10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha logos) atamasi «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat»


Formal mantiqqa to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy talimot



Download 75,08 Kb.
bet8/22
Sana06.07.2021
Hajmi75,08 Kb.
#110584
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Formal mantiqqa to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy talimot, deb tarif bersak bo‘ladi.

 Morris Koen va Ernest Nagellar fikricha, “Mantiqni turli xil asoslarning adekvatligi va isbotlash kuchi masalasini tadqiq etadi deb aytish mumkin.  Lekin ananaga ko‘ra, u isbotlash nimadan tashkil topishini(yani, strukturasini-M.SH.) o‘rganadi, yani etarli va rad etib bo‘lmaydigan asoslar bilan ish ko‘radi”[10]. Mazkur qarashning, Aristotel tomonidan yaratilgan mantiq o‘zagini sillogistik nazariya va u bilan bog‘liq isbotlash to‘g‘risidagi talimot tashkil etadi, degan fikr bilan hamohangligini  payqab olish qiyin emas.To‘g‘ri, xulosa chiqarish va isbotlash formal mantiqning asosiy muammosi hisoblanadi, chunki u o‘z ichiga tushuncha, mulohazalarni oladi. Ayni paytda, ular maxsus tadqiq qilinmasa, mohiyati ochilmaydi, ko‘p tomonlari nomalumligicha qoladi. Buningsiz zamonaviy mantiq, xususan, predikatlar hisobini tasavvur qilib bo‘lmaydi.

 SHuni ham alohida takidlash joizki, formal mantiq hozirgi paytda o‘zining maxsus formallashgan tiliga, to‘g‘ri muhokama yuritish uchun zarur bo‘lgan samarali mantiqiy metodlari va usullariga, konseptual vositalariga ega.

               Formal mantiqning boshqa fanlar bilan aloqasi

  Formal mantiq tafakkurni o‘rganuvchi boshqa fanlar, ayniqsa, falsafa, psixologiya bilan bog‘langan. Xususan,“psixologiyaga oid bilimlarsiz mantiqiy nazariyalarni xato va anglanmaydigan mulohazalardan soqit qilib bo‘lmaydi”[11].

Mantiqning falsafa umumnazariy masalalari bilan aloqadorligi shunda ko‘rinadiki, “mantiqiy munosabatlar o‘z holicha borliqda mavjud predmet va hodisalar determinatsiyasini(o‘zaro taqozalanganligini-M.SH.)  aniqlash uchun etarli emas, lekin u predmetlarning mumkin bo‘lgan turli birikmalari determinatsiyalarining har birida qatnashadi”[12].

Mantiqning bosh maqsadi — asosli xulosa chiqarish turlarini asossiz xulosa chiqarishlardan farqlashdan iborat. Biroq mantiqning vazifasi bu bilangina cheklanmaydi. Lokk davridan buyon mutafakkirlar bilimning umumiy tabiati va inson ongi haqiqatni anglashi mumkin bo‘lgan usullar haqida  spekulyativ diskussiyalar olib borishadi.  Biz bunday bahs munozaralarni muhim emas deb hisoblaymiz. Metafizika, ratsional psixologiya yoki epistemiologiya va psixologiya tadqiq etadigan masalalar muayyan darajada mavhumdir va noaniqdir. Shuning uchun ham shubha ostida qoladi. Lekin metafizika yani falsafa muhokama yuritishning umumiy asoslarini, qonuniyatlarini tadqiq etishi bilan mantiqqa yaqin turadi, uning qoidalarining zaruriy metodologik asosini tashkil etadi. 

Boshqa har qanday fan singari mantiq haqiqatga erishishga qarab yo‘naltirilgan.  To‘g‘ri xulosalash malakasi johil kishida ham bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri xulosalash haqiqatga erishishning zaruriy qismi hisoblanadi. Bu jarayonda mantiqning ishtiroki tabiiyki fan doirasini muayyan darajada kengaytiradi.

Formal mantiqning matematika, grammatik bilan bog‘liqligi yaxshi malum. Buni  matematik  mantiq noklassik mantiqning turli yo‘nalishlari mavjudligi tasdiqlaydi. SHuningdek, uni formal mantiqning Qadimgi davrda grammatika, matematika bilan uzviy bog‘liq holda shakllangani, ularning ko‘p umumiy xususiyatlarga egaligi ham ko‘rsatadi. Matematika predmetlarni “hisoblash” va “chizish”, grammatika ularni o‘z “nomi” bilan atash va gaplarni to‘g‘ri qurish, mantiq gap (til ifodasi) orqali bildirilgan mulohazalarni aniqlashtiradi va to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Predmet haqida fikr bildirish uchun inson uning qaysi sinfga mansubligi, bu sinfni qanday va qancha predmetlar hosil qilishi (arifmetikaning vazifasi), ularga qanday nom berilishi (grammatika vazifasi) va ular to‘g‘risidagi mulohazalar, xulosalar qanday qurilishi (mantiq vazifasi) to‘g‘risida malumotlarga ega bo‘lishi kerak.


Download 75,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish