Adabiyotshunoslik


Rоmandagi bоshqa adabiy qahramоnlar



Download 99,35 Kb.
bet6/14
Sana12.07.2022
Hajmi99,35 Kb.
#784115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Samadova

Rоmandagi bоshqa adabiy qahramоnlar

Romandagi muhit bilan chatishib ketgan qahramonlardan biri Akbarali mingboshidir. Asarni dastlab o'qiganda Akbarali obraziga yuklangan salbiy sifatlar — savodsizlik, johillik, manfaatparastlik, tubanlik, dunyo bexabarlik — bir odam uchun ko'plik qilayotganday, adib obrazning badiiy barkamolligini maqsad — feodalizmning inqirozga yuz tutgani qonuniyligini ko'rsatish yo'lida qurbon qilgandek ko'rinadi. Ilgariroq, ilk taassurot ta'sirida bo'lsa kerak, biz mazkur obraz talqinida jonli xarakterdan ko'ra ko'proq sxematizmga moyillik ko'riladi, degan yanglish xulosasiga kelgan edik4
Gap shundaki, har qanday o'quvchi yoki asar haqida fikr bildirayotgan odam talqinni talqin qiladi (yozuvchi real borliqni badiiy talqin qilsa, biz uning talqinini talqin qilamiz). Shunday ekan, adib Akbarali obrazini yaratishda qanday asoslarga tayanganini, qanday odamlar real voqelikdan (yozuvchi olami orqali) asar to'qimasiga ko'chganini aniqlab olmasdan turib to'g'ri xulosaga kelishimiz mahol. Demak, avvalo «Cho'lpon Akbarali mingboshi obrazini tarixiy-ijtimoiy tip sifatida real gavdalantirganmi?» degan savolga javob berishimiz lozim. Mazkur savolga javob berish uchun esa, avvalo, bir narsani aniqlab olishga to'g'ri keladi: chor hukumati mahalliy amaldorlardan qay yo'sin foydalangan? Ma'lumki, mustamlaka Turkistonda mingboshi, amin, ellikboshilar siyosiy hokimiyatdan chetlatilgan edilar. Shunga ko'ra, ularning gardanidagi vazifalar ham chegaralangan, ya'ni: mahkumlaridagi hududda mayda-chuyda ma'muriy-xo'jalik ishlari bilan shug'ullanish va, asosiysi, xalq orasida osoyishtalikni ta'minlashdangina iborat bo'lgan. Mahalliy amaldorlarni faqat o'z maqsadlari yo'lida ishlatish, ulani siyosatdan yiroq tutish uchun, tabiiyki, shunga mos odamlarni tanlab qo'yish kerak edi va chor hukumati bunga asosan erishgan. Endi mulohaza qilaylik: qanday odam chor hukumatining «didiga mos» amaldor bo'la oladi?
Amaldorning savodsiz bo'lishi — uning siyosatdan yiroq bo'lishiga kafolatday gap. Arxiv hujjatlari ko'zdan kechirilsa, aksariyat amaldorlarning savodsiz bo'lgani, mingboshi mahkamalaridan yuborilgan hisobot va ma'lumotlarga ko'pincha «... savodsiz bo'lgani uchun iltimosiga ko'ra imzo chekdim» degan izoh bilan musulmon yoki rus mirzalar qo'l qo'yganini ko'rish mumkin. Masalan, Andijon uezdining Hakan volosti mingboshisi Abdurahmon Qozoqboev va Baliqchi volosti mingboshisi Buvaxo'ja Qanoatxo'jaevlar ayni shu tarzda qog'oz rasmiylashtirganlar5.
Ikkala mingboshi ham uezdning Shahar oldi pristavligiga tobeligini, pristavlikda esa atigi to'rtta mingboshi bo'lganini aytsak, masala yanada oydinlashadi. Albatta, mingboshilar orasida savodlilari ham bo'lgan, lekin hududiy jihatdan deyarli hozirgi tuman nufuziga ega bo'lisni boshqarish uchun xat tanishning o'zi kifoya qilmas. Aksariyat amaldorlar dunyoda ne siru sinoatlar kechayotganini, qanday voqea-hodisalar yuz berayotganini mish-mishlar doirasidagina bilganlar. Shu jihatdan Akbaralining, muallif ta'kidlashicha, urush haqidagi ilk o'ylari xarakterli: «Shu qironlarning bir-biri bilan urushgani yomon bo'ldi... Ko'p odam qirildi, deydi noyib to'ra. Mening mirzam Sokolov ham daraksiz ketdi. O'ch oydan beri daragi yo'q. Yurt ham samovarday, ichidangina qaynab turibdi. Bir toshadi bu! Yomon toshadi lekin. Odamlarning yuziga qarasam, o'rus, musulmon —hammasining ko'zi bejo... «yutaman!» deydi. Qimmatchilik borgan sari avj olyapti. Shunday oqpodshoning xazinasi qoqlanib qoldimikan? Oqpodsho mening gapimga kirsa, yurt bersa berardiki, tezroq yarash qilib odamlarni tinchitardi. Allaqaylardagi yurtlarni deb o'z boshini qazoga tutadimi kishi...»
Akbaralining dunyoni larzaga solgan — jahon urushi haqida endigina o'ylay boshlagani bir qarashda mubolag'aday, muallif birmuncha oshirib yuborayotganday tuyuladi. Lekin bu o'rinda hech bir mubolag'a yo'q, chunki qahramon, har qanday siyosatdan yiroq odam singari, urush voqealari bevosita o'ziga ta'sir qila boshlagandagina u qahda o'ylaydi. Akbaralini o'yga toldirgan narsa — qimmatchilikdan «yurtning samovarday qaynab yotgani» — moliyu jonining tashvishi, xolos. E'tibor berilsa, uning fikrlash tarzida chor hukumatini qoniqtiradigan jahatlarni topish qiyin emas. birinchidan, u jahon urushidan ancha ilgari boshlangan chorizim inqirozi haqida mutlaqo tasavvurga ega emas, haliyam «shunday oqpodsho» deya og'zini to'latib gapiradiki, uning qudratiga beshak ishonadi. Ikkinchidan, u urushning mohiyatini, oqpodshoga «allaqaylardagi yurtlar» nima uchun kerakligini anglamaydi, tabiiyki, bunday odam mustamlakachilar yurtiga nima uchun kanaday yopishib yotganlarini o'ylab ham o'tirmaydi. Bu narsalarning farqiga yetish uchun kishi avvalo siyosiy savodli bo'lishi kerak. Rus tilini bilmagan odam uchun esa u vaqtda harbiy senzura ko'rigidan o'tuvchi ayrim jadid nashrlarini demasak, siyosatdan xabardor bo'lish uchun imkoniyat yo'q edi hisobi. U ma'lumot olishi mumkin bo'lgan yagona nashr — «Turkiston viloyatining gazeti» esa xabarlarini «aytishlaricha», «yozishlaricha»dan boshlab, «emish» bilan tugatar edi. Shu o'rinda yana bir hujjatga e'tiborni qaratmoqchimiz. Andijon uezdi hokimi polkovnik Brezjiskiy yuqoridan jo'natilgan «Mahalliy tilda gazeta chop etish va uni aholi o'rtasida tarqatish maqsadga muvofiqmi?» degan so'rovga: «Ma'lum qilamanki, mahalliy tilda gazeta nashr qilish va uni aholi o'rtasida tarqatish mutlaqo zarurdir... Mahalliy xalq orasida dushmanlarimiz —islomning zararli asoslarini targ'ib qiluvchi eshonlar va boshqa ruhoniylarning g'oyalarini emas, biz istagan g'oyalarni singdirish uchun yaxshi yo'lga qo'yilgan gazeta kerak...6»- deb javob bergan edi. Avvallari mahalliy amaldorlar pristavlar tomonidan «Tuzemnaya gazeta»ga obuna qildirilgani, keyinroq esa pristav tavsiya etgan ro'yxat asosida bepul(!) olganlari e'tiborga olinsa, chor hukumati kadrlar siyosatini puxtalik bilan olib borganiga yana bir karra amin bo'lamiz.
Yurt boshida turgan savodsiz amaldor, tabiiyki, yurtning ma'rifatli bo'lishidan manfaatdor emas, chunki zo'rlik va johillik bilan omilarnigina boshqarish mumkin. Cho'lpon shuni ko'rsatmoq uchun ham Akbaralining gazetada tanqid qilinganidan jizg'anagi chiqib turgan holatni chizgan ko'rinadi.
O'shanda Miryoqubning «gazetachini har narsa qilishga» shay turgan Akbaraliga qarata aytgan gapi diqqatga sazovar: «Bu hukmingizdagi qora fuqoro bilan bo'ladigan ish emaski, chaqirtirib kelib Mirzaboboga buyursangizu yerto'laga olib tushib qichigan yerini qashlasa!.. Gazet yozadiganlar zakunchi bo'ladi... Ular bilan yarim poshshoga o'xshagan odamlar olishmasa, ancha-muncha amaldor bakor kelmaydi». Akbarali qancha hovliqmasin, o'zining o'sha «ancha-muncha» amaldorlar sirasiga kirishini ichidan his qiladi. Shuning uchun ham, garchi «noyib to'ra qo'ymadi» desa-da, maktabni yopishni o'zi ham istagan.
Ko'ramizki, Turkiston xalqini jaholatda tutishdanmanfaatdor chor hukumati uchun Akbaralilar bu jihatdan ham qo'l keladi.Romanda Akbaralining iqtisodiy jihatdan no'noqligi, yangi iqtisodiy sharoitda zarur bo'lgan omilkorlikka ega emasligi ravshan ko'rsatiladi. Tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan muallif bu o'rinda ham haq: chor ma'murlari amaldor tayinlar ekan, nomzodning iqtisodiy ahvoliga ham jiddiy e'tibor berganlar. Mana birgina misol: Skobelev uezdi boshlig'i Avval bo'lisi qoziligiga o'tkazilgan saylov natijalarini Farg'ona gubernatoriga jo'natarkan, ularni tasdiqlamaslikni so'raydi.
Uezd boshlig'ini tashvishga solgan narsa nomzod sifatida ko'rsatilganning «sobiq yigit», hozirda Avval mingboshisi, keyingi vaqtda paxta ishi bo'yicha savdo operatsiyalarini avj oldirib yuborgan» Toshmatov ekanligi edi. Boshliqning aytishicha, «Toshmatov fe'lining beqarorligi va paxta savdosi bo'yicha operatsiyalarda ishtiroki bilan shunday ishlarni keltirib chiqarishi mumkinki, ularni hal qilib bo'lmay qoladi7». Xo'sh, Toshmatov nomzodi uezd boshlig'ini nima uchun qoniqtirmaydi? Shuning uchunki, Toshmatov, Akbaralidan farq qilaroq, uddaburo odam. Uning uezd boshlig'i qarshiligiga qaramy nomzodini o'tkazgani ham buni tasdiqlaydi. Uezd boshlig'i uni mingboshilikdan-da bekor qilishga harakat qilayotgani ehtimoldan holi emaski, buni bilgan nomzod boshqa tarafdan qarshi harakat boshlagandir. Toshmatov tipidagi tadbirkor, iqtisodiy jihatdan mustaqil ish yuritishga qobil odamning bora-bora siyosiy hokimiyat tomon intilishi tabiiy, chunki u faoliyat maydonini kengaytirishni, harakatlarida erkin bo'lishni istaydi. Aytmoqchimizki, amaldorlikka nomzodning o'ta boy yoxud tadbirkor bo'lishi chor ma'murlari maqsadlariga muvofiq emas edi. Ular aksar hollarda o'rtamiyona boylarni amalga mindirar edilarki, amaldorlik tayinlanganlarning asosiy daromad manbai bo'lsin. Boshqa yo'l bilan sarmoyasini oshirishga noqobil amaldor o'z amalining va amal berguchining quliga aylanadi: har qanday ko'rsatmani bajarishga hozir turadi. Romanda aytilishicha, Akbarali —«yer-suv, pul va boshqa boylikka ko'milgan odam», bularninghammasiga u amali orqasidan erishgan. Hali amalga minmasdan turib u «besh-to'rt tanob yerli» o'ziga to'q odam edi. Mingboshiga olib bergan «yaxshi bir uloqchi ot badaliga» olti yil ellikboshilik qilgan va bu «olti yil mobaynida bir uloqchi otning emas, bir necha uloqchi otlarning hissasi chiqarilgan, burungi to'rt-besh tanob yerga yana bir necha to'rt-besh tanob qo'shilgan...» Ellikboshilikdan kelgan daromad kam ko'ringanida mingboshilikka intiladi, Miryoqub ko'magi bilan bunga erishadi ham. Mingboshlik ham uning uchun daromad manbai bo'lganini katta xotini Xadichaxonning so'zlaridan ravshan anglashiladi: «Buningiz amaldor bo'lgandan keyin aynidi. Mingboshilik yomon hovliqtirdi. O'z qishlog'ini tashlab bu yerga ko'chdi. Bu katta hovlini sotib oldi. Mana bu —katta imoratlarni soldirdi. Bog'-rog' qildi, yer-suv ko'paytirdi...» Akbarali bu davlatni qay yo'l bilan topgani ma'lum: xalqni ochiq-ishkor talagan, boylarning «hojatini chiqargan», mahkumidagi amaldorlarning «patini yulgan»...
Qizig'i shundaki, chor chinovniklari mahalliy amaldorlarning bu kabi kirdikorlaridan voqif bo'lganlari holda, rasman jinoyat hisoblangan bu ishlarga panja orasidan qaraganlar. Farg'ona oblast` boshqarmasiga amaldorlardan shikoyat qilib yozilgan arizalarning ko'pi «da'vo tasdiqlanmagani uchun oqibatsiz qoldirilgani»ni Miryoqub kabi «epaqa»larning sa'y-harakatidangina emas, buning chor ma'muriyatiga ham iqtisodiy va ham siyosiy jihatdan foydali ekanidan deb tushunmoq lozim. Bundan ruhlangan nopok amaldorlar quturgandan quturganlarki, 1916-yil qo'zg'oloni vaqtida ulardan ko'pining o'ldirilgani, o'lasi qilib kaltaklangani, uy-joylariga o't qo'yilgani buning yorqin dalilidir. Xalq orasida tez-tez eshitilib qoladigan «o'zbekka amal bermasin ekan-da» degan taassufning ildizi o'sha davrlarga borib taqaladi, poyasi esa...
Yuqorida yuritgan mulohazalarimizga tayangan holda Cho'lpon Akbarali obrazini ijtimoiy-tarixiy tip sifatida haqqoniy ko'rsatgan, deya olamiz. Albatta, e'tiroz tug'ilishi tabiiy: hayotda durustroq amaldor bo'lmaganmi? Bo'lgan, lekin:
birinchidan, durustroq amaldorlar, taassufki, ijtimoiytarixiy sharoit mahsuli bo'lmish akbaralilar salmog'i oldida yo'qqa chiqadi hisobi. Aytish kerakki, har birimizda dunyoqarashimiz, ijtimoiy mavqeimiz, hayotiy tajribamizga ko'p jihatdan bog'liq bo'lgan (ya'ni, sub'ktiv) ijtimoiy guruh vakillari haqida muayyan tasavvur bor. Bu narsa boshqalarnikidan ozmi-ko'pmi farqlangani holda, jamiyat a'zolarining aksariyatiga xos tasavvurga yaqin, zero, ijtimoiy tip davriing shart-sharoitlari bilan bog'liq holda ob'ektiv mavjuddir. Ikkinchidan, Cho'lpon roman problematikasidan kelib chiqib durustroq amaldorni ko'rsatishi mumkin emas, chunki bu adibning ko'zlagan maqsadlariga muvofiq kelmaydi.
Agar yozuvchi ijtimoiy-tarixiy muammolarni badiiy tadqiq qilishni maqsad qilmasdan, deylik, biron-bir konkret amaldorning tadiri, uning tashqi dunyo bilan munosabati asosida yuzaga kelgan iztiroblarini (masalan, Dostoevskiyning Makar Devushkini kabi) qalamga olganida yoxud konkret amaldorning muhabbati (masalan, Kuprinning Chartkovi) haqida asar yozganida amaldor boshqacharoq qiyofada olinishi mumkin edi.
Cho'lpon Akbarali psixikasiga xos xususiyatlarni uning xatti-harakatlari, boshqa qahramonlar bilan muloqotlarini ko'rsatish orqali ochadiki, ular qahramonning ijtimoiy-maishiy hayoti kontekstidagina to'g'ri tushuniladi. Dastlab uchratganimizda mingboshi otdan tushar-tushmas Miryoqubni daraklaydi. Bir qarashda muallif ilgariroq aytgan gapini —Akbaralining Miryoqubsiz hech narsaga yaramasligini ko'rsatish uchungina qahramonini shunday qilishga «undagan»dek ko'rinadi. Aslida esa qahramon tamomila erkin, ichki mantiqqa asosan harakat qilmoqda: u o'zining ustidan noyb to'raga tushgan arizani yo'l kuyi o'ylab kelgan, tabiiyki, buning chorasi —Miryoqub ham xayolidan bir lahza bo'lsin nari ketmagan.
Akbarali Miryoqubga o'z ishi yuzasidangina emas, boshqa ko'rinmas iplar bilan-da bog'lagan, zero yorug' dunyoda yolg'iz suyangani — shu. Uning «obbo betovfiq-ey! Namozshomda uxlaganini!» deya koyishlari. «O, battol-ey! O, battol-ey! Xudo urdi seni! Xudo urdi endi!..» deya yoyilib kulishlari Miryoqubga nisbatan o'ziga xos to'pori mehridan ham darak beradi. Akbaralining Miryoqub bilan muloqotlarida o'zini tutishlari, gap-so'zlari bachkanaday, yoshi va mavqeiga nomunosibday ko'rinsa, ehtimol. Aslida esa bu narsa bachkanalikdan emas: tabiatan sodda va to'pori bu odam yurt oldida o'zini ulug'vor —sipo tutadi (masalan, ellikboshilarni yig'ib majlis qilishida, Qumariqdagi fuqaroning dodini tinglashida bu narsa yaqqol ko'zga tashlanadi), ya'ni o'z oldiga qo'yilgan psixologik ustanovvka («Men bir bo'lisning kattasiman, o'zimni shunga yarasha tutishim kerak!»)ga amal qilishga majbur. Tabiatiga zid vazifani uddalash, ravshanki, undan muayyanruhiy zo'riqishni talab qiladi. Demak, uning Miryoqub bilan bo'lganida «suyulib» ketishi bejiz emas, zero, faqat o'shandagina u o'z stixiyasida yashaydi, ruhiy zo'riqishdan bo'shaladi.
Akbarali odamlar bilan muomala qilishga, kerakli gapni o'rnida ishlatishga qobil emas, u amaldor odamning muhim atrubuti — «diplomatlik» sifatlaridan mahrum. Shu jihatdan bir epizodni kuzataylik: «Mingboshi odatda xotinlariga kalta gapirar, ular bilan ezilib o'tirishni o'z erkaklik sha'niga sig'dirolmas edi...
— Xolmatnikiga kelgan shaharlik mehmonlarni chaqirtirib yaxshi bir ziyofat qilinglar,- dedi u.- Shahardan kelib Xolmatning quruq nonini yeb ketsa yaxshi emas!
So'ngra Xadichaxonning javob berishini kutib o'tirmasdanoq:
— Ovqating nima bo'ldi?- deb so'radi.- Jadallat! Qorin och».
Xadichaxonga bu topshiriqni berishdan ilgari Akbarali
«Kattaning rashki kelmas-a? deb so'raganini eslasak, mingboshining shu lahzadagi holati qanday bo'lganini, oz bo'lsada hijolatdan, andishadan holi emasligini anglash qiyin emas.
Keyin, bunaqa gaplar sal siypalab, evini qilib aytilishi joiz, mingboshining esa bunga uquvi yo'q — tomdan tarasha tushganday to'g'risini aytdi-qo'ydi. Topgan vaj korsoni o'ziga ham ma'qul kelmagani, «kattasi»ning oldida qovun tushirganini anglaganidan gapni tez buradiki, bundagi zarda ohangi ochiq sezilib turadi. Xuddi shu epizodning davomi kuzatib, Xadichaxon «mehmonlar biznikida» degach, mingboshining xatti-harakatiga e'tibor beraylik:
« - Yaxshi, yaxshi.
Birozdan so'ng yana takror qildi:
-Yaxshi... Yaxshi...
-Ashulachisi bormi, yo'qmi? – deb so'radi».
Akbaralining birinchi bor ma'qullashi ishning o'z-o'zidan pishib turganiga quvonganini ko'rsatsa, keyingisi butkul boshqa ma'noni bildiradi. Uning biroz to'xtalib qolganidan sezamizki, maqsadini aytish uchun jo'yaliroq gap qidirmoqda. Vaqt tig'iz, miyasi zo'riqib ishlayapti, demakki, keyingi «Yaxshi... Yaxshi...» degani behush odamning alahlashi misoli —g'ayrishuuriy tarzda yuz bermoqda. Qancha urinmasin, fahmiga bir narsa kelmadi, shu bois ham ochiqchasiga «Ashulachisi bormi, yo'qmi?» deydiki, bundan ham o'ziga achchiq qilgan odamning zardasi sezilib turadi.
Akbaralining xarakteriga xos bunday xususiyatni boshqa bir o'rinda ham kuzatamiz. Qumariq voqealaridan keyin u Yodgorxo'jaga yotig'i bilan gapirmoqchi edi chunki bu «og'zi katta boy»ga hammaga qilgan muomalasini qilib bo'lmasligini anglab yetgan. Shu bois ham Akbarali Yodgorxo'janing ayuxannos solishiga (xabar yetkazgan Ali laylak yo'l kuyi «qayrab» kelganiga ham) qaramasdan, boshda o'zini bosishga tirishadi: «Shovqin solmang, boy. Qulog'imiz bor». Yodgorxo'ja insofga kelmagach, mingboshi ham tutaqadi: «Olib bor, bachchag'arni! Qamab qo'y!»- deya baqiradi. Qahramonning ikki xil sharoitda — oilada va xizmatda birday harakat qilishi uning xarakter sifatida izchil butunlikda ko'rsatilganidan dalolat beradi. Birinchi holatda uning jahllangani shahsiy imkoniyatlari bilan egallagan mavqei orasidagi tafovutdan kelib chiqqan, shu bois ham uning zardasi o'ziga qaratilgan deb aytdik. Ikkinchi holatda-chi?

Download 99,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish