Vergiliy ijodi (Rim poeziyasi, “Bukolikalar” she’riy to’plami, “Georgikalar” poemasi, “Eneida” dostoni)



Download 0,78 Mb.
Sana02.07.2021
Hajmi0,78 Mb.
#106960
Bog'liq
Vergiliy ijodi (Rim poeziyasi,

Vergiliy ijodi (Rim poeziyasi, “Bukolikalar” she’riy to’plami, “Georgikalar” poemasi, “Eneida” dostoni)

Hayoti

  • Rimning eng ulug‘ shoiri Publiy Vergiliy  Maron miloddan oldingi 70 yilda Italiyaning shimolidagi Mantuya shahri atrofida tug‘ilgan. Vergiliy oldin Kremon, keyinchalik Milan, Rim shaharlarida tahsil oladi; ritorika ,  falsafa bilimlarini, ayniqsa adabiyotni chuqur o‘rganadi. Birq tabiatan yumshoqligi, uyatchanligi, notiqlikka qiziqishi va iste’dodining yo‘qligidan faqat bir marta sud ishida qatnashib, tez orada o‘z yuritiga qaytib ketadi, bu  yerda dehqonchilik qiladi va adabiyot bilan  shug‘ullanadi.
  • 41 yilda Oktavian Avgust o‘zining qo‘shinini Italiyaning shimoliga joylashtiradi, Vergiliyning mansabdor muxlislari uni imperator bilan tanishtiradilar. Shoir Avgust saltanatiga chuqur samimiyat va  xayrixohlik bilan qaragan va o‘z asarlarida  Avgust saltanatini kuylovchi, uning ishlarini tarannum etuvchi ulug‘ saroy shoiri darajasiga ko‘tariladi.

Hayoti

  • Vergiliy Rim respublikasi inqirozining guvohi boʻlgan. "Bukolikalar" ("Choʻpon qoʻshiqlari"; mil. av. 42—38) va "Georgikalar" ("Dehqonchilik haqida doston"; mil. av. 36—29) dostonida tinch qishloq hayoti, choʻponlarning tabiat quchogʻidagi osoyishta, farogʻatli turmushi madh etiladi. Vergiliyning mashhur "Eneida" dostoni troyalik qahramon Eneyning darbadar kezishlari va u qatnashgan urushlar tasviriga bagʻishlangan
  • Bu asari "Iliada" va "Odisseya"ga taqlidan yozilgan, unda Qadadimgi Italiya manzarasi koʻtarinki ruhda tasvir etilgan. Vergiliy ijodi klassitsizm davri sheʼriyati uchun namuna hisoblangan. Dostonlaridan parchalar Oybek tarjimasida o'zbek tilida nashr qilingan (1939).
  • Rim eposi asoschisi Vergiliyning “Eneida” dostoni, Homerning  dostonlari bilan tenglashtirilgan. Vergiliydan  hammasi  bo‘lib  uchta  asar  yetib  kelgan.  Bu- lardan  birinchisi  “Bukolikalar”(cho‘pon  she’rlari),  ikkinchisi  “Gerogikalar”(dehqon qo‘shiqlari) va uchinchisi “Eneida”  dostonidir. Mazkur asarlardan tashqari bizga qadar “catalepta”, ya’ni “maydachuyda she’rlar” deb ataluvchi yana bir  to‘plami saqlanib qolgan.  Bu  to‘plamga  kirgan  she’rlarning  ko‘pchiligi  neoteriklar,  ayniqsa, Katull usulida yozilgan turli-tuman vazndagi she’riy asarlardan iborat.
  • Vergiliyning  birinchi  yirik  asari  “Bukolikalar”  o‘nta  she’r -dan iborat  to‘plamdir.  Bu  to‘plamga  kiritilgan  she’rlarni  ko‘pchiligi eklogalar,  ya’ni  she’riy  parchalar  deb  ham   ataladi.  “Bukolikalar” muallifining  diqqat  makazida   turadigan  asosiy  masala  –  dehqon-chilik ishlarining boshqa kasblarga nisbatan a’loligini, oddiy qishloq  hayotining go‘zalliklarini madh qidishdan va shu yo‘sin yer egalarining manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
  • Vergiliyning  dehqonchilik  haqida  yozilgan  ikkinchi  asari  “Georgikalar”  dostoni  ham  mazmun  jihatidan  birinchi  to‘plamga  juda yaqin turadi. Didaktik mazmundagi ushbu asar yirik-yirik to‘rt  qismdan  iboratdir.  Bu  qismlardan   birinchisi  g‘allakorlikka,  ikkinchisi bog‘dorchilik va tokchilikka, uchinchisi chorvachilikka va  to‘rtinchisi asalarichilikka bag‘ishlanadi.
  • Doston  muallifining  otashin  vatanparvarligi,  qishloq  hayotiga  bo‘lgan jo‘shqin muhabbati, ayniqsa dehqonlarga samimiy xay- rixohlik bilan qarashi – asarning yuksak badiiy mahorat bilan yozil- ishini ta’minlagan.
  • Vergiliyni   Rim  she’riyatining   cho‘qqisiga  olib  chiqqan,  uning  shuhratini yer yuziga taratgan ulug‘ asari “Eneida” dostonidir. Qadimgi ma’lumotlarga qaraganda, shoir asar ustida o‘n yil ishlagan va uni  m.o. 19 yilda  tugatgan.  “Eneida”  dostonining butun voqeasi Troya shahri tor-mor qilinganidan so‘ng bosh qahramon Eneyning  o‘z hamrohlari bilan birga Italiyaga qarab yo‘lga chiqishi, uning dengizda tortgan og‘ir mashaqqatlari, nihoyat manzilga yetib keli- shi, Rim davlatini barpo qilish yo‘lida olib borgan kurashlari tasviridan iborat.
  • Asar har biri olti bobdan(qo‘shiqdan) iborat, ikki qismga  ajratib  yozilgan.  Birinchi  olti  bob  qahramonning Troyadan  chiqib  Italiyaga yetib kelish davrida kechirgan saoguzashtlariga, keyingisi  Italiya tuprog‘idagi janglariga bag‘ishlanadi. Vergiliy o‘z asarini oxiriga yetkazolmagan bo‘lsa kerak.
  • Chunki dostonda troyaliklar bilan rutullar o‘rtasidagi urushdan keyingi voqealarni, masalan, troyaliklarning lotinlarga qo‘shilib, har ikkala xalqning totuvlashib ketganini, Eneyning Laviniyaga uylanishi, ulardan Iulning tug‘ilishi, Iul naslidan Romul hamda Rem degan egizak bolalarning dunyoga kelishi, shular tomonidan Rim shahrining barpo etilishi va, nihoyat, dastlabki Rim podshohlari avlodlarining(Yuliy Sezar, Oktavian Avgustning ajdodlari) tarqalishi haqidagi  afsonalarni ko‘rmaymiz.
  • Vergiliyning  Rim  she’riyatini  rivojlantirishga   hissasi  beqiyos.  Yunon dostonchiligining eng murakkab bo‘lgan gekzamert vaznini  lotin she’riyati talablariga moslashtirishga  ko‘plab shoirlar uringanlar, biroq bu o‘lchovni mislsiz kamolot bosqichiga ko‘tarish faqat  Vergiliyga nasib qilgan.

Vergiliy

E’tiboringiz uchun raxmat!!!


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish