Andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Download 308,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana24.02.2023
Hajmi308,15 Kb.
#914207
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
773204 (2)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


33 
Xulosa 
XX asr o’zbek xalqi tarixida ro’y bergan eng muhim voqelik, shubhasiz, 
davlat mustaqilligiga erishish bo’ldi. Istiqlol sharofati bilan xalqning asriy orzusi 
ushalib, mustaqillik tufayli o’z e‘tiqodi, urf-odatlari, qadriyatlari o’z o’rniga qaytdi. 
Respublika taraqqiyotining o’zbek xalqiga xos bo’lgan xususiyat va an‘analarini 
hisobga olgan holda o’z rivojlanish yo’lini tanlashi, boy madaniyati va 
ma‘naviyatini e‘zozlash, xalq istiqboliga qaratilgan milliy istiqlol mafkurasini 
targ’ib etish, Vatan tarixini xolisona o’rganish va tadqiq etishni hayotiy zaruriyat 
darajasiga ko’tardi. O’z oldiga huquqiy demokratik davlat qurishni maqsad qilib 
olgan O’zbekistonning XXI asrdagi istiqbol siyosati – bu jamiyatni 
demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Zero 
mazkur jamiyatni barpo etishda, d avlat boshqaruvini to’g’ri, izchil yo’lga qo’yishda 
davlatchiligimizni tarixiy nuqtai-nazardan boshqaruvini o’rganish va boy tarixiy 
tajribadan foydalanish amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Uch ming yillik davlatchilik an‘analariga ega bo’lgan o’zbek xalqi tarixida 
Xorazm davlatchiligi, uning boshqaruv tizimi alohida o’rin tutadi. Birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga 
bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida “Tarixi qariyb uch ming yilga 
boradigan, buyuk fan va madaniyat o’lkasi bo’lgan, jahon sivilazatsiyasiga bebaho 
hissa qo’shgan ulug’ zotlar vatani, “Avesto” dek o’lmas asar yaratilgan tabarruk 
tuproq – Xorazm zamini butun dunyoga ma‘lum va mashhur. Bu yurt tengsiz 
allomalar, aziz avliyolar, podshohu sarkardalar, botir va pahlovonlarni ko’p 
ko’rgan”, deb Xorazm tarixiga bo’lgan bugungi kundagi munosabatni yaqqol 
ko’rsatib bergan. Shu munosabat bilan Xorazm davlatchiligining muhim bo’lagi 
qo’ng’irotlar davri davlat boshqaruvini tadqiq etish, ichki va tashqi siyosatni 
o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xiva xonligining ag‘darilishi va XXSRning o‘rnatilishi sovet davri 
tarixchilari tomonidan juda keng tadqiq qilinsada, o‘sha davrda hukmron 
kommunistik mafkura va markaz manfaatlariga mos ravishda yoritildi. Bu esa 
tarixiy voqelikni soxtalashtirilishiga olib kelindi. Mustaqillik yillarida tariximizni 
xolis, voqealarni haqiqat ko‘zi bilan o‘rganish imkoniyati tug‘ildi. Xiva xonligining 
ag‘darilishi va XXSRning tashkil qilinishi mustaqillik davri tarixchilari tomonidan 
ham keng o‘rganila boshlandi.
Arxiv hujjatlari va manbalarni keng tahlil qilish, tadqiqot davri matbuoti 
materiallarini chuqur o‘rganish Xivada xonlik tuzumini tugatishda asosan uchta 
ijtimoiy-siyosiy kuch qatnashganligini ko‘rsatmoqda. Bular quyidagilar: 1. Rossiya 
bolsheviklari. Chunki xonlikdagi ijtimoiy siyosiy tizim sovet hokimiyatining 
sotsializm, keyinchalik kommunizm qurish g‘oyalariga to‘g‘ri kelmas edi. 
Bolsheviklar o‘zga davlatning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashib, davlat 
tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirish orqali Xiva xonligida sovet hokimiyatini 


34 
o‘rnatishni maqsad qilib olgan edilar. 2. Xorazm jadidlari. Ularning siyosiy harakati 
uyushmasi «Yosh xivaliklar» partiyasi hisoblangan. Ular Xiva xonligini ag‘darib, 
milliy-demokratik davlat tashkil qilish, mamlakatni mustaqil demokratik yo‘ldan 
rivojlanishini ta’minlashni o‘zlari uchun oliy maqsad qilib qo‘ygandilar. «Yosh 
xivaliklar» bolsheviklarning balandparvoz gaplariga, va’dalariga ishonib dastlabki 
davrda ular bilan hamkorlik qilishdi. Shuning uchun ham Xiva jadidlari xonlik 
tuzumini ag‘darishda faol ishtirok etishdi. 3. Siyosiy kuch – turkman urug‘larining 
ayrim oqsoqollari, qabila boshliqlari. Xiva xonligida amalda hokim bo‘lgan 
Junaidxonning hukmronligiga qarshi kayfiyatda bo‘lgan turkman sardorlarining bir 
qismi (Qo‘shmuhammadxon, G‘ulomali) Xivada xonlik tuzumini ag‘darish orqali 
Junaidxondan qutulmoqchi edilar. Shuning uchun ular ham Xiva jadidlari bilan 
bolsheviklarga qo‘shildilar. Ammo Xiva jadidlari va turkman sardorlari 
bolsheviklarga ishonib qattiq adashganliklarini XXSRning tashkil qilinishi, Xorazm 
hukumatining keyingi faoliyati davomida tushunib yetdilar.
Bolsheviklar Xivada xonlik tuzumi ag‘darilishining dastlabki kunlaridanoq 
Xorazmda sovet tuzumini, uning boshqaruv shakllarini zo‘rlik bilan tiqishtira 
boshlashdi. Bu esa «Yosh xivaliklar»ning milliy davlatchilik qurish borasidagi 
maqsadlariga umuman muvofiq kelmas edi. Sovet Rossiyasi o‘zining Xivadagi 
maxsus vakillari, shuningdek, Xorazm hududidagi qizil armiya qo‘shinlariga 
suyangan holda bolsheviklarga mos keluvchi siyosatni zo‘rlik bilan o‘tkaza 
boshladilar. Mustaqil davlatning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashdilar. Ahvol 
shu darajaga borib yetdiki, bolsheviklar XXSRda mavjud bo‘lgan sal kam besh yillik 
muddat davomida hukumat o‘n marta o‘zgartirildi, ya’ni davlat to‘ntarishini amalga 
oshirdilar.
Xiva jadidlari rahbarlarining ko‘pchiligi o‘z lavozimlaridan olindilar, otib 
tashlandilar, ayovsiz quvg‘in qilindilar. Ularning bir qismi esa bolsheviklardan 
qochib, sovet hokimiyatiga qarshi qat’iy kurash olib borayotgan, mustaqillik uchun 
kurashuvchilarga yetakchilik qilayotgan Junaidxon safiga borib qo‘shildilar. Xonlik 
tuzumini ag‘darishda faol qatnashgan turkman sardorlarining taqdiri ham fojeali 
yakun topdi. Ularning ko‘pchiligi 1921 yil noyabr oyida bolsheviklar tomonidan 
uyushtirilgan fitna natijasida otib tashlandilar. Qolganlari bolsheviklarga qarshi 
murosasiz kurash olib borayotgan Xorazm hududlarida qarshilik ko‘rsatish 
harakatining rahbari Junaidxon tomoniga qochib o‘tdilar. Shunday qilib, 
bolsheviklar 
o‘zlarining 
kechagi 
«ittifoqchilari» 
hisoblangan 
Xorazm 
vatanparvarlarini yo‘q qilib, 1923 yilda XXSRini XSSR deb e’lon qildilar. 1924 
yilga kelib esa, Xorazm respublikasi ham mustaqil davlat sifatida tugatildi. 


35 

Download 308,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish