Wps presentation



Download 2,03 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#201334
Bog'liq
Презентация PPTX


Maydoni: 2 217 949 kv. km.

Aholisi: 26 939 500 dan ortiq.

Poytaxti: Riyoz shahri.

Boshqaruv shakli: mutlaq monarxiya.

Davlat boshligʻi: podshoh.

Maʼmuriy tuzilishi: 13 ta mintaqa (viloyat)ga boʻlinadi.

Yirik shaharlari: Riyoz, Jidda, Makka, Madina.

Pul birligi: saudiya riali.

Jugʻrofiy oʻrni, tabiati. Osiyoning janubi-gʻarbida, Arabiston yarimorolida joylashgan. Shimolda Iordaniya, Iroq va Quvayt, sharqda Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari, janubi-sharqda Ummon va janubda Yaman bilan chegaradosh. Shimoli-sharqini Fors koʻrfazi, gʻarbini Qizil dengiz suvlari yuvib turadi.

Saudiya Arabistoni hududining koʻp qismi choʻllar va yarimchoʻllardan iborat. U yerlarda koʻchmanchi badaviylar yashaydi. Asosiy aholi oʻlka gʻarbi va sharqidagi sohilboʻyi shaharlariga jam boʻlgan.

Iqlimi – quruq. Yozda harorat hamisha +50 darajadan yuqori boʻladi. Mamlakat gʻarbidagi Jizon togʻlarigagina qor tushadi, xolos, u ham har yili emas. Yillik yogʻin miqdori 100 mm. Saudiya Arabistonining markaziy va sharqiy qismlariga asosan kech qish va bahorda, gʻarbiy hududlariga esa faqat qishda yomgʻir yogʻadi.

570 yili Paygʻambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) xuddi shu oʻlkada – Makka shahrida dunyoga keldilar. 622 yili Yasrib (Madina)ga hijrat qildilar. Bu shahar boʻlajak Arab xalifaligining markaziga aylandi.

1932 yildan boshlab mamlakat Saudiya Arabistoni Podshohligi deb ataladigan boʻldi.

Saudiya Arabistoni 1945 yildan Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi. 1992 yil fevralda Oʻzbekiston bilan elchilik munosabatlarini oʻrnatgan. Milliy bayrami – 23 sentyabr – Podshohlik eʼlon qilingan kun (1932).

Iqtisodi. Mamlakat iqtisodiyoti neft sanoatiga asoslangan. U yalpi ichki mahsulotning 45 foizini tashkil etadi. Byudjet foydalarining 75 va eksportning 90 foizini neft mahsulotlari tashkil etadi. Neft sotuvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK)da asosiy oʻrinni egallaydi.

Saudiya Arabistoni 2009 yili neft qazib olish va sotish boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinni band etdi.

Mamlakat 2005 yili Butunjahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlgan.

Asosan neft va neft mahsulotlari sotadi. Tashqi savdodagi asosiy xaridorlari – AQSH, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Singapur.

Sanoat uskunalari, oziq-ovqat, kimyo mahsulotlari, avtomobil, gazlama import qiladi. Ularni asosan AQSH, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Italiya va Janubiy Koreyadan sotib oladi.

Aholisi. Aholisining yetmish foizdan ortigʻi saudiyaliklar, tubjoy arablar, qolgan oʻttiz foizi chetdan kelganlar. Davlat tili – arab tili.



Dini. Aholi musulmonlardan iborat. Aholining toʻqson foizdan ortigʻi sunniy, sakkiz foizi shia mazhabiga mansub. Mamlakatga keladigan musulmon boʻlmagan xorijliklar Makka va Madina shaharlariga kiritilmaydi.

Har yili toʻrt millionga yaqin musulmon haj va umra ibodatini ado etadi.Saudiya Arabistoni hukumati hozirda ikki muqaddas shaharda katta qurilish ishlarini olib boryapti. Maʼlumotlarga koʻra, 2021 yilga borib mamlakat hozirgiga nisbatan uch barobar koʻp ziyoratchini qabul qilishi mumkin.
Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish