4. Mimika, chaynov muskullari va ko’z, og’iz, quloq muskullari plastikasini ifodalovchi tasvirlar bajarish. Mimika muskullari. Peshana muskuli



Download 2 Mb.
bet3/3
Sana12.03.2022
Hajmi2 Mb.
#491923
1   2   3
Bog'liq
Mimika muskullari

Qanotsimon muskullar. Ichkarida yotadi, pastki jag’ni oldinga va ikki yon tomonga harakatlantiradi; ayni vaqtda bo’g’im o’simtalari bo’g’im chuqurchalaridan chiqadi va odamning yuzi cho’ziq tortadi yoki qiyshayadi (pastki qismi).
Ko’z
Ko’ruv organi ko’ruv nervlari bilan birgalikda ko’z kosasida yotadigan ko’z olmasidan, uni oldingi tomondan himoya qilib turadigan ko’z qovoqlaridan ko’z olmasini harakatga keltiradigan ko’z muskullari (35-rasm) va yosh apparatidan iborat.
Ko’z olmasi sharga o’xshagan tuzilma bo’lib, devori uchta pardadan tashkil topgan. Tashqi pardasi - oqsil parda yoki sklera oq rangda, yoshlikda ko’kimtir tusda bo’ladi, odam keksayganida sarg’ayadi. Sklera oldingi tomonda tiniq shox pardaga aylanadi, shu parda orqali ko’z ichiga yorug’lik o’tadi.
Sklera tagida tomirli parda bor, oldingi tomonda u rangdor pardaga aylanadi. Tomirli parda tagida to’r parda, ya’ni rang-tus va yorug’likni idrok etadigan hamda ko’ruv nervi bo’ylab sezgilarni miyaga o’tkazib turadigan sezuvchi apparat yotadi, ko’zning oldingi bo’limida shox pardasining orqasida rangdor pardasi, uning orqasida esa gavhari joylashgandir.
Rangdor parda tik holda turadigan plastinka bo’lib, uning o’rtasida dumaloq teshigi, ya’ni ko’z qorachig’i bor. Rangdor pardada joylashgan muskullar ko’z ichiga o’tadigan yorug’lik miqdorini idora etib ravshan yorug’likda ko’z qorachig’ini toraytiradi va qorong’ulikda kengaytiradi. Rangdor parda har xil tusda - och-ko’k rangdan tortib, qora tusgacha bo’lib, ko’zning rangi shunga bog’liq. Rangdor pardaning rangi uning orqa qatlamlarida joylashgan pigment miqdoriga bog’liq bo’ladi (bitta odam ko’zlarining har xil rangda bo’lishi juda kam uchraydi, ko’zning ko’rishiga bu ta’sir qilmaydi).
Burun.
B urun (36-rasm) burun bo’shlig’i ustida ko’tarilib turadi. Yuqori qismi - peshanadan qanshar bilan ajralib turadigan burun ildizi, pastki qismi - burun uchi, o’rta chiziq bo’ylab tutashadigan va burun qirrasini tashkil qiladigan yon tomonlari farq qiladi. Yon devori pastki tomonda kengayib, burun qanotiga aylanadi, burun qanoti yoki burun parragi bukilgan egatcha bilan yon devoridan va lunjdan ajralib turadi. Burun qanoti burun teshigini chegaralab turadi: o’ng va chap burun teshiklari tog’ay to’siq bilan bir-biridan ajralgan. Burunning suyak asosini ikki yon tomondan yuqori jag’ suyaklari, yuqori tomondan esa burun suyakchalari hosil qiladi; burun to’sig’ining ichkarisida ham suyak asosi bor. Burunning oldingi qismida tog’ay asosi bor. Burun to’sig’ining suyagi oldingi tomonda tog’ay bilan to’lishadi, shu tog’ayga o’ng va chap tomondan ikkita uchburchak yon tog’aylar tayanib turadi, bular burun yon tomonlarining asosini hosil qiladi. Burun qanotlarida taqasimon shakldagi burun qanotlarining katta tog’aylari tog’ay asosi bo’lib xizmat qiladi. U tog’aylar qavariq tomoni bilan oldinga qarab yotadi, ularning ichki chetlari bir-biriga taqalib, burun to’sig’ining oldingi tog’ay asosini hosil qiladi (burun uchiga barmoq bosib ko’rilsa, mana shu tog’aylarning ikkiga ajralishini aniq sezish mumkin), taqasimon tog’aylarning tashqi chetlari burun teshiklarining chetini hosil qiladi va orqa tomonda, burun qanotining bag’rida yotuvchi talaygina mayda tog’aylar bilan to’lishadi.
Og’iz.
Og’iz teshigi (37- rasm) yuqori va pastki lablar bilan cheklangan bo’lnb, gorizontal joylashgan simmetrik bukik yoriqdan iboratdir, uning uzunligi har xil bo’ladi.

Og’iz shakli yuqori va pastki jag’lar shakliga ko’p jihatdan bog’liq (og’iz shu jag’larga tayanib turadi) va rasmni tuzishda buni hisobga olish kerak. Og’iz shakli jag’larning umumiy shakli bilan birgalikda tuziladi, lekin bundan tashqari lablar o’zlariga xarakterli tuzilishga ega bo’ladi.


Lablar - tashqi tomonda teri, ichki tomonda shilliq parda-dan hosil bo’lgan har xil qalinlik va shakldagi simmetrik burmalardir; ularni - qizil po’stchasi bilan qoplangan lab jiyagi birlashtirib turadi. Lablarning bag’rida muskullar, bezlar va teri osti yog’ to’qimasi bilan biriktiruvchi to’qima bor. Lab jiyagining unga aylanuvchi shilliq pardadan tashqarida yotadigan qizil yo’li turmushda lab deb ataladi. Rangining ochiqligi qon tomirlarining ko’proq yoki kamroq bo’lishiga, shuningdek, teri po’stining qalinligiga bog’liqdir. Ustki va pastki lablar og’iz burchaklarida bir-biri bilan tutashadi.
Yuqori va pastki lab har xil shaklda bo’ladi.
Quloq
P lastik anatomiyada eshituv organining faqat tashqi qismi — quloq suprasi, turmushda quloq deb ataladigan tuzilma o’rganiladi. Quloq (68-rasm) teri bilan qoplangan quloq tog’ayidan hosil bo’lgan, quloq tog’ayi torayib borib. chakka suyagining tashqi eshituv yo’lining ichkarisiga kirib ketadigan tog’aydan iborat kambar eshituv yo’lini hosil qiladi. SHunday qilib quloq, chakka suyagiga o’rinlashgan va so’rg’ichsimon o’simtaning oldingi tomonida, pastki jag’ning orqa tomonida turadigan o’ziga xos voronkadir Quloq suprasining erkin cheti ichkariga qayrilgan bo’lib o’rama (gajak) hosil qiladi: o’ramasi oldingi tomondan ikkita oyoqcha bilan boshlanadi: bittasi lunj terisidan boshlansa, ikkinchisi quloq suprasining ichkarisidan ko’tarilib keladi.
Quloq suprasining ichida o’ramasiga parallel holda bir ko’tarma gajagining qarshisidagi o’rama boradi: u yuqorida uch-burchak chuqurcha deb ataladigan chuqurchani hosil qiladi. Quloqlar har xil kattalik va shaklda bo’ladi va bosh yuzasiga har xil yo’sinda taqalib turadi. Yaxshi shakllangan quloq ustma-ust qo’yilgan ikki kvadratga olib ishlanishi mumkin. Quloqning balandligi (bo’yi) burun uzunligidan ortmaydigan bo’lishi kerak.
Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish