Vengriya standartlar instituti o‘rtasida bitim standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarida hamkorlik to‘G‘risida



Download 33,65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.03.2022
Hajmi33,65 Kb.
#520456
Bog'liq
07.11.2011. Standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGI BILAN
VENGRIYA STANDARTLAR INSTITUTI O‘RTASIDA
BITIM
STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH SOHALARIDA HAMKORLIK TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (O‘zstandart) va
Vengriya standartlar instituti (MSZT), bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
— 1996-yil 21-iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi, bir tomondan, Yevropa
Hamjamiyatlari va ularga A’zo-davlatlar, ikkinchi tomondan, o‘rtasida sherikchilik ta’sis etuvchi
Sherikchilik va Hamkorlik to‘g‘risida Bitim qoidalariga asoslanib,
— Vengriya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga a’zo-davlat bo‘lganligini e’tiborga olib,
— standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirishda o‘zaro
manfaatdorlikdan kelib chiqib,
— savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida,
— atrof-muhit muhofazasini va iste’molchining manfaatini ta’minlashga sharoitlar yaratish
uchun,
— hamkorlikdan kelib chiqadigan o‘zaro foydani anglab, umumiy vazifalar va imkoniyatlar
doiralarida,
quyidagilarni kelishib oldilar:
1-modda
Mazkur Bitimni amalga oshirish davomida Tomonlar mos ravishda O‘zbekiston Respublikasi
va Vengriya Respublikasi qonunlariga amal qiladilar.
2-modda
Tomonlar savdodagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish va yangilarining oldini olish uchun
O‘zbekiston Respublikasi hamda Vengriya Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo
munosabatlarini rivojlantirilishini yaxshilash maqsadida yevropa va xalqaro standartlar asosida
milliy standartlarni uyg‘unlashtirish sohasida hamkorlik qiladilar.
3-modda
Tomonlar o‘rtasida hamkorlik quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib boriladi:
— standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy
hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan o‘zaro almashish;
— standartlarni ishlab chiqishning istiqbolli dasturlari va rejalari to‘g‘risida axborot bilan
almashish;
— standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarida maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
— zarur hollarda Tomonlarning milliy standartlari bo‘yicha ma’lumotlar bilan almashish
hamda milliy standartlar kataloglari yoki davriy nashrlar bilan almashish;
— ikki davlatdagi standartlar ishlab chiquvchi tashkilotlar o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga
qo‘yish;
— texnik reglamentlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
— standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarida mutaxassislarni tayyorlash va qayta
tayyorlash tajribasi bilan almashish;
— O‘zstandart va MSZT o‘rtasidagi muhokamadan so‘ng delegatsiyalar va mutaxassislar bilan
almashish.
4-modda
Tomonlar savdodagi texnik to‘siqlar deb belgilanmagan milliy standartlar bilan ta’minlashni
o‘z zimmasiga oladilar va ISO a’zoligidan kelib chiqadigan majburiyatlarni e’zozlashni va ISO ning


xalqaro standartlashtirish faoliyatida o‘zaro ko‘maklashadilar.
5-modda
Tomonlar mazkur Bitim doirasida qabul qilingan hujjatlar va axborotlarning maxfiyligini
ta’minlaydilar. Ma’lumotlar uchinchi Tomonga faqat ma’lumot bergan Tomonning yozma roziligi
bilan taqdim etilishi mumkin.
6-modda
Har bir Tomon o‘z imkoniyati va vakolati darajasida:
— O‘zstandart va MSZT o‘rtasidagi muhokamadan so‘ng o‘zaro professional ekspertlar
tajribasini almashish, muzokaralar, muhokamalar va o‘quv kurslari tashkil qilish uchun xizmat
safarlariga safarbar etishni amalga oshiradi;
— taklif qilingan ekspertlarning Tomonlar tarafidan tashkil qilinadigan seminar va
konferensiyalarda ishtirok etishini ta’minlaydi.
7-modda
Mazkur Bitimni bajarishning moliyaviy shartlari, Tomonlarning o‘zaro kelishuvlariga ko‘ra
amalga oshiriladi.
8-modda
Mazkur Bitim Tomonlarning ular ishtirokchilari bo‘lgan boshqa xalqaro bitimlar asosida paydo
bo‘ladigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
9-modda
Mazkur Bitim qoidalarini talqin etilishida va qo‘llanilishida yuzaga keluvchi barcha nizolar
Tomonlar o‘rtasida maslahatlashish va muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi.
10-modda
Tomonlarning o‘zaro kelishuvlariga ko‘ra mazkur Bitimga alohida protokollar bilan
rasmiylashtiriladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin, ushbu protokollar mazkur
Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
11-modda
Mazkur Bitim besh (5) yil muddatga tuziladi va imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Agar Tomonlarning biri mazkur Bitimni muddati tugashidan olti (6) oy oldin bekor qilish niyati
borligi haqida ikkinchi Tomonga yozma ravishda xabar bermasa, ushbu Bitim o‘z-o‘zidan keyingi
shunday muddatlarga uzaytiriladi.
Agar Tomonlar boshqacha kelishib olmagan bo‘lsalar, mazkur Bitimning o‘z kuchini yo‘qotishi,
kuchini yo‘qotish sanasidan avval boshlangan dasturlarni amalga oshirilishiga ta’sir etmaydi
Bitim 2011-yil 7-noyabrda Toshkent shahrida ikki asl nusxada har biri o‘zbek, venger va ingliz
tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Bitim matnini izohlashda
kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)
(O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami, 2011-y., 3-4-son)

Download 33,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish