Naqqoshlik maktablari.
Xiva, Qо‘qon, Buxoro xonliklari davrida xalq amaliy san’ati ustalari shu shaharlarga yig‘ila boshladilar. XIX_asr arxitektura yodgorliklarni kuzatsak, ular bir xil uslubda yaratilganligini kо‘ramiz. Chunki о‘sha vaqtlari naqqoshlar ish axtarib boshqa shaharlarga borar edilar yoki buyurtma bо‘yicha boshqa shaharlarga borib binolarni bezatar edilar. Kо‘pincha Farg‘ona va Buxoro naqqoshlari Samarqand, Qо‘qon, Marg‘ilon ustalari Toshkentga kelib kо‘pgina binolarni bezar edilar. Bu esa naqqoshlik maktablarining yanada rivojlanishiga о‘ziga xos kompozitsiyalarning yaratilishiga, ranglar majmuasini yanada boyitishda juda katta rol о‘ynadi. Lekin bu naqshlar bir-biriga о‘xshasada har bir shahar va har bir ustaning о‘ziga xos rang majmuasi, koloriti, uslubi, kompozitsiyasi jihatidan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |