Iqtisodiy monopolizmga qarshi siyosat va raqobatni rivojlantrish



Download 0,95 Mb.
bet2/11
Sana01.04.2022
Hajmi0,95 Mb.
#523486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu (1)

Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining tabiati taqozo qiladigan iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg’unlashtirishga qaratilgan iqtisodiy dastak hamda vositalardir.2

Fanning maqsadi - davlat va bozor mexanizmlarining o'ziga xos xususiyatlarini yoritishdan iborat. Ular hayotda aralash va o‘zaro aloqadorlikda uchraydi. Ularning optimal aloqadorlikda bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Fanning vazifasi iqtisodiyotni boshqarishda bozor munosabatlari bilan birgalikda davlat mexanizmini qabul qilgan sohalar va shakllarini ko‘rsatish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning o‘rni haqidagi turli konsepsiyalarni tahlil etishdir.

Bozor — bu turli ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘rinishidagi faoliyatlarini muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir.
Bozor — insoniyat taraqqiyotining buyuk yutuqlaridan biri. Uning rivojlanishi uzoq yo‘lni bosib o‘tgan: bu jarayon kichik-kichik ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi aloqalar sifatidagi oddiy shakllaridan boshlab to zamonaviy ishlab chiqarish faoliyatining barcha shakllari, jamiyat iqtisodiy subyektlari o'rtasidagi rivojlangan iqtisodiy munosabatlari, ijtimoiy mahsulotni yaratishdan to uni iste’mol etishgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Bozor — bu turli ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘rinishidagi faoliyatlarini muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir.3 Bunda ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkchilik bozorini hal etuvchi shartlari bo‘lib hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, bozorning muhim elementi bu narx va uning darajasi bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bozorning muhim elementi bu narx va uning darajasi bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va moslashuvchanlik jihatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o£rtasidagi aloqalarni bog’laydi. Tarmoqlar o‘rtasida resurslarni samarali taqsimlanishida talab va taklif mutanosibligini ta’minlashda bozor mexanizmi qulaydir.
Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalarning kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi namoyon bo‘ladi. Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davri qarama-qarshiliklarini misol keltirish mumkin. 1929— 1933-yillarda sodir bo‘lgan jahon iqtisodiy inqirozi yaqqol misol bo‘la oladi.
Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanoat rivojlanishida erkin raqobat asosida ishlab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida o‘smoqda, balki jamoa (aksionerlik) va boshqa mulkchilik shakllarining roli ham ortib bormoqda. Biroq, davlat iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini o'z zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga majbur bo‘lmoqda. Masalan:

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish