4. Qo‘lqopli qo‘g‘irchoqlar. Ushbu qo‘g‘irchoqlarni bolalar qo‘lga kiyib ushlagan holda stol teatrlarida foydalanishlari mumkin (tarbiyachilar bolalarda yanada yaqqol tushuncha hosil qilishda teleekran orqali bolalar uchun namoyish etiladigan “oqshom ertaklari” dagi qo‘g‘irchoqlarning xatti-harakatlarini ko‘z oldilariga keltirishlari mumkin). Qahramonlarni eski qo‘lqoplardan tayyorlasa bo‘ladi. Agar eski qo‘lqop topilmasa uni tikish mumkin. Bolalar bunday qahramonlarni o‘zlari yasay oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |