G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov


Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar



Download 1,07 Mb.
bet8/134
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#710678
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134
Bog'liq
G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov

Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar:

  1. Maktabgacha ta’lim tizimida mutaxassislik fanlari va ularning maqsad va vazifalarini ayting.

  2. Bo‘lajak o‘qituvchi-tarbiyachilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi o‘quv fanining ahamiyati haqida tushuncha bering.

  3. Maktabgacha ta’lim tizimida mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini izohlang.

  4. Pedagogik jarayon va pedagogik tizim haqida ma’lumot bering.

  5. Metodika tushunchasini izohlang.

  6. O‘qitish metodikasiga ta’rif bering.

  7. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fanining predmeti va maqsadini ayting.

  8. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fanining vazifalarini izohlang.

2-MAVZU. MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI
Tayanch tushunchalar: qonuniyat, tamoyil, prinsip, ilmiylik printsipi, nazariya va amaliyotning birligi prinsipi, zamonaviylik va milliylik prinsipi, ma’lumotlarini bayon etishning tushunarliligi, izchilligi va tizimliligi prinsipi, o‘qituvchi rahbarligida talabalarning ijodiy faolligi, mustaqilligi va tashabbuskorligini yo‘lga qo‘yish prinsipi.
2.1.Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari (prinsiplari) tushunchasi.
Ta’lim qonuniyatlari – ta’lim jarayonida ro‘y beradigan hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar, ularning mohiyatini ifodalovchi shart-sharoit, asos.
Ta’lim qonuniyatlari quyidagilardan iborat:

  1. ta’lim omillari, shart-sharoitlari va natijalari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikning mavjudligi;

  2. ta’lim jarayonining ijtimoiy omillar va jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liqligi;

  3. ta’lim, rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro birligi;

  4. har qanday ta’lim jarayonida o‘qituvchi, o‘quvchi va

o‘rganilayotgan ob’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning talab etilishi;

  1. ta’lim jarayoni samaradorligining o‘quvchilar o‘quv faolligi asosida ta’minlanishi;

  2. malakalarning muayyan operatsiya, harakatlarning muntazam takrorlanishi natijasida hosil bo‘lishi;

  3. o‘zlashtirish puxtaligining takrorlash izchilligiga bog‘liqligi;

  4. o‘quvchilar o‘zlashtirgan murakkab faoliyat usullari o‘qituvchining ularda eng oddiy faoliyat usullarini samarali o‘rgata olishining natijasi ekanligi.

Maktabgacha ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi ham mazkur qonuniyatlarga tayanadi.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida mutaxassislik fanlarini qanday o‘qitish, nimaga o‘qitish, nimani o‘qitish kabi savollarga javob berish uchun, avvalo, mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasining prinsiplarini bilishimiz lozimdir.
“O‘zbek tilining izohli lug‘atiga bu iboralarga berilgan izohlarga qaratamiz. “Printsip ⌠lot. principium-asos, negiz; ibtido⌡1. Biror nazariya, ta’limot, dunyoqarash, va sh.k.ning dastlabki asosiy qonun qoidasi; faoliyat uchun asos qilib olinadigan bosh g‘oya, qonunqoida”.
“Tamoyil [ar.-tebranish, chayqalish; o‘zgarib turish; o‘zgaruvchanlik; moyillik] 1. Mayl, moyillik 2. Biror sohada tartib qoida, tusini olgan narsa, tadrijiy yo‘nalish”.
“Didaktika” o‘quv qo‘llanmasida qayd etilishicha “Printsiprahbar g‘oya asosiy qoida, xulqqa nisbatan asosiy talab” (Zunnunov A. Mahkamov U. Didaktika: Oliy o‘quv yutrlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma.-T.; “Sharq”, 2006, 36-bet). Shuningdek, N. Saidahmedovning “Yangi pedagogik texnologiyalar” risolasida printsip tushunchasiga shunday ta’rif beradiki; “Printsip- lotincha “principium” so‘zidanolingan bo‘lib asos, dastlabki xolat, boshqaruvchi g‘oya, umumlashtirilgan talab kabi ma’nolarni anlatadi”.2
Biz oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasining printsiplari deganda mazkur fanlarni o‘qitish jarayonlarini tashkil etishi va amalga oshirishda o‘quv tarbiya mazmunini, shakllari, metodlarini tanlanishini begilaydigan dastlabki holatni, umumiy qoidalarni va talablarni tushunamiz.
Printsiplarda ta’lim beruvchi va ta’lim o‘rganuvchiga o‘qitish jarayonida rioya qilishi lozim bo‘lgan talablar mujassamlashgan. Bu masalalar tanlangan o‘quv mavzusining mazmunidan kelib chiqib qo‘llaniladigan faoliyatning shakli, yo‘l-yo‘riqlari, vositalarini pedagogik jihatdan to‘g‘ri tanlanishini belgilaydi hamda ta’lim-tarbiya muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Zero, metodika o‘quv predmetining printsiplari ilmiy-amaliy dunyoqarashni, ma’naviy-axloqiylikni, mazmunli hamda oqilona ehtiyojlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyatni nazarda tutadi va yo‘lga qo‘yadi.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish