Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat havfsizligi fakulteti epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi


Yirik shoxli mollar adenoviruslari



Download 0,98 Mb.
bet5/7
Sana22.04.2022
Hajmi0,98 Mb.
#572588
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ишланма вирусология 2020

Yirik shoxli mollar adenoviruslari.

Yirik shoxli mollarning adenovirus infeksiyasi o’tkir kechishi, nafas olish, ovqat hazm qilish traktining zararlanishi, kon’yuktivitlar belgilari bilan harakterlanadi.



Klinik belgilari va patalogoanatomiyasi.
Kasallik nafas olish, ovqat hazm qilish organlarining zararlanishi (pnevmoniya, enterit), kon’yuktivitlar bilan harakterlanadi.
Kasallikning yashirin davri 4-7 kun. Kasallik tana haroratining ko’tarilishi (41,5 C gacha), ko’zdan yosh oqishi, burundan seroz suyuqlik oqishi, yo’tal, nafas olishning qiyinlashuvi, timpaniya, sanchiqlar, diareya belgilari bilan o’tadi. Kasallik ayniqsa 15-20 kunlik buzoqlarda o’tkir kechadi. Ularda umumiy holsizlik va ich ketishi kuzatiladi. Buzoqlar kasallikning birinchi simptomlari paydo bo’lgach 1-3 kun ichida o’ladi. Yosh buzoqlarda o’lim 60% gacha yetishi mumkin.
Kattaroq yoshdagi hayvonlarda kasallik surunkali kechadi.
Hayvonlar yorib ko’rilganda gemorragik kataral gastroentrerit, qon aylanishining buzilishi, nafas olish organlarida o’zgarishlar (o’pkaning zichlashishi, atelektaz, emfizemasi) kuzatiladi.
Virus 20 burchakli (ikosayedr) shaklida buladi. Kapsid qobig’i 252 ta kapsomerlardan tashkil topgan.
Adenoviruslar tripsin, efir, xloroform, saponin, natriy dezoksixolat ta’siriga nisbatan chidamli. pH 3,0-9,0 ga teng bulganda xoka haroratida 3 soatgacha saqlanadi. Virus ultrabinafsha nurlar ta’sirida 30-60 daqiqada to’liq inaktivasiyalanadi, -30° C da uzoq vaqt tirik saqlanadi.
Uchta turdagi antigenlar farqlanadi A. B va C.
A antigen gruppaspetsifik komplement bog’lovchi, pretsipitasiyalovchi va bilvosita gemagglyutinasiya reaksiyasida aniqlanuvchi antitelolar hosil kiladi.
V antigen - oqsil komponenti, toksik omil ertachi sitopatik ta’sir chaqiradi.
C antigen - tipospesifik antitelolar hosil qiladi, neytrallash va gemagglyutinatsiyani to’xtatish reaksiyasida aniqlanadi.
Bundan tashqari gemagginasiyalovchi va onkogen xususiyatlari ham uchrashi mumkin.
Kasallik bilan tabiiy sharoitda 2 haftalikdan 2-4 oylikkacha bo’lgan buzoqlar ko’proq kasallanadi. Laboratoriya hayvonlari eksperimental yo’l bilan zararlashga sezgir emas.
Adenoviruslar klinik kasal hayvonlardan konyuktivalardan, burun bo’shlig’idan, hiqildoqdan, shuningdek, fekal bilan ajraladi.
Kasallikning manbayi kasal va yashirin virus tashuvchi hayvonlar hisoblanadi. Virus havo tomchi va alimentar yo’l bilan, shuningdek, kon’yuktiva orqali yuqishi mumkin. Hayvonlar oziqa, to’shama, go’ng va virus bilan zararlangan ajratmalardan ham zararlanishi mumkin.
Diagnoz virusni hujayra kulturasida ajratib hamda KBR, DPR, HP, GATR reaksiyalari yordamida qo’yiladi.

  1. Yirik shoxli mollarning paragripp virusi.

Paragripp – o’tkir kechadigan kontagioz virus kasalligi bo’lib, asosan buzoqlar kasallanadi. Kasallik nafas olish organlarining zararlanishi bilan xarakterlanadi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish