alohida bir butun hujjat ko‘rinishida taqdim etadi. Foydalanuvchi hujjatni ko‘rish uchun sichqon tugmasini ishorat ustida bosishi kifoya - hujjat ekranda ko‘rinadi.
Taqsimlangan tizimlar tarmoq texnologiyalari negizida yaratilgan bo‘lib, murakkab strukturaga ega. Ular tarmoq sharoitida har xil turdagi xizmatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega, jumladan:

  • ma’lumotlarni saqlash va uzatish;

  • «nuqta-nuqta» ulanish prinsipidan «har biri har biri bilan» prinsipiga

o‘tish;

  • turli ilovalarga xizmat ko‘rsatishning universal xizmatidan foydalanish (Internet, VPN (virtual private network - virtual xususiy tarmoq) misolida);

  • xizmatlarning kerakli to‘plami va hajmini shakllantirish hamda ularni belgilangan sifat darajasida taqdim etilishiga erishish;

  • xizmatlar sotuvchisi va xaridori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni to‘liq va aniq tashkil etish.


9



Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish