Ilmiy faoliyat va Ilmiy tadqiqot haqida ma’lumot bering.
Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki kiyem — tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi.
Ilmiy faoliyat - ob’ektlar, hodisa (jarayonlar)ning xususiyatlari, o‘ziga xosliklari va qonuniyatlarini aniqlash maqsadida borliqni o‘rganish va olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan faoliyat hisoblanib, fundamental va amaliy tadqiqotlardan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK), uning asosiy vazifasi ва tarkibi haqida ma’lumot bering.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi (OAK) to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi (O‘zbekiston Respublikasi OAK) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi. OAK o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 31-martdagi PF–371-son Farmoni bilan tashkil etilgan.
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etish; oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu faoliyatni tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish; dissertasiya ishlariga hamda falsafa doktori (Doctor of Philosophy, bundan buyon — PhD), fan doktori (Doctor of Sciences, bundan buyon — DSc) ilmiy darajalari va ilmiy unvonlar talabgorlariga talablarning yagonaligini ta'minlash; ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilashga, jamiyat va davlat ehtiyojlarini, fan, ta'lim, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlardan foydalanish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish; ortiqcha byurokratik jarayonlarni yo‘qotishga yo‘naltirilgan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish; oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazishning barcha bosqichlarida OAK faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash; oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazishning barcha bosqichlarida xolislikni ta'minlash; falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) ilmiy darajalari va ilmiy unvonlarga qo‘yiladigan malaka talablarining xalqaro standartlarga muvofiqligini ta'minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |