Mavlonova nodiraning


B) umumiy elementga ega bulgan figuralarni izlashga doir mashqlar bilan tanishadilar. Masalan



Download 0,59 Mb.
bet6/12
Sana03.01.2021
Hajmi0,59 Mb.
#54231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
boshlangich sinflarda geometrik materiallarni orgatish metodikasi 3-4-sinf matematika darslari misolida

B) umumiy elementga ega bulgan figuralarni izlashga doir mashqlar bilan tanishadilar. Masalan,

  1. VD kesma umumiy bo’lgan beshta shaklni ayting?

  2. AE kesma qaysi shakllar uchun umumiy bo’ladi? [12,803-mashq]
    S





V) Murakkab geometrik figuralarda bir nechta figuraning umumiy qismidan iborat bo’lgan figurani topishga doir mashqlar bilan tanishadilar. Masalan [13,256- mashq]

Chapdagi rasmdan 5 ta uchburchak, o’ngdagi rasmdan 5 ta to’rtburchak topib tanishadilar.

Biz yuqorida o’quvchilarda burchak haqida dastlabki tasavvur xosil qilishda uni «uchburchakning uzib olingan» burchagi sifatida talqin etilishi haqida aytib o’tdik.

Shuni aytish lozimki, boshlang’ich sinf o’quvchilari burchaklar haqida biroz cheklangan ma’lumot oladilar: faqat to’g’ri va to’g’ri emas burchaklarni farqlashni

o’rganib, burchakning uchi va tomonlarini ajrata oladilar xolos. Bu bosqichda ular burchakning tomonlari nurlardan iborat ekanligini anglab yetmaydilar. Qog’oz varagini buklash yo’li bilan o’quvchilar to’g’ri burchak modelini xosil qiladilar, ularni burchaklarga qo’yish usuli bilan berilgan burchaklar ichida to’g’ri yoki to’g’ri emas burchaklarni ajratishni o’rganadilar. Keyinroq esa malka modelidan foydalanish o’quvchilarning «burchakni kattalashtirish (kichiklashtirish)» termini ma’nosini anglab yetishga yordam beradi.

O’quvchilarda burchak to’g’risida tasavvurni tarkib toptirishning murakkabligi sababi shundan iboratki, ular birinchi marta chegaralanmagan figurani o’rganishga kirishadilar. Chegaralanmagan figuralar haqida o’quvchilarda tasavvur xosil qilish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, uni faqat boshlang’ich sinf o’quvchilaridagina emas, balki 5-6-sinf o’quvchilarida tarkib toptirish ham murakkab jarayondir.

Siniq chiziq haqida o’quvchilarda tasavvur xosil qilish uchun o’qituvchi bir bo’lak simni olib, uni o’quvchilar ko’z o’ngida sindirib (bukib) amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir.

O’quvchilarning e’tiborlari siniq chiziqning bo’ginlari (qismlari) kesmalardan iborat ekanligiga qaratiladi. O’quvchilvrning o’zlari cho’plardan va plastilin bo’laklaridan siniq chiziq modellarini yasashlari, daftarlariga va doskaga siniq chiziq chizishni o’rganib olishlari maqsadga muvofiqdir. Bundan so’ng ularga siniq chiziqlar ochiq va yopiq bo’lishi mumkinligi aytiladi. Bunda yopiq siniq chiziqlar ko’pburchaklarning chegaralari bo’lishini o’quvchilar ongiga yetkazish muhimdir. Masalan, uchta bo’g’indan iborat yopiq siniq chiziq uchburchakning chegarasidir.

Shundan keyin o’quvchilarga siniq chiziq uzunligini topish uchun uning har bir bo’g’ini uzunligini topish va topilgan sonlarni qo’shish kerak ekani aytiladi. Siniq chiziq uzunligini topishga doir mashqlar o’quvchilarni, ko’pburchak perimetrii tushunchasini idrok qilishga olib keladi. Perimetrii topilishi kerak bo’lgan dastlabki figura sifatida uchburchak olinishi maqsadga muvofiqdir. Shundan keyin o’quvchilarni har xil ko’pburchaklarning perimetrlarini topish bo’yicha mashq qildirish kerak. Ular orasida teng yonli va teng tomonli uchburchaklar, to’g’ri to’rtburchaklar, kvadratlar va boshqa figuralar bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Matematika o’qitish metodikasi umumiy matematika metodikasiga bog’liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi tomonidan ishlatiladi.

Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi pedagogika fani bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning qonuniyatlariga tayanadi. Matematika o’qitish metodikasi bilan pedagogika orasida ikki tomonlama bog’lanish mavjud.

Bir tomondan matematika metodikasi pedagogikasining umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi, bu hol matematika o’qitish masalalarini hal qilishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta’minlaydi.

Ikkinchi tomondan pedagogika umumiy qonuniyatlarni shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma’lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini ta’minlaydi.

Pedagogika metodikalarining aniq materialidan oziqlanadi, undan umumlashtiriladan foydalaniladi va o’z navbatida u metodikalarni ishlab chiqishda yo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Matematika metodikasi pedagogik psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog’liq. Tarbiya va ta’limning ko’pgina masalalarini hal qilishda o’qituvchi pedagogik-psixologiya va yosh psixologiyaga oid ko’pgina bilimlardan foydalanish kerak.

Yoshlar psixologiyasi ta’lim ta’sirida kishi ma’naviy qiyofasining shakllanishi qonuniyatlarini, turli yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini, shuningdek, bolalarning bilimlarni malakalarni o’zlashtirishlarining psixologik qonuniyatlarini, ularning mustaqilliklari va ijodlarining rivojlanishi, o’quvchilar shaxsning kamol topish qonuniyatlarini o’rganadi bu o’quv tarbiya ishini tashkil qilishda katta ahamiyatga ega.

Boshlang’ich matematika metodikasi ta’limning boshqa metodikalari ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar metodikasi bilan bog’liq. Predmetlararo bog’lanishi to’g’ri amalga oshirish uchun o’qituvchi buni hisobga olishi muhimdir.

Yuqori sinflarda predmetlararo bog’lanishni amalga oshirish ancha qiyin, chunki har qaysi predmetni ma’lum bir o’qituvchi olib boradi.

Boshlang’ich sinflarda bunday emas. Hamma fanlarni bir o’qituvchi olib boradi va shu sababli uning oldida predmetlararo bog’lanishni amalga oshirish imkoniyati ochiladi.

Boshlang’ich ta’limining turli o’quv predmetlariga oid darslarda o’quvchilar tevarak-atrofdagi voqea va hodisalar, ularning xossalariga oid konkret tassavurlar oladilar. Matematikaning farqlantiruvchi xususiyati shundan iboratki, matematika ob’ektiv borliqni o’rganish bilan bir vaqtda o’rganilayotgan voqea va predmetlarning aniq mazmunidan moddiy dunyoning eng umumiy tomonlariga tegishli bo’lmagan uning miqdoriy tomonlariga hamda fazoviy shakl va munosabatlariga tegishli bo’lmagan hamma narsaga nisbatan abstarksiyalanadi. Matematikaning buyuk kuchi shundadir, ya’ni tushunchalarning abstraktligi va umumiyligidir, boshqa o’quv fanlari bilan har tomonlama ko’plab bog’lanishlar, munosabatlar o’rnatish imkoniyatlari ana shundadir.

Bunday bog’lanishlarni o’rnatishda umumiy faktlarni, ya’ni son haqidagi, arifmetik amallar haqidagi, geometrik figuralar, miqdorlar, shakllar haqidagi tasavvurlar va elementlar tushunchalar, har xil malaka va ko’nikmalar, faoliyat turlari, o’qitishning forma va metodlarini asos qilib olish mumkin.

Matematika darslarida o’quvchilarning tabiatshunoslik, jugrofiya, tarix, rasm, chizmachilik, mehnat, jismoniy tarbiya va boshqa fanlardan olgan bilimlaridan foydalaniladi.11

Bu fanlarga oid ma’lumotlar arifmetik masala va misollar tuzish uchun material bo’lib xizmat qilish mumkin. Masalan tarixiy voqealar haqida bilim berish, Vatanimiz va boshqa mamlakatlar chegaralarining uzunligi, mamlakatlar egallagan maydonlarining yuzlari, daryolaming uzunligi, tog’larning balandligi, dengiz ko’llarning uzunligi va chuqurligi. Matematika darslarida arifmetik masala va misollar tuzishda, sonlami taqqoslash va taxlil qilishda asosiy material bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Ikkinchi tomondan matematik bilim boshqa darslarda keng qo’llanilishi lozim.

Masalan, qo’l mehnati darsida o’quvchilar matematika darslari uchun qog’ozdan gul solib kesadilar, plastilindan didaktik materiallar yasaydilar. Bundan tashqari geometrik shakllarni kvadratlar, uchburchaklar, to’g’ri to’rtburchaklar, aylanalarni qalamda aylantirib chiqadilar va qirqadilar, ularni farqlash va nomini aytishni o’rganadilar.

Matematika darslarida o’quvchilar narsalarning quyidagi belgilarni, uzun- qisqa, keng-tor, yug’on-ingichka va boshqalar bilan tanishadilar. Qo’l mehnati darsida esa turli buyumlar tayyorlashda, masalan o’yinchoqlarni yasashda o’quvchilar ularni mustahkamlaydilar.

Matematika darslari kabi qo’l mehnati dasrlarida ham o’quvchilarning fazoni aniqlashi rivojlanadi. O’quvchilar qog’ozning o’rtasini, yuqori-quyi, o’ng va chap tomonlarini ko’rsatishni o’rganadilar. Jug’rofiya darslarida ayrim mavzularni o’rganishda masalan: Masshtablarni hisoblash, maktab uchastkasining rejasini, o’z turar joyining sodda rejasini tuzishda o’quvchilarning matematika va chizmachilikda olgan bilimlarni keng qo’llanilishi mumkin: chunki masshtab haqidagi tushuncha faqat o’lchash malakalarining mustahkam asosidagina to’g’ri shakllanadi. Jismoniy tarbiya darslarida o’quvchilar miqdor ustida olgan bilimlarini mustahkamlaydilar. Bu miqdorlar yug’urishda u yo bu masofa suzishda, balandlikka yo uzunlikka sakrashda, o’zining aniq iforasini topadi. Matematika ta’limi bilan ona tilining bog’liqligi o’ziga xosdir. Matematika darsida o’qituvchi o’quvchilarning matematik nutqlarini rivojlantiradi. Aniq, ravon matematik nutq matematika tushunchalarini o’zlashtirishga ijobiy ta’sir ko’rsatar ekan. Matematika o’qituvchisi o’quvchilarni faqat masala va misollarni to’g’ri yechishga emas, balki savodli yozishga, gaplarni to’g’ri tuzishga ham o’rgatadi. Ona tili darslarida sonlar va boshqa matematik atamalarni va ifodalarni yozishni mustahkamlanadi.Matematika darslarida olingan bilimlar, maydonlarida shu bilan birga o’quvchilar sanoat va qishloq xo’jalik korxonalarida mustahkamlanadi.12 o’quv ustaxonalarida, maktab tajriba ishlab chiqarish amaliyotini o’taydigan ishlatiladi va aksionerlik jamiyatlarida

    1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida yuza haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, yuzalarni o’lchash malakalarni hosil qilish usullari.

Geometrik material bolalaming eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik qonuniyatlami, bog’lanishlarni ko’rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan, to’g’ri to’rtburchakning teng kvadratlarga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasini bog’lanishi ochib foydalaniladi...).

1-sinfdan boshlab to’g’ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko’pburchaklar va ularning elementlari, to’g’ri burchak va hokozo kiritilgan.

O’quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini, ko’pburchak perimetrini, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat va umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak.

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga matematikani o’rgatish jarayonida hal etiladigan ko’p masalalar ichida o’quvchilarning fazoviy tafakkur va tasavvurlarini rivojlantirish kam ahamiyat kasb etmaydi (ya’ni katta ahamiyatga ega).1

Shu narsa aniqki avvalgi mavjud dastur va metodikaga qaraganda hozirgi zamon boshlang’ich maktabi juda ham ilgarilab ketgan. Boshlang’ich sinflarda matematikani o’rganish davomida geometrik material talab va imkoniyat darajasida arifmetik material bilan bog’langan.

Tekis figuralarning boshqa xossalari orasida yuzalarni o’lchash amaliy usulga asoslangan. Dastur bo’yicha “Yuz. Yuz birliklari” mavzusi IV sinflarda o’rganiladi. Yuz haqida boshlang’ich tushunchalarni shakllantirish bo’yicha tayyorgarlik ishi I-II sinflardan boshlanadi.

Bosma asosidagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo’yash, mehnat darslarida qog’ozdan figuralar qiyib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish figurani tekislikning yopiq chiziq bilan chegaralangan bo’lagi sifatida mexanik qabul qilishiga imkon beradi.Geometrik sanoq materialidan foydalanib, bolalar bir-biridan juda farq qiladigan yoki mutlaqo bir xil bo’ladigan figuralami bemalol taqqoslaydilar. Biroq tajriba shuni ko’rsatadiki, bolalar “figuraning yuzi” mavzusi materialini qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar.Masalan, turli shakldagi narsalarni taqqoslash ko’pincha uning chiziqli o’lchamlarini taqqoslashga keltiriladi.13

Bolalar ko’pincha yuzni o’lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash usuli bilan aralashtirib yuboradilar. ”To’g’ri to’rtburchakning yuzini o’lchash nimadan iborat?”,- degan savolga bolalar ko’pincha bunday javob beradilar: ”bu uning bo’yini va enini o’lchab, ularni ko’paytirish demakdir”. Biroq to’rtburchakning yuzini topish degan so’z unda yuz birligi (sm2, m2) necha marta joylashshini aniqlashdir.

Mazkur mavzuni o’rganishda o’qituvchi tilga oid qiyinchilikka duch keladi, chunki u geometriyadagi “tekislik” tushunchasiga tayana olmaydi. Shu sababli yuz tushunchasini shakllantirish bo’yicha birinchi darslar juda muhimdir. Ular bolalarning yuz tushunchasining aniq ma’nosini tushunishlarini ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak.O’quvchilarni yuz atamasi bilan va yuzlarni dastlabki taqqoslash bilan tanishtirishni yaxshi amaliy mashqlarni o’tkazish ma’qul.

Mazkur mavzu bo’yicha suhbatdan bir parchani keltiramiz.

O’qituvchi. Bu uchburchaklarning yuzlarini chamalab solishtiring (bolalar uchburchaklar yuzlarining teng yoki farq qilishi haqida tortishishlari mumkin). Kim haqligini qanday isbotlash mumkin?







O’quvchi figuralarni oladi va bir-birining ustiga qo’yadi. Figuralar ustma-ust tushdi y. Qanday xulosa chiqaramiz? Figuralar har xil joylashgan bo’lsada,

ulaming yuzlari teng. O’qituvchi umumlashtirishga yordam beradi: agar figuraning holati o’zgartirilsa, uni surilsa, bu figuraning yuzi o’zgarmaydi.

Endi mana bu figuralarga qarang. O’qituvchi topshiriqlarni variantlar bo’yicha beradi. Qaysi figuraning uzi katta? Qanday tekshirib ko’rish mumkin? (Javob berayotgan bolalar, bir figuraning ustiga ikkinchi figurani qo’yib, xulo sa chaqaradilar).








Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish