Murodova Zarnigor
Husenova 105-guruh
PUZ-171
Passport seriya:
AA6030800
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Uning maqadi, tarkibiy qismlari, uzluksiz
ta`limning moxiyati. Rivojlangan davlatlarning kasb ta`limi tizimi
Tayanch so`z va atamalar
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, uning maqsadi, tarkibiy qismlari,
fanning maqsadi va vazifalari.
Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» (
1997 yil 29-avgustda qabul qilingan
) qabul qilingach, ta`lim tizimi
tubdan isloh qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-
hunar kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu
birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan o`quv
yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-hunar
kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy
dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat
intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg`ularini tarbiyalash kabi
vazifalarni qo`yadi.
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni
o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan
demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy
o`zgarishlar ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha
yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga
oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy
talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat
ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari.
Kasb ta`limi metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida,
O`zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllana boshladi. Bunga asosiy sabab esa
o`rta umumta`lim maktablariga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari»
predmetining kiritilishi bo`ldi.
Informatika va axborotlar texnologiyalari bilan bog`liq bo`lgan fanlarni
o`qitish metodikasi bo`yicha ilmiy izlanishlar professorlar M. Z. Ziyoho`jaev, A. A.
Abduqodirov, dotsent T. R. Azlarov va boshqalar tomonidan olib borilgan va bu
sohada muayyan yutuqlarga ham erishilgan.
O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimiga yangi bo`g`in, o`rta-maxsus va kasb-
hunar ta`limining kiritilishi bilan
informatika yo`nalishidagi fan o`qituvchilari
uchun
informatika o`qitish metodikasini yaratish kabi dolzarb muammoni hal qilish lozim
bo`ladi.
Bunda asosiy muammolar:
Uzluksiz
talim
SHaxs
Davlat va
jamiyat
Ishlab
chiqarish
Fan
-informatika yo`nalishlarida maxsus fanlarni o`qitishning maqsadi va vazifalari
qanday;
-o`quv predmeti sifatida fanlarning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak;
-fanlardan o`quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o`quvchilarga
yetkazilishi kerak;
-fanlardan o`quv materialini to`liq va chuqur o`rganish uchun qanday usul, shakl va
vositalardan foydalanish lozim.
Ma`lumki, har qanday fanni o`qitishda dastavval quyidagi an`anaviy savollar
uchligi qo`yiladi:
- fanni nima uchun o`rganish kerak (ya`ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)?
- nimani o`rganish kerak (ya`ni, mazmunni aniqlash)?
- qanday o`rgatish kerak (ya`ni, ta`limning samarali usul va vositalarini aniqlash)?
Kasb ta`limi metodikasi fani o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi o`qituvchilarini
kelgusi kasbiy faoliyatida har tomonlama tayyorlashni amalga oshirish uchun chuqur
ta`lim berishga qaratilgan. U predmet sifatida informatika yo`nalishidagi, o`rta
bo`g`indagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etuvchi bo`lajak o`qituvchilarni
kasbga yo`naltirish bo`yicha nazariy bilimlar berishga asoslangan. Zamonaviy
ta`limda bu eng avvalo talabaning ijtimoiy hayot faoliyatida ongli, aqlli va
madaniyatli munosabatda bo`lishga o`rgatishdir. «Ma`lakaviy ta`lim metodikasi» fani
bir necha mutaxassislik fanlari bilan bog`liq bo`lgani uchun u bu fanlarning
metodologiyalariga asoslanadi va ta`lim-tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi.
Ma`lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari malakaviy ta`lim metodikasi fiziologiya va psixologiya tomonidan
o`rnatilgan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ma`lumki, metodika bu- metod va usullar yig`indisi bo`lib, qandaydir
harakatni amalga oshirishdir. SHunday jumlalar mavjud: o`qitish metodikasi,
o`rgatish metodikasi. Bu ikki tushuncha ham amalda teng huquqli bo`lib, o`qitish bu
o`rgatuvchining faoliyati. O`qitish metodikasi- o`quv predmeti sifatida bo`lg`usi
muhandis-pedagog oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi. «Qanday va nimani o`qitish
kerak?», «Nima uchun aynan shunday o`qitish kerak?».
Ta`lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan, uning zamonaviy fanlar
tizimida tutgan o`rni va vazifalaridan, jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan
holda fanning asosiy maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
o`quvchilarda komp yuter savodxonligini rivojlantirish;
o`quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari
haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o`zlashtirib olishlarini ta`minlash;
o`quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko`rinishini shakllantirishda axborot
jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion
texnologiyalarning rolini ochib berish;
hayotida komp`yuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko`nikmalarini
shakllantirish;
YUqoridagi masalalardan hech biri qolganlaridan uzilgan holda, alohida hal
etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda, bir-biri bilan chambarchas bog`liq holda
amalga oshirilishi lozim, chunki o`quvchilar tomonidan yo`nalish fanlari asoslarini
mustahkam egallash natijasida ularni tafakkurini tarbiyalash, ilmiy va kasbiy
dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin.
O`quvchilarni to`g`ri va chuqur xulosalar chiqarishga, mantiqiy mushohadalar
qilishga o`rgatish, ularda har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondashishga
olib kelib, turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko`rsata olishlariga imkon beradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, OʻzRning kadrlar tayyorlash milliy dasturi — 1997
y. 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida prezident I. A.
Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi taʼlim sohasini tubdan
isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qoliplardan toʻla xalos etish, yuqori
malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi,
yuksak maʼnaviy va axloqiy talablariga javob beruvchi milliy tizimini yaratishdan
iborat. K.t.m.d. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997 y. avg .) qoidalariga
muvofiq holda tayyorlangan boʻlib,milliy tajribaning tahlili va jahon miqyosi taʼlim
tizimidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda
moʻljalni toʻgʻri ola bilish mahoratiga ega boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish
va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Dastur
kadrlar tayyorlash milliy modelini roʻyobga chiqarishni, har tomonlama kamol
topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, taʼlim va kasb-hunar dasturlarini ongli
ravishda tanlash va keyinchalik puxta oʻzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy,
psixologik-pedagogik va b. tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila
oldida oʻz javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligida
ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modeli qator noyob, takrorlanmas oʻziga
xos xususiyatlarga ega. U Oʻzbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy
taraqqiyotini taʼminlay oladigan dadil, mustaqil fikrli, malakali, bilimli mutaxassis,
ayni paytda ezgu insoniy sifatlarga ega kadrlarni tayyorlash maqsadini koʻzlaydi.
K.t.m.d. I. Karimov tomonidan ijtimoiy ongga kiritilgan, davlatni, jamiyatni
rivojlantirishga xizmat qiladigan tamomila yangi tushunchadir.
Dastur 5 boʻlimdan iborat: Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh
qilish omillari; Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni roʻyobga chiqarish
bosqichlari; Kadrlar tayyorlashning milliy modeli; Kadrlar tayyorlash tizimini
rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari; Milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir
tashkiliy chora-tadbirlar.
Dasturning 1-boʻlimida OʻzR davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning oʻziga xos yoʻlini tanlashi kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini
qayta tashkil etish zarurligi, bu hol qator chora-tadbirlar koʻrishni taqozo etishni,
lekin sodir etilgan oʻzgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlay olmagani
qayd etildi. Shuningdek, bu boʻlimda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh
qilishning muhim omillari bayon etilgan.
Dasturning 2-boʻlimida uning maqsadi, vazifalari va dasturni roʻyobga chiqarish
bosqichlari aniq ifoda etilgan. Maqsad va vazifalarni roʻyobga chiqarish 3
bosqichdan iborat boʻlib, 1-bosqichi (1997—2000 y.lar)da mavjud kadrlar tayyorlash
tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va
rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy
shart-sharoitlar yaratish, 2-bosqich (2001—2005 y.lar)da milliy dasturni toʻliq
roʻyobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiyiqtisodiy
sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish, 3-bosqich (2005 va undan
keyingi yillar)da toʻplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida,
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash
tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish nazarda tutiladi.
Dasturning 3-boʻlimida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari
shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz taʼlim, fan va i.ch.dan iborat ekanligi koʻrsatilgan.
Bunda shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subʼyekti va obʼyekti, taʼlim
sohasidagi xizmatlarning isteʼmolchisi va ularni amalga oshiruvchisi, davlat va
jamiyat esa, taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va
nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning
kafillari sifatida bayon qilingan. Uzluksiz taʼlim esa, malakali raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashning asosi boʻlib, u maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus
va kasb-hunar taʼlimi (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari), oliy taʼlim
(bakalavriat va magistratura), oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim (aspirantura,
adʼyunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik), kadrlar malakasini oshirish va
ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlim turlarini oʻz ichiga oladi. Fan
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi hamda ulardan foydalanuvchi, ilgor
pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchidir. I.ch. kadrlarga boʻlgan
ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan
qoʻyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini
moliya va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash jarayonining qatnashchisidir.
Dasturning 4-boʻlimida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy
yoʻnalishlari bayon qilingan. Bular taʼlimning uzluksizligini taʼminlash, pedagog va
ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirishning zamon talablariga moslashuvchan, taʼlimning yuqori sifatli va barqaror
rivojlanishini koʻzlovchi tizimini vujudga keltirish, taʼlim jarayonini mazmunan isloh
qilish, yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-
tarixiy anʼanalariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan
samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy
etish, iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlarni aniqlashdan iborat. Shuningdek,
uzluksiz taʼlim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat taʼlim
muassasalarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish qamda ularni izchil rivojlantirishni
davlat yoʻli bilan boshqarish, kasb-hunar taʼlimi sifatini nazorat qilish tizimini
shakllantirish, taʼlim tizimini moliyalashni takomillashtirish, mavjud taʼlim
muassasalarini kapital taʼmirlash va yangi taʼlim muassasalari qurish, ularni normativ
talablarga muvofiq, zamonaviy texnika va texnologiyalar darajasini hisobga olgan
holda jihozlanishini taʼminlash, taʼlim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga
keltirish, taʼlim xizmati koʻrsatish bozorini rivojlantirish, taʼlim sohasida ijtimoiy
kafolatlarni taʼminlash hamda bu sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, fan
bilan taʼlim jarayoni aloqalarini, i.ch. va taʼlim tizimi integratsiyalashuvini, taʼlim va
kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ham taʼlim tizimini
rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridir.
Dasturning 5-boʻlimida milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-
tadbirlar belgilangan.
Dasturdan OʻzR Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va nutklarida taʼlim masalalari
boʻyicha qayd etilgan tamoyillarning barchasi oʻrin olgan. Dastur qabul qilinganidan
soʻng respublika butun taʼlim tizimini tubdan isloh qilishning aniq strategik
yoʻnalishiga ega boʻldi va bu borada bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Xususan,
respublikaning 24 maktabida umumiy oʻrta taʼlimning 23 oʻquv predmeti mazmunini
yangilash, oʻquvchilar bilimini baholashning yagona reyting tizimini joriy etish
yuzasidan tajriba-sinov ishlari oʻtkazildi. Ularning natijalari asosida umumiy oʻrta
taʼlimning barcha sohalaridan davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari, yangi
darsliklar ishlab chiqildi. Akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari tarmogʻini barpo
etish hamda ularni samarali ishlashi uchun barcha shartsharoitlar yaratish boʻyicha bir
qancha ishlar amalga oshirildi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibida oʻrta
maxsus, kasb-xunar taʼlimi markazi barpo etilib, litsey va kollejlar shu markaz
ixtiyoriga oʻtkazildi. 2000 y.gacha bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha 251 davlat taʼlim
standartlari ishlab chiqildi, dasturning kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash yoʻnalishi boʻyicha 71 oʻqituvchining chet ellarda, 980 oʻqituvchining chet
el oʻqituvchilarini jalb etish yoʻli bilan malakasi oshirildi. Dastur muvaffaqiyat bilan
rivojlanib, OʻzR ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolishiga ishonchli kafolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |