Vaziyatga huquqiy baho bering



Download 25,35 Kb.
Sana26.07.2021
Hajmi25,35 Kb.
#129507
Bog'liq
Islom kazus


10-kazus

Avtomobil transporti yillik yuk tashish shartnomasini tuzish paytida avtotransport korxonasi bilan yuk jo‘natuvchi o‘rtasida shartnoma shartlari yuzasidan kelishmovchiliklar vujudga keldi. Avtotransport tashkiloti shartnoma loyihasiga quyidagi shartlarni kiritdi:

1. Yuk jo‘natuvchi yuk noto‘g‘ri ortilishining barcha oqibatlari uchun javobgarlikni shu jumladan tashish vositalarining shikastlanishini va tashishning xavfsizligini bo‘yniga oladi. Yuk jo‘natuvchi bu shartlar bilan kelishmadi. Uning fikricha, yuk tashish qoidasiga ko‘ra, yukni avtomashinaga ortish avtokorxona shofyorining kuzatuvi asosida amalga oshiriladi.

2. Agar rahbar organlarining qarori bilan avtotrasport vositalari davlat vazifalarini bajarishga jalb qilinsa, avtotransport korxonasi yuk tashish vositalarini bermagan xollar uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Yuk jo‘natuvchi bu shartni noqonuniyligini aytadi.

O‘z navbatida yuk jo‘natuvchi shartnomaga quyidagi shartlarni kiritishni talab qildi:

1. Avtotransport korxonasi yuk jo‘natuvchiga, yukni oluvchiga kechiktirib yetkazib berilganda to‘lanadigan haq miqdoridagi zararni qoplanishini.

2. Yuk jo‘natuvchi agar tashish vositasini jo‘natilishidan ikki soatdan oldin avtotransport korxonasini buyurtma bekor bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirmasa, transport vositalarining bekor turib qolganligi uchun javobgar bo‘ladi.

Vaziyatga huquqiy baho bering.

Ushbu kazusni tahlil qilshida quyidagi faktik holatlarga e’tibor beraniz.

Birinchi faktik holat avtomobil transporti yillik yuk tashish shartnomasini tuzish paytida avtotransport korxonasi bilan yuk jo‘natuvchi o‘rtasida shartnoma shartlari yuzasidan kelishmovchiliklar vujudga keldi;

Ikkinchi faktik holat avtotransport tashkiloti shartnoma loyihasiga bir qancha shartlarni kiritdi;

Uchinchi faktik ushbu shartlarga ko‘ra holat yuk jo‘natuvchi yuk noto‘g‘ri ortilishining barcha oqibatlari uchun javobgarlikni shu jumladan tashish vositalarining shikastlanishini va tashishning xavfsizligini bo‘yniga oladi;

To‘rtinchi faktik holat yuk jo‘natuvchi bu shartlar bilan kelishmadi. Uning fikricha, yuk tashish qoidasiga ko‘ra, yukni avtomashinaga ortish avtokorxona shofyorining kuzatuvi asosida amalga oshiriladi;

Beshinchi faktik holat qo‘shimcha shartga ko‘ra rahbar organlarining qarori bilan avtotransport vositalari davlat vazifalarini bajarishga jalb qilinsa, avtotransport korxonasi yuk tashish vositalarini bermagan xollar uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Yuk jo‘natuvchi bu shartni noqonuniyligini aytadi;

Oltinchi faktik holat yuk jo‘natuvchi ham quyidagi ikki shartini shartnomaga kiritishni taklif qildi:

Avtotransport korxonasi yuk jo‘natuvchiga, yukni oluvchiga kechiktirib yetkazib berilganda to‘lanadigan haq miqdoridagi zararni qoplanishini;

Yuk jo‘natuvchi agar tashish vositasini jo‘natilishidan ikki soatdan oldin avtotransport korxonasini buyurtma bekor bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirmasa, transport vositalarining bekor turib qolganligi uchun javobgar bo‘lishini.

Muammoli holatlar esa quyidagilardan iboratdir:

Yuk jo‘natuvchini mazkur holatda qanday majburiyat o‘z zimmasiga olinishini aniqlash;

Tashish shartnomasining elementlarini ochib berish.

Mazkur holatni tahlil qilishda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar kerak bo‘ladi:

O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi”;

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom”;

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish Qoidalari”;

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l ustavi”.

Yuqoridagi holatni tahlil qilishni boshlasak. Avvalo, yuk tashishning umumiy qoidalari, tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik, shuningdek yuk yoki bagaj yo‘qolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi masalalarini ko‘rib o‘tsak.

Fuqarolik kodeksi 703-moddasida yuk tashishning umumiy qoidalari berilgan bo‘lib, unga ko‘ra “Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish (quyida tashish deb yuritiladi) tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Tashishning umumiy shartlari ushbu Kodeks, transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalar bilan belgilanadi. Transportning ayrim turlarida yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish shartlari, shuningdek taraflarning ularni tashish bo‘yicha javobgarligi, agar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, boshqa qonunlarda va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi” deb qo‘yilgan. Shuningdek, yuk tashish shartnomasi tushunchasi haqida kodeksning 711-moddasida “Yuk tashish shartnomasi bo‘yicha yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk jo‘natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini oladi.

Yuk tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan hujjat (transport yukxati, konosament yoki yukka doir boshqa hujjat)ni tuzish va uni yuk jo‘natuvchiga topshirish yo‘li bilan tasdiqlanadi”. Yuqoridagi holatda esa taraflar boshqacha yo‘l tutmoqda, ya’ni uil tashuvchi-avtotransport korxonasi yuk noto‘g‘ri ortilishining barcha oqibatlari uchun javobgarlikni shu jumladan tashish vositalarining shikastlanishini va tashishning xavfsizligini bo‘yniga olishni yuk jo‘natuvchining zimmasiga yukladi. Yuk jo‘natuvchi esa avtotransport korxonasi yuk jo‘natuvchiga, yukni oluvchiga kechiktirib yetkazib berilganda to‘lanadigan haq miqdoridagi zararni qoplanishini hamda yuk jo‘natuvchi agar tashish vositasini jo‘natilishidan ikki soatdan oldin avtotransport korxonasini buyurtma bekor bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirmasa, transport vositalarining bekor turib qolganligi uchun javobgar bo‘lishini ta’kidladi. Umumiy qoidaga ko‘ra yuk tashish shartnomasi bo‘yicha yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirishi (mazkur holatda avtotransport korxonasi ushbu majburiyatni bajarishi shart edi), yuk jo‘natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini olishi kerak edi. Biroq yuqoridagi holatda ushbu majburiyatlar bajarilmadi. Bevosita kodeksning 722-moddasida tashishni tashkil etish shartnomasi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra “Yuk tashishni tashkil etish shartnomasi bo‘yicha tashuvchi shartlashilgan hajmdagi yuklarni belgilangan muddatlarda qabul qilib olish, yuk egasi esa — topshirish majburiyatini oladilar. Yuk tashishni tashkil etish shartnomasida tashish uchun beriladigan transport vositalarining va topshiriladigan yuklarning hajmi, ularni topshirish muddatlari va boshqa shartlari, hisob-kitob qilish tartibi, shuningdek tashishni tashkil etishning boshqa shartlari belgilab qo‘yiladi” deb qo‘yilgan. Biroq yuqoridagi holatda ushbu yakuniy shartnomaga ikki taraf kelishmadi.

Tashish majburiyatidan kelib chiqadigan javobgarlik masalasiga to‘xtalib, yakuniy xulosa beramiz. Fuqarolik kodeksi 718-moddasiga ko‘ra “Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan yoki tegishli suratda bajarmagan taqdirda, taraflar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, shuningdek taraflarning kelishuvida belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar.

Transport tashkilotlarining yo‘lovchilar va yuk egalari bilan tashuvchining qonunda belgilab qo‘yilgan javobgarligini cheklash yoki bartaraf etish haqidagi kelishuvlari haqiqiy emas”. Agar taraflar tashish shartnomasini ushbu kodeksda belgilangan meyorlar asosida qabul qilsa, majburiyatni bajarmaganlik uchun mazkur norma bo‘yicha fuqaroviy javobgar bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlaymizki, yuk jo‘natuvchi o‘z mahsulotini ortib berishi va yetkazilgan mahsulot pulini o‘z vaqtida to‘lashi, yuk tashuvchi esa yo‘lda bo‘ladigan noqulaylik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi lozim.



Foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati

  1. O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi”;

  2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom”;

  3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish Qoidalari”;

  4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l ustavi”.




Download 25,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish