2
Abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika instituti “Pedagogika-
psixologiya” fakul’teti “Defektologiya” yo`nalishi IV-bosqich talabasi
Xolmuxammedova Ozodaning “Nutq kamchiliklarini bartaraf etishning qulay
va samarali metodlari” nomli bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
X U L O S A S I
Xolmuxammedova Ozodaning tadqiqot ishini dolzarbligi bolalarda
uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf etishning qulay va samarali metodlarini
ishlab chiqish va o`rganishning o`ziga xos xususiyatlari topishga qaratilgan.
Bitiruv malakaviy ishining muammoli tomoni qilib, mashg’ulotlar davomida
doimiy qo`llaniladigan usullarni yangi tomonlari va yanada bolalardagi
kamchiliklarni bartaraf etish jarayonida yangidan – yangi usullarni qo`llash
haqidagi fikr mulohazalar va ana shu muammoni hal etishga, asoslab berishga
urinishlar ko`zga tashlangan.
Muallif qo`yilgan maqsadga erishishda nutq buzlishlarini oldini olish,
hamda aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlari va amaliy tomondan
nutq buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga asoslanib, hamda maxsus
maktab va maktabgacha tarbiya muasasalarida logopedik ish faoliyatini to`g’ri
tashkillashtirish asosida ta’limiy, tarbiyaviy va korreksion faoliyatni yuritishga
e’tiborni qaratgan. Ishda o`rganilayotgan muammoning pedagogik asoslari bayon
etilgan. Nazariy qism mazmunli taqdim etilgan. Tadqiqotchi imkoniyati
cheklangan bolalar bilan ular imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yondoshish va
logopedik ta’sir tamoyillarini to`g’ri qo`llay olish jarayonini, shu bilan birga
turli metodlar asosida logopedik mashg’ulotni tashkil etish maxsus maktabgacha
tarbiya bolalarini keng qolipda korreksion ish olib borishning asosiy omili
ekanini asoslab berishga harakat qilgan.
Tadqiqotning birinchi bobi “Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklari va
ularni bartaraf etish omillari” deb nomlanib bolalarda uchraydigan nutq
kamchiliklari, ular kelib chiqish sabablari, nutq kamchiliklari turlari ularni
tekshirish usullari, mashg’ulotlarda nutqni o`stirish texnologiyasi yoritilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobi “Nutq nuqsonlarini bartaraf etish texnologiyasi”
deb nomlanib nutq kamchiliklarini bartaraf etishda logoped ish faoliyati,
mashg’ulotlar va ularni to`g’ri tashkillashtirish, ularga qo`yiladigan talablar, ota –
onalar bilan hamkorlik ishlari, bolalardagi nutqiy kamchiliklarni bartaraf etishda
didaktik o`yinlar va ularga qo`yiladigan talablar, namunalar, xalq og’zaki ijodidan
unumli
foydalanish
usullari
nutqni
faollashtirishda
turli
metodlardan
foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati keng berilgan. Yuqoridagi fikrlar asosida
tajribalar olib borilgan. Xolmuxammedova Ozoda tomonidan bajarilgan bitiruv
malakaviy ishi xususan ishlab chiqilgan va o`rganilgan nazariy qism maktabgacha
tarbiya va maktab ta’limida logoped- defektologlar va pedagoglar uchun muhim
amaliy ahamiyatga ega. Ish bitiruv malakaviy ishiga qo`yilgan barcha talablarga
javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: