Vazirligi toshkent farmatsevtika


Talabalar bilimini baholash



Download 4,33 Mb.
bet358/362
Sana03.01.2022
Hajmi4,33 Mb.
#299234
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   362
Bog'liq
ДВИТУ мажмуа 3к Био ЛОТИН

Talabalar bilimini baholash
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.

Oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish, shuningdek talabalarning bilimini baholash tegishli kafedra mudiri tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi;

komissiya tarkibi tegishli fan professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi;

komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshka tashkilotlarniig soha mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin.

Institutda yakuniy nazorat turlarini o‘tkazilishi uchun maxsus Ishchi guruh shakllantiriladi;

Ishchi guruh kafedralarda tashkil etilgan komissiyalar tomonidan o‘tkazilayotgan yakuniy nazorat jarayonini ob’ektiv va xolis o‘tkazilishini nazorat qiladi.

Institutda nazorat turlarini o‘tkazilishi ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi;

bunda nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin.

Ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarini qoldirgan yoki joriy nazoratda qoniqarsiz baho olgan va ularni qayta topshirmagan talaba oraliq nazoratga kiritilmaydi.

Talabalar tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.



  1. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qonikarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi;

-yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

  1. Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oralik va (yoki) yakuniy nazorat turiga

kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

Bir kunda 1 tadan ortik fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. YAkuniy nazorat turlarini o‘tkazish kamida 1-2 kun oralig‘ida belgilanishi lozim.

Bitiruvchi kurs bo‘lmagan talabalar kuzgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan talabaga tegishli fan (fanlar) bo‘yicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi o‘kuv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi;

bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari bo‘yicha o‘zlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy Davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.

fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular institut rektoriniig buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak;

talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor- o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi;

ikkinchi marta oralik va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan institut rektorini xabardor qiladi va ushbu talaba rektor buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi.

Talaba uzrli sabablarsiz tanishuv, dala, o‘quv, malakaviy va ishlab chiqish amaliyotlariga qatnashmagan, shuningdek ushbu amaliyotlar yakunlari bo‘yicha “2’" (qoniqarsiz) baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi.

Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) o‘zlashtirmagan semestr boshidan to‘lov-kontrakt asosida mazkur o‘quv yilining tegishli semestri uchun tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq o‘qishni davom ettiradi.

Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyasiya komissiyasiga apellyasiya berish huquqiga ega.

Apellyasiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor- o‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi.

Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan takdirda, baholash natijasi e’lon kilingan vaktdan boshlab 24 soat davomida apellyasiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyasiya Apellyasiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.

Talabaping apellyasiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.

Apellyasiya komissiyasi talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatiladi;

apellyasiya komissiyasi tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini ta’minlaydi.



Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish