Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi.
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimi (Oʻz SMT)da mahsulotlarni sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) Sertifikatlashtirish organlariga sertifikatlash yuzasidan ariza berish va uni ko‘rib chiqish;
b) taqdim etilgan mahsulot me’yoriy hujjatlar va arizaga ilova qilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish;
v) ariza bo‘yicha qaror qabul qilish;
g) sinov dasturini tayyorlash va tasdiqlash (6 va 9-chizmalardan tashqari);
d) namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish (6 va 9-chizmalardan tashqari);
e) namunalarni akkreditatlangan sinov laboratoriyalari (ASL) da sinovdan o‘tkazish (6 va 9-chizmalardan tashqari);
j) mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini baholash (sertifikatlashning 3, 4 va 5-chizmalari uchun);
z) sifat tizimini baholash (5 va 6-chizmalari uchun);
i) mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash (9-chizma);
k) olingan natijalarni tahlil qilish, muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish;
l) muvofiqlik sertifikatini O‘z SMT Davlat reyestrida ro‘yxatga olish.
Muvofiqlik sertifikati orqali mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash
JADVALI
Do'stlaringiz bilan baham: |