Virtual ot ni ishga tushiramiz (ot ichida ot)



Download 0,54 Mb.
Sana26.08.2021
Hajmi0,54 Mb.
#156818
Bog'liq
Virtual OT ni ishga tushiramiz


Virtual OT ni ishga tushiramiz (OT ichida OT)

Salom Do'stlar. Bugun sizlar bilan qiziqarli bo'lgan mavzuni ko'rib chiqamiz. Hozirgi kunda texnologiyalarni rivojlanish virtual olamga katta yo'l ochmoqda. Shu qatorda virtual OT ga ham. Virtual OT nima degani? Virtual OT ham xuddi kompyuter OT i bo'lib, faqat undagi kompyuter funksiyalari virtual tarzda yaratiladi. Masalan, virtual tarmoq kartasi, virtual USB portlar, virtual ekran va hokazolar. Lekin shuni ham aytib o'tish kerakki, Bu virtual OT, Kompyuter OT ining fizik imkoniyatlaridan kelib chiqiladi. Masalan, sizning kompyuteringiz operativ (tezkor) xotirasi 4 Gb, bunga o'rnatilgan virtual OT ning operativ xotirasi esa ko'pi bilan 2 Gb bo'ladi yoki bo'lmasa kompyuterning yadrosi 4 ta bo'lsa, virtual OT ning yadrosi ham ko'pi bilan 4 ta bo'lishi mumkin. Bundan ko'rish mumkin-ki, virtual OT ning imkoniyatlari ko'pi bilan kompyuterdagi OT ning fizik imkoniyatlariga ega bo'lar ekan holos.
ESLATMA!!! Virtual OT ishlashi uchun sizning operativ xotirangiz x64 razryadli OT uchun 4 Gb bo'lishi (undan 2 Gb (eng kamida) kompyuterning OT uchun va qolgan 2 Gb (ko'pi bilan) esa virtual OT uchun) va x32 razryadli OT uchun esa 3 Gb bo'lishi (undan 2 Gb (eng kamida) kompyuterning OT uchun va qolgan 21 Gb (ko'pi bilan) esa virtual OT uchun) ishlatish mumkin. Shuni ham aytish kerak-ki, virtual OT ishlashi uchun barcha OT lar uchun qo'yilgan eng kam qo'llab-quvvatlashlar virtual ishlashimiz uchun ham amal qiladi. Yuqorida ko'rsatilgan talab eng kamida hisoblanadi. Undan kam operativ xotiraga ega kompyuterda virtual OT ishlashiga kafolat berilmaydi.
Virtual OT dan foydalanish uchun bizda bir necha xil dasturlar mavjud: VirtualBox, Parallels Desktop, VMware, QEMU, Windows Virtual PC, Veertu va hokazolardir. Biz bugun VirtualBox dasturidan foydalanamiz.
MALUMOT!!! Bu dasturni ko'chirib olishingiz uchun mavzu oxirida beriladigan havolaga o'tishingiz mumkin.

Mana bu bizning VirtualBox dasturimiz yorlig'i. Bu dastur OTga o'rnatilgandan so'ng hosil bo'ladi


Dasturga kiramiz va dasturning asosiy oynasi quyidagicha


Dastavval biz OT uchun virtual muhit yaratib olamiz. Virtual muhit yaratish uchun biz «Создать» tugmasini bosamiz


So'ng bizda OT nomi (istalgan nom berish mumkin), qaysi oilaga kirishi va OT versiyasi tanlanadi. Keyin esa «Next» tugmasini bosamiz


Virtual mashina uchun operativ xotirani belgilaymiz va «Next» tugmasini bosamiz


So'ng bizda virtual doimiy xotira yaratish, qo'shmaslik yoki mavjud virtual doimiy xotiradan foydalanish kabi tanlash varianti chiqadi. Biz yaratishni tanlaymiz


Qaysi turdagi virtual formatdan foydalanish oyna ochiladi. Biz VDI ni tanlaymiz va «Next» tugmasini bosamiz


Bu yerda biz virtaul xotira berilgan hajmgacha kengayib borishi yoki aynan berilgan hajm bilan joy egallashi belgilanadi. Biz birinchisidan foydalanamiz


Virtual doimiy xotiramizning hajmi qancha bo'lishini belgilaymiz va «Создать» tugmasini bosamiz


Mana bizning virtual muhit
Endi biz bu muhitga OT ni o'rnatamiz


Buning uchun biz «Запустить» tugmasini bosamiz


Bizda quyidagicha oyna ochiladi. Bu oyna orqali biz OT ni o'rnatuvchi (ya'ni kengaytmasi .iso bo'lgan) paketni tanlaymiz va «Продолжить» tugmasini bosamiz
Qolgan qismi esa kompyuterga qanday OT o'rnatilsa xuddi shunday davom etadi va OT dan chiqish esa kompyuterdagi OT dan chiqish kabi amalga oshiriladi.


«Настроить» bo'limi orqali siz virtual OT parametrlarini sozlashingiz mumkin bo'ladi. Masalan, operativ xotirani kengaytirish va kamaytirish
ESLATMA!!! Sozlamalar virtual OT o'chirilgan holatda amalga oshiriladi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish