Toshkent naqqoshlik maktabi. Toshkent naqshlari о‘zining nafisligi va rang-larning bir-biriga asta-sekin о‘tishi, aniq bir koloritga qat’iy rioya qilinishi, geometrik va о‘simliksimon naqshlarning kо‘p ishlatilishi bilan ajralib turadi. Naqshlar kо‘pincha yashil gammada ishlanadi. О‘simliksimon naqshlardan oygul, paxta, bofta, uch barg, shukufta, bargli gul va boshqa elementlar aniq stillashtirilgan. Murakkab geometrik naqshlar ishlanadi.
Naqqosh ustalardan Jalil Hakimov, Toyir Tо‘xtaxо‘jayev, Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon Raufov, Anvar Ilhomov, Komil Karimov va boshqalar Toshkent naqqoshlik maktabining assoschilaridirlar.
Xiva naqshlari umuman madoxili naqshlar asosida tuziladi. Keyin esa islimiy naqsh spiralsimon mayda qilib ishlanadi. Xiva naqqoshchilik mak-tabining namoyandalari Abdulla Boltayev, Rо‘-zimat Masharipov, Odamboy Yoqubov, Eshmurod Sapayev va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |