Bob. Mahsulotining sifati nazorat qulish


 Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana26.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#186325
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xalimov Bunyodjon 60-17 Kurs ishi-converted

2.1.  Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi 

qonun hujjatlari. 


24 

 

Oziq-ovqat  mahsulotining  sifati  va  xavfsizligini  ta’minlash 



sohasida davlat tomonidan normalash oziq-ovqat mahsulotining sifati va 

xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, 

yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish shart-sharoitlariga 

qo‘yiladigan  talablarni  o‘z  ichiga  oladigan  sanitariya,  veterinariya, 

veterinariya-sanitariya 

qoidalari 

va 

normalarini, 



fitosanitariya 

normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini, davlat standartlarini, 

texnikaviy  shartlarni  (bundan  keyin  matnda  normalar  va  qoidalar  deb 

yuritiladi)  belgilash  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.  Oziq-ovqat 

mahsulotining  sifati  va  xavfsizligiga  doir  normalar  va  qoidalar  davlat 

organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi 

va  ular  oziq-ovqat  mahsuloti  muomalasi  sohasida  ish  olib  borayotgan 

yuridik  hamda  jismoniy  shaxslar  uchun  majburiydir.  Oziq-ovqat 

mahsulotining 

sifati 


va 

xavfsizligi 

ushbu 

qonunning 4-



moddasida

 

ko‘rsatilgan  davlat  nazorati  organlari  tomonidan  ularning 



vakolatlari doirasida nazorat qilinadi va tekshiriladi. 

Oziq-ovqat  mahsulotini  ishlab  chiqarish,  tayyorlash,  xarid  qilish, 

qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan 

shug‘ullanuvchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  belgilangan  normalar  va 

qoidalarga 

rioya 


etilishi 

ustidan 


ishlab 

chiqarish 

nazoratini 

ta’minlaydilar.  Ishlab  chiqarish  nazoratini  amalga  oshirish  tartibi  oziq-

ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalarga, 

normativ  hamda  texnologiya  hujjatlari  talablariga  muvofiq  yuridik  va 

jismoniy shaxslar bajaradigan ishlar va xizmatlarning xususiyatlarini va 

shart-sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanadi hamda tegishli davlat 

nazorati organlari bilan kelishiladi. 

Ishlab  chiqarish  nazoratini  amalga  oshiruvchi  yuridik  va  jismoniy 

shaxslar  normalar  va  qoidalarning  talablari  buzilganligi  aniqlangan 

taqdirda ishlarni amalga oshirishni va xizmatlar ko‘rsatishni aniqlangan 

kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib qo‘yishlari shart. 

 

Oziq-ovqatlar  ishlab  chiqaruvchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 



ularni  qadoqlangan,  o‘ralgan  (barcha  muomala  bosqichlarida  sifati  va 


25 

 

oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta’minlaydigan) va qonun hujjatlariga 



muvofiq tamg‘alangan holda chiqarishlari shart. 

Qadoqlangan  va  o‘ralgan  oziq-ovqatlar,  ovqatga  qo‘shiladigan 

biologik  faol  qo‘shimchalar,  oziq-ovqat  qo‘shimchalari  yorliqlarga 

(suqma varaqalarga) ega bo‘lishi, ularda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 

oziq-ovqatning nomi; 

oziq-ovqatni 

nimaga  mo‘ljallanganligi  (bolalarga  maxsus 

mo‘ljallangan mahsulotlar va parhez taomlar uchun); 

tayyorlovchining nomi; 

tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun); 

oziq-ovqat  tarkibiga  kirgan  narsalar,  shu  jumladan  oziq-ovqat 

qo‘shimchalarining nomi; 

oziqlik qimmati, navi; 

saqlash shart-sharoitlari; 

tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati; 

tayyorlash  usuli  (masalliqlar  hamda  maxsus  bolalarbop  va  parhez 

oziq-ovqat mahsulotlari uchun); 

og‘irligi; 

foydalanish  usuli  (biologik  faol  qo‘shimchalar:  oziq-ovqat 

qo‘shimchalari,  maxsus  bolalarbop  va  parhez  oziq-ovqat  mahsulotlari 

uchun); 

muvofiqlik  belgisi 

(mahsulotini 

muvofiqlik  belgisi 

bilan 

tamg‘alash huquqini beradigan litsenziyasi bor korxonalar uchun); 



normativ yoki texnikaviy hujjatlarning nomyerlari. 

Oziq-ovqatlarni  saqlash  va  tashish,  oziq-ovqatlarni  saqlaydigan  va 

tashiydigan  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  normalar  va  qoidalarga  rioya 

etishlari,  oziq-ovqat  sifati  saqlanishini  va  xavfsizligini  ta’minlashlari 

shart.  Majburiy  sertifikatlanadigan  oziq-ovqat  mahsuloti  yuridik  va 

jismoniy  shaxslar  tomonidan  oziq-ovqat  mahsulotining  sifati  va 

xavfsizligini  tasdiqlaydigan  moslik  sertifikati  yoki  muvofiqlik  belgisi 

bo‘lgan taqdirda realizatsiya qilinadi. 

Oziq-ovqat  mahsulotini  chakana  sotish  O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlanadigan  qoidalarga  muvofiq 

amalga  oshiriladi.Oziq-ovqat  mahsuloti  bilan  savdo  qilishga  mahalliy 



26 

 

davlat  hokimiyati  organlari  tomonidan  shu  maqsadlar  uchun  ajratilgan 



joylarda  yo‘l  qo‘yiladi.Quyidagi  hollarda  oziq-ovqat  mahsulotini 

realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi: 

mahsulot  sifati  belgilangan  normalar  va  qoidalar  talablariga 

muvofiq  bo‘lmasa,  majburiy  sertifikatlanadigan  mahsulotlar  uchun  esa 

moslik sertifikati bo‘lmasa; 

saqlash va realizatsiya qilish uchun tegishli sharoit bo‘lmasa; 

yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa; 

mahsulot qalbakilashtirilgan bo‘lsa; 

mahsulotlarni taqqoslash mumkin bo‘lmasa. 

O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  olib  kirilayotgan  oziq-ovqat 

mahsuloti  ushbu  Qonunda  ko‘rsatilgan  normalar  va  qoidalarning 

talablariga muvofiq bo‘lishi shart. Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat 

mahsulotini  yetkazib  beruvchi  uni  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  uchun 

ishlab  chiqaruvchining  va  eksport  qiluvchi  mamlakat  maxsus  vakil 

qilgan  organning  ushbu  mahsulot  xavfsiz  ekanligini  tasdiqlovchi 

hujjatlarini, tegishli ekspertiza o‘tkazish zarur bo‘lganida esa oziq-ovqat 

mahsulotining namunalarini taqdim etadi. 

Chetdan  olib  kirilayotgan  oziq-ovqat  mahsuloti,  texnologiyalar  va 

uskunalar qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlanishi lozim. 

Yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsizligi belgi berib turgan, taqqoslash va 

ishlab  chiqaruvchisini  aniqlash  mumkin  bo‘lmagan,  shuningdek 

sanitariya-gigiyena  ekspertizasi,  laboratoriya  tekshiruvlari  va  (yoki) 

veterinariya,  veterinariya-sanitariya  ekspertizasi  va  sertifikatlashtirish 

sinovlari  natijalariga  ko‘ra  davlat  sanitariya  nazorati  va  (yoki)  davlat 

veterinariya  xizmati  organlari  tomonidan  ovqatga  ishlatish  uchun 

yaroqsiz  deb  topilgan  oziq-ovqat  mahsuloti  ishlab  chiqarilish  va 

realizatsiya  qilinishdan  olib  tashlanadi,  u  belgilangan  maqsadda 

ishlatilmasligi hamda qayta ishlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi kerak.  

Oziq-ovqat  mahsulotini  qayta  ishlash  yoki  yo‘q  qilib  tashlash 

usullari  va  shartlari  uchun  egasi  tomonidan  tegishli  davlat  nazorati 

organlari bilan kelishib olinadi. 

Oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish (uni qayta ishlash) yoki yo‘q 

qilib  tashlash  uning  egasi  tomonidan  yoki  mahsulot  egasi  shu  ishlarni 



27 

 

bajarishni  shartnoma  bo‘yicha  topshiradigan  tashkilotlar  tomonidan 



komissiya  ishtirokida  amalga  oshiriladi.  Komissiya  tarkibiga  davlat 

hokimiyati  mahalliy  organlarining,  davlat  nazorati  organlarining,  soliq 

organlarining va jamoatchilikning vakillari kiradi. Oziq-ovqat mahsuloti 

hayvonlarga  yem  sifatida  ishlatilgunicha  yoki  yo‘q  qilib  tashlagunicha 

alohida joyda (rezervuarda), alohida hisobda, miqdorini, ishlatish (qayta 

ishlash)  yoki  yo‘q  qilib  tashlash  usullari  va  shartlari  aniq  ko‘rsatilgan 

holda  saqlanishi  kerak.  Bunday  mahsulotning  but  saqlanishi  uchun 

uning egasi javobgar bo‘ladi. 

Oziq-ovqat mahsulotini ekspertiza qilish, yo‘q qilib tashlash usullari va 

shartlarini belgilash, qayta ishlash, saqlash, tashish va yo‘q qilib tashlash 

bilan bog‘liq xarajatlarni uning egasi to‘laydi.Oziq-ovqat mahsulotining 

egasi  davlat  sanitariya  nazorati  va  (yoki)  davlat  veterinariya  xizmati 

organlariga  ushbu  mahsulotdan  foydalanilganligi  yoki  u  yo‘q  qilib 

tashlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani taqdim etadi. 

Bundan  tashqari,  oziq-ovqat  mahsulotlarini  tamg‘alash  yuzasidan 

2017 yil 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 

Oziq-ovqat  mahsulotini  tamg‘alash  yuzasidan  uning  xavfsizligi 

to‘g‘risidagi  umumiy  texnik  reglamentni  tasdiqlash  to‘g‘risida`gi  490-

sonli  qarori  qabul  qilindi.  Ushbu  qaror  bilan  UzTR.490-022:2017  sonli 

`Oziq-ovqat  mahsulotini  tamg‘alash  yuzasidan  uning  xavfsizligi 

to‘g‘risidagi` umumiy texnik reglamenti qabul qilindi hamda bu texnik 

reglament joriy yilning 12 iyul kuni amalga kiritildi. 

Mazkur texnik reglamentda quyidagi tushunchalar keltirib o‘tilgan:  

tamg`a  —  iste'mol  o‘ramiga,  transport  o‘ramiga,  suqma  varaqqa, 

etiketkaga  yoki  yorliqqa  tushiriladigan  yozuvlar,  rasmlar,  belgilar, 

ramzlar,  boshqa  belgilar  va  (yoki)  ularning  kombinatsiyalari  tarzidagi 

oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘risidagi ma'lumot; 

etiketka  —  tamg‘a  bosiladigan  va  iste'mol  o‘ramiga  va  (yoki) 

transport 

o‘ramiga, 

shu 

jumladan 



yelimlash 

yo‘li 


bilan 

mahkamlanadigan axborot manbai; 

yorliq — o‘ramga mahkamlanadigan tamg‘alashni tushirish uchun 

mo‘ljallangan axborot manbai. 




28 

 

oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati — tamg‘alashda qayd 



qilingan vaqt davri, ushbu vaqt mobaynida oziq-ovqat mahsuloti texnik 

jihatdan  tartibga  solish  sohasidagi  normativ  hujjatlar  bilan  belgilangan 

unga  qo‘yiladigan  xavfsizlik  talablariga  to‘liq  muvofiq  bo‘lishi, 

shuningdek  tayyorlovchi  (ishlab  chiqaruvchi)  tomonidan  belgilangan 

saqlash  shartlariga  rioya  qilinganda  o‘z  iste'mol  xossalarini  saqlab 

qolishi  kerak  va  ushbu  muddat  tamom  bo‘lgandan  keyin  oziq-ovqat 

mahsuloti sotilmasligi va belgilangan maqsadda foydalanilmasligi kerak. 

Sut  va  sut  mahsulotlarining  xavfsizligiga  bo‘lgan  talablar 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017  yil  7  iyuldagi 

474-sonli  qarori  asosida  `Sut  va  sut  mahsulotlarining  xavfsizligi 

to‘g‘risida`gi  umumiy  texnik  reglamentida  (UzTR.474-020:2017), 

shuningdek 

mahsulotlarning 

me'yoriy 

hujjatlarida 

belgilab 

berilgan.Ushbu 

texnik 


reglament 

asosida 


kefir 

mahsulotining 

tamg‘alanishi quyidagicha. 

Bugungi kunda mamlakatimizda kefir O’zDSt 1086:2011 standarti 

asosida ishlab chiqariladi. Bu standartning 4.4 bandida kefir mahsulotini 

tamg‘alashga  talablar  berilgan.  Bunda,  mahsulot  solingan  har  bir  idish 

bo‘yoq  hidi  kelmaydigan,  buzilib  ketmaydigan  tamg‘a  bilan 

tamg‘alanishi kerak hamda quyidagi ma'lumotlar bo‘lishi shart: 

ishlab  chiqaruvchining  nomi,  mulkchilik  shakli,  manzili,  telefon 

raqamlari; 

ishlab chiqaruvchining tovar belgisi (agar mavjud bo‘lsa); 

mahsulot  nomi;  Mahsulot  nomi:  mahsulotning  xom  ashyosi,  nima 

uchun  ishlatilishi,  tarkibi,  alohida  xususiyatlari  asosida  shakllantiriladi 

hamda  ko‘rsatilgan  barcha  ma'lumot  qat'iy  to‘g‘ri  bo‘lishi  shart, 

masalan, Yog‘sizlantirilgan kefir. 

yog‘ning  massa  ulushi;  Masalan,  yog‘sizlantirilgan  kefirda  yog‘ 

massa ulushi 0,1%. 

idishdagi mahsulot massasi (hajmi), g, cm3. 

100 g mahsulotning energetik qiymati to‘g‘risida ma'lumot; 

mahsulotning  tarkibi  (asosiy  tarkibi  hamda  qo‘shimchalar, 

aromatizator, krasitel, biodobavka va sh.k.); 



29 

 

mahsulotni saqlash sharoitlari va  muddati (yil, oy, kun); Masalan, 



kefir uchun, (4±2)°S va 70%dan kam namlikda 72 soat. 

ishlab chiqarish sanasi (yil, oy, kun); 

O’zDSt 1086:2011 standarti yozilgan bo‘lishi shart; 

O’zDSt  5.8  standarti  asosida  muvofiqlik  belgisi  bo‘lishi  shart; 

Izoh:  Muvofiqlik  belgisi  —  muayyan  mahsulot  yoxud  xizmat  aniq 

standartga  yoki  boshqa  normativ  hujjatga  mos  ekanligini  ko‘rsatish 

uchun  mahsulotga  yoxud  ko‘rsatilgan  xizmatga  doir  hujjatga 

qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi. Shuningdek, 

mahsulot  yorlig‘ida  muvofiqlik  belgisi  mavjud  bo‘lganda  ushbu 

mahsulot 

sertifikatlanganligini 

anglatadi. 

qayd 

etilgan 


raqami 

ko‘rsatilgan  holda  shtrix-kod;  Izoh,  O‘zbekiston  Respublikasi  shtrixli 

kodlash  tizimi  EAN  xalqaro  tovar  raqamlash  tizimi  doirasida  ishlab 

chiqilgan va faoliyat yuritadi, milliy va xalqaro kodlash tizimining mos 

kelishini hamda axborot almashish uchun yagona tilni ta'minlaydi. EAN 

shtrixli  kodlaridan  foydalanish  ustidan  nazorat  GS1  UZBEKISTAN 

(EAN UZBEKISTAN) assotsiatsiyasi va O‘zstandart` agentligi “Shtrixli 

kodlash  markazi”  DK  tomonidan  birgalikda  amalga  oshiriladi.  GS  1 

UZBEKISTAN  (EAN  UZBEKISTAN)  (Belgiya,  Bryussel)  Xalqaro 

assotsiatsiyasi  tomonidan  mamlakatimizga  478  raqamli  identifikatsion 

kod berilgan. 

EAN-13  shtrix  kodi  13  ta  raqamdan  iborat  bo‘lib,  quyidagi 

ma'noga  ega.  Dastlabki  3  ta  raqam,  ya'ni  prefiks  milliy  uyushmaning 

raqami  hisoblanadi.  Bu  3  ta  raqam,  masalan,  478  prefiksi  `GS1  Uzbe-

kistan`  uyushmasini  anglatadi  va  u  `GS1`  Xalqaro  Uyushmasi  (EAN 

International,  Belgiya)ning  O‘zbekistondagi  vakolatxonasi  hisoblanadi. 

Qabul  qilingan  taomilga  ko‘ra,  har  bir  davlatda  GS1  xalqaro 

uyushmasining faqat bitta vakolatxonasi yoki boshqarmasi mavjud. 

EAN-13 shtrix kodining batafsil tavsifi: 

• 478 0100147721 

• dastlabki 3 ta  raqam  `GS1  Uzbekistan`  uyushmasiga berilgan prefikc 

hisoblanadi; 

• keyingi 6 ta raqam korxonaning raqamini anglatadi

• keyingi 3 ta raqam esa tovar va mahsulotning raqami hisoblanadi; 




30 

 

• oxirgi 13-raqam esa nazorat raqami deb ataladi. Bu orqali `GS1  



Uzbekistan  uyushmasi  tomonidan  ta'sis  etilgan  shtrix  kod  nazorat 

qilib  turiladi.  Agar  mahsulot  ichki  bozorda  realizatsiya  qilinadigan 

bo‘lsa  O’zbekistonda  ishlab  chiqarilgan,  agar  mahsulot  eksport 

qilinadigan  bo‘lsa  Made  in  Uzbekistan  yozuvi  tushiriladi.Demak, 

mahsulot  tamg‘asidagi  har  bir  ma'lumot  ortida  bir  qancha  axborotlar 

ko‘rsatib  o‘tilgan.  Agar  mahsulot  xarid  qilish  oldidan  mahsulotning 

tamg‘asiga alohida e'tibor berib xarid qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi, 

deyiladi agentlik xabarida. 

 


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish