Vazirligi o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


TT komponentalarini dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmog‘i negizida o‘zaro bog‘lanish modeli



Download 1,04 Mb.
bet8/95
Sana19.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#912791
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
Bog'liq
Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazm

TT komponentalarini dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmog‘i negizida o‘zaro bog‘lanish modeli

Yuqori bandda tavsiflangan dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmog‘i (DKT) texnologiyasining yaratilishiga vujudga kelgan bir nechta holatlar sabab bo‘lgan:
mavjud klassik arxitektura amaliy jihatdan tashqi o‘zgarishlarga hech qanday ta’sirini ko‘rsata olmay qoldi. Har xil ishlab chiqaruvchilarning vositalari bir-biribilan bog‘lanib birgalikda ishlashi o‘ta qiyin kecha boshladi;
trafik hajmining geometrik progressiya bilan o‘sishiga mavjud arxitektura talab etilgan sifat darajasida javob bermay qoldi;
tarmoq protokollari va protokol steklari haddan tashqari ko‘payib ketdi va tarmoqda foydali axborotlar hajmidan boshqaruv ma’lumotlarining hajmi kshpayib ketdi.
Ma’lumot uzatish jarayonida Ethernet kommutatori kommutatsiyalash jadvaliga so‘rov bilan murojaat qiladi (1.14 - rasm). So‘ng olingan axborot asosida kommutatsiyalovchi matritsa ma’lumotni qayta ishlaydi va natijaviy axborotni belgilangan portga jo‘natadi.
Ethernet kommutatorida bir paytning o‘zida so‘rovni boshqarish va uzatish jarayonlari amalga oshiriladi. Boshqaruv sathi kommutatorga o‘rnatilgan kontroller sifatida, ma’lumot uzatish sathi esa - kommutatsiyalovchi jadval va kommutatsiyalovchi matritsa sifatida namoyon bo‘ladi.
Kontroller ma’lum darajada intellektuallik funksiyalariga ega, ular negizida tarmoq strukturasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanib navbatdagi paketni uzatish to‘g‘risida o‘zi qaror qabul qilishi mumkin. Lekin kommutator doirasida bunday faoliyatni bajarish ko‘zda tutilmagan, faqat ma’lum bir qoida va prioritetlarni tanlab olish asosida kontroller konfiguratsiyasi o‘zgartirilishi mumkin.


38





    1. - rasm. Ethernet kommutatorida so‘rovni qayta ishlash jarayonini ko‘rsatuvchi sxema.

Bunday holat kommutatoming va butun tarmoqning funksionalligini cheklaydi. Jumladan, tarmoqda “nuqta-nuqta” aloqasini o‘rnatish jarayonini kommutatordagi kontroller yordamida emas, balki tarmoqning boshqa “nuqta”sida o‘rnatilgan OSI modelining uchinchi sathida ishlatiladigan marshrutizatorning ishtiroki negizida amalga oshirish mumkin.
Axborot oqimlarining hajmi va turi oshib borishi, tarmoq servis va masshtabining tobora kengayishi tarmoq muhitida axborot qayta ishlash jarayonlarini tashkil etish usullarini o‘zgartirilishiga majbur bo‘lindi: mijoz - server asosida tashkil etish usuli o‘rniga ma’lumot qayta ishlash markazlari va “bulut” da hisoblash texnologiyalari barpo qilindi, fayl tizimlari va ma’lumot bazalari ma’lumot saqlash tarmoqlariga aylantirildi.
Bunday o‘zgarishlar tarmoq texnologiyalarining sifatini o‘zgartirilishiga olib keldi, mikroprotsessor texnikasini rivojlanishi va ular asosida telekommunikatsiya vositalari yaratilishi yangi tarmoq arxitekturasini ishlab chiqilishiga olib keldi.
DKT da tarmoq infrastrukturasining holatini va ma’lumotlar tarmoqda har xil turdagi ma’lumot oqimlarini boshqarish darajasi ma’lumotlarni uzatish darajasidan ajratilgan holda amalga oshiriladi.
Bunday ajratish hamma tarmoq marshrutizator va kommutatorlarida bajariladigan boshqaruv jarayonlari bitta kontroller nomli markaziy vositaga yuklash orqali bajariladi. Boshbia sщz bilan, tarmoqdagi hamma marshrutizator va


39




kommutatorlar tarmoq operatsion tizimi (TOT)ning boshqaruvi asosida birlashtiriladi. TOT muntazam ravishda tarmoq vositalarining konfiguratsiyasini nazorat qilib boradi va ilovalarga tarmoqni boshqarishga imkon yaratib beradi.
Bunday yondoshuv tarmoq holatini nazorat qilish va boshqarish jarayonlari mantiqan bitta vositada, ya’ni kontrollerda markazlashtiriladi.
Bundan tashqari, boshqaruv sathi o‘z vazifalarini tarmoqning fizik infrastrukturasiga va ma’lumot uzatish darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiradi. Tarmoqning ma’lumot uzatish va boshqarish darajalari yagona unifikatsiyalangan interfeys orqali bog‘lanadilar.
DKT negizida o‘tkazilgan birinchi amaliy eksperimentlar, bunday yondoshuvning samarasini yaqqol ko‘rsatib berdi, DKT arxitekturasi negizidagi tarmoq vositalarining samaradorligini 25%-30% o‘sishiga, tarmoq ekspluatatsiyasi uchun ketadigan xarajatlarni kamida 30% kamayishiga olib keldi. Shu bilan birga axborot xavfsizligi oshdi, yangi dasturlar yaratilishi hisobiga tarmoqni boshqarish moslashuvchanligi sezilarli darajada yaxshilandi, dasturiy ta’minot asosida yangi servislarni yaratish va ularni tarmoq vositalariga yuklash imkonlari yaratildi.
Bunday tarmoq birinchi navbatda ma’lumot qayta ishlash markazlari va korporativ tizimlarning faoliyatini yanada takomillashtirilishiga sabab bo‘ldi.
DKT arxitekturasi uchta sathdan tarkib topadi (1.15 - rasm):

  1. Tarmoqning infrastruktura sathi - tarmoq qurilmalari, ya’ni kommutatorlar, marshrutizatorlar va aloqa kanallarini o‘z ichiga oladi

  2. Tarmoqning boshqaruv sathi - tarmoqning global ko‘rinishi qo‘llab- quvvatlanadi va nazorat qilinadi. Tarmoqning global ko‘rinishi - bu tarmoq topologiyasi va tarmoq vositalarining holati.

Boshqaruv sathi tarmoq ilovalariga API dasturiy interfeysini taqdim etadi, API (application programming interface) - ilovalarni dasturlash interfeysi yoki amaliy sath interfeysi;

  1. Tarmoq ilovalarining sathi - tarmoq boshqaruvining turli xil funksiyalari amalga oshiriladi: tarmoqda axborot oqimini boshqarish, xavfsizlikni boshqarish, trafik monitoringini bajarish, servislar sifatini boshqarish va b.


40


Umuman olganda zamonaviy tarmoq marshrutizatorlarida ikkita asosiy masala yechiladi:


paket uzatilishini boshqarish - marshrutizatorni joriy holatiga asoslanib, paketni qayta ishlash, uni qaysi marshrutga yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilish;
ma’lumotni bir nuqtadan ikkinchisiga uzatilishini ta’minlash (forwarding), ya’ni paketni kirish portidan chiqish portigacha harakat qilishini ta’minlash.
Butun tarmoq - ma’lumot uzatish sathi (MUS) ya’ni aloqa liniyalari, kanal tashkil etish qurilmalari, marshrutizatorlar va kommutatorlardan hamda ma’lumot uzatish qurilmalarining holatini boshqarish sathidan, ya’ni ma’lumot uzatilishini boshqarish sathi (MUBS) dan tarkib topadi.
Marshrutizatorlarning rivojlanishi shu ikki sath vazifalarini bir-biriga yaqinlashtirish, dasturiy ta’minotlarini takomillashtirish, yangi funksional imkoniyatlarni joriy etish yo‘li bilan paketlar uzatilishining tezligini oshirishga erishish hisoblanadi. Ammo boshqarish jarayoni (ya’ni, MUBS) soddaligicha qolaverdi.


41







Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish