Ertaklar haqida umumiy tushunchalar



Download 338,5 Kb.
bet2/5
Sana18.07.2021
Hajmi338,5 Kb.
#122278
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aka uka grimlar ijodi

Aka-uka Grimlar ijodi

Aka-uka (Yakob 1785–1863, Vilgelm 1786–1859) Grimmlar Magdeburg universitetida oʻqib yurgan chogʻlaridayoq oʻrta asr olmon tarixi va madaniyati, huquq va mifologiyasi, xalq ogʻzaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan shugʻullana boshladilar.

Oʻqish, oʻz ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yoʻli boʻldi. Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari boʻldilar. Yakob olmon tili grammatikasi va mifologiyasini, Vilgelm oʻrta asr olmon adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodini oʻrgana boshladilar. Olmon xalq ogʻzaki ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir koʻprik yasadilar. Nihoyat, 1812 yilda Grimmlar tomonidan yozilgan ertaklar bir necha jildli “Bolalar va oilaviy ertaklar” yuzaga keldi. 1815-yilda 2-jild, 1822-yilda esa har ikkala jildni umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi.

Grimmlar ertaklarning koʻpchiligini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab, baʼzilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan olingan ertaklarning har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiy tus olib, yana xalqqa qaytariladi.

Grimmlarning uch jildlik kitobiga ikki yuzdan ortiqroq ertaklar jamlangan boʻlib, unda mualliflar koʻproq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirishga harakat qilganlar. Har bir ertakda saxiylik, mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga, qoʻrqoqlik ustidan kulish, dangasalik va yolgʻonchilikni qattiq qoralash birinchi oʻrinda turadi. Shunisi ham quvonchliki, koʻpincha Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar emas, balki kambagʻal, beva-bechoralarning oʻgʻil-qizlari, choʻpon yoki askar boʻladi. Ular oʻzlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi.

Aql bilan ish koʻrish, bilimdonlik “Tilla gʻoz”, “Shishadagi arvoh”, “Uch aka-uka” ertaklarida yaxshi berilgan.

Grimmlarning dunyoga mashhur “Zolushka”, “Qor qiz” ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan, soʻkish eshitadigan va eng past hamda qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar boʻlib, ertak davomida oʻzlarining halol mehnatlari, yoqimli soʻz va tabassumlari bilan baxtiyor boʻladilar.

Grimmlarning “Quyon bilan tipratikan”, “Boʻri va tulki” asarlari masal janriga yaqin turishi bilan kitobxonda katta taassurot qoldiradi.

“Yalqov Geyns”, “Gansning baxti”, “Botir tikuvchi”, “Yosh pahlavon”, “Bremen musiqachilari” kabi ertaklari oʻzbek bolalarining ham sevimli asarlariga aylanib qolgan.

“Yosh pahlavon” ertagidagi botir qiyofasi kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotadi. U halol, pok inson boʻlib, rostgoʻylik, toʻgʻrisoʻzlik shaydosi. Shu sababga koʻra u yoʻlida uchragan har qanday toʻsiq va gʻovni shoshilmay, jasorat va mardlik bilan yengadi, maqsadiga erishadi.

“Botir tikuvchi” ning sujeti koʻpchilikka yaxshi tanish. Qahramon nogahon bir nechta pashshani bir urishda nobud qilish bilan oʻziga oʻzi botir, dovyurak tamgʻasi – shiorini yozib, yelkasiga osib oladi. U baxtini, taqdirini sinab koʻrish, peshanasida borini qoʻlga kiritish maqsadida safarga otlanadi.

Botir tikuvchi tadbirkor, epchil, chaqqon. “Qochib qolguncha otib qol” qabilida dovyuraklik bilan ish koʻrishi unga katta shuhrat keltiradi. Gʻorda behisob devlar ustidan puxta-pishiqligi bilan gʻolib chiqadi. Dev koʻtarib olgan daraxt shoxlari ustida qush kabi yengil oʻtirishi, devlarning savollariga qoʻrqmay, ustalik bilan javob berishi asrlar osha kitobxonni hayratga solib kelmoqda.

Botir tikuvchi uchun ogʻir sinov oʻrmondagi ikki pahlavon bilan “olishuv” boʻladi. Podshoh tomonidan ikki pahlavonlarni magʻlub qilish vazifasini olgan botir tikuvchi tavakkal qilib yoʻlga tushadi. Ustlariga tosh tashlash hisobiga ular oʻrtasida nifoq chiqaradi. Ikki jangchi bir-birini tosh bilan urib nobud qiladi.

Tadbirkor yigit bilimdonlik, oʻylab ish koʻrish bilan oʻrmondagi shoxdor maxluq ustidan gʻolib chiqadi.

Botir tikuvchining yumshoq soʻzligi, muloyimlik bilan ish koʻrishi yosh kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi. Ularda ham xuddi oʻsha botir tikuvchi kabi yetuk insonlar boʻlishga, botir, pahlavon boʻlishga havas uygʻotadi.

Aka-uka Grimmlarning qaysi asarini olmang, hammasida ham, eng avvalo, mehnatkashlik, mehnatga muhabbat gʻoyasi yotadi. Ikkinchidan, har qanday holda ham, har qanday mushkul ish boshiga tushganda ham oʻsha qahramon chora qidiradi, tadbirkorlik, ishbilarmonlik yoʻlidan boradi va ofatdan qutuladi. Tulki kabi hiyla va makr ishlatadigan jonivor boʻlmasa kerak. Grimmlar ularga qarama-qarshi qilib gʻozlar obrazini yaratishadi.

Gʻozlar har doim chorasiz – boʻsh, begʻam hayot kechiradilar. Grimmlarda vaqti kelganda oʻsha boqibegʻam gʻozlar ham sergak, tetik, tadbirkor, ishbilarmon boʻlib ketishlarini, olgʻir, muttaham tulkilarni ham dogʻda qoldirishlarini kuzatamiz.

Tulki oʻtloqda yurgan gʻozlarni yemoqchi. Ular oʻlimlari oldidan bitta qoʻshiq aytib, soʻngra tulkiga yem boʻlishlarini soʻraydi. Ammo uzundan uzoq “gʻa-gʻa”lari tulkini zeriktiradi, uning tinka-madorini quritadi, oxiri gʻoz – oʻljadan voz kechishga majbur boʻladi:



“Dastlab bitta gʻoz qoʻshiq aytibdi. Uning qoʻshigʻi mana bunaqa uzundan uzoq ekan:

– Gʻa, gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa!

Undan keyin ikkinchi gʻoz joʻr boʻlibdi:

– Gʻa, gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa!…

Ulardan soʻng uchinchisi xonish qilibdi:

– Gʻa, gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa. Uchinchi gʻozdan keyin toʻrtinchi gʻoz ham:

– Gʻa, gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa, – deb qoʻshiq boshlabdi.

Oxiri hamma gʻozlar birgalikda qichqirib, “gʻa-gʻa-gʻa”lashga

tushibdilar:

– Gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa… Qachonki, gʻozlar qoʻshigʻi tamom boʻlsa, ertak ham tugaydi.

Shundagina tulki gʻozlarni yeydi.

Biroq aqlli gʻozlar qoʻshiqni toʻxtatishni oʻylashmabdi. Ular hozir ham “gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa”, – deb qichqirib turishgan emish”.

Aka-uka Grimmlarning ertaklari olam kezib, ularning nomlarini jahonga yoyib yuribdi.

Aka-uka Grimmlar tomonidan 156 ta nemis xalq ertaklarini birinchi marta 1812 yilda asl shaklida, 1814 yilda esa bolalarga mo‘ljallangan qayta ishlangan shaklda “Bolalar va oilaviy ertaklar”( Kinder und Hausmärchen) nomi bilan nashr etilib, keyinchalik “Aka-uka Grimm ertaklari” nomi bilan mashhur bo‘lgan asarning chop etilishi bilan ertaklarga bo‘lgan ishtiyoq yana-da mustahkamlandi, deyish mumkin.

Haqiqatan ham, yuqoridagi zikr etilgan yozuvchi va adabiyotchilarning asarlaridan ilhomlangan butun dunyo yozuvchilari o‘zlari tug‘ilib o‘sgan o‘lkalarida yaratilgan ertaklarni to‘plash va nashr qilishga kirishdilar. Ushbu yozuvchilar qatorida bu sohada ancha samarali tadqiqotlar olib borgan valualik Jerar de Nerval, shotlandiyalik Endryu Lang yoki daniyalik Gans Xristian Andersenlarning nomlarini keltirish mumkin.



Aka-uka Grimmlar Yevropa xalqlari ertaklari syujetidagi aniq o‘xshashliklarni allaqachon isbotlab bergan bo‘lsalar-da, butun XIX asr davomida folklorchilar ertaklarning kelib chiqishi yuzasidan izlanishlarini turli xalqlar og‘zaki ijodidagi umumiy jihatlarni yoritishga sarfladilar. Ushbu sohada ikki xil qarash yoqlovchilari o‘rtasida bahs-munozara kuchaydi. Bular nemis filologi, Maks Myuller(1823-1900) boshchiligidagi Qiyosiy mifologiya Maktabi tarafdorlari bo‘lsa, ikkinchisi ingliz etnologi va madaniyatshunosi, etnologiya va antropologiyaning asoschilaridan biri, Edvard Byornett Taylor (1832-1917) yetakchiligidagi Antropologik maktab namoyandalari edi. Filologlar ertaklarning kelib chiqishini yozma manbalar orqali hind-yevropa xalqlari madaniyati, xususan, sanskritda izlashga harakat qilgan bo‘lsalar, antropologlar, aksincha, insoniy jamiyatlarning umumiy kelib chiqishini o‘rganishni izlanishlarining dasturi qilib oldilar. Bir mavzu yuzasidan ikki xil qarash tomonlar o‘rtasidagi kurashni avj oldirdi. Qiyosiy mifologiya maktabi namoyandalari ertaklarni miflardan kelib chiqqan deb taʼkidlashgan bir paytda, ikkinchi nazariya tarafdorlari ular miflardan-da oldinroq yaralgan bo‘lib, ular “yovvoyi davlat” ko‘rinishidagi ibtidoiy tuzilmaning qoldiqlari degan fikrni olg‘a surdilar.


Download 338,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish