1. Yapaloq (tekis) qo‘g‘irchoqlar yasash.
Kerakli jihozlar: yupqa va qalin karton qog‘ozlar, qalam, qaychi, yelim, rangli qog‘ozlar (rangli qalam yoki rangli bo‘yoqlar bo‘lishi ham mumkin).
1-bosqich. Tasvir chizish.
Turli xil ko‘rinishdagi tasvirlar (hayvonlar, odamlar va hokazo)yupqa karton qog‘oziga chiziladi.
2- bosqich. Nusha ko‘chirish.
Chizilgan tasvir qaychida qiyib olinib, qalin karton qog‘oz ustiga qo‘yib, atroflari qalam bilan chizib olinadi. Xuddi shu harakat ikkinchi nusha uchun ham takrorlanadi. So‘ngra har ikkala nusha qaychi bilan qirqib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |