Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti veterinariya kafedrasi


Opistorxoz (Opisthorchosis)



Download 104,08 Kb.
bet2/17
Sana06.01.2022
Hajmi104,08 Kb.
#323610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
kinologiya qayta topshirish

Opistorxoz (Opisthorchosis)

Bu surunkali invazion kasallik bo‘lib, tulki, it, mushuk, sobol, sher, cho‘chqa va boshqa sut emizuvchi hayvonlar hamda odam jigarining o‘t yo‘llarida, o‘t xaltasida, oshqozon osti bezi suyuqligini o‘tkazuvchi yo‘llarida joylashadi va uni opistorxis oilasining Opisthorchis turkumiga kiruvchi trematodlar qo‘zg‘atadi.

Ayrim tumanlarda opistorxoz kasallik tarqatuvchi manba bo‘lib qolgan. Bu kasallik ba’zan hayvonlarning yalpi o‘latiga sabab bo‘ladi.

Etiologiyasi. Opisthorchis felineus ning uzunligi 8-12 mm, eni 1,2-2 mm, og‘iz va qorin so‘rg‘ichlarining diametri 0,25 mm. Qorin so‘rg‘ichi parazit tanasining birinchi va ikkinchi chorak qismida joylashgan. Parrak shaklidagi ikkita urug‘donlari birin-ketin keyingi choragida joylashadi.

Urug‘donlar orasida “S” shaklida egilgan chiqaruv – ekskretor pufak joylashib, tananing oxirgi qismidan ochiladi. Urug‘donning oldingi qismida retort shaklidagi urug‘don xaltasi va tuxumdon joylashgan. Tananing o‘rta qismidagi ichak ustunchalari orasida ilmoqsimon bachadon joylashgan.

Sariqlik moddasini chiqaruvchi follikulalar tana devori bilan ichak ustunchalari orasida ko‘rinib turadi. Jinsiy teshiklari qorin so‘rg‘ichining oldingi chekkasidan ochiladi. Trematod tuxumlari och sariq rangli, ikki qavatli yupqa parda bilan o‘ralgan, bir tomonida qopqoqchasi, ikkinchi tomonida esa o‘simtasi bor.

Tuxum uzunligi 0,020-0,030 mm, eni esa 0,010-0,015 mm.

Rivojlanishi. Opistorxlar o‘t yo‘llarida, o‘t pufagiga tuxum qo‘yadi. Tuxumlar o‘t suyuqligi bilan o‘n ikki barmoqli ichakka va u erdan yo‘g‘on ichakka o‘tib, tezak bilan birga tashqariga chiqadi. Etilgan opistorxis tuxumi ichida miratsidiy bor. Ammo bu lichinka tuxum ichidan chiqa olmaydi, tuxumni oraliq xo‘jayin – chuchuk suvda yashovchi jabrali mollyuska – Bithynialeachi yutadi va shu erda rivojlanadi.

Mollyuska ichida tuxumdan miratsidiy chiqib, ichak devorini teshadi va xo‘jayinning tana bo‘shlig‘iga o‘tadi. U bir oy muddat ichida sporotsistaga aylanadi. Sporotsistadan rediy ajralib chiqadi va mollyuska jigariga kirib rivojlana boshlaydi. Rediy ichida dumli serkariy paydo bo‘ladi. mollyuska organizmiga tushgan opistorxis tuxumidan ikki oy ichida rediy va undan serkariy hosil bo‘ladi, keyin oraliq xo‘jayin tanasidan chiqib suvga tushadi. Ammo suvga tushgan serkariy definitiv xo‘jayinda kasallik qo‘zg‘ata olmaydi. Ular o‘zlarining rivojlanish davrida qo‘shimcha xo‘jayinga muxtoj bo‘ladi. bular uchun karp oilasiga kiruvchi baliqlar qo‘shimcha xo‘jayin (karp, lin, yaz, plotva, vobla, sazan, leshch, jerex, ukleya va boshqalar) hisoblanadi.

Serkariy chuchuk suv tagida suzib yuradi va qo‘shimcha xo‘jayinlardan birortasiga duch kelib xujum qilib uning terisini teshib go‘sht qatlamiga, teri ostidagi yog‘ to‘qimalariga joylashib oladi. Serkariy bu erda 2-3 kundan keyin pardaga o‘ralib, taxminan olti hafta ichida metatserkariyga aylanadi. Tanasida metatserkariysi bo‘lgan baliqlarni definitiv xo‘jayinlar (tulki, it, mushuk, cho‘chqa va boshqalar) egan vaqtda ular opistorxoz bilan kasallanadi. Definitiv xo‘jayinning oshqozoni va ingichka ichagining boshlanish qismida metatserkariy pardasi – sista emi rilib, o‘t yo‘li orqali o‘t pufagiga va jigarga o‘tadi. Uch-to‘rt haftadan keyin jigardagi parazitlar jinsiy voyaga etib, yana tuxum qo‘ya boshlaydi. Opistorxisning tuxumlik davridan to jinsiy jihatdan voyaga etgan davrigacha to‘rt oy vaqt o‘tadi.

Epizootologiyasi. Opistorxoz kasallik tarqatuvchi manb sifatida daryo va suv havzalariga yaqin joyda ko‘p uchraydi. Opistorxoz bilan kasallangan odamlar kasallik tarqatuvchi manb hisoblanadi. Opistorxoz tuxumi odam axlati bilan suvga tushadi. Boshqa definitiv xo‘jayinlar it, mushuk, cho‘chqa tezaklari bitiniya mollyuskasi bo‘lgan suvga tushmaydi.

Organizmida metatserkariylari bo‘lgan baliqlar tuzlangan yoki muzlatilgan bo‘lishiga qaramay, ularni egan hayvon kasallik yuqtiradi.

Bitiniya mollyuskasi qirg‘og‘ida o‘simlik ko‘p o‘sadigan, sekin oqadigan 0,5-0,6 m chuqur suv tagida va qumli botqoqlik joylarida uchraydi. Ular suv manbalarida juda ham ko‘p bo‘ladi.

Definitiv xo‘jayinlarning intensiv kasallanishi va har bir trematodning bir kunda 900 gacha tuxum qo‘yish qobiliyati opistorxoz kasalligining tarqalishiga sabab bo‘ladi.




Download 104,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish