Maktabgacha pedagogika - maktabgacha ta ’limtarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o
‘rganadigan fan.
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish - maktabgacha ta'lim muassasalarida sahna chiqishlarini tayyorlash, bolalaming ijodiy faoliyatlariga rahbarlik qilishning metod va usullari o’rganadi.
1.2. Mutaxassislik fanlarni o’qitishda pedagogik jarayon, o’quv jarayoni, tizimli yondashuv tushunchalari
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘zaro tashkiliy hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha ko‘rinishdagi maktabgacha tarbiya, o‘rta umumiy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, oliy o‘quv yurtlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalarining o‘zaro uzviylikdagi bog‘liqlik pedagogik tizim deyiladi.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar (tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo‘ladi:
Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi uning ichki harakati, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakteriga, o‘zaro tahsir kuchiga bog‘liq.
Pedagogik jarayonni tashkil etishning o‘ziga xosligi: tarbiya obyekti bir vaqtning o‘zida tarbiya subyekti ham hisoblanadi. O‘zaro faollikka asoslangan pedagog va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi hamkorlik pedagogik o‘zaro ta’sir tushunchasini to‘laroq aks ettiradi. Sub’ekt bilan obhekt o‘rtasida turli-tuman aloqalar mavjud: Axborot xarakterida (o‘zaro axborotlar almashinib turish).
Tashkiliy faoliyat aloqalari (o‘zaro birgalikdagi faoliyat).
Kommunikativ aloqalar (muomala, munosabat).
Boshqaruv va o‘z-o‘zini boshqaruv aloqalari.
Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita va natija. Vosita keng mahnoda mazmun, shakl va usullarni o‘z ichiga oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo‘yilgan talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi1.
Shaxsni shakllantirishni amalga oshirish ta’lim-tarbiyaning tashkil etuvchilari ya’ni ularning barcha elementlari-ta’lim maqsadi, ta’lim vazifalari, ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, ta’lim mazmuni, metodlari, shakllari, vositalari, mustaqil o‘quv topshiriqlari, mustaqil faoliyat, nazorat, o‘z- o‘zini nazorat orqali o‘z natijasiga erishiladi. Shunday ekan ta’lim-tarbiyani alohida elementlarga bo‘lib emas, balki yaxlit holda karash va amalga oshirish ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishning yo‘lini yaqinlashtiradi. Chunki, yuqorida kayd kilib o‘tganimizdek, voqelikdagi barcha narsalar yaxlit tizim sifatida bir-biriga chambarchas bog‘langan. Ulardan birortasining funktsiyasi buzilsa, yoki birortasi ishlamay qolsa maqsadga erishilmaydi. Masalan, mashina dvigatelining yonilgi uzatgich tizimini olaylik, uning yonilg‘i uzatuvchi elementlaridan birortasi ishlamay qolsa, yoki yomon ishlasa dvigatel yonilgi bilan ta’minlanmaydi, natijada mashinaning o‘t oldirishi qiyinlashadi yoki o‘t olmaydi. Ta’lim-tarbiyada ham shunday. Ushbu jarayonning biror elementa yaxshi faoliyat ko‘rsatmasa, o‘zlashtirish qiyinlashadi va bilim samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyada ta’lim- tarbiya jarayoniga tizimli yondashish Juda muhim bo‘lib, katta ahamiyat kasb etadi.
Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim jarayonining muhim elementlaridan biri ta’lim mazmuni qancha murakkablashtirilib, uni ta’lim oluvchilarga etkazish yo‘li aniqlashtirilsa, kuchli intellekt va yuksak ma’naviy salohiyatga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |